POP TA'LIM YANGILIKLARI
Open in Telegram
📌Ushbu kanalda Pop tumanidagi ta'lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar yoritib boriladi. Admin: @Pop_TY_admin2025
Show more646
Subscribers
-124 hours
-57 days
-1530 days
Posts Archive
Repost from POP YANGILIKLARI | RASMIY
+9
🇺🇿 Mustaqillik — milliy g‘ururimiz va erkin hayotimiz timsoli!
Bugun 5-MTTda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. 🎉🇺🇿
Tadbirda jajji tarbiyalanuvchilar Vatanga bo‘lgan mehrini she’r, qo‘shiq, raqs va sahna ko‘rinishlari orqali namoyon etdilar. ❤️
Bolajonlarning beg‘ubor quvonchi va shodon kulgulari bayramga yanada fayz bag‘ishladi.
🇺🇿 Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, kelajagimiz buyuk bo‘lsin!
✍️ @popliklar
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Хоrazm
#2_kun
⏰ Seminarning ikkinchi kuni — amaliy o‘rganishlar va mazmunli mashg‘ulotlar
Seminar ishtirokchilari kun davomida “Renessans” nodavlat ta’lim tashkiloti, Xiva shahridagi 15-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda Urganch shahridagi 8-sonli umumta’lim maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.📍 Ta’lim obyektlaridagi o‘rganishlardan so‘ng ishtirokchilar Ma’mun universitetida tashkil etilgan seminar mashg‘ulotlarida ishtirok etdilar. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
+9
✅✅✅✅
#ikkinchi_kun
Xorazmda “Sifatli ta’lim — Yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusidagi o‘quv-seminar doirasida hududdagi ta’lim obyektlari o‘rganilmoqda
Xabar berganimizdek, Xorazm viloyatida “Sifatli ta’lim — Yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusidagi respublika o‘quv-seminari o‘z ishini boshladi. Seminar doirasida hududdagi ta’lim obyektlariga amaliy tashriflar amalga oshirilmoqda. Ishtirokchilar viloyatdagi ta’lim tashkilotlari faoliyati, ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etilayotgan yangi metodikalar hamda muassasalarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan yaqindan tanishmoqdalar.
🔰 Xususan, mutaxassislar tomonidan quyidagi obyektlarda amaliy o‘rganishlar va tajriba almashish jarayonlari olib borilmoqda:
➖ Xiva shahridagi 15-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’limni boshqarish jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha “Xorazm tajribasi”ni o‘rganish; ➖ Urganch shahridagi “Renessans” nodavlat ta’lim tashkilotida “Xitoy metodikasi” asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish amaliyoti bilan tanishish.🔹 Tashrif va amaliy mashg‘ulotlar davomida hududlarda ta’limni boshqarishda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, raqamlashtirish jarayonlari va ilg‘or metodikalarni qo‘llash yuzasidan o‘zaro tajriba almashilmoqda. Seminar o‘z ishini davom ettirmoqda. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤Telegram 🌐 Facebook 🌐Youtube 🌐Instagram 🔎Veb-sayt 😄 Linkedin
+7
#2_kun
🟢 Seminar ishtirokchilari Xivadagi maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati bilan tanishdilar
Seminar ishtirokchilarining navbatdagi manzili Xiva shahridagi 15-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi.
Tashrif davomida mehmonlar muassasada bolajonlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda pedagoglarning samarali ish tajribalari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim tizimida sifatli ta’lim-tarbiya muhitini shakllantirish, ilg‘or usullarni amaliyotga tatbiq etish va bolalarning har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
✅Telegram
📹Youtube
✅Facebook
🌐Instagram
🌐Veb sayt
+9
#2_kun
Ishtirokchilarning dastlabki manzili — “Renessans” ta’lim tashkiloti
Seminar ishtirokchilarining Xorazmga tashrifi “Renessans” nodavlat ta’lim tashkiloti bilan tanishuvdan boshlandi.
Tashrif davomida ishtirokchilar muassasada yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi hamda ilg‘or pedagogik yondashuvlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, ta’lim jarayonida Xitoy metodikasi asosida qo‘llanilayotgan zamonaviy usullar va ularning amaliy samaradorligi haqida ma’lumotlar berildi.
Mazkur tashrif ishtirokchilar uchun ilg‘or tajribalarni o‘rganish, o‘zaro fikr almashish va yangi g‘oyalar olish imkonini berdi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
✅Telegram
📹Youtube
✅Facebook
🌐Instagram
🌐Veb sayt
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#5_forum
#Мактабгача_таълим
V Ustozlar Milliy Forumi: Reggio Emilia yondashuvi
✅V Ustozlar Milliy Forumi doirasida maktabgacha ta’lim sho‘basida “Reggio Emilia pedagogik yondashuvini milliy maktabgacha ta’lim tizimiga integratsiya qilish: zamonaviy yondashuvlar va amaliy tajriba” mavzusida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
🔹Mashg‘ulotlarda Reggio Emilia yondashuvining asosiy tamoyillari, bolaning ta’lim jarayonidagi faol ishtiroki, pedagogning yo‘naltiruvchi roli hamda rivojlantiruvchi muhit yaratish usullari yoritildi.
⏺Amaliy mashg‘ulotlarda bolalarning qiziqish va ehtiyojlariga asoslangan faoliyatni tashkil etish, ijodiy-tadqiqot muhitini yaratish hamda mavjud resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha tajribalar namoyish etildi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Repost from Ta'lim tahlilchisi / Rasmiy kanal
+4
🔴SALOMATLIK VA SHODLIK BAYRAMI
Namangan viloyati Pop tumanidagi 33-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida bolajonlarning salomatligini mustahkamlash, ularda toʻgʻri ovqatlanish koʻnikmalarini shakllantirish va meva-sabzavotlarning inson organizmidagi oʻrnini tushuntirish maqsadida «Vitaminlar kuni» deb nomlangan maʼrifiy-koʻngilochar tadbir boʻlib oʻtdi.
Tashkilot direktori N. Shuropova hamda direktor oʻrinbosari O. Rasulova boshchiligida puxta va tizimli tayyorlangan ushbu tadbir oʻzgacha koʻtarinki ruhda tashkil etildi. Tadbir davomida jajji tarbiyalanuvchilar har bir meva va sabzavot tarkibidagi foydali darmondorilar hamda ularning salomatlik uchun ahamiyati haqida qiziqarli tushunchalarga ega boʻldilar.
Musiqa rahbari N. Qambarova tomonidan saralangan shoʻx kuylar, darmondorilar haqidagi qoʻshiqlar va quvnoq raqslar bayramga alohida fayz bagʻishladi. Tarbiyachi N. Bozarboyeva hamda yordamchi tarbiyachi M. Haydarova mahorati evaziga tashkil etilgan interaktiv oʻyinlar, topishmoqlar va mevalar koʻrgazmasi bolajonlarda katta taassurot qoldirdi. Amaliy mashgʻulotlar va vitaminli neʼmatlarni tatib koʻrish jarayonlarida bolalarning bilimlari yanada mustahkamlandi.
Bunday maʼrifiy va amaliy tadbirlar maktabgacha yoshdagi bolalarning har taraflama sog‘lom, eʼtiborli va bilimdon boʻlib ulgʻayishida hamda ularda sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi.
@talim_tahlilchisi ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklar
▶️ Youtube |▶️ Instagram |
▶️ Facebook |▶️Telegram |
▶️ Murojaat uchun
#Maktabgacha_ta’lim
🤩BAXTLI BOLALIK MANZILI
✅Ushbu videodagi tasvirlar Namangan shahridan qariyb 60 chaqirim olisda, Pop tumanining Oybek mahallasida joylashgan 53-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida olindi.
➡️Bizni kuzatishda davom eting.
▶️Fikr-mulohazalaringizni izohlarda yozib qoldirishni unutmang.
😊 Namangan viloyati MMTB Axborot xizmati.
✅ @press_Namangan_MMTB
#ҲИКМАТ
"Билгинки, кунлар соатларни, соатлар эса нафасларни қувмоқда.
Ҳар кимнинг ўзи учун тайёрлаган хазинаси бор.
Қийматсиз нарса учун нафасингни сарфлашдан сақланки, қиёмат куни хазинангни бўш топиб, пушаймон бўлмагин..."
✍Ибнул ЖАВЗИЙ
https://t.me/gulomeqamshukur
Eng qimmat narsa bu — boy berilgan vaqt. 😒
✅𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | 𝐃𝐮𝐧𝐲𝐨 𝐯𝐚 𝐃𝐢𝐥 𝐦𝐚𝐧𝐳𝐚𝐫𝐚𝐥𝐚𝐫𝐢
#кун_ҳақиқати
Баъзан арзимас бўлиб кўринган яхшилик, меҳр бир инсон ҳаётини тубдан ўзгартириб юбориши мумкин. Яхшилик қилиш инсонга ҳосдир. Яхшилик қилишни унутманг... Зеро, инсон эканимизни унутиб юбормайлик...
Подшоҳ бу жорияга ошиқ бўлиб, катта бойлик эвазига қизни олди.
Аммо шоҳнинг ҳақиқий давлати кўнгил мулки бўлиб, у бойлик билан эгаллаган гўзалликни, ҳатто инкор этиб бўлмас ва абадий гўзалликларни ҳам қўлда қилинишини унутган эди.
Руҳнинг вужудга кириб, унинг ранг ва тан гўзаллигига, эҳтиёжларига асир бўлиши, вужуднинг амрларига юриб, ўз тўғри йўлидан айрилиши беморликка йўл очиб берди. Бу ҳол истар-истамас руҳга азоб беради. Уни изтиробга солади. Иффатдан узоқ, фақат моддий жисм севгисидан иборат муҳаббатга ишқ дейилмайди. Бу эса инсонни ҳақиқий ишққа етказмайди.
Канизак ҳикояси, “Маснавий”нинг энг узун қиссаларидан биридир. Биз қисқартириб олган бу ҳикоятнинг бутунлай бошқача давоми бордир ва у ўзгача воқеа билан якун топади.
Жалолиддин Румийнинг «Маснавий»сидан Кавсар таржимаси.
❤Бемор канизак
Қадим замонда бир подшоҳ бор эди. У одамлари билан овга чиқаркан, йўлда кетаётиб бир қизни учратди ва шу заҳоти ошиқ бўлди. Одатга кўра, қизнинг маҳрини бериб, уни саройга келтирди. Аммо тез орада у гўзал хасталанди. Кундан-кунга сўлиб борарди. Мана ман деган табиблар жория дардига даво топа олмадилар. Подшоҳ бу ҳолдан жуда қайғуга ботди, кунлаб чора излади; у ёққа борди, бу ёққа борди бўлмади. Охири бир масжидга кирди ва қўл очиб дуо қилди. Саждага бориб, йиғлади; маҳбубасининг тузалиши учун Аллоҳга ёлворди. Ва ниҳоят дуолари қабул бўлиб, хушхулқ бир ҳакимга юзма-юз келди.
Ҳаким саройга келиб, беморга разм солди, кейин юрак уришини текшириб кўрди. Касаллик аломатларига қараб бунинг сабабини қиздан сўради. “Бошқа ҳакимларнинг ичкаридан хабарлари йўқ, шу сабаб уларнинг бутун ақлу ҳуши ташқарида” – деди оҳиста. Ҳаким ҳаммасини тушунди, аммо буни подшоҳга айтмади. Унинг аҳволидан, инграшидан беморнинг кўнгли хасталангини фаҳмлади. Чунки ҳеч бир дард, инсонни кўнгил дардидек изтиробга сололмайди.
Ҳаким вазиятни тушунтириб:
— Подшоҳим, – деди. Бир муддат ҳаммани саройдан узоқлаштиринг. Атрофда ҳеч ким қолмасин; мен бемор билан ёлғиз қолиб, унинг касаллик сабабларини аниқлай, кейин шунга қараб бир чора-тадбир қўллайман.
Подшоҳнинг амри билан хона бўшатилди. Ҳаким беморга яқин келиб
ўтирди; юмшоқ ва тотли бир овоз билан сўрай бошлади:
— Қаерликсан? Айт менга, чунки ҳар мамлакат халқининг табиби бошқа-бошқадир. Юртингда яқинларингдан ким бор, кимга яқинсан?– деди.
Ҳаким бармоғини қизнинг билагига қўйди. Ҳам саволга тутиб, ҳам унинг қон томир уришига диққатини қаратганди. Канизак бирма-бир бошидан ўтганларни айтиб берди. Ҳаким қизнинг билагидан тутганича: “У бировни эслаганида ҳаяжонланиб, томири тез урса, демакки севгани, юрагига тушиб мум каби эритган яширин хасталик мана шу бўлади” , – деб ўйларди.
Қиздан туғилиб ўсган юрти ва у ердаги дўстлари ҳақида сўради. Бироқ томирда ўзгариш юз бермади. Шунда ҳаким:
— Туғилган жойингдан яна қаерларга сафар қилдинг? – деб сўради.
Бунинг устига қиз бир шаҳар исмини айтиб ўтди, аммо на юзининг рангида, на томирида ўзгариш рўй берди. Бир оздан сўнг борган жойлари, шаҳарлари, кўриб танишган инсонлари ҳақида бир-бир ҳикоя қилди. Лекин аҳволи ўзгармади. Токи у Самарқанд номини эшитар экан, қизнинг юрак уриши тезлашди. Юзи, ёноқлари қизарди. Чунки у Самарқандда бир заргарга ошиқ бўлганди ва ундан айрилгани изтиробидан куйиб ёнаётган эди.
Буни сезган ҳаким, заргар Самарқанднинг қаеридан, қайси маҳалласидан эканлигини сўраб билди.
Ҳаким беморнинг ёнидан туриб, тўғри подшоҳ ҳузурига борди; унга вазиятни тушунтирди:
— Бемор соғайиши учун заргарни олиб келишдан бошқа
чора йўқ, – деди.
Буни эшитган подшоҳ ҳакимнинг насиҳатини бажону дил қабул қилди. Заргарни олиб келиш учун унга бир элчи юборди. Элчи тўғри Самарқандга бориб заргарни топди ва подшоҳнинг юборган ҳадяларини тақдим этди. Подшоҳ чақирганини айтаркан, заргар вақт ҳаялламай йўлга тушиб, подшоҳ саройига етиб келди.
Ҳаким саройга келган заргарни шоҳ ҳузурига этди. Подшоҳ заргарга илтифотлар кўрсатиб, эҳсон улашди. Хазинасини унга тортиқ этди.
Бунинг устига ҳаким:
— Эй подшоҳ, у жорияни заргарга никоҳлаб бергин, хасталикдан
бутунлай тузалсин, – деди.
Подшоҳ у ой юзли гўзални ўз қўли билан заргарга берди, олти ой мурод олиб мурод бердилар. Шундан сўнг қиз батамом тузалди.
Шарҳларга кўра бу ҳикоя бир инсоннинг аҳволидан арз қилади. Бунда инсон руҳининг илоҳий оламдан айрилганидан сўнг, замон ичида қолган катта можароси тилга олинади.
Ўша жисм яратилишидан илгари “руҳ” деган бир подшоҳ бор эди. Бу подшоҳ ҳар икки дунё мулкининг султонидир. Унинг йўли бу дунёга тушиши билан, орада “нафс” жорияси деган ақлни ўғирлатувчи бир гўзал кўрди. Унга ошиқ бўлди ва қул бўлар аҳволга тушди. Қисқаси, дунё ҳавасларига ва дунё эҳтиросларига кўмилган ўз нафсининг асири ҳолига келди.
Президент:
Лавозим ҳаммага ҳам насиб этмайди. Ана шу бахтга муносиб бўлиш учун ҳар куни меҳнат қилишимиз керак.
Repost from POP YANGILIKLARI | RASMIY
🚒💦 Иссиқ ҳавода болажонларга қувонч улашилди!
Поп тумани Келачи маҳалласидаги 45-сонли давлат мактабгача таълим ташкилотида Поп тумани Фавқулодда вазиятлар бўлими ходимлари томонидан болажонлар учун қизиқарли сувли кўнгилочар тадбир ташкил этилди.
Қувноқ ўйинлар ва сувли челленжлар орқали болалар иссиқдан ҳимояланиб, бир олам қувонч ва унутилмас таассуротларга эга бўлишди. ☀️💙
Шундай иссиқ кунларда болажонларга хурсандчилик улашган барча ташкилотчиларга миннатдорчилик билдирамиз! 👏
✍ @popliklar
Repost from Ta'lim tahlilchisi / Rasmiy kanal
🌐 YANA BIR YUTUQ — MAQOLA XALQARO NASHRDA!
Ta’lim sohasida olib borayotgan izlanishlarimiz, kasbiy faoliyatimiz va ilg‘or tajribalarimizni keng targ‘ib etish yo‘lidagi yana bir quvonchli natija!✅Namangan viloyati Pop tumani 6-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktor o‘rinbosari Shomirzayeva Jumagul tomonidan tayyorlangan ilmiy-uslubiy maqola xalqaro miqyosdagi nashrda chop etildi. Mazkur nashr — izlanish, mehnat va kasbiy rivojlanish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir. Ilmiy faoliyatda erishilayotgan bunday natijalar maktabgacha ta’lim sohasini yanada rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. 🌟 Ilm yo‘lidagi har bir qadam — kelajak sari qo‘yilgan mustahkam qadamdir! Shomirzayeva Jumagulni ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz va kelgusidagi ilmiy-ijodiy faoliyatlariga ulkan zafarlar tilaymiz! Yangi marralar, yangi izlanishlar va yangi yutuqlar sari! 🌷 @talim_tahlilchisi ta'limga oid eng so‘nggi yangiliklar 📹 Youtube |🌐 Instagram | ✅ Facebook |✅Telegram | ✅ Murojaat uchun
Repost from 🌏 SPUTNIK_POP
Аномал иссиқда болаларга сувли сурприз
Поп туманидаги 22-сонли МТТда ФВВ ходимлари билан ҳамкорликда аномал иссиқ кунларда болалар учун сувли кўнгилочар тадбир ва челленж ўтказилди.
Бу қувноқ ўйинлар болажонларнинг саломатлигини мустаҳкамлаб, уларга унутилмас қувонч бағишлади.
✍️@sputnikpop
+6
Жазирамада сувли қувонч: 5-сонли МТТда салқин тадбир!
Поп туман ФВБ ходимлари ва МТТ раҳбарияти ташаббуси билан жазирама иссиқда болажонлар учун унутилмас сувли кўнгилочар тадбир ташкил этилди.
Сувда яйраб ўйнаган тарбияланувчиларнинг самимий кулгуси ва кўтаринки кайфияти кунга алоҳида ўзгачалик бағишлади.
Болалар бахти ва саломатлигига ҳисса қўшган ташкилотчиларга ташаккур!
✍️ @sputnikpop
