en
Feedback

Don't get caught by a cheater! Telemetrio finds and tags such channels 👉 If you want to see the tag, subscribe

IT Park Namangan filiali

IT Park Namangan filiali

Open in Telegram

©IT Park Namangan filiali rasmiy kanali 🏛Rasmiy sahifa https://t.me/nitschool/2038 🟢 Jonli chat: https://t.me/joinchat/TvE6yoA1_a3jSz1v 🌐 it-park.uz

Show more
276
Subscribers
+124 hours
+27 days
No data30 days
Posts Archive
Наманганда STUD EXPO–2026-халқаро талабалар кўргазмаси ва танловига старт берилди Давлатобод туманида жойлашган Наманган Давл
+9
Наманганда STUD EXPO–2026-халқаро талабалар кўргазмаси ва танловига старт берилди Давлатобод туманида жойлашган Наманган Давлат техника Университетида STUD EXPO–2026-халқаро талабалар кўргазмаси ва танловининг очилиш маросими бўлиб ўтди. Ушбу халқаро тадбирда қўшни Қирғизистон Республикаси Олий таълим муассаларидан ҳамкорлар иштирок этишди. Маросимда Наманган вилояти ҳокими, Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати аъзоси Шавкатжон Абдураззоқов қатнашиб, Ўзбекистон ва Қирғизистон ёшлари ўртасидаги дўстлик, таълим ва инновациялар соҳасидаги ҳамкорликни янада ривожлантириш муҳим аҳамият касб этишини таъкидлади. Шунингдек, икки Давлат раҳбарлари томонидан мустаҳкамланаётган стратегик шериклик муносабатлари олий таълим муассасалари ўртасида ҳам янги имкониятлар яратаётгани қайд этилди. Маълумотларга кўра, кўргазма ва танловда 18 та университетдан 400 нафарга яқин талаба бешта йўналиш бўйича ўз билим ва иқтидорини намойиш этади. Тадбирга жами 1 000 нафардан ортиқ талабанинг жалб этилиши унинг кўлами ва халқаро аҳамиятини янада оширади. Хусусан, сунъий интеллект, дастурлаш, робототехника, рақамли технологиялар ва дизайн йўналишларидаги ишланмалар ёшларнинг замонавий билим ва инновацион ёндашувларини намоён этиш учун муҳим майдон бўлиб хизмат қилади. Вилоят ҳокими истиқболли лойиҳаларни тадбиркорлар, саноат корхоналари, инвесторлар ва илмий марказлар билан боғлаш, ёшларнинг ташаббусларини амалий натижаларга айлантириш зарурлигини алоҳида таъкидлади. Шунингдек, халқаро тадбирни ташкил этишдаги ҳамкорлиги учун UBS университети жамоасига, ҳамкор олий таълим муассасаларига ва ташкилотчиларга миннатдорлик билдирилди. STUD EXPO–2026-халқаро талабалар кўргазмаси ва танлови ёшлар ўртасида тажриба алмашиш, илмий ҳамкорликни мустаҳкамлаш ҳамда истиқболли инновацион лойиҳаларни ривожлантиришга хизмат қилиши кутилмоқда. Наманган вилояти ҳокимлиги Ахборот хизмати. _—_—_ Namanganda STUD EXPO–2026-xalqaro talabalar körgazmasi va tanloviga start berildi Davlatobod tumanida joylaşgan Namangan Davlat texnika Universitetida STUD EXPO–2026 xalqaro talabalar körgazmasi va tanlovining oçiliş marosimi bölib ötdi. Uşbu xalqaro tadbirda qöşni Qirğiziston Respublikasi Oliy taʼlim muassalaridan hamkorlar iştirok etişdi. Marosimda Namangan viloyati hokimi, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi Şavkatjon Abdurazzoqov qatnaşib, Özbekiston va Qirğiziston yoşlari örtasidagi döstlik, taʼlim va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş muhim ahamiyat kasb etişini taʼkidladi. Şuningdek, ikki Davlat rahbarlari tomonidan mustahkamlanayotgan strategik şeriklik munosabatlari oliy taʼlim muassasalari örtasida ham yangi imkoniyatlar yaratayotgani qayd etildi. Maʼlumotlarga köra, körgazma va tanlovda 18 ta universitetdan 400 nafarga yaqin talaba beşta yönaliş böyiça öz bilim va iqtidorini namoyiş etadi. Tadbirga jami 1 000 nafardan ortiq talabaning jalb etilişi uning kölami va xalqaro ahamiyatini yanada oşiradi. Xususan, sunʼiy intellekt, dasturlaş, robototexnika, raqamli texnologiyalar va dizayn yönalişlaridagi işlanmalar yoşlarning zamonaviy bilim va innovatsion yondaşuvlarini namoyon etiş uçun muhim maydon bölib xizmat qiladi. Viloyat hokimi istiqbolli loyihalarni tadbirkorlar, sanoat korxonalari, investorlar va ilmiy markazlar bilan boğlaş, yoşlarning taşabbuslarini amaliy natijalarga aylantiriş zarurligini alohida taʼkidladi. Şuningdek, xalqaro tadbirni taşkil etişdagi hamkorligi uçun UBS universiteti jamoasiga, hamkor oliy taʼlim muassasalariga va taşkilotçilarga minnatdorlik bildirildi. STUD EXPO–2026 xalqaro-talabalar körgazmasi va tanlovi yoşlar örtasida tajriba almaşiş, ilmiy hamkorlikni mustahkamlaş hamda istiqbolli innovatsion loyihalarni rivojlantirişga xizmat qilişi kutilmoqda. Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati. Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | X | YouTube

Наманганлик АйТичи қизлар томонидан «LOLA-AI» платформаси ишлаб чиқилди Наманган вилоятида хотин-қизларни замонавий касб-ҳуна
+9
Наманганлик АйТичи қизлар томонидан «LOLA-AI» платформаси ишлаб чиқилди Наманган вилоятида хотин-қизларни замонавий касб-ҳунарларга ўқитиш, уларнинг рақамли кўникмаларини ривожлантириш ва бандлигини таъминлашга қаратилган «LOLA-AI» лойиҳаси тақдимоти бўлиб ўтди. Эътиборлиси, ушбу платформа наманганлик АйТи соҳасига қизиққан қизлар томонидан ишлаб чиқилган бўлиб, хотин-қизлар учун замонавий касбларни эгаллашда янги имкониятлар яратишга хизмат қилади. Лойиҳанинг тақдимот маросимида Наманган вилояти ҳокими Шавкатжон Абдураззоқов қатнашиб, хотин-қизларни қўллаб-қувватлаш, уларнинг касбий салоҳиятини рўёбга чиқариш ва замонавий меҳнат бозорида муносиб ўрин эгаллашига кўмаклашиш муҳим вазифалардан бири эканини таъкидлади. Бугунги кунда сунъий интеллект, дастурлаш, рақамли дизайн ва онлайн тадбиркорлик каби йўналишлар янги имкониятлар эшигини очмоқда. «LOLA-AI» платформаси орқали хотин-қизлар ўз қизиқишлари ва имкониятларига мос касбни танлаш, сунъий интеллект ёрдамида индивидуал ўқув йўналишини шакллантириш ҳамда малакали устозлардан маслаҳат олиш имкониятига эга бўлади. Лойиҳада таълим жараёнини амалиёт ва бандлик билан боғлашга алоҳида эътибор қаратилган. Ўқишни тамомлаган қизларни ишга жойлаштириш, масофавий меҳнат ва фриланс фаолиятига йўналтириш, шунингдек, ўз бизнесини бошлаш истагидаги хотин-қизларга стартап лойиҳаларини амалга оширишда кўмаклашиш кўзда тутилган. Шунингдек, платформа доирасида хотин-қизларга психологик кўмак бериш, уларнинг ўзига бўлган ишончини мустаҳкамлаш ва турли ҳаётий қийинчиликларни енгиб ўтишига ёрдам бериш ҳам режалаштирилган. Тақдимот давомида «LOLA-AI» лойиҳаси вилоятдаги барча шаҳар ва туманларда ишга туширилди. Бу эса опа-сингилларимизга замонавий касб-ҳунарларни ўрганиш имкониятларини кенгайтириб, чекка ҳудудларда яшовчи қизларнинг ҳам рақамли иқтисодиётда фаол иштирок этишига замин яратади. Наманганлик қизлар томонидан ишлаб чиқилган ушбу платформа ёшларнинг билим ва салоҳиятини амалий натижага йўналтириш, хотин-қизлар бандлигини ошириш ҳамда уларнинг иқтисодий мустақиллигини мустаҳкамлашга қаратилган муҳим ташаббуслардан биридир. Наманган вилояти ҳокимлиги Ахборот хизмати. Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | X | YouTube

photo content
+5

📢 “ICPC Uzbekistan” Respublika talabalar olimpiadasi hududiy bosqichi bo'lib o'tmoqda 🖥 Dasturlash bo‘yicha o'tkaziladigan
+4
📢 “ICPC Uzbekistan” Respublika talabalar olimpiadasi hududiy bosqichi bo'lib o'tmoqda 🖥 Dasturlash bo‘yicha o'tkaziladigan ushbu talabalar olimpiadasi ikki bosqichda tashkil etiladi. Birinchi hududiy bosqich 18-oktyabrda bo'lib o'tsa, ikkinchi Respublika bosqichi noyabr oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladi. ❕ Ma'lumot o'rnida, ICPC (International Collegiate Programming Contest) — bu algoritmik dasturlash bo‘yicha xalqaro olimpiada bo‘lib, har yili dunyoning eng iqtidorli bilimdonlari ishtirok etadi. ✅ Olimpiadaning maqsadi— turli universitetlar talabalari o‘rtasida muloqot o‘rnatish va ilmiy doiralar hamda IT sohasi bo‘yicha yangi avlod mutaxassislarini taqdim etishdir. 💡“ICPC Uzbekistan” Respublika bosqichi g‘oliblari ICPC xalqaro olimpiadasining yarim finalida ishtirok etish uchun maxsus yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Musobaqa natijalarini onlayn tarzda kuzatib boring! 🟢 https://cpfed.kz/ru/contests/the-2026-icpc-uzbekistan-18?tab=rating Barcha Namangan viloyati talabalariga omadlar tilaymiz!

Repost from StartupBase
⚡️ Startapingizni uchun noyob imkoniyat: bootcamp intensiv dasturi boshlanmoqda! Mijoz, mahsulot, AI, investitsiya va eksport
⚡️ Startapingizni uchun noyob imkoniyat: bootcamp intensiv dasturi boshlanmoqda! Mijoz, mahsulot, AI, investitsiya va eksport — startapingizni rivojlantirishga tayyormisiz? 🟢 IT Park Uzbekistan va Hackonnect hamkorligida hududlardagi startaplar uchun bootcamp intensiv dasturi tashkil etiladi! 👉 Dastur 6 ta yo‘nalishni qamrab oladi: 🔵 Customer Validation 🔵 Go-to-market 🔵 Product & Unit Economics 🔵 Scale & Capital 🔵 AI Module 🔵 Export 🤔 Bootcamp’lar yo‘nalishlar bo‘yicha qayerda va qachon bo‘lib o‘tadi?
Customer Validation 🗓 16–17-oktabr 📍 Samarqand, Navoiy, Qarshi 🗓 27–28-noyabr 📍 Buxoro, Xorazm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Sirdaryo 🗓 15–16-yanvar 📍 Jizzax, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona Go-to-market 🗓 22–24-oktabr 📍 Samarqand, Navoiy, Qarshi 🗓 3–5-dekabr 📍 Buxoro, Xorazm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Sirdaryo 🗓 21–23-yanvar 📍 Jizzax, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona Product & Unit Economics 🗓 29–31-oktabr 📍 Samarqand, Navoiy, Qarshi 🗓 10–12-dekabr 📍 Buxoro, Xorazm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Sirdaryo 🗓 28–30-yanvar 📍 Jizzax, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona Scale & Capital 🗓 5–7-noyabr 📍 Samarqand, Navoiy, Qarshi 🗓 17–19-dekabr 📍 Buxoro, Xorazm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Sirdaryo 🗓 4–6-fevral 📍 Jizzax, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona AI Module 🗓 12–14-noyabr 📍 Samarqand, Navoiy, Qarshi 🗓 24–26-dekabr 📍 Buxoro, Xorazm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Sirdaryo 🗓 11–13-fevral 📍 Jizzax, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona Export 🗓 19–21-noyab 📍 Samarqand, Navoiy, Qarshi 🗓 7–9-yanvar 📍 Buxoro, Xorazm, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Sirdaryo 🗓 18–20-fevral 📍 Jizzax, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona Jadvalga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin* Bu haqda qo‘shimcha xabar beramiz. Har bir bootcamp uchun ro‘yxatdan o‘tish alohida amalga oshiriladi**
📲 Tez orada har bir yo‘nalish haqida batafsil ma’lumot beramiz. 🏳️ StartupBase’ni kuzatib boring! @startupbaseuz LinkedIn | Facebook | Instagram | Website

Repost from Digital.uz
🟦🟦🟦 “Google Gemini AI Plus” obunasini aileaders.uz platformasi orqali bepul faollashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma ✅Avvalroq, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Google hamkorligida Google’ning xalqaro verifikatsiya hamkori SheerID O‘zbekistonni rasman qo‘llab-quvvatlanadigan davlatlar ro‘yxatiga kiritgani haqida xabar bergan edik. ✅Ushbu imkoniyat orqali o‘zbekistonlik talabalar Google verifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tib, qiymati 60 dollar bo‘lgan bir yillik “Google Gemini AI Plus” obunasidan mutlaqo bepul foydalanishlari mumkin. ⚜️Mazkur imkoniyatdan foydalanish va “Google Gemini AI Plus” obunasini bepul faollashtirish tartibi bilan ilova qilingan videoyo‘riqnoma orqali batafsil tanishishingiz mumkin! Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X

Repost from Digital.uz
Endi 🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platformasi orqali BEPUL foydalanishlari
Endi 🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platformasi orqali BEPUL foydalanishlari mumkin. ✅ Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google hamkorligida Google’ning Xalqaro verifikatsiya bo‘yicha hamkor platformasi SheerID 🇺🇿 O‘zbekistonni rasman qo‘llab-quvvatlanadigan davlatlar ro‘yxatiga kiritdi. 🏳️‍🌈Bu orqali talabalarimiz Google verifikatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tib, 60 dollarga teng 1 yillik “Google Gemini AI Plus” xizmatidan mutlaqo bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
❓“Google AI Plus” obunasi talabalarga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi: ✅ Gemini ilovasi: Foydalanish limitlari ikki barobarga oshadi va ilg‘or “Flash Thinking ” modeliga kirish imkoniyati beriladi. ✅ 400 GB bulutli xotira: Google Foto, Disk va Gmail xizmatlari uchun umumiy katta hajmdagi xotira ajratiladi. ✅ Google Flow: Ilg‘or generativ modellar yordamida kinematografik sahnalar va hikoyalar yaratish uchun AI-studiyaga qo‘shimcha kirish taqdim etiladi. ✅ Gmail’da Gemini: Pochta xizmatining o‘zida Gemini’dan bevosita foydalanish imkoniyati yaratiladi. ✅ Gemini Notebook: Tadqiqot yordamchisi funksiyalariga, jumladan, audio va video materiallarni qayta so‘zlab berish, testlar ishlash va boshqa imkoniyatlarga qo‘shimcha kirish beriladi. ✅ Sun’iy intellektga asoslangan musiqiy studiyaga qo‘shimcha kirish imkoniyati ochiladi.
🤖 Hurmatli talabalar, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanib, yuqori daromadli kasb egasi bo’ling. Buning uchun aileaders.uz platformasida jahonning yetakchi kompaniyalarining 100 dan ortiq xalqaro SI kurslarini bepul oʻrganing! 🧭 Sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rganib o‘z oldingizga yuqori maqsad qo‘ying, SI yordamida o‘z startap loyihalaringizni boshlang: startupbase.uz Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X

Repost from IT Park Namangan
Umummilliy AI Hackathon Namanganda 24–27-sentyabr kunlari Namangan viloyatidagi “Yoshlar Ziyo Maskani”da Umummilliy AI Hackat
+8
Umummilliy AI Hackathon Namanganda 24–27-sentyabr kunlari Namangan viloyatidagi “Yoshlar Ziyo Maskani”da Umummilliy AI Hackathonning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. To‘rt kun davomida 300 nafardan ortiq yoshlar va talabalar sun’iy intellekt asosida ta’lim, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlik, kiberxavfsizlik va boshqa yo‘nalishlarda o‘z loyihalarini ishlab chiqib, taqdim etdilar. Hackathon ishtirokchilarga o‘z g‘oyalarini amaliy loyihaga aylantirish, yangi tajriba orttirish va soha mutaxassislari bilan muloqot qilish imkonini berdi. 📍 IT Park Namangan Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn

Умуммиллий AI Hackathon Наманганда Наманган вилоятидаги “Ёшлар Зиё Маскани”да 24–27 сентябрь кунлари ўтказилган Умуммиллий AI
+6
Умуммиллий AI Hackathon Наманганда Наманган вилоятидаги “Ёшлар Зиё Маскани”да 24–27 сентябрь кунлари ўтказилган Умуммиллий AI Hackathon танловининг вилоят босқичи якунланди. Танловнинг очилиш ва якуний маросимларида Наманган вилояти ҳокимининг рақамли технологиялар ва сунъий интеллект масалалари бўйича маслаҳатчиси Шерзод Турсунов ҳамда Наманган давлат техника университети ректори, профессор Ойбек Эргашев иштирок этиб, ёшларнинг innovatsion ташаббусларини қўллаб-қувватладилар. Тўрт кун давомида 300 нафардан ортиқ ёшлар ва талабалар иштирок этиб, сунъий интеллект технологиялари асосида таълим, соғлиқни сақлаш, тадбиркорлик, киберхавфсизлик ва бошқа йўналишларда innovatsion лойиҳаларини намойиш этдилар. Шунингдек, танловнинг якуний босқичида пойтахтимиздан келган соҳа вакиллари ҳам иштирок этди. Жумладан, “AI Alliance Uzbekistan” (Ўзбекистон сунъий интеллект алянси) нодавлат ташкилотининг ижрочи директори Азиз Муҳитдинов, ҳакамлар ҳайъати аъзолари — IT Park Uzbekistan startaplar бўйича бош менежери Усмонжон Раҳимжанов ҳамда KPI.COM вакили Музаффар Карабаев ёшларнинг лойиҳаларини баҳолашда иштирок этдилар. Мазкур натижа ёшларнинг билим, изланиш ва замонавий технологияларга бўлган қизиқиши тобора ортиб бораётганининг ёрқин ифодасидир. Бугун ғоя — эртага инновация, бугунги ёшлар эса эртанги технологик тараққиёт бунёдкорларидир! ———————————- Umummilliy AI Hackathon Namanganda Namangan viloyatidagi “Yoshlar Ziyo Maskani”da 24–27-sentyabr kunlari o‘tkazilgan Umummilliy AI Hackathon tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi. Tanlovning ochilish va yakuniy marosimlarida Namangan viloyati hokimining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sherzod Tursunov hamda Namangan davlat texnika universiteti rektori, professor Oybek Ergashev ishtirok etib, yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladilar. To‘rt kun davomida 300 nafardan ortiq yoshlar va talabalar ishtirok etib, sun’iy intellekt texnologiyalari asosida ta’lim, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlik, kiberxavfsizlik va boshqa yo‘nalishlarda innovatsion loyihalarini namoyish etdilar. Shuningdek, tanlovning yakuniy bosqichida poytaxtimizdan kelgan soha vakillari ham ishtirok etdi. Jumladan, “AI Alliance Uzbekistan” (O‘zbekiston sun’iy intellekt alyansi) nodavlat tashkilotining ijrochi direktori Aziz Muhitdinov, hakamlar hay’ati a’zolari — IT Park Uzbekistan startaplar bo‘yicha bosh menejeri Usmonjon Rahimjanov hamda KPI.COM vakili Muzaffar Karabayev yoshlarning loyihalarini baholashda ishtirok etdilar. Mazkur natija yoshlarning bilim, izlanish va zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishi tobora ortib borayotganining yorqin ifodasidir. Bugun g‘oya — ertaga innovatsiya, bugungi yoshlar esa ertangi texnologik taraqqiyot bunyodkorlaridir! Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | X | YouTube

Repost from IT Park Namangan
Yosh tadbirkorlar va yangi g‘oyalar — IT Park Namanganda Kamronbek, 19 yoshda, Biruni studiyasi asoschilaridan biri. Biruni — IT sohasidagi yangi loyihalarni rivojlantirayotgan mahalliy rezidentlardan biri. Yosh startapchilar uchun IT Park Namangan o‘z loyihalarini rivojlantirish, yangi tajriba orttirish va IT ekotizimining bir qismi bo‘lish imkoniyatlarini taqdim etmoqda. 🚀 IT Park Namangan rezidentlari va ularning loyihalari haqida ko‘proq bilish uchun bizni kuzatib boring. Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn

Repost from IT Park Namangan
IT Park Namangan: logistika sohasi uchun yangi imkoniyatlar Logistika akademiyasi direktori IT Park Namangan bilan hamkorlik qilishga nima sabab bo‘lgani va bu yerda yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritadi. IT Park Namangan logistika sohasi vakillari uchun networking qilish, hamkorlikni rivojlantirish va yangi kadrlarni tayyorlashda amaliy imkoniyatlardan foydalanish uchun sharoit yaratmoqda. 🤝 Shuningdek, IT Park tomonidan logistika kompaniyalari va IT startaplar uchun yangi loyihalarni rivojlantirish va o‘zaro hamkorlik qilish imkoniyatlari taqdim etilmoqda. 📍 IT Park Namangan Logistika kompaniyalari va IT startaplar uchun IT Park Namangan taqdim etadigan imkoniyatlar bilan ushbu videoda tanishing. Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn

Repost from IT Park Namangan
IT Park Namangan: imkoniyatlar bilan yaqindan tanishing! IT Park Namangan yoshlar, IT mutaxassislari, tadbirkorlar va startap asoschilari uchun o‘z g‘oyalarini rivojlantirish, yangi bilim va tajriba orttirish hamda professional aloqalarni kengaytirish imkonini beruvchi zamonaviy makondir. Bu yerda zamonaviy ish joylari, uchrashuv xonalari, ta’lim va networking uchun imkoniyatlar yaratilgan. Virtual tur davomida IT Park Namangan muhiti, mavjud sharoitlar va ushbu makon kimlar uchun mo‘ljallanganini yaqindan ko‘rishingiz mumkin. IT Park Namangan taqdim etadigan imkoniyatlar bilan ushbu videoda tanishing. 2-qismda esa sizni yana ko‘plab qiziqarli joylar kutmoqda! 🚀 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn

Repost from IT Park Namangan
💻 IT Park Namangan — IT sohasida rivojlanish va yangi imkoniyatlar uchun zamonaviy muhit. Bu yerda startaplar, IT mutaxassis
+4
💻 IT Park Namangan — IT sohasida rivojlanish va yangi imkoniyatlar uchun zamonaviy muhit. Bu yerda startaplar, IT mutaxassislari va tadbirkorlar o‘z loyihalari ustida ishlashi, yangi bilim va tajriba orttirishi hamda professional aloqalarini kengaytirishi mumkin. IT Park Namangan imkoniyatlari haqida qisqacha ma’lumotni ushbu postda bilib oling.🚀 #ITPark #ITParkNamangan #IT #Startup #Namangan Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn

Repost from IT Park Namangan
Nega aynan IT Park Namangan? 🚀 Har bir startap uchun rivojlanish muhiti va yangi imkoniyatlar muhim. Ushbu videoda IT Park Namangan rezidenti va startap asoschisi nima sababdan aynan Namangan filialini tanlagani, bu yerda o‘zi uchun qanday imkoniyatlarni ko‘rayotgani va IT Park’ni kimlarga tavsiya qilishi haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashadi. 💻 IT Park — startaplar, IT mutaxassislari va yangi loyihalar uchun rivojlanish, tajriba almashish va yangi imkoniyatlar topish muhiti. 🌍 Agar sizda ham startap yoki innovatsion g‘oya bo‘lsa, uni IT Park bilan birga rivojlantiring. Startapingizni IT Park bilan birga quring! 🚀 Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn

🟦🟦🟦 Siz kutgan lahzalar keldi! Saralash imtihon natijalarini e’lon qilamiz 📖Joriy yilning 13-sentabr kuni Qoraqalpog‘isto
🟦🟦🟦 Siz kutgan lahzalar keldi! Saralash imtihon natijalarini e’lon qilamiz 📖Joriy yilning 13-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 20-sentabr kuni esa respublikaning boshqa hududlarida “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida saralash imtihonlari bo‘lib o‘tdi. ✅Saralash jarayonida yoshlarning mantiqiy fikrlash, axborot texnologiyalari va ingliz tili bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalari baholandi. ⬇️Quyida o‘tkazilgan saralash imtihonlari natijalarini e’lon qilamiz: ➡️Andijon viloyati | havola; ➡️Buxoro viloyati | havola; ➡️Jizzax viloyati | havola; ➡️Qashqadaryo viloyati | havola; ➡️Qoraqalpog‘iston Respublikasi | havola; ➡️Navoiy viloyati | havola; ➡️Namangan viloyati | havola; ➡️Samarqand viloyati | havola; ➡️Sirdaryo viloyati | havola; ➡️Surxondaryo viloyati | havola; ➡️Toshkent viloyati | havola; ➡️Fargʻona viloyati | havola; ➡️Xorazm viloyati | havola. 🎉Saralash imtihonidan yuqori natija qayd etgan o‘quvchilarni tabriklaymiz! #Al_Xorazmiy_vorislari 🚀Telegram |📷 Instagram

😀🥹🥲😍 📍NAMANGAN SHAHRI Yangiliklar |24.09.2026 "MUHAMMAD AL-XORAZMIY VORISLARI" LOYIHASI UCHUN SARALASH IMTIHONLARI BOSHLANDI 📝Telegram|💻 Instagram|🎞 Youtube| ▶️Live|🎙 FM-103.6|📝 Facebook

Repost from AI Alliance
⚡️Namangandagi "Umummilliy Al Hackathon"ga sanoqli kunlar qoldi! 🗓 24–27-sentyabr kunlari Namangan viloyatida National AI Ha
⚡️Namangandagi "Umummilliy Al Hackathon"ga sanoqli kunlar qoldi! 🗓 24–27-sentyabr kunlari Namangan viloyatida National AI Hackathonning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Siz jamoangiz bilan real muammoni tanlaysiz, unga sun’iy intellekt yordamida yechim ishlab chiqasiz va finalda loyihangizni himoya qilasiz. 🏆 Sovrinlar esa yanada qiziqroq: 🥇 1-o‘rin — Apple MacBook Air. 1-o‘rinni olgan jamoaning HAR BIR A’ZOSI alohida Apple MacBook Air bilan taqdirlanadi! 🥈 2-o‘rin — 20 000 000 so‘m 🥉 3-o‘rin — 10 000 000 so‘m Maxsus nominatsiyalar: ⚡️ Eng qiziqarli taqdimot 📌 Eng dolzarb ijtimoiy loyiha Ushbu nominatsiyalar g‘oliblari AI kurslarida o‘qish uchun sertifikatlar bilan taqdirlanadi. 🔈 Ko‘pchilikning talabiga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tish muddati 23-sentabrgacha uzaytirildi! 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: eventflow.uz

Namanganda “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida saralash imtihonlari o‘tkazildi Unda viloyatdagi ta’lim muassa
+9
Namanganda “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida saralash imtihonlari o‘tkazildi Unda viloyatdagi ta’lim muassasalarining 800 nafardan ziyod o‘quvchilari ishtirok etib, mantiqiy fikrlash, AT va ingliz tili bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Saralash imtihonlarida yuqori natija qayd etgan o‘quvchilar loyiha ishtirokchisi sifatida tanlab olinib, ular uchun zamonaviy AT yo‘nalishlari va xorijiy tillar bo‘yicha bepul ta’lim jarayoni tashkil etiladi. Yosh avlodni zamonaviy kasblarga tayyorlash va kelgusida raqamli iqtisodiyot uchun malakali kadrlar zaxirasini shakllantirishga qaratilgan ushbu loyiha Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida amalga oshirilmoqda. Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati

Repost from Digital.uz
🌟 Respublika bo‘ylab “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida saralash imtihonlari o‘tkazildi 🔘 Bugun, 20-sentab
+8
🌟 Respublika bo‘ylab “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida saralash imtihonlari o‘tkazildi 🔘 Bugun, 20-sentabr kuni Xorazm viloyatining barcha tuman va shaharlarida, shuningdek, Andijon, Buxoro, Qarshi, Navoiy, Namangan, Samarqand, Termiz, Nurafshon, Farg‘ona, Guliston shaharlari hamda Mirzacho‘l, Zomin tumanlarida 18 mingdan ziyod o‘quvchi-yosh “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida tahsil olish uchun saralash imtihonlarida ishtirok etdi. ✅Saralash imtihonlarida yoshlarning mantiqiy fikrlash, AT va ingliz tili bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Eng yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar loyiha ishtirokchisiga aylanib, zamonaviy AT yo‘nalishlari va xorijiy tillarni chuqur o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi. ✅“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi yosh avlodning aniq fanlar va axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, iste’dodli o‘quvchilarni erta aniqlash hamda ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilmoqda. ⚡️Taʼkidlash joizki, bugun o‘z bilimini sinovdan o‘tkazgan minglab yoshlar ertangi kunning dasturchi-muhandislari va texnologik taraqqiyot peshqadamlari bo‘lib yetishadi. ⏺Saralash imtihonlari natijasi 5 kun davomida eʼlon qilinadi. So‘ngi yangiliklardan xabardor bo‘lib turish uchun ushbu kanalni kuzatib boring! Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X

Respublika boʻylab “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi qabuli uchun saralash imtihonlari oʻtkaziladi 📖Joriy yilning 20
Respublika boʻylab “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi qabuli uchun saralash imtihonlari oʻtkaziladi 📖Joriy yilning 20-sentabr kuni respublika bo‘ylab “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida saralash imtihonlari bo‘lib o‘tadi. 🗣Imtihonlar:
⏰1-smena soat 09:30; ⏰2-smena soat 13:30 da boshlanadi.
✅Saralash imtihonlari oʻtkaziladigan manzillar bilan tanishing: ➡️Andijon viloyati Manzil: Andijon shahar 41-maktab Oʻquvchilar ID raqami: havola. ➡️Buxoro viloyati Manzil: Buxoro shahar 35-maktab Oʻquvchilar ID raqami: havola. ➡️Jizzax viloyati (Zomin) Manzil: Zomin tumani 60-maktab Oʻquvchilar ID raqami: havola. ➡️Jizzax viloyati (Mirzachoʻl) Manzil: Mirzacho'l tumani 1-maktab Oʻquvchilar ID raqami: havola. ➡️Qashqadaryo viloyati Manzil: Qarshi shahar 1-maktab Oʻquvchilar ID raqami: havola. ➡️Navoiy viloyati Manzil: Navoiy shahar 7-maktab, 17-maktab Oʻquvchilar ID raqami: havola. ➡️Namangan viloyati Manzil: Namangan shahar 31-maktab Oʻquvchilar ID raqami: havola. ➡️Samarqand viloyati Manzil: Samarqand shahar 9-maktab Oʻquvchilar ID raqami: havola. ➡️Sirdaryo viloyati Manzil: Guliston shahar 2-maktab Oʻquvchilar ID raqami: havola. ➡️Surxondaryo viloyati Manzil: Termiz shahar 16-maktab Oʻquvchilar ID raqami: havola. ➡️Toshkent viloyati Manzil: Nurafshon shahar 48-maktab Oʻquvchilar ID raqami: havola. ➡️Fargʻona viloyati Manzil: Fargʻona shahar 6-maktab Oʻquvchilar ID raqami: havola. ➡️Xorazm viloyati Manzil: Viloyatning barcha tuman va shaharlarida Oʻquvchilar ID raqami: havola. ❗️Imtihonda ishtirok etish uchun, tugʻilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda imtihonda ishtirok etish uchun taqdim etilgan shaxsiy ID raqamni bilgan holda kelish shart. #Al_Xorazmiy_vorislari 🚀Telegram |📷 Instagram