en
Feedback
Kamran Osman saltanati

Kamran Osman saltanati

Open in Telegram

♟️ 𝑺𝒉𝒂𝒙𝒔𝒊𝒚 𝒇𝒊𝒌𝒓 ♟️ 𝑺𝒊𝒚𝒐𝒔𝒂𝒕 ♟️ 𝑷𝒔𝒊𝒙𝒐𝒍𝒐𝒈𝒊𝒚𝒂 ♟️ 𝑴𝒂𝒏𝒕𝒊𝒒 ♟️ 𝑴𝒖𝒉𝒐𝒌𝒂𝒎𝒂 🎩- 𝑭𝒐𝒖𝒏𝒅𝒆𝒓: Тюрко-узбекский предприниматель, общественный деятель - Камран Осман

Show more
324
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
#tarix Bu suratdagi inson Chju Di Xitoyni Min sulolasining uchinchi imperatori. 1402-1424 - yillarda imperator bo'lgan. Amir
#tarix Bu suratdagi inson Chju Di Xitoyni Min sulolasining uchinchi imperatori. 1402-1424 - yillarda imperator bo'lgan. Amir Temur hazratlarining Xitoy yurishi amalga oshganida ana shu imperator bilan to'qnashgan bo'lardi. Temuriylar yurishi davrida ham, Min imperiyasi endigina tashkil topib kuchga to'layotgan davlat edi. Bu ikki imperiya to'qnashuvi haqiqiy titanlar jangi bo'lardi. Chju Di davridagi Xitoy, tashqi siyosati, va harbiy salohiyatilarini o'rganib mobodo to'qnashuv bo'lganida Temuriylar imkoniyati qanaqa bo'lishi mumkinligini aniqlasa bo'ladi. @KamranOsman

#tarix #munosabat PYORL -HARBORGA HUJUM 1941- yil 7- dekabr yakshanba kuni Yaponiya harbiy havo kuchlari va suv osti harbiy k
#tarix #munosabat PYORL -HARBORGA HUJUM 1941- yil 7- dekabr yakshanba kuni Yaponiya harbiy havo kuchlari va suv osti harbiy kuchlari tomonidan, Gavayi orollarida joylashgan Tinch okeanidagi AQSH harbiy -dengiz kuchlariga uyushtirilgan hujum. Bu hujum kutilmaganda va hech qanaqa rasman urush e'lon qilinmay turib, to'satdan amalga oshirildi. Natijada bu hududda Yaponiya taktik g'alabaga erishgan bo'lsada, AQSH rasman Ikkinchi Jahon Urushiga qatnashadigan bo'ldi. AQSH Yaponiyadan qaqshatqich tarzda o'ch oldi. Ya'ni, 1945- yil Yaponiyaga ikkita halokatli atom yadro zarbasi berildi. Bittagina qilingan qo'pol xato, avantyura ana shunaqa oqibatlarga olib keladi. Manzara tanish tuyulmayapdimi ? HAMASning qilgan ishi ham huddi ana shunaqa. 7- oktyabrda bu radikal guruh, hech qanday urush e'lon qilmay turib, to'satdan, hatto o'z hududini mudofaa holatiga ham qaramay, aholi tinchligi haqida aniq rejasi bo'lmay turib, Isroilga qarshi zarba berdi. Oqibatda Isroilni qarshi javob zarbalari natijasida bugungacha 36 ming inson o'ldirildi. Kamran Osman @KamranOsman

#munosabat Шавкат Мирзиёев: “Тинчликка эришиш учун мустақил ва озод Фаластин давлати ташкил этилиши шарт” - Uzbekiston katta davlat va turkiy davlatlar ichida ikkinchi eng ko'p sonli millat bo'lganligi uchun ham, endi dunyoga o'z so'zi va o'z o'rniga ega bo'lishi ham shart. - Netanyahu isroilining bu genotsidi aks ta'sir qilyapdi shekilli, bir necha Yevropa davlatlari va endi mana Markaziy Osiyo davlatlari ham Falastinni davlat bo'lishi kerakligini gapirishmoqda. Kamran Osman @KamranOsman

#iqtibos
- Jamiyat davom etishi uchun ayollar albatta muhim, ammo millat kelajagi uchun o'qimishli ayollar juda zarur... Kamran Osman

#tarix Abdullaxon II - shayboniylar sulolasidan bo'lgan, yirik davlat, siyosat arbobi. Uzbeklarning 11- xoni. 1534- yilda hozirgi Samarqand hududida bo'lgan Ofarinkentda tug'ilgan. Abdullaxon II o'z davrida uzbeklardan yetishib chiqqan juda katta salohiyatga va mohir diplomatisiga ega davlat arbobi edi. Abdullaxon hukmronligi davrida Buxoro xonligi Hindiston Boburiylari, Usmonlilar imperiyasi va Rossiya bilan yaqin diplomatik aloqada boʻlgan. Boburiy Akbar 1577-yilda yozgan maktubida oʻzbek Abdullaxonga portugallarni Hindistondan quvib chiqarish niyati haqida xabar beradi. 1575-yilda Usmonli sultoni Murod III Abdullaxonga shia Eroniga qarshi kurashda yordam berish uchun qurol va to‘plar yubordi. Antoni Jenkinson vositachiligida qayta tiklangan rus-buxoro aloqalari XVI-asrning 80-yillari boshlarida Abdullaxonning shaboniy qarindoshi Sibir xoni Kuchumxonni qoʻllab-quvvatlaganligi sababli murakkablashdi. Kuchumxon oʻz qarindoshi, Buxoro xoni Abdullaxon II ning koʻmagiga tayangan holda, oʻzbek, noʻgʻay va qozoqlardan iborat qoʻshin yordamida Sibir xoni Edigey bilan uzoq (1555-yilda kurash allaqachon boshlangan) va qatʼiyatli kurash olib borgan. U 1563 yilda hal qiluvchi g'alabaga erishdi. 1589 yilda Abdullaxon rus podshosi Fyodor Ivanovichga elchixona yuboradi. 1596 yilda Moskvaga yangi elchilar yuborildi. Bu Abdullaxon II tashqi siyosatdagi diplomatiyasi edi. Umuman olganda bu uzbeklar hukmdori dunyodan xabardor siyosatchi bo'lgan. @KamranOsman

#tarix - Uzbeklarni inqilobdan (1917- yil oktyabr) keyin tashkil etilgan, sun'iy millat deb da'vo qilayotgan psevdotarixchila
#tarix - Uzbeklarni inqilobdan (1917- yil oktyabr) keyin tashkil etilgan, sun'iy millat deb da'vo qilayotgan psevdotarixchilar Abdullaxon II ni biladimi ?
Bunday psevdotarixchilarga bizni har doim javobimiz bor. Kamran Osman
@KamranOsman

#tarix Otto fon Bismark - Birlashgan Germaniya imperiyasi asoschisi, Yevropaning o'z davridagi nufuzli shaxsiyati, "Temir kan
#tarix Otto fon Bismark - Birlashgan Germaniya imperiyasi asoschisi, Yevropaning o'z davridagi nufuzli shaxsiyati, "Temir kansler" Bismarkning bir gapi juda katta haqiqatlarga ega
Rossiya bilan tuzilgan har qanday shartnoma, o'sha shartnoma imzolangan qog'ozdan ham arzonroq
@KamranOsman

Stalingrad jangi Qizil Armiya va Vermaxt o'rtasidagi Ikkinchi Jahon urushi va Ulug' Vatan urushining eng muhim va eng yirik u
Stalingrad jangi Qizil Armiya va Vermaxt o'rtasidagi Ikkinchi Jahon urushi va Ulug' Vatan urushining eng muhim va eng yirik umumiy janglaridan biri bo'lib, Qizil armiyaning g'alabasi bilan yakunlangan. Jang 1942 yil 17 iyuldan 1943 yil 2 fevralgacha zamonaviy Voronej, Rostov, Volgograd viloyatlari va Qalmog'iston Respublikasi hududida bo'lib o'tdi. Fashistlar Germaniyasi va uning ittifoqchilari qo'shinlarining hujumi 1942 yil 17 iyuldan 18 noyabrgacha davom etdi, uning maqsadi Kavkazga olib o'tadigan muhim prostranstvani va Stalingradni (zamonaviy Volgograd) egallash edi. Ushbu rejaning yana bir asosiy maqsadi SSSRning markaziy hududlari va Kavkaz o'rtasidagi transport aloqalarini to'sib qo'yish edi. @KamranOsman

#tarix Tinchlik tuzilgach, Madaminbek sovet rahbarlari bilan muzokaralar olib borish uchun Toshkentga boradi va boshqa Qurboshilarni Sovet hokimiyati bilan hamkorlik qilishga koʻndirish maqsadida diplomatik missiyani bajarish topshiriladi. Madaminbek kichik qo'riqchilar otryadi hamrohligida Garbua qishlog'idan Madaminbek ketganidan keyin, o'zini "amir lyashkar boshi" deb atagan Qurbashi Sher Muhammad-bekning (shuningdek, Kur-Shermat nomi bilan mashhur) huzuriga bordi. Sovet hokimiyati aldov yo'li bilan uning otryadlarini Vodil qishlog'iga jalb qildi, u erda Madaminbek va komissar Sergey Suxov boshchiligidagi barcha jangchilar ancha ustun dushman tomonidan yo'q qilindi. Madamin-bekning boshini Xalxo‘ja nomi bilan mashhur qo'rboshi to‘dasi qor ko‘chkisi ostida halok bo‘lguncha bir muddat nayzada ko‘tarib yurgan. Uning qo'l ostidagi jangchilar qisman Qizil Armiya tarkibiga kirdilar. Uning o'limi haqida ko'plab qarama-qarshi mish-mishlar tarqaldi. Sovet rahbariyati uning o'limida ozodlik harakati qo'mondonlarini aybladi. @KamranOsman

#tarix 1919-yilning oʻrtalaridan boshlab u oʻzini milliy qarshilik harakati (amir-ul-musilmon) yetakchisi deb eʼlon qildi, biroq Ergash-kurboshi uning yetakchiligini tan olmadi. Madamin bek 1919-yilda yirik shaharlar va temir yo‘llardan tashqari deyarli butun Farg‘ona vodiysini nazorat qilgan. Uning raqiblaridan biri rus ko'chmanchilaridan yollangan Konstantin Monstrov boshchiligidagi Dehqon armiyasi edi. Biroq, bolsheviklar bilan to'qnashuv tufayli 1919 yil 22 avgustda Monstrov Qizil Armiyaga qarshi Madaminbek bilan ittifoq tuzdi. 1919-yil 22-oktabrda Madaminbek boshchiligida Muvaqqat Fargʻona hukumati (Fargʻona muvakkat muxtoriyati hukumati) tuzilib, Monstrov uning oʻrinbosari boʻldi. Bu hukumat homiyligida musulmon xalq harakatining boshqa boʻlinmalari, xususan, Ergash boʻlinmalari birlashdi. 1920-yil fevralda Qizil Armiya boʻlinmalari Madaminbekni jiddiy magʻlubiyatga uchratdi va 1920-yil martida uning asosiy kuchlarini qurshab oldi. 1920 yil mart oyida Musbyuro vakillari va shaxsan viloyat inqilobiy qoʻmitasi raisi Nizometdin Xoʻjaev (sovetlar tomoniga o'tib ketgan mahalliy xoinlardan) bilan ogʻir muzokaralardan soʻng Madaminbek Sovet hokimiyati bilan tinchlik shartnomasi tuzdi va unga boʻysunishga rozi boʻldi (bu vaqtdan yutishni ko'zlagan siyosiy o'yin edi), shundan soʻng u boshqa kurbashlarni koʻndira boshladi. 1920 yil 6 -martda tinchlik shartnomasi imzolandi, 1920 yil 20 -martda Farg'onada bayram va parad bo'lib, unda Turkiston fronti qo'mondoni Mixail Frunze ishtirok etdi. @KamranOsman

#tarix Madaminbek oilasi Farg‘ona viloyatining markaziy qismidagi Marg‘ilon tumanida yashagan. 1917 yil bahorida Muvaqqat hukumat amnistiyasiga binoan Madaminbek o‘zi jazo o‘tayotgan qamoqdan ozod qilinadi va Ko‘hna Marg‘ilon yaqinidagi qishloqqa joylashadi. Ko‘p o‘tmay Ko‘hna Marg‘ilonga ko‘chib o‘tib, musulmon ishchilari kasaba uyushmasi raisi bo‘ldi. Oktyabr inqilobi gʻalabasidan soʻng Koʻhna Margʻilon militsiya boshligʻi (12.1917 – 06.1918) boʻldi. 1918 yilning yozida Madamin bek badavlat oiladan bir ayolga uylanadi. Oʻziga mahalliy boʻysunuvchilardan musulmon xalq harakati militsionerlari otryadini tuzib, Madamin-bek Ergash-kurboshi (Irgash-boy) otryadlariga qoʻshildi va 1918-yil yozidan Qizil Armiya boʻlinmalariga qarshi jang qildi. U mulla Ergash-Qurboshining norasmiy noibi hisoblangan, biroq Ergash bilan o‘rtasida kelishmovchiliklar bo‘lib, ular bir biriga zid ish qilishgan. @KamranOsman

#tarix Madaminbek - (Muhammadaminbek Ahmadbek o'g'li 1893 — 1920). Fargʻona vodiysidagi milliy ozodlik harakati boshliqlarida
#tarix Madaminbek - (Muhammadaminbek Ahmadbek o'g'li 1893 — 1920). Fargʻona vodiysidagi milliy ozodlik harakati boshliqlaridan biri, soni deyarli 30 ming kishilik otryadlari ixtiyorida boʻlgan nufuzli qo'rboshi. Faoliyatning asosiy maydoni Andijon atrofida edi, u bir necha bor Andijonni ozod qilishga harakat qildi. @KamranOsman

#munosabat Bugun millat oydinlarini xotirlash kuni. Yurt ozodligi yo'lida fido bo'lgan millat qahramonlarini faqat bugun emas
#munosabat Bugun millat oydinlarini xotirlash kuni. Yurt ozodligi yo'lida fido bo'lgan millat qahramonlarini faqat bugun emas, har doim yodda saqlab bizdan keyingilarga ularni to'g'ri tanitishimiz kerak. Chunki 70 yil davomida ularni bizdan uzoq tutishdi. Ammo endi zanjirlar uzildi, ularni tariximizga qaytarish bizni ularga qilgan eng buyuk yaxshligimiz bo'ladi.
Millat qahramonlarini ruhlari shod bo'lsin, Alloh raxmat qilsin
🤲 Kamran Osman @KamranOsman

#tarix Ashina turklari Ashina 6- 8- asrlarda Turk xoqonligi hukmdorlarining zodagon oilasi. Xunnlar davrida "Ashina" qadimgi
#tarix Ashina turklari Ashina 6- 8- asrlarda Turk xoqonligi hukmdorlarining zodagon oilasi. Xunnlar davrida "Ashina" qadimgi turklarning asosini tashkil qilgan. Turklar va turkiylarga ta'luqli titullar: Xoqon Shanyun Ilxon Xon Yabg'u Tarxon Shod Bek O'rta asrlarga kelib "amir" unvonini ham ola boshlashgan.
Turk xoqonligiga asos solgan Bumin xoqon, va turklarining afsonaviy qo'mondoni Istemixon ham ana shu ashina turklariga mansub
@KamranOsman

#tarix Alamut (burgut uyasing) qulashi. Moʻgʻul davlatining buyuk xoni Mo'ngke (1251-1259) ismoiliylar tomonidan ularga yetka
#tarix Alamut (burgut uyasing) qulashi. Moʻgʻul davlatining buyuk xoni Mo'ngke (1251-1259) ismoiliylar tomonidan ularga yetkazilgan zarar haqida Qazvin va Forsning togʻli hududlari aholisidan shikoyat qiladi. Bu 1220-yillarda boshlangan mamlakatni yakuniy zabt etish maqsadida Eronga hujumni davom ettirish uchun sabab bo'ldi. 1253 yil mart oyida Kit-Bug'a korpusi Kuhistonda harbiy harakatlar boshladi. Bu Hulagu qo'shinining avangard (qo'shining old qismi) qismi bo'lib, keyinchalik 1256 yilda Yaqin Sharqqa keng ko'lamli yurish boshladi. Kit-Bug'a sezilarli muvaffaqiyatga erisha olmadi. Uning qo'shinlari juda kam edi va Ismoiliy qal'alari mudofaa uchun mukammal tayyorlangan. Asosiy qo'shinlarning yaqinlashishi bilan vaziyat o'zgardi. 1256 yil 2 yanvarda Hulagu qo'shini Amudaryoni kesib o'tdi va iyun oyining boshida Alamutni qamal qildi. Imom Rukn ad-Din Xurshoh (so'ngi hashoshiy imom) 19-noyabr kuni g‘oliblar rahm-shafqatiga umid qilib, o‘z qarorgohi Meymundiza darvozasini mo‘g‘ullar uchun ochdi. Hulaguning iltimosiga ko'ra, u o'z davlatining barcha burchaklariga taslim bo'lishni buyurgan xabarchilarni yubordi. Qal’alarning 40 ga yaqin komendanti uning vasiyatini bajarib, qal’alarni taslim qildi. Ammo Alamut va Lamasar bir muddat qarshilik ko'rsatishdi. 15 dekabrda Alamutga hujum boshlandi va 19 dekabrda olib bo'lmas deb hisoblangan istehkom taslim bo'ldi. Hulaguga yurishda hamrohlik qilgan tarixchi Ota Malik Juvayniyga Alamutning boy kutubxonasi bilan shaxsan tanishish vazifasi yuklangan. Unda Juvayniy 10-asrning anonim muallifi tomonidan yozilgan “Gilon va Deylem tarixi”ni va Hasan ibn Sabboh hayotiga bagʻishlangan “Serguzasht-i Seyidna” qoʻlyozmasini topib, keyinchalik “Tarix-i-jehangush” asarida qoʻllagan ("Dunyo fathining tarixi"). Juvayni kutubxonani talonchilikdan qutqardi, lekin keyin uning ismoiliylik aqidasi bor qismini yoqib yubordi. @KamranOsman

#tarix Alamut (Hasan Sabboh qal'asi) — Eronning Qazvin viloyatidagi Tolish tog'lari va markaziy Elburz (Elbrus bilan adashtir
#tarix Alamut (Hasan Sabboh qal'asi) — Eronning Qazvin viloyatidagi Tolish tog'lari va markaziy Elburz (Elbrus bilan adashtirmaslik kerak) tutashgan joyida 2163 metr balandlikdagi tog' qal'asi, Tehrondan taxminan 100 kilometr uzoqlikda. Hozirda undan faqat xarobalar qolgan. Hamdalloh Mostoufiyning yozishicha, qal’a 840 yilda qurilgan. Qurilishning yana bir ehtimoliy sanasi 859. Shahrud va Alamut daryolaridan hosil boʻlgan Rudbar togʻ vodiysining oʻrtasida, balandligi taxminan 200 metr boʻlgan alohida qoyada joylashgan mustahkam qal'a. Alamut qal'asi hashoshiy diniy siyosiy oqimining markazi bo'lgan. @KamranOsman

#tarix Shahrisabzdagi Buxoro Amirligi qo'shinlari. 1885- yil Amirlik qo'shin tuzilmalariga 1785- yilda asos solingan. Bu qo's
#tarix Shahrisabzdagi Buxoro Amirligi qo'shinlari. 1885- yil Amirlik qo'shin tuzilmalariga 1785- yilda asos solingan. Bu qo'shinga shaxsan amirning o'zi qo'mondonlik qilgan. @KamranOsman

#munosabat Жорий йилнинг 1 майидан бошлаб аҳоли учун: Электр энергиясининг кВт.соати 295 сўмдан 450 сўмга; - 201-1000 кВт.соатни ташкил этса 900 сўм; - 1000 дан 5000 кВт.соатгача 1 350 сўм; - 5000 дан 10000 кВт·соатгача 1 575 сўм; - 10 минг кВт.соатдан ошса 1800 сўм. Газ нархи ҳам 1 майдан 650 сўм бўлади Янги тарифга кўра, 1 куб/метр газ нархи 650 сўм (ҳозир 380 сўм) этиб белгиланади. Бунда ҳам ижтимоий нормалар белгиланади — унга кўра, мартдан октябргача (иссиқ кунларда) — ҳар 100 кубометргача 650 сўмдан, қишда эса 500 кубометргача 650 сўмдан тўлайсиз. Ëзда 100 кубометрдан кўп газ ишлатилганда, нарх 1500 сўмга кўтарилади, қишда эса 500 кубометрдан ошганда, 1500 сўмгача қимматлашади. 🔥 Bomba yangilikmi ? Bu to'dani xalqni o'zi, propogandalar orqali saylab tepasiga olib kelib qo'ydi. Endi marhamat qilib badaliga ham chidang. Bu hali xolvasi endi kredit foizlari, jarimalar ko'tariladi. Chunki davlat 8 yilda bo'g'zigacha qarzga botirildi. Va bu olingan qarzlarni imtiyozli muddati ham tugay deb qolgan, byudjet (g'azna) esa bo'm-bo'sh. Olingan qarzlar foydali manfaatlarga sarf qilinmay o'zlashtirilgandan keyin, uni to'lash ham shu avom xalq gardanida. "Meniki, seniki" deb masxarabozlik qilib sayladinglarmi ? Endi chidaysizlar bu to'dani har qanaqa qiliqlariga ) Kamran Osman @KamranOsman

#tarix Diqqat savol suratdagi inson kim ? Kim tanidi bu insonni ? Suratdagi inson Turkiston ozodik harakatlari bosh qo'mondon
#tarix Diqqat savol suratdagi inson kim ? Kim tanidi bu insonni ? Suratdagi inson Turkiston ozodik harakatlari bosh qo'mondoni - MuhammadAminbek Ahmadbek o'g'li (Madaminbek) @KamranOsman

"Mossad" - Isroil milliy razvedka xizmati, AMAN (Harbiy razvedka direksiyasi) va Shabak bilan birga Isroilning uchta asosiy r
"Mossad" - Isroil milliy razvedka xizmati, AMAN (Harbiy razvedka direksiyasi) va Shabak bilan birga Isroilning uchta asosiy razvedka agentligidan biri. Tashkilotning bosh ofisi Tel-Avivdagi Shaul XaMelex bulvarida joylashgan. Asosiy operatsion bo'linmalar 1989 yildan beri Tel-Avivning chekkasida joylashgan. Ushbu xizmat faqat Isroil Bosh vazirining yurisdiksiyasi ostida. Tashkilot emblemasida Isroil davlatining timsoli bo'lgan minora tasvirlangan va shiori: "E'tiborsizlik bilan xalq yiqiladi, ammo maslahatchilar ko'p bo'lsa, u gullab-yashnaydi". @KamranOsman