en
Feedback
Kamran Osman saltanati

Kamran Osman saltanati

Open in Telegram

♟️ 𝑺𝒉𝒂𝒙𝒔𝒊𝒚 𝒇𝒊𝒌𝒓 ♟️ 𝑺𝒊𝒚𝒐𝒔𝒂𝒕 ♟️ 𝑷𝒔𝒊𝒙𝒐𝒍𝒐𝒈𝒊𝒚𝒂 ♟️ 𝑴𝒂𝒏𝒕𝒊𝒒 ♟️ 𝑴𝒖𝒉𝒐𝒌𝒂𝒎𝒂 🎩- 𝑭𝒐𝒖𝒏𝒅𝒆𝒓: Тюрко-узбекский предприниматель, общественный деятель - Камран Осман

Show more
324
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
#tarix Ahamoniylar saltanati (qadimgi forscha 𐎧𐏁𐏂 (Xšāça) - shuningdek Midiya-Forsi nomi bilan ham tanilgan, Birinchi Fors
#tarix Ahamoniylar saltanati (qadimgi forscha 𐎧𐏁𐏂 (Xšāça) - shuningdek Midiya-Forsi nomi bilan ham tanilgan, Birinchi Fors imperiyasi tarixdagi eng buyuk va eng uzoq davom etgan imperiyalardan biri edi. Miloddan avvalgi 550 yildan 330 yilgacha mavjud bo'lgan. Va Yaqin Sharqning muhim qismini, jumladan Eron, Iroq, Misr, Suriya, Turkiya va boshqa mintaqalarning zamonaviy hududlarini qamrab oldi. Ahamoniylar davlatining tarixi Buyuk Kir II tomonidan Fors imperiyasiga asos solinganidan boshlanib, Doro I va Kserks I davrida o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga yetadi. @KamranOsman

#munosabat Eron Isroil vahimasi tarmoqlarda gap-so'z ikki og'iz fikrimni aytib o'taman. Huddi oldin aytganimday bo'ldi va yan
+1
#munosabat Eron Isroil vahimasi tarmoqlarda gap-so'z ikki og'iz fikrimni aytib o'taman. Huddi oldin aytganimday bo'ldi va yana aytaman. Eron hech qachon Isroilga qarshi katta mashtabli harbiy harakat olib bormaydi. Keça tundagi uyushtirilgan hujum kichik hurujlar bo'lib, Eron dronlari Iroq osmonidayoq urib tushirildi. O'tib ketganlarini esa Isroilning "temir gumbaz" havo mudofaa tizimi bartaraf qildi. Qisqasi, Isroil deyarli talofat ko'rmadi. Kamran Osman @KamranOsman

#munosabat G'azoda so'ngi 24 soat ichida yana 153 kishi o'ldirildi. Rossiyada shuncha odam o'ldirilgan, ommaviy qatl bo'lgand
#munosabat G'azoda so'ngi 24 soat ichida yana 153 kishi o'ldirildi. Rossiyada shuncha odam o'ldirilgan, ommaviy qatl bo'lganda hamma shov-shuv ko'tardi. Tergovlar bo'layapdi. Bu huddi G'azo xalqi odamlar emasday, ularga bir matox yoki obyektday qarash bo'layapdi. Va bu faqat Isroilni emas butun dunyoni pastkashligi... Kamran Osman @KamranOsman

#tarix Bugun buyuk davlat siyosat arbobi Amir Temur ko'ragon hazratlari tavallud topgan kun. Amir Temur bugun 688 yoshga to'l
#tarix Bugun buyuk davlat siyosat arbobi Amir Temur ko'ragon hazratlari tavallud topgan kun. Amir Temur bugun 688 yoshga to'ldi. Bu insonni ta'riflash va uni insonlarga tanishtirishni manimcha hojati yo'q. Sababi uni tarix unutmaydi. Ma'lum bir davrlarda nomi qoralangandir, ammo tarix haqiqatlari o'z aslini yo'qotmaydi. Lekin unga aralashgan botil g'oyalar esa, barbir tarix axlatxonasiga uloqtiriladi va hech kim eslamaydi. Kamran Osman @KamranOsman

Uzbekiston Respublikasi qurolli kuçlarining, maxsus taktik o'quv mashg'ulotlari. 🫶 🇺🇿🫡

#tarix Aksariyat manbalarga ko‘ra, u 1018-yilda G‘aznaviylar davrida Xurosonning Tus shahri yaqinidagi Radkan qishlog‘ida yirik mulkdor oilasida tug‘ilgan. 1059-yilda Xurosonning boshqaruvchisi boʻldi. 1063 yilda u vazir lavozimini egalladi va Alp Arslon (1063—1072) va Melikshoh I (1072—1092) davrida ham bu lavozimni saqlab qoldi. U kuchli markazlashgan davlat an’analari tarafdori edi. “Hukumat kitobi” risolasi (Siyosatnoma; “Shohlar hayoti”ning boshqa nomi, Siyar al-muluk, 13-asrning eng qadimgi qoʻlyozmasi) unga tegishli. Bu mashhur risolada islomiy adolat va byurokratik markazlashuvga asoslangan musulmonlarning hukumat haqidagi ta’limoti bayon etilgan. U katta hokimiyat va qudratga ega bo‘lgan, saljuqiylar va Bag‘doddagi arab xalifalari – Abbosiylar va Fotimiylar va Buyidlarga qarshilik ko‘rsatishga hissa qo‘shgan. U bir qancha oliy maktablar - madrasalarga asos soldi va ular Nizomiy nomi bilan mashhur bo'ldi. Ulardan eng mashhuri Bag‘dodda G‘azzoliy dars bergani bo‘lgan. Nizom al-Mulk fors ismoiliylariga qarshi tinimsiz kurash olib bordi, ularda saljuqiylar davlatiga tahdid borligini haqli ravishda ko'rdi. 1080-yillarda u ismoiliy voizi (da'i) Hasan ibn Sabbohni qo'lga olishni buyurdi. Hasan hibsdan qochib, keyin Qazvin yaqinidagi Alamut qal’asini egallab, o‘z mavqeini mustahkamladi. Hasan ibn Sabboh Nizom al-Mulkni o‘zining asosiy dushmani deb hisoblab, vazirni yo‘q qilish uchun o‘z tarafdorlaridan ko‘ngilli jo‘natdi. U 30 yil hukmronlik qildi, markaziy boshqaruvni tikladi va soliq yig‘ishni yo‘lga qo‘ydi. Nizom al-Mulk soliqlarni kamaytirdi. 1092-yil 14-oktabrda Nahavand yaqinidagi Saxna qishlog‘ida so‘fiy qiyofasida bo‘lgan xashashiy Tohir Arroniy Bag‘doddan Isfahonga ketayotganda Nizom al-Mulkning chodiriga yaqinlashib, unga pichoq bilan o‘lim jarohati yetkazadi. Mas'uliyat ismoiliylar zimmasiga yuklatildi. Bu xashashiy diniy siyosiy oqimining mudhish jinoyati edi. @KamranOsman

#tarix Abu Ali al Xasan ibn Ali ibn Is'haq at- Tusi 1019/1020- 1092 yillarda yashagan. U Nizom al- Mulk nomi bilan mashhur Sa
#tarix Abu Ali al Xasan ibn Ali ibn Is'haq at- Tusi 1019/1020- 1092 yillarda yashagan. U Nizom al- Mulk nomi bilan mashhur Saljuqiylar davlat arbobi, vazir va oʻrta asr musulmon Sharqining koʻzga koʻringan namoyandalaridan biri. @KamranOsman

#siyosat Qurultoy (parlament) — barcha moʻgʻul va turkiy shahzodalarning milliy qurultoyi (majlisi, tarixiy kongressi) va zod
#siyosat Qurultoy (parlament) — barcha moʻgʻul va turkiy shahzodalarning milliy qurultoyi (majlisi, tarixiy kongressi) va zodagonlar, moʻgʻul va boshqa xalqlar (Oltoy, Moʻgʻuliston, Buryatiya, Qalmogʻiston, Qrim va boshqalar) hamda baʼzi turkiy xalqlar (uygʻurlar, noʻgʻaylar, boshqirdlar, qozoqlar, qirgʻizlar, qrimlar) oʻrtasida mashhur vakillik organi. (Tatarlar, tuvanlar, oltoylar va boshqalar), eng muhim davlat masalalarini hal qilish uchun zodagonlarning milliy kongressi, ma'lum darajada - Evropa parlamentlarining o'xshashi @KamranOsman

#siyosat Parlamentarizm – davlatni amalda parlament boshqaradigan, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning vazifal
#siyosat Parlamentarizm – davlatni amalda parlament boshqaradigan, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning vazifalari aniq ajratilgan boshqaruv tizimi. Parlamentarizm sharoitida hukumat parlamentda koʻpchilik ovozini olgan partiya aʼzolari orasidan, parlament aʼzolari tomonidan tuziladi va uning oldida masʼuldir. Parlamentarizm — oliy hokimiyatning davlat tuzilmasining alohida turi boʻlib, unda qonunlar shaklida oliy qarorlar qabul qilish uchun moʻljallangan davlat organlari tarkibida aholi tomonidan saylanadigan doimiy organ tashkil etiladi. Shu ma’noda parlamentarizmning asosiy xususiyati doimiy asosda faoliyat yurituvchi milliy vakillik institutining mavjudligidir. Parlamentarizm boshqaruv tizimi sifatida parlamentning o'ziga xos shakllari bilan ajralib turadi: sessiyalar, yalpi majlislar, parlament eshituvlari, parlament tekshiruvlari va boshqalar. Zamonaviy sharoitda parlamentarizm parlamentli respublikalarda ham, parlament monarxiyalarida ham mumkin. Bunday boshqaruv tizimini barpo etishning siyosiy sharti barqaror ikki partiyaviy siyosiy tizimning mavjudligi hisoblanadi. KamranOsman

#psixologiya Erkaklarning eng tubani, paskashi va mutlaq ojizi o'z jismoniy potensialini ayollarga ko'rsatadigan "erkaklardir
#psixologiya Erkaklarning eng tubani, paskashi va mutlaq ojizi o'z jismoniy potensialini ayollarga ko'rsatadigan "erkaklardir." Bunday kimsalar mardligu erkaklik haqida tunu kun gapirsalar ham, ular barbir ojiz, qo'rqoq va tuban bo'lib qolaveradi. Kamran Osman @KamranOsman

#munosabat «Агар тожик бўлсанг, мен сен билан кетмайман». Терактдан кейин Россиядаги Тожикистон фуқаролари нафрат ва тажовузга дучор бўлмоқда. - 22- martdagi daxshatli qatliomdan keyin, rostan ham Moskvadagi ijtimioy keskinlik ana shunaqa holatda. Shaxsan man tojik xalqini aybdor deb bilmayman. Bir hovuch jinoyatchilar qilmishi uchun, butun boshli millatdan hisob so'rash bu adolatsizlik. Qo'shnimiz tojiklar, qon qardoshlarimiz qozoqlar, qirg'izlar, turkmanlar hammamiz ana shunaqa vaziyatda birdamlikni namoyish qilishi kerak. 🇷🇺🤝 🇹🇯 Kamran Osman @KamranOsman

#munosabat Москва вилоятидаги концерт залида номаълум шахслар одамларни ўққа тутди - Biz terrorning xar qanaqa ko'rinishiga q
#munosabat Москва вилоятидаги концерт залида номаълум шахслар одамларни ўққа тутди - Biz terrorning xar qanaqa ko'rinishiga qat'iy qarshimiz va darhol bu xunrezliklar aybdorlarini topib eng og'ir jazo berilishi tarafdorimiz ! Terrorizm har qaysi davrda qoralangan va bundan keyin ham shunaqa bo'ladi. Aslo chidab bo'lmaydigan og'ir jinoyat, albatta jazolanishi shart ! Rus xalqiga chuqur hamdardlik bildiraman. Kamran Osman @KamranOsman

#munosabat Тошкент вилоятида 7 ёшли қиз ўз аммаси томонидан калтакланиши оқибатида вафот этди. - Bunda aybdor kim ? To'g'ri, avvalo o'sha qotil ayol. Ammo bu tangani bir tomoni holos. Endi ikkinchi tomoniga qaraymiz. Marhum bolani ota - onasi, Uzbekistonda yaxshi yashayotgani uchun Rossiyaga ishlagani ketmaganidir. Bu haqida kim gapiradi. Masalan hukumat uzbeklar uchun, o'z vatanlarida rizq topishlari borasida nimalarnidir uddalashganida edi, ehtimol ota onasi bag'rida bu go'dak yashab yurarmidi. Bu og'ir gunoxda noqobil hukumat ham tangri oldida ham albatta kun kelib javob beradi. Uzbekiston infratuzilmasi, resurslari juda katta salohiyatga ega. Bu imkoniyatlarni yana shuncha uzbeklarni boqa oladi. Lekin afsuski bunday bo'layotgani yo'q. Kamran Osman @KamranOsman

#munosabat "Saylov" Bu "saylov" dan katta o'zgarishlar kutmagan edim. Katta ehtimollar bilan yetakchi demokratik davlatlar bu
#munosabat "Saylov" Bu "saylov" dan katta o'zgarishlar kutmagan edim. Katta ehtimollar bilan yetakchi demokratik davlatlar bu teatrni natijasini tan olmaydi va to'g'ri qiladi. Har qanday tiraniya ham bir kun kelib albatta tugaydi. Oxirigi ikki asrni eng ta'sirli va kuchli despotlari Napaleon va Stalinlar ham tugagan. Putin tiraniyasi yakuni ham bo'lsa shunaqa bo'ladi. Chunki bunaqa boshqaruvda mantiq, reja va maqsadlar faqatgina hokimiyatni saqlab qolishga qaratiladi. Demokratik davlatlarda esa davomli idealogiya bo'ladi, va bu idealogiya bitta shaxsga bog'liq bo'lmaydi. Shu sababdan ham, ular uzoq va mustahkam yashashi mumkin. Masalan Stalin vafotidan keyin Xruschev davridayoq destalinizatsiya boshlangan. Bunday saylov laqabli teatrlar qancha ko'p bo'lmasin, u tiran bilan birga o'ladi. Modomiki xalq vaziyatni qo'liga ololmasa. Kamran Osman

#tarix Muhammad Sulton - munosib voris Muhammad Sulton Mirzo Temuriylar davlatining zabardast shag'zodasi. Yirik harbiy sarka
#tarix Muhammad Sulton - munosib voris Muhammad Sulton Mirzo Temuriylar davlatining zabardast shag'zodasi. Yirik harbiy sarkardasi va jamoat arbobi. Davlat asoschisi Amir Temurning eng sevimli nabirasi sifatida ko'riladi. Hukmdorning to'ng'ich o'g'li Jahongir Mirzo va Xonzodabegimning farzandi o'laroq, 1375- yilda tavallud topgan. 1398 - yildan rasman Temuriylar davlatining qonuniy valiahdi etib e'lon qilingan. Shundan anglash mumkinki Amir Temur bu yigitga qanchalik ishonganligini. Bobosining bir qator harbiy kompaniyalarida qatnashgan. Biroq Usmonlilar bilan urushdan so'ng, 1403- yilda Muhammad Sulton vafot etadi. Va ana shu voqea Amir Temur davlatidagi katta yo'qotish bo'lib davlat strategiyasiga ta'sir qiladi. Chunki Temur to so'ngi nafasigacha, boshqa munosib merosxo'r tanlashda ikkilangan. Va yakunda esa Muhammad Sultonning ukasi, Pirmuhammad Mirzo valiahd deb belgilanadi. @KamranOsman

#munosabat Yana bir qovun blogger Mister Abrarov Bu bolani YouTubedagi postlarini ko'rib o'zligini biladigan turkiy, tolerant
#munosabat Yana bir qovun blogger Mister Abrarov Bu bolani YouTubedagi postlarini ko'rib o'zligini biladigan turkiy, tolerant odam deb o'ylabman, bu g'irt uchiga chiqqan radikal, arabqullaridan ekan u. Ayollarni erkaklardan nafratlanadigan darajaga yetishiga sanlarni Buxoriy bobolaringni o'rni juda katta. Feminizm - ayollar huquqini himoya qilish harakati. Modomiki, bu harakatni san "Alloh urib qo'ygan firqa" deb bilsang, unda san ham shunaqa johil, pastkash odamsan. Jamiyatda har bir ayol o'z haq huquqiga ega bo'lishi, erkaklar bilan teng huquqqa ega bo'lishi shart va bunga haqli. Aslini olganda "Alloh urib qo'ygan firqa" san va san kabi radikallar deb bilaman. Shaxsan man feminizmni qo'llab quvvatlayman Kamran Osman @KamranOsman

#munosabat Uzbekiston oltin valyuta zahirasi keskin kamayishga uchradi. Bu juda yomon xabar aslida, bu huddi janga qurolsiz c
#munosabat Uzbekiston oltin valyuta zahirasi keskin kamayishga uchradi. Bu juda yomon xabar aslida, bu huddi janga qurolsiz chiqqanday gap. Har qanaqa iqtisodchi kelib aytsin, bunaqa zahirasi yo'q davlatni avlatchiligi ham uzoqqa bormaydi. Manipulatsiya qilinib, huddi gipnoslangan holatga tushgan bu xalq esa, buni farqiga bormayapdi. Kelajak avlodlarimizga xiyonat qilyapmiz shunchaki. Xalq ko'zini ochib o'z haqqini berishlarini emas, olishni o'rganishlari shart. Vatan davlatchilik kerak bo'lsa. Yo'qsa bu ketishda davlatni ham sotib yeyishadi. Resurslarga boy vatanimiz bor ammo uni qonini zulukday so'rayotgan xoinlarimiz ham ko'p. Bu vatan va xalqqa qilinayotgan zulm. Hammasini xalqqa hisobini berishi shart. Qayerga, qaysi xalqaro banklarga joylanyapdi bu oltin zahiralarimiz. Essiz vatanim, kimlarni qo'lida xor bo'lyapsan a. Ammo biz gapirishdan va xalqni uyg'otishdan aslo to'xtamaymiz. Kamran Osman @KamranOsman

#munosabat Muxolifatchimi yo millatchimi ? Bu adminlarga tushunmadim, "Tajpower" ni qilmishlarida Tojikistonlik sportchilarni
#munosabat Muxolifatchimi yo millatchimi ? Bu adminlarga tushunmadim, "Tajpower" ni qilmishlarida Tojikistonlik sportchilarni nima aloqasi bor ? "Tajpower" qilmishiga yarashasini oldi, nima kerak millatlar o'rtasiga nifoq solib. DHH zobitlari hali ham tirik bo'lsa topsin shu kanal adminlarini, aynan qaysi yozgan bo'lsa ham. Bir qarasa hammani o'risqul, 7- oktyabrdan keyin hammani birdaniga sionistga chiqarayotgan bu saviyasizlarga diniy va milliy etnik nizolar chiqarishdan nima naf bor ekan hayronman. Bunaqa oppozitorlar bilan, Uzbekiston hech nima qilolmaydi. Bularga juda keskin chora ko'rilishi tarafdoriman. "Tajpower" - Tojikistondagi noqonuniy millatchi guruh, ularni ham harakati asosan uzbek diasporasiga qarshi qaratilgan. Bu adminlar ham hissiyotga berilibmi ? "Tajpower" qolib, Tojikistonlik qo'shnilarimizga tashlangan. Nima ham deymiz, bizda qovunlar hali tugamaydi. Kamran Osman @KamranOsman

Uzbek oppozitsiyasining axlati Nashidlarni ta'qiqlab diniy bag'rikenglikka yo'l ochilsa, ular sionist(yahudparast) bo'lar eka
Uzbek oppozitsiyasining axlati Nashidlarni ta'qiqlab diniy bag'rikenglikka yo'l ochilsa, ular sionist(yahudparast) bo'lar ekan. Bu fakt va fikr kanali admining "mantig'i" Nashidlarni ta'qiqlanishini eng katta sababi arablashish, diniy radikalizm terrorsistik targ'ibotlarga qarshi harakat. Uzbek xristianlari nasroniylik bu ularni e'tiqodi, uni ta'qiqlash dunyoviy demokratik davlat Uzbekiston qonunlariga zid. Bunaqa ekstrimist muxolifatga aslo ishonmagan ma'qul. Qo'lida na bir aniq reja, na bir aniq maqsad yo'q jamoa. Bularga yaxshi bironta ish topib berish kerak o'zlarini shunday ovutib yurishadi. Kamran Osman @KamranOsman

#tarix Xonzodabegim - eng uzoq umr ko'rgan ulug' temuriy malikasi. Temuriyzoda, Boburmirzoning opasi, Umarshayxmirzoning qizi
#tarix Xonzodabegim - eng uzoq umr ko'rgan ulug' temuriy malikasi. Temuriyzoda, Boburmirzoning opasi, Umarshayxmirzoning qizi, Abu Saidmirzoning nabirasi, ona tomondan Chingizxon avlodi, ota tomondan Amir Temur avlodi, oliynasab Xonzodabegim 1478- yil Andijonda tavallud topgan. Yoshligi Axsi shahrida o'tkan. Bu ayol haqiqiy sabr timsoli desa ham bo'ladi. 20 yoshidan o'tganda o'zidan ancha katta uzbeklar xoni Shayboniyxonga turmushga chiqish orqali, ukasi Boburmirzoning hayotini saqlab qoladi. Keyinchalik Bobur Hindistonda 330 yil yashagan juda bir ulug' saltanatga asos soladi. Bunda Xonzodabegimni ham tom ma'noda hissasi bor ekan. Xonzodabegim xondan Xurramshoh ismli o'g'il ko'radi. Shayboniyxon Marvda tor-mor etilgach, Xonzodabegim Eron shohi Ismoil I Safaviy qo'liga asir tushadi. Boburmirzo va Ismoil Safaviy munosabatlari do'stona bo'lganligi uchun ham, shoh Xonzodabegimni Bobur huzuriga eson omon yuboradi. Malikani keyingi hayoti ukasining yonida o'tib, ukasi vafotidan keyin esa Humoyunmirzo va Komronmirzolar ziddiyatida ular o'rtasiga tushib aka ukalarni yarashtirishga juda ko'p urinadi. Xonzodabegim 1544- yilda vafot etgan va Bog'i- Boburda dafn etilgan @KamranOsman