Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi
Open in Telegram
Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limining telegramdagi rasmiy kanali. Ma'lumot uchun: +998(55)7030016 Telegram -—- t.me/sam_shahar_mmtb Facebook -—- www.facebook.com/groups/samshahar/ Veb sayt -—- www.samshmmtb.uz
Show more5 466
Subscribers
-1224 hours
-1357 days
+97830 days
Posts Archive
Repost from SAMARQAND TAMADDUNI
📚 «Raqamli ma’rifat akademiyasi» — yangi loyiha!
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand shahar bo‘linmasi tomonidan, Samarqand shahar hokimligi bilan hamkorlikda «Raqamli ma’rifat akademiyasi» loyihasi yo‘lga qo‘yildi.
🎯 Loyiha doirasida bugungi mavzu: 🌐 Internet — imkoniyatmi yoki xavf?
Internetdan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish, raqamli makonda axborotni saralash va turli tahdidlardan himoyalanish — bugun har birimiz uchun muhim.1-darsning 1-qismi. Davomi bor... Ko‘rish: https://youtu.be/X6NqlpjN39I?si=UMHhhqw_W8zW5TOz #RaqamliMarifatAkademiyasi #Internet #RaqamliMadaniyat Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz👇 Telegram|YouTube | Facebook|Instagram
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
‼️‼️‼️
🔺 PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari e’lon qilindi — O‘zbekiston o‘quvchilari qanday natija qayd etdi?
Ta’lim forumi doirasida OECD tomonidan PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari rasman e’lon qilindi.
Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston PISA tadqiqotida ikkinchi marotaba qatnashdi.
Mamlakatimizdan xalqaro tashkilot tomonidan tasodifiy tanlab olingan 233 ta maktabning 8 652 nafar 15 yoshli o‘quvchisi tadqiqotda ishtirok etdi.
❗️Tabiiy fanlar bo‘yicha
O‘zbekiston o‘quvchilari 438 ball to‘plab, 91 ta davlat va ta’lim tizimi orasida 48-o‘rinni egalladi.
↗️ Taqqoslash uchun, PISA 2022da tabiiy fanlar bo‘yicha natija 355 ball va 80-o‘rinni tashkil etgan. Shu tariqa, 2025-yilda natija qariyb 83 ballga oshgan.
💻 Raqamli dunyoda o‘rganish bo‘yicha:
O‘zbekiston o‘quvchilari 402,4 ball qayd etib, 72-o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, PISA 2025da asosiy yo‘nalish sifatida tabiiy fanlar savodxonligi belgilangan. Matematika va o‘qish savodxonligi bo‘yicha natijalar yuzasidan qo‘shimcha tahlillar olib borilmoqda.
📊 Ma’lumot o‘rnida: PISA 2025 Xalqaro tadqiqotida 91 ta davlat va ta’lim tizimi ishtirok etdi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
"APK QO`RIQCHI" дастурини ўрнатиш бўйича видео қўлланма!
«Kelajak soati»: Vatan qayerdan boshlanadi?✓
#Kelajak_soatlari
🇺🇿 «VATAN QAYERDAN BOSHLANADI?» — O‘QUVCHILAR BILAN INTЕRAKTIV MASHG‘ULOTLAR
Samarqand viloyatidagi umumta’lim maktablarida «Kelajak soati» loyihasi doirasida «Vatan qayerdan boshlanadi?» mavzusida interaktiv va mazmunli mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Darslar davomida o‘quvchilarda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, yurt taqdiriga daxldorlik va fuqarolik mas’uliyati tuyg‘ularini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
E’tiborlisi, «Kelajak soati» mashg‘ulotlari nafaqat sinf xonalarida, balki o‘quvchilarning oilalarida ham davom etmoqda. Bolajonlar darsda olgan taassurotlari va o‘rgangan mavzulari haqida ota-onalari bilan suhbatlashib, ularning fikr va mulohazalarini o‘rganmoqda.
Ota-onalarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi faol ishtiroki farzandlarning ma’naviy kamoloti va dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
— «Kelajak soati» darslari orqali o‘quvchilarimizning uylariga ham kirib bordik. Bolajonlarimiz darsda o‘tilgan mavzular haqida ota-onalari bilan suhbatlashib, ularning fikrlarini ham o‘rganyapti. Ta’lim-tarbiya jarayoniga ota-onalar hamkorligining yo‘lga qo‘yilayotgani ijobiy samara beradi, — deydi Samarqand shahridagi 1-umumta’lim maktabi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Ozoda Esirgapova.
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
📱Telegram |📱 Facebook |📱 YouTube 📱 Veb-sayt
+3
O‘quv yili oldidan muhim vazifalar belgilandi
Samarqand shahar hokimi o‘rinbosari F.Nishonov hamda shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Z.Nuriddinov ishtirokida maktab direktorlari bilan ZOOM orqali onlayn yig‘ilish o‘tkazildi.
Yangi o‘quv yilida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha ustuvor, ta’limiy va tashkiliy vazifalar belgilab olindi.
Maktablarda o‘quv yilining boshlanishi, ta’lim sifatini oshirish va tashkiliy masalalar bo‘yicha mas’ullarga aniq va qisqa muddatli topshiriqlar berildi.
+9
Samarqand shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari bilan “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” mavzusida davra suhbat tashkil etildi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilar bilan giyohvandlikning inson hayoti va salomatligiga yetkazadigan zararli oqibatlari, uning yoshlar kelajagiga salbiy ta’siri hamda bunday illatlardan yiroq bo‘lishning ahamiyati haqida fikr almashildi.
Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini tanlash, sport va kitobxonlik bilan shug‘ullanish, bo‘sh vaqtni foydali mashg‘ulotlar bilan o‘tkazish hamda hayotda to‘g‘ri qaror qabul qilishning muhim jihatlari alohida ta’kidlandi.
Repost from Samarqand TVR | MTRK
KUN XABARLARI | YANGI O’QUV YILI: BOLALIKNING YANGI SAHIFASI
03.09.2026-YIL
Rasmiy sahifalar:
✅𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube
Repost from Samarqand TVR | MTRK
KUN XABARLARI | YANGI O’QUV YILI: MAKTABLARDA BAYRAMONA SHUKUH
03.09.2026-YIL
Rasmiy sahifalar:
✅𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube
Repost from Samarqand TVR | MTRK
KUN XABARLARI | YANGI O’QUV YILI: MAKTABLARDA BAYRAMONA SHUKUH
03.09.2026-YIL
Rasmiy sahifalar:
✅𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Kelajak_soati
Ajdodlarimiz tarix yaratdi. Endi navbat — bizniki!
Yurtimiz tarixida katta iz qoldirgan ajdodlarimizning bosib o‘tgan yo‘li, ilm-fan, madaniyat va taraqqiyot yo‘lidagi xizmatlari, Vatan ravnaqi yo‘lidagi fidoyiliklari bugungi avlod uchun ibrat maktabidir. Ularning bebaho merosi bizni buyuk maqsadlar sari ilhomlantiradi. Zero, ajdodlarimizdan qolgan munosib merosni davom ettirish, yurtimiz kelajagini bunyod etish — bizning qo‘limizda.Endi tarixni davom ettirish navbati — bizniki! "Kelajak soati" Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
+8
🇺🇿 “SALOM, BOG‘CHA!” TADBIRLARI O"TKAZILDI
Samarqand shahridagi 6-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida “Salom, bog‘cha!” tadbirlari “O‘zbekiston — mening Vatanim!” shiori ostida Mustaqillik darslari bilan uyg‘un holda, ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
Tadbir davomida tarbiyalanuvchilarga ona Vatan, uning betakror tabiati, milliy qadriyatlari, mustaqilligimizning ahamiyati hamda Vatanga muhabbat tuyg‘usi haqida tushunchalar berildi.
Bolajonlar tomonidan Vatanimizni madh etuvchi she’r va qo‘shiqlar ijro etilib, ularning yurtimizga bo‘lgan mehri va qiziqishlari namoyon etildi.
Tadbirda Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sobir Mirzayev ishtirok etib, tarbiyalanuvchilar uchun tashkil etilgan mashg‘ulotlar jarayonini kuzatdi hamda ta’lim-tarbiya jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
🇺🇿 Mustaqil va obod yurtimiz kelajagi — bilimli, vatanparvar va ma’naviy yetuk avlod qo‘lidadir!
🖌Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
📱Telegram |📱 Facebook |📱 YouTube📱Veb-sayt
❗️Malaka sinovlarida ishtirok etish uchun murojaat yuborish davom etmoqda
📌2026-yil 1-avgust kunidan — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan joriy yilning avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan malaka (test) sinovlarida pedagog kadrlarning ishtirok etishi uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlangan.
Attestatsiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan oʻtish va murojaat yuborish 2026-yil 1-oktabrga qadar davom etadi.
👉 Murojaatlar:
➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining pedagog.uzedu.uz platformasi;
➖ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali—my.gov.uz;
➖ Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.
Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi sayt orqali bajarishingiz mumkin: 👉https://sinovtest.uz/
Repost from Samarqand TVR | MTRK
SAMARQAND YANGILIKLARI | UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA YANGI O'QUV YILI BOSHLANDI
02.09.2026-YIL
Rasmiy sahifalar:
✅𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube
Repost from Samarqand TVR | MTRK
SAMARQAND YANGILIKLARI | UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA YANGI O'QUV YILI BOSHLANDI
02.09.2026-YIL
Rasmiy sahifalar:
✅𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube
Repost from Samarqand TVR | MTRK
SAMARQAND YANGILIKLARI | YANGI O'QUV YILI - YANGI MAQSADLAR SARI
02.09.2026-YIL
Rasmiy sahifalar:
✅𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹You tube
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#sohaga_doir_hujjatlar
📣 Maktablarda madaniyat va sanʼat yoʻnalishida toʻgaraklar tashkil etiladi
✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2026-yil 27-avgustdagi tegishli buyrugʻiga asosan, “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida musiqa va sanʼat yoʻnalishidagi toʻgaraklarni tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlandi.
🔹 Davlatimiz rahbarining joriy yil 2-iyundagi 103-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashga qaratilgan mazkur tartib doirasida:
➖ yangi oʻquv yilidan boshlab umumtaʼlim maktablarida “Dutor”, “Milliy raqs”, “Yosh doirachilar”, “Tasviriy sanʼat” yoʻnalishlari boʻyicha toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
📍 Toʻgaraklarda oʻquvchilar chuqurlashtirilgan holda haftasiga 2 soatdan (jami 72 soat) oʻqitiladi. Shuningdek, toʻgarak aʼzolari oʻrtasida turli tanlovlar tashkil etiladi va ular orasidan iqtidorli oʻquvchilar saralab olinadi.
👉 Mazkur toʻgaraklarni tashkil etishdan asosiy maqsad, yoshlar oʻrtasida milliy sanʼatimizni keng targʻib qilish va ularni kelajak avlodga munosib yetkazishdan iborat.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating:
❤Telegram 🌐 Facebook
🌐Youtube 🌐Instagram
🔎Veb-sayt 😄 Linkedin
📊 RAQAMLARDA
Samarqand shahrida 11,5 mingdan ortiq bola 1-sinfga qabul qilindi
2026–2027-o‘quv yilida Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 84 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabiga jami 11 545 nafar o‘quvchi 1-sinfga qabul qilindi.
Shundan; O‘zbek tilidagi sinflarga 7 512 nafar o‘quvchi (250 ta sinf), rus tilidagi sinflarga 4 393 nafar o‘quvchi (129 ta sinf)
1-sinf qabul qilindi.
Repost from Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi
+8
#24_ta_masala
🇺🇿 Mustaqillik – eng ulug‘ ne’mat!
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Samarqand shahridagi 6-son DMTTda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.
🎉 Tadbirda Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Baxtigul Asrorova ishtirok etdi.
Bayram dasturi davomida mustaqillikning xalqimiz hayotidagi beqiyos o‘rni, mamlakatimiz taraqqiyoti hamda yosh avlod uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.
🎶 Tadbirda jajji tarbiyalanuvchilar tomonidan Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat va milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi qo‘shiq va raqslar, ijodiy chiqishlar namoyish etildi.
🤝 Tadbirda ota-onalar, pedagoglar va mahalla vakillari ham ishtirok etib, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar va kelgusidagi ezgu maqsadlar haqida fikr almashdilar.
🇺🇿 Bunday tadbirlar yosh avlodni Vatanga muhabbat va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
✍️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi
📱 Telegram| 📱 YouTube|
📱 Instagram| 📱 Facebook|
