cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

ʟᴏɢɪᴋᴀ.ᴜᴢ

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! Xush kelibsiz! Kanal xaritasi 👇 https://t.me/Logika_uz_TV/20662

Show more
Advertising posts
422
Subscribers
No data24 hours
+157 days
+5030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

😡 Asabi tez buziladigan ayollarga va ularni tushinmaydigan erkaklarga tegishli ibratli voqea Bir erkak imomdan so'rabdi: – Domla, uyda xotinim baqiraveradi. Nuqul asabi tarang. Shunday holatda uni urishim yoki biror jazo qo'llashim mumkinmi? Yoki boshqa chorasi bo'lsa ayting! Imom javob beribdi: – Farzandlaringiz bormi? Haligi erkak: – Ha, uchta bolamiz bor, Alhamdulillah! Imom shunday debdi: – Unday bo'lsa chorasi oson, xotiningizni ikki kunga otasinikiga yuboring, bolalaringizni esa olib qolingda, o'zingiz qarang. Ikki kundan keyin yana oldimga kelasiz, keyin javobni aytaman. Haligi erkak ikki kun imom aytganidek bolalariga qaragan va uy yumushlarini o'zi qilib charchagan va asabi buzilgan holda keldi. Imom erkakka qarab shunday debdi: — Ayollarning asabiyligi, toqatsizligi ko'pincha, turmush tarzining bir xilligidan bo'ladi. Faqat uy yumushlari, bola-chaqa baqir-chaqiri uni zeriktiradi. Shuning uchun ayolingizga uyda yordam berishga harakat qiling, imkoningiz yetgunicha ko'chaga aylantirish, sovg'a ulashish, uni xursand qiladigan shirin soʻzlar aytish kabi kutilmagan harakatlar bilan ko'nglini ko'tarib turing. Xulosa: Biz erkaklar manashunday ayollarimizdan ortiqcha nafratlanib ularga ortiqcha ozor berib qo'yar ekanmiz. Albatta bu sinov dunyoda ko'z ochib ko'rgan ayolimizga mehribon bo'laylik. Zero bu dunyoda bizdan faqat yaxshilik qolsin... ©"Farzand_tarbiyasi_uzb" kanali 🎓@Logika_uz_TV🎓
Show all...
👍 2
​​​​BOLALAR HAM FIKRLAYDI. Ayam uydan ketib qoldi. Dadam ikkisi biroz aytishishdi. Ayam ostonada dadamga qarab: "Menga javob bering" dedi. Dadam "Yo'q" dedi. Maktabda o'qituvchimiz javob bermasa, uyga ketmas edik. Lekin ayam ketib qoldi. Meni ham o'zi bilan birga olib ketmoqchi edi, ko'nmadim. Dadam menga "Mansurbek, o'zing bilasan, o'g'lim" dedi. Ayamni yaxshi ko'raman. Menga juda mehribon. Barcha ayalardan chiroyli. Meni maktabga ancha joygacha kuzatib keladi. Kichkinaligimda sinfgacha kirar edi. Hozir katta bo'lib qoldim - to'rtinchida o'qiyman. O'qishdan kelishimga shirin-shirin ovqatlar pishirib qo'yadi. Mazza qilib yeb, keyin o'ynagani ko'chaga chiqaman. Kechqurun darsimni tayyorlashga ko'maklashadi. Shunday bo'lsayam, dadam bilan qoldim. Dadamni ham yaxshi ko'raman-da. "Sen katta bo'lsang, zo'r odam bo'lasan", deydi. Uyda Ayam yo'qligida ovqat pishirmaydi. Kafe va oshxonalardan olib keladi. Kolbasalar, pishiriqlar, shirinliklar... mazza. Dadam shifokor. Bemorlarni davolaydi. Gavdasi ham katta. Sochini doim orqaga taraydi. Galstuk taqishni biladi. Ko'chada qo'l ushlashib ketayotganimizda ko'pchilik salom berishadi. Bolalar ham qarab-qarab qo'yishadi. Shunda men xursand bo'lib ketaman. Ayamni yomon demayman-u, ba'zi ishidan dadam achchiqlanishi o'rinli. Ko'p hollarda dadam go'sht olib kelganda, ayamning beparvoligi tufayli go'shtni mushuk olib qochadi. Ovqatdan soch chiqib qolganda, dadam "Ovqat nega shirin bo'libdi, desam soch solgan ekansiz - da", deydi kulib. Ayam qovoq uyadi. Birga o'qiydigan Jahongir degan o'rtog'im bor. Ba'zan ularnikiga boraman. Jahongirning dadasi bunday paytda tovoqni ovqati bilan uloqtirib yuboradi. Ayasi ko'ziga yosh oladi. Jahongirning oyisi Munira aya juda yaxshi, mehribon. Tinmaydi. Qachon borsam, nimadir ish bilan band. Mol-qo'ylari bor. Bizga yaxshi gapiradi. Sut pishirib beradi. Daladan o't tashiydi. Tomorqasiga qaraydi. Bodringlari ko'p. Munira aya yuvgan kirlari qurigach, so'rida o'tirib, birma-bir ko'rikdan o'tkazadi. Yirtiq joylarini tikadi. Mening dadam bo'lsa, paypog'idagi teshikchasidan barmog'ini chiqarib, "Darcha ochilib qolibdi-ku", deydi. Bir - ikki kun o'tgach, o'zi tikayotganini ko'raman. Dadamning nolishicha, kiyimlarni tikish kerak bo'lsa yoki tugma qadashga ayam mos ip qidirib o'tirmas ekan.. Duch kelgani bilan tikib qo'ya qolar ekan. Kecha maktabdan kelganimda dadam "Ayangni sog'ingdingmi?" deb qoldi. Men indamadim. "Dam olish kuni olib kelamiz" dedi. Yayrab ketdim. Bugun maktabga borsam, ayam turibdi. Dadamning gapini aytdim. Ayam bo'lsa "O'h-ho', ertaroq borsa bo'lmas ekanmi?" dedi. Men bir o'g'ilman. Dadam "Senga uka olib kelamiz", deganiga ancha bo'ldi. Men ham ukamni o'ynatib yurgim keladi. Ularning eslaridan chiqib qoldi, shekilli. Saharlab kimdir sochimni silayapti. Ayamning qo'llarini darhol sezdim. Men tush debman. O'ngim ekan. Ayam qaytib kelibdi. Xursand bo'lib ketdim. Yakshanbagacha ancha bor edi. Yaxshi bo'libdi. Ayajonim mening! 🎓@Logika_uz_TV🎓
Show all...
👍 3
BOLАGА BESHIK OLISH KIMNING ZАMMАSIDА? Farzand tugʼilganda beshikni qizning ota-onasi qilishi shartmi? 💬 JАVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Dinimizda farzand balogʼatga yetgunicha uni yedirib-ichirish, kiyintirish, uy-joy va boshqa barcha zaruriy jihozlar bilan taʼminlash, shuningdek, xastalik yetsa davolash va taʼlim tarbiya berishlar ham otaning zimmasiga vojibdir. Bu haqida Аlloh taolo “Baqara” surasida marhamat qilgan: وَعلَى الْمَوْلُودِ لَهُ رِزْقُهُنَّ وَكِسْوَتُهُنَّ بِالْمَعْرُوفِ "...Ularni maʼruf ila yedirib, kiyintirish tugʼdirganning zimmasidadir..." (233-oyatdan). Shunday ekan bolaga beshik olish ham otaning zimmasida. Bu majburiyatlarni bajarmasdan boshqalarning zimmasiga yuklash gunoh hisoblanadi. Vallohu aʼlam. Oʼzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hayʼati. P.s.: Imkon boricha tarqatinglar, ayrim "erkaklar" va "mehribon qaynalar" ham shundan xabar topishsin. 👉 @bola_tarbiyasi
Show all...

Repost from Fotiha.Uz
КЕЛИННИНГ ОНАСИДАН БЕШИК @Savollar_kanal 5105-савол Ассалому алайкум! Яқинда опам фарзандли бўлади. Шу боис онам “болага бешик, коляска, кроват ва хк лар беришим керак” деяптилар. “Аёли ва фарзандларнинг нафақасини бериш эрнинг зиммасида” десам ҳам “барибир бераман, бизнинг даврда ҳам бувинг сенга шуларни берган” деяптилар. Онамга нима дейишни билмаяпман. ЖАВОБ: - Ва алайкум ассалом! Шариатимиз буларнинг барчаси боланинг отаси зиммасига вожиблигини айтиб қўйган. Баъзи ўринларда куёв томон буни қиз томоннинг зиммасига юклашларини эшитдик. Бу мутлақо нотўғри, аслини олиб қаралганда бир жиҳатдан зулм ва яна бошқа бир жиҳатдан тиланиш ҳисобланади. Валлоҳу аълам! "Зикр аҳлидан сўранг" ҳайъатиМанба ➡️ Каналга уланиш
Show all...
Бошка бундай дуо қилманг! Бу дуо эмас бу баддуо! Нотугри сўралган дуони оқибатини кўрдик! ​​​┄┅┅•🌸•═•⊰🌼⊱•═•🌸•┅┅┄ БОШҚА КАНАЛЛАРИМИЗГА АЪЗО БЎЛИНГ 👇👇👇👇👇🏃‍♀🏃‍♀🏃‍♀ ҚАЙНОНА МАСЛАХАТИ КАНАЛИ ОТИНОЙИЛАР КАНАЛИ ОИЛАМ ТАРБИЯМ МАСКАНИ КАНАЛИ
Show all...
👍 1
Что думаете об этом? Почувствовали двойные стандарты?! Таржимаси: Қандай фикрдасиз? Икки хил стандарт - Эштингми, Руслан хотини билан ажрашди... - ҳа энди унга ҳеч ким уйланмайди, чунки у оиласини шарманда қилди, - ҳа... маълум бўлишича, хотини хиенат қилибди. Ўзиз ўйланг, шуям ишми, нима қипти хиёнат қилса, бу хамма аёлларнинг табиатида борку. Энг муҳими, у яхши уй бекаси, ишлаб пул топади, болаларгаям қарашга улгурарди. Ичмаган, чекмаган. Яна нима керак? Хўш, ҳа, ким хозир хиенат қимаяпти? Бу умуман ажралиш учун сабаб эмас. - ха яна эштдимки у эрига қўл кўтараркан... - Хоп, у қўлини кўтарди, балки бунга ўзи сабачидир, шунгача олиб келиб жахлини чиқарган. Оловсиз тутун бўлмайди. - Ха сиз хақсиз. Хаммаям шунака хотинни орзу қилади. - Майли, биз ҳукм қилишимиз керак эмас, албатта, лекин у чидаши керак эди. Сабр қилиши керак эди эртага ачинади ​​​┄┅┅•🌸•═•⊰🌼⊱•═•🌸•┅┅┄ БОШҚА КАНАЛЛАРИМИЗГА АЪЗО БЎЛИНГ 👇👇👇👇👇🏃‍♀🏃‍♀🏃‍♀ ҚАЙНОНА МАСЛАХАТИ КАНАЛИ ОТИНОЙИЛАР КАНАЛИ ОИЛАМ ТАРБИЯМ МАСКАНИ КАНАЛИ
Show all...
Bola tarbiyasida do'st va muhitning ta'sirini ko'ring. Ha, asosiy tarbiyani bola uyda ota-onasidan oladi. Lekin bu boshqalarning ta'siridan xalos bo'ladi degani emas. Bitta bolaning ta'siri unga shunchalik bo'lsa, bolalarning ko'p qismi yaxshi yoki yomon tarbiyada qanchali ta'sir kuchiga ega ekanini tasavvur qilib ko'ring. Shuning uchun ham uy, bog'cha, maktab, do'st tanlashda o'ta xushyor bo'lish lozim. “Qovun qovundan rang oladi”, “Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqadi” degan gaplar bejiz aytilmagan axir. ©"IkromSharif" kanali 🎓@Logika_uz_TV🎓
Show all...
Rizq faqatgina mol-mulk va qoringa kiradigan yegulik emas, balki undan boshqa kattaroq rizqlar bor: Iymon - eng katta rizq. Solih(a) juft - rizq. Solih(a) farzand - rizq. Solih ota-ona - rizq. Solih do'st - rizq. Solih amal - rizq. Sog'lik - rizq... © 🎓@Logika_uz_TV🎓
Show all...
👍 2 2
Qur'onni qanchada to'liq yodlash mumkin? Kuniga bir oyatdan yodlansa, ✅ 17 yilu 7 oyu 9 kunda. Kuniga ikki oyatdan yodlansa, ✅ 8 yilu 9 oyu 17 kunda. Kuniga uch oyatdan yodlasa, ✅ 5 yilu 10 oyu 13 kunda. Kuniga to‘rt oyatdan yodlansa, ✅ 4 yilu 4 oyu 24 kunda. Kuniga besh oyatdan yodlansa, ✅ 3 yilu 6 oyu 7 kunda. Kuniga olti oyatdan yodlasa, ✅ 2 yilu 11 oyu 4 kunda. Kuniga yetti oyatdan yodlansa, ✅ 2 yilu 6 oyu 3 kunda. Kuniga sakkiz oyatdan yodlansa, ✅ 2 yilu 2 oyu 12 kunda. Kuniga to‘qqiz oyatdan yodlasa, ✅ 1 yilu 11 oyu 12 kunda. Kuniga o‘n oyatdan yodlansa, ✅ 1 yilu 9 oyu 3 kunda. Kuniga yarim betdan yodlansa, ✅ 3 yilu 4 oyu 24 kunda. Kuniga bir betdan yodlasa, ✅ 1 yilu 8 oyu 12 kunda. ©"muslimaatuz" kanali 🎓@Logika_uz_TV🎓
Show all...
👍 2
Дунё лаззатини еб-ичмоқ, кийинмоқда деб биладиган аёллар кўринг. Ибратланинг. Инсон ниқобидаги қанчалаб маккор шайтонлар бор ҳаётда. Икки дунёимизни ҳаробага айлантиришга қасд қилган... ​​​┄┅┅•🌸•═•⊰🌼⊱•═•🌸•┅┅┄ БОШҚА КАНАЛЛАРИМИЗГА АЪЗО БЎЛИНГ 👇👇👇👇👇🏃‍♀🏃‍♀🏃‍♀ ҚАЙНОНА МАСЛАХАТИ КАНАЛИ ОТИНОЙИЛАР КАНАЛИ ОИЛАМ ТАРБИЯМ МАСКАНИ КАНАЛИ
Show all...