cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

FARG'ONA | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL

Farg'ona viloyat Qurilish va Uy-joy kommunal xo'jaligi bosh boshqarmasi rasmiy telegram kanali ☎️Ishonch telefon: 73-226-03-97 🌐www.fjko.uz 📲facebook.com/fjko.uz 📲twitter.com/fjkouz 📲instagram.com/fjko.uz 🎥https://www.youtube.com

Show more
Advertising posts
387
Subscribers
No data24 hours
+17 days
-1430 days
Posting time distributions

Data loading in progress...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Publication analysis
PostsViews
Shares
Views dynamics
01
#BILASIZMI ❔Shaharsozlik norma va qoidalarida panduslar masalasida qanday talablar qoʻyilgan? Harakatlanish yoʻllarida zinalar bilan bir qatorda panduslar ham qoʻllanilishi kerakli “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish”  talablarida keltirilgan. Binolarning ichki va tashqi qismida, koʻchalarda, yer osti va yer usti oʻtish joylarida lift va pandus boʻlmagan holatlarda oʻrindiqli aravachadagi nogironligi boʻlgan shaxslarning zinalardan foydalanishi uchun maxsus koʻtaruvchi moslamalar oʻrnatilishi lozim. -  Piyodalar yoʻlkasining gorizontal qiyaliklari oraligʻida panduslar oʻrnatilishi koʻzda tutilishi kerak. -  Pandus va ularning toʻsiqlari yongʻinga chidamli materiallardan qurilgan boʻlishi lozim. -  Oʻrindiqli aravachadagi nogironligi boʻlgan shaxslar harakatlanishi uchun pandusning kengligi 1 metrdan kam boʻlmasligi kerak. -  Pandus har bir marshining koʻtarilish balandligi 0,8 metrdan oshmasligi darkor. Bunda pandusning boʻylama qiyaligi 1:12 nisbatda, koʻndalang qiyaligi esa 1:50 nisbatda boʻlishi kerak. Shuningdek, panduslar cheti 0,15 — 0,20 metr balandlikdagi bortlarga va 0,7 — 0,9 metr balandlikda tutqichlarga ega boʻlishi, tutqichlarning uzunligi pandus uzunligiga nisbatan 0,03 metr uzunroq boʻlishi kerak. Tutqichning aylana diametri 0,04-0,05 metrni tashkil etishi lozim. Har bir pandusning boshi va oxirida aravachaning qiyinchiliksiz burilishiga imkon beradigan, pandus kengligidan kam boʻlmagan va uzunligi kamida 1,5 metr boʻlgan gorizontal maydoncha loyihalanishi lozim. Pandus yoʻnalishi oʻzgarsa, yoʻnalish oʻzgarishi boʻylab maydonchaning eni 1,5 metrdan kam boʻlmasligi, umumiy gorizontal maydonchaning boʻyi esa ikkita marsh kengligiga teng boʻlishi kerak. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
451Loading...
02
#Sana 🗞 3-may - Jahon matbuot erkinligi kuni ▫️BMT Bosh Assambleyasining 1993-yil 20-dekabrdagi rezolyutsiyasiga koʻra, 1994-yildan boshlab har yili 3-may – Jahon matbuot erkinligi kuni sifatida nishonlanib kelinadi. ▫️Matbuot erkinligi - soʻz, shaxs, vijdon erkinligi singari siyosiy huquqlardan biri boʻlib, matbuotning erkin faoliyat koʻrsatishini, kishilarning matbuotda oʻz fikr va tuygʻularini toʻsiqlarsiz ifoda eta olishini ifodalaydi. ▫️Matbuot erkinligi — matbuotning mohiyatini, uning jamiyat hayotidagi oʻrnini belgilaydi. Siyosiy jihatdan Matbuot erkinligi demokratiya kӯrinishlaridan biridir. ☑️ Yurtimizdagi barcha matbuot xodimlarini so'z erkinligini amalga oshirish va himoya qilish yoʻlida xizmat qilayotgan soha vakillarini ushbu kun bilan muborakbod etamiz. Farg‘ona viloyati Qurilish va Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi axborot xizmati
550Loading...
03
❗️Уй-жой олиш учун субсидияга аризалар 15 майдан 1 ноябргача қабул қилинади 📝 Фармонга мувофиқ, дастур доирасида субсидиялар тўлашнинг амалдаги тартибига қуйидагиларни назарда тутувчи ўзгартиришлар киритилади: 🔹субсидиялар ажратиш юзасидан аризалар тасдиқланган параметрлар доирасида 2024 йилнинг 15 майидан 1 ноябрига қадар қабул қилинади; 🔹2024 йилги Дастур доирасида ажратиладиган кредитлар бўйича фоиз тўловларининг бир қисмини қоплаш учун субсидиялар – 12 фоиздан ошган қисмига, 2025 йил ва ундан кейинги йиллар Дастурлари доирасидаги кредитлар бўйича эса – Марказий банкнинг асосий ставкасидан ошган қисмига тўланади; 🔹бирламчи уй-жой бозоридаги квартираларни сотиб олиш учун ажратилган ипотека кредитлари бўйича дастлабки бадалнинг бир қисмини қоплаш учун субсидиялар – 2024 йилги Дастурдан бошлаб қатъий белгиланган 30 миллион сўм миқдорида тўланади. @generalissimus_uzb
46615Loading...
04
❗️Уй-жой шароитини яхшилашга муҳтож бўлганларга 120 миллион сўмгача ипотека кредити берилади ✅ Фармонга кўра, 2024 йил 1 июндан “маҳалла еттилиги” тавсияси асосида Камбағалликдан чиқариш дастурига киритилган ва уй-жой шароитини яхшилашга муҳтож бўлган шахсларга ипотека кредитларини ажратиш амалиёти жорий этилади. 🔘Бунда: ➖ипотека кредитлари 120 миллион сўмгача миқдорда, 20 йилгача муддатга, Марказий банкнинг асосий ставкасидан тўрт фоиз бандга юқори ставкада якка тартибдаги уй-жойни қуриш, реконструкция қилиш ва таъмирлаш мақсадлари учун ажратилади; ➖ипотека кредити бўйича дастлабки бадалнинг бир қисмини қоплаш учун – ажратиладиган кредитнинг 15 фоизи миқдорида ҳамда фоиз тўловларининг бир қисмини қоплаш учун – кредит муддатининг биринчи 5 йили давомида 12 фоиздан ошган қисмига субсидия тўланади.
52713Loading...
05
Pudrat tashkilotlarining soliq hisobotlaridagi ishchi xodimlar haqidagi maʼlumotlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida aks etadi “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini samarali tashkil etishning qoʻshimcha choralari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori qabul qilindi. 👉 PQ-165-son, 29.04.2024-y. Qarorga koʻra, pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan ish turlari, hajmlari va qiymatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etilgan elektron hisobvaraq-fakturalar asosida shakllantirgan holda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga yuborish tartibi belgilanmoqda. Shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining axborot tizimlariga vazirlik va idoralarning o‘zaro integratsiya qilingan axborot tizimlari orqali taqdim etiladigan qo‘shimcha ma’lumotlar roʻyxati ham tasdiqlandi. Unga ko‘ra, Soliq qoʻmitasi quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi. 🔹 “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasiga: ▫️Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogidagi qurilish resurslariga oid (mahsulot nomi oʻlchov birligi, narxi) maʼlumotlar. 🔹 “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga: ▫️Budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlar doirasida bajarilgan qurilish-montaj ishlarini tasdiqlovchi EHFlar va ularga ilovalar; ▫️Loyiha va pudrat tashkilotlarining JSHODS hisobotlaridagi ishchi xodimlar haqidagi maʼlumotlari. Ushbu roʻyxatda keltirilgan maʼlumotlar begʻaraz (bepul) taqdim etiladi.
1322Loading...
06
🏙Pirovard maqsad: Fuqarolarga munosib turmush sharoitlari yaratish. Fargʻona shahrida yana bir yangi tarix yaratilmoqda.Qariyb 300 gektarlik maydonda qurilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivi chin maʼnoda "Ekoshahar" ga aylanmoqda. Farg‘ona viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi axborot xizmati
1384Loading...
07
⚡️BUGUNDAN YANGI QONUN KUCHGA KIRDI Bugun, 2-maydan boshlab yer egalari shaharsozlik faoliyatini, geologik qidiruvni va foydali qazilmalarni qazib olishni, shuningdek, qishloq xoʻjaligiga oid boʻlmagan boshqa faoliyatni amalga oshirishda tuproqning mavjud unumdor qatlamini sidirib olishi va saqlashi shart boʻladi. Bunga doir tegishli Qonun kuchga kirmoqda. Joriy yilning 2-fevral kuni Davlatimiz rahbari tomonidan “Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish toʻgʻrisida”gi Qonun imzolangan edi. Qonunga ko'ra endilikda yer egalari shaharsozlik faoliyatini, geologik qidiruvni va foydali qazilmalarni qazib olishni, shuningdek qishloq xoʻjaligiga oid boʻlmagan boshqa faoliyatni amalga oshirishda tuproqning mavjud unumdor qatlamini sidirib olishi va saqlashi shart etib belgilandi. Sidirib olingan tuproqning unumdor qatlamini qurilish tashkilotlari hokimliklar tomonidan belgilangan joylarga saqlash uchun olib chiqadi. Mazkur Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kirishi nazarda tutilgan edi. Yaʼni, bugun 2-may kunidan Qonun rasman amalda.
1310Loading...
08
Эксперимент: “квартплата”дан қарзи борларнинг свети ўчириб қўйилади Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазирининг биринчи ўринбосари Шерзод Ҳидоятовга кўра, бундай тартиб ишлаб чиқилган ва “Ҳудудий электр тармоқлари” билан интеграция ишлари бажарилган. Бу тартиб тегишли қонунга ўзгартириш киритилгач, эксперимент тариқасида Навоий шаҳрида синаб кўрилади. 👉 https://kun.uz/kr/80124104 Kun.uz расмий канали
57410Loading...
09
#MATBUOT_ANJUMANI Vazirlik mutasaddilari jurnalist va jamoatchilik faollarini savollariga javob bermoqdalar. Savol: Aholi minimal tarif joriy etilganidan so‘ng boshqaruv organidan nimalarni talab qila oladi? ❗️Ta’kidlandiki, ko‘p kvartirali uyning umumiy foydalanishdagi mol-mulkni saqlash bo‘yicha 12 ta, tutash hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha 4 ta, jami 16 ta xizmat va ishlar ro‘yxati keltirib o‘tilgan. Elektr energiyasini ta’minlash, lift uskunalariga xizmat ko‘rsatish, zaruratga ko‘ra uylarning fasad va kirish yo‘laklarini joriy, ya’ni ehtiyojga ko‘ra ma’lum qismini ta’mirlash, yerto‘lada o‘rnatilgan ichimlik suv nasoslari va muhandislik tarmoqlari sozligini ta’minlash, tom qismi butligini saqlash, promivka qilish, issiqlik izolyatsiyasini saqlash, dezinfeksiyalash ishlarini olib borish, oqova suv tarmog‘iga ulanmagan uylardagi xandaqlarni tozalash, kirish yo‘laklari va lift xonalarini tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga e’tibor qaratish, noqulay ob-havo sharoitida qorlar va muzlamalarni tozalash kabi ishlar shular jumlasidandir.  Ta’kidlash lozimki, majburiy badallarning eng kam miqdori faqatgina ko‘p kvartirali uyga texnik xizmat ko‘rsatish, joriy ta’mirlash va ekspluatatsiya xarajatlari uchun sarflanadi. 🏢 Ko‘p qavatli uyda kapital ta’mir ishlari katta miqdordagi mablag‘ talab qilinishi, misol uchun deylik, bitta uyning tom qismini kapital ta’mirlash  uchun  o‘rtacha 400 million so‘m sarflanishi inobatga olingan holda aholining majburiy to‘lov, ya’ni kvartplatadan tashqari mablag‘lari asosida amalga oshiriladi. Bunda umumiy yig‘ilish o‘tkazish va aholi roziligini olish talab etiladi.  Aholi minimal tarif joriy etilganidan so‘ng ushbu ro‘yxatda keltirib o‘tilgan barcha xizmat va ishlar bo‘yicha hisobotni talab qilishga haqli. Boshqaruv tashkiloti mulkdorlarga amalga oshirilgan ishlar ko‘lami, xarajatlar va faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi axborotdan erkin foydalanishni ta’minlashi shart. |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
1677Loading...
10
#Маънавият_тафаккур_хулоса Румий ҳазратлари айтадики: Тўғрисўз инсонннинг қасам ичишига ҳожат йўқ. Яхшилик изла, тўғрилик изла, гўзаллик изла, аммо нуқсон излама. Итларнинг дўстлиги улар орасига суяк ташлангунча бўлади. Агар тўғри йўлни билмасанг, нафснинг истагига қарши ҳаракат қилавер. Чунга тўғри йўл нафсга қарама-қарши йўлдир. Инжу денгизнинг тубида бўлади, хас-хашаклар эса соҳилда. Сизни ранжитган одамларга ҳали ҳам салом бера олаётган бўлсангиз, бу виждонингиз садақасидир. Агар алал-оқибат кимлар билан қолишингни билмоқчи бўлсанг, атрофингга боқ! Сиз шаҳват номини ишқ деб атабсиз, агар шундай бўлганида эди эшак инсонларнинг шоҳи саналган бўларди. Чўнтаги бой, аммо руҳи фақир инсоннинг ҳоли нақадар ачинарли! Чунки у ҳар нарсанинг нархини билади, қадрини эмас! Каналга уланиш: @sudyalaroliykengashi
1312Loading...
11
Ўзбекистонда «квартплата»нинг минимал миқдори тасдиқланди Қурилиш ва уй-жой хўжалиги вазирининг буйруғи билан кўп квартирали уйлардаги мажбурий бадалларнинг энг кам миқдорлари тасдиқланди. Тўловлар ҳудудлар кесимида бинода коммуникация тармоғи, лифт бор ёки йўқлиги ҳамда қаватлар сонига қараб турлича бўлади. 👉 https://kun.uz/kr/30658416 Kun.uz расмий канали
75112Loading...
12
Endilikda har bir daraxtning o‘z egasi, uning unib-o‘sishi uchun mas’ul belgilanadi 🌱Farg'ona viloyatida Ekologik muhitni yaxshilash, ayniqsa, aholi zich joylashgan hududlarni ko‘kalamzorlashtirishga e’tibor qaratilib, boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan hududlarda ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Soha fidoyilari tomonidan ko‘rsatilayotgan ezgu tashabbus aholi kayfiyatiga ham, ularning atrof-muhitga bo‘lgan munosabatiga ham ijobiy ta’sir o‘tkazmoqda. Bu haqda Sevimli telekanali Zamon informatsion dasturi orqali maxsus reportaj efirga uzatildi. Farg‘ona viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi axborot xizmati
1313Loading...
13
🌟 Kadastr agentligida dolzarb 40 kunlik e’lon qilindi 🔺 Unga ko‘ra hududlarda yer va kadastr nazorati tadbirlari kuchaytiriladi. 📃 Jumladan: ◾️45 ta dron yordamida nazorat tadbirlari olib boriladi; ◾️O‘zbekkosmos agentligi tomonidan taqdim etilgan kosmik suratlarni taqqoslash orqali qonunbuzarliklar aniqlanadi; ◾️Yer nazoratchi inspektorlar tomonidan aniqlangan holatlar joyiga chiqqan holda maxsus planshetlar yordamida “E-Yer nazorat” axborot tizimiga kiritiladi va onlayn nazorat qilinadi; ◾️Jinoyat alomatlari bor ya’ni, sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash va unda noqonuniy qurilish qilish holatlari Prokuratura organlariga yuboriladi. 🟢Hurmatli fuqarolar va yerdan foydalanuvchilar! ❕Unutmang! Yer qonunchiligini buzganlik uchun maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlik belgilangan.
1381Loading...
14
#Қонунчиликдаги_янгиликлар ❗️Қурилиши тугалланган объектларни фойдаланишга қабул қилиш жараёни рақамлаштирилади “Ижтимоий ва ишлаб чиқариш инфратузилмасини ривожлантириш бўйича давлат дастурларини шакллантириш ва амалга ошириш жараёнларини самарали ташкил этишнинг қўшимча чоралари тўғрисида”ги Президент Қарори (ПҚ-165-сон, 29.04.2024 й.) қабул қилинди 🔰 Қарорга кўра, Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазирлигининг марказий аппарати тузилмасида, Ўзбекистоннинг ижтимоий ва ишлаб чиқариш инфратузилмасини ривожлантириш дастурлари ҳамда бюджет тизими бюджетлари ҳисобидан молиялаштириладиган дастурларга мувофиқ қиймати 10 миллиард сўмдан юқори бўлган объектларни қуриш ва реконструкция қилиш бўйича тайёрланган лойиҳа-смета ҳужжатларини кўриб чиқиш ваколатига эга лойиҳа офиси ташкил этилади. ✔️Шунингдек, қуйидаги тартиблар ўрнатилади: 🔹2025 йил 1 январдан лойиҳа-смета ҳужжатларини ишлаб чиқиш, қурилиш-монтаж ишларини амалга ошириш ва объектларни фойдаланишга қабул қилишда қурилиш харажатларни баҳолашнинг “ҳажм” услубига (ҳажм ва сифат кўрсаткичларини ҳисобга олишга) ўтилади; 🔹2024 йил 1 июлдан объектларнинг смета қиймати “Қурилиш ресурслари миллий классификатори” электрон платформаси маълумотлари асосида шакллантирилади; 🔹2024 йил 1 октябрдан қурилиши тугалланган объектларни фойдаланишга қабул қилиш жараёни рақамлаштирилган ҳолда, “Шаффоф қурилиш” миллий ахборот тизимининг “Қурилишда давлат назорати” электрон платформаси орқали расмийлаштирилади. Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot
1541Loading...
15
#JARAYON SAYYOR QABUL: FARG'ONALIKLARNING QURILISH VA KOMMUNAL SOHADAGI MUAMMOLARIGA MUNOSIB YECHIM Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
1481Loading...
16
#JARAYON Xalq dardi bilan yashash oliy saodat ⚠️Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov Farg‘ona viloyatida sayyor qabul o'tkazdi Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
1370Loading...
17
Ассалом, Париж! Футбол бўйича Ўзбекистон терма жамоаси Индонезия термасини 2:0 ҳисобида мағлуб этиб ўз тарихида биринчи марта Париж Олимпиадаси йўлланмасини қўлга киритди. Бу ғалаба яна шуниси билан тарихийки, 30 йил деганда илк бора Ўзбекистон жамоавий спорт турида Олимпиада ўйинларида иштирок этади.
1390Loading...
18
Оилавий корхона электр энергияси, сув таъминоти, канализация, газ таъминоти ва иссиқлик таъминоти учун тўловни аҳолиники каби тўлайди! Оилавий корхона турар жойдан бир вақтнинг ўзида унда истиқомат қилган ҳолда товарлар ишлаб чиқариш (ишлар бажариш, хизматлар кўрсатиш) учун фойдаланган тақдирда, коммунал инфратузилма хизматлари (электр энергияси, сув таъминоти, канализация, газ таъминоти ва иссиқлик таъминоти) ҳақини тўлаш аҳоли учун белгиланган тарифлар бўйича ва шартлар асосида амалга оширилади. Коммунал хизмат кўрсатиш, электр ва газ таъминоти корхоналари зарур коммуникация тармоқларининг оилавий корхона фаолияти амалга оширилаётган жойгача етказилишини ҳамда уланишини аҳоли учун белгиланган тарифлар бўйича ва шартлар асосида таъминлайди. @generalissimus_uzb
1481Loading...
19
#BU_MUHIM ✅ "Qurilishda xavfsizlik texnikasi" ShNQda keltirilgan tom ishlariga oid talablar Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
1380Loading...
20
Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytdi. Joriy haftada davlatimiz rahbari III Toshkent xalqaro investitsiya forumi ishida ishtirok etishi rejalashtirilgan.
1530Loading...
21
#BU_MUHIM 🔴Qurilish-pudrat va loyiha tashkilotlari diqqatiga! 🌳Ko'kalamzorlashtirishga oid muhim talabni e'tibordan chetda qoldirmang! Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
1840Loading...
22
📹#ONLAYN Hech bir murojaat e'tibordan chetda qolmayapti! Vazir o'rinbosari ishtirokidagi sayyor qabul davom etmoqda. Bog'dod tumanidan kelgan D.Yo'lchiyev 31-sonli ko'p qavatli uyda istiqomat qiladi. Fuqaroning ma'lum qilishicha, uy renovatsiya dasturiga kiritilgan. Ammo hududda mavjud jami 25 ta 2 qavatli uylarda hanuzgacha ta'mirlash ishlari boshlanmagan. Murojaatchi renovatsion jarayonlar startini tezlashtirish masalasida T.Alimatovga yuzlandi. 🗺Quva tumani "G'alaba" MFY hududidagi ko'p qavatli uy egalarining bolalar maydonchasiga ehtiyoji bor. Shuningdek, muloqot davomida hududdagi hojatxona va chiqindi tashlash punktlarining ta'mirtalab holatda ekani ta'kidlandi. Qo'shtepa tumanidan T.Isoqov e-auksion tizimi orqali qurilishi tugallanmagan binoni xarid qilgan. Maqsad – bino o'rnida issiqxona qurish. Ammo hozirgi kun holatiga ko'ra yer bosh rejaga nomutanosib holatda. Shu sabab T.Alimatov tomonidan masalani qayta ko'rib chiqish zarurati bor ekani takidlandi. E.Sharofiddinov Quva tumanida istiqomat qiladi. Uning murojaati mazmuni noturar joy binosi uchun Farg'ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Bosh boshqarmasi huzuridagi Arxitektura-shaharsozlik Kengashi xulosasini olish. Uning loyihasi joyida ko'rib chiqildi va ma'lum bir kamchiliklar borligi aniqlandi. Ularni takomiliga yetkazish yuzasidan amaliy yordam berish bo'yicha mas'ullarga topshiriq berildi. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
1981Loading...
23
📹#ONLAYN Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov ishtirokida o'tayotgan sayyor qabulda qurilish yo'nalishida ham ko'plab murojaatlar bildirildi. 📍Xususan, Toshloq tumanidan M.Ahmedov 7 qavatli turar-joy binosini barpo etish istagida. Yangi qurilishning belgilangan ShNQ va me'yoriy hujjatlar talablariga to'g'ri kelishini aniqlash ma'lum fursat talab etishi va jarayondagi boshqa huquqiy asoslar fuqaroga tushuntirildi. Mas'ullarga mazkur masalani ko'rib chiqish yuzasidan topshiriq berildi. N.Solijonov Farg'ona viloyatining Furqat tumanida istiqomat qiladi. Uning murojaati mazmuni naturar joy obyektini turar-joy toifasiga o'zgartirishdan iborat. Quvasoylik O.Toshtemirov esa yengil tipdagi do'kondan doimiy foydalanish asosida egalik huquqiga ega bo'lish masalasida huquqiy maslahat so'rab kelgan. Unga ham T.Alimatov boshchiligida kerakli tavsiyalar berildi. Quvasoylik yana bir fuqaro R.Mirzasharipova BSK faoliyatini tashkil qilish niyatida. Ma'lum bo'lishicha, uning kommunal xizmat ko'rsatish sohasida tajribasi yetarli. Toir Alimatov tomonidan masalani ko'rib chiqib, amaliy ko'mak berish yuzasidan topshiriq berildi. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
1601Loading...
24
📹#ONLAYN 🏘Ayni paytda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov Farg‘ona shahrida fuqarolar murojaatlarini tinglamoqda. Viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi Bosh boshqarmasi binosida o‘tkazilayotgan sayyor qabulda qurilish va ko‘p xonadonli uylarga kommunal xizmat ko‘rsatish yo'nalishida farg'onaliklar o'zini qiynayotgan masala va muammolarni ochiqlash hamda munosib yechim topish imkoniga ega bo'lmoqdalar. 📍 Xususan, Farg'ona shahrining "To'qimachilar" MFY hududidagi 6-uyda istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolar uylarga xizmat ko'rsatuvchi BSK faoliyatidan norozi. Uy egalari ko'p kvartirali uylar binolarining holati qoniqarsizligi va ortiqcha to'lovlarni amalga oshirish yuzasidan turli ziddiyatlar paydo bo'layotganidan shikoyat qilishdi. E'tirozlarni diqqat bilan tinglagan T.Alimatov mavjud holatni tezkorlik bilan o'rganish va maqbul yechim topish yuzasidan mutassaddilarga ko'rsatma berdi. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
1411Loading...
#BILASIZMI ❔Shaharsozlik norma va qoidalarida panduslar masalasida qanday talablar qoʻyilgan? Harakatlanish yoʻllarida zinalar bilan bir qatorda panduslar ham qoʻllanilishi kerakli “Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish”  talablarida keltirilgan. Binolarning ichki va tashqi qismida, koʻchalarda, yer osti va yer usti oʻtish joylarida lift va pandus boʻlmagan holatlarda oʻrindiqli aravachadagi nogironligi boʻlgan shaxslarning zinalardan foydalanishi uchun maxsus koʻtaruvchi moslamalar oʻrnatilishi lozim. -  Piyodalar yoʻlkasining gorizontal qiyaliklari oraligʻida panduslar oʻrnatilishi koʻzda tutilishi kerak. -  Pandus va ularning toʻsiqlari yongʻinga chidamli materiallardan qurilgan boʻlishi lozim. -  Oʻrindiqli aravachadagi nogironligi boʻlgan shaxslar harakatlanishi uchun pandusning kengligi 1 metrdan kam boʻlmasligi kerak. -  Pandus har bir marshining koʻtarilish balandligi 0,8 metrdan oshmasligi darkor. Bunda pandusning boʻylama qiyaligi 1:12 nisbatda, koʻndalang qiyaligi esa 1:50 nisbatda boʻlishi kerak. Shuningdek, panduslar cheti 0,15 — 0,20 metr balandlikdagi bortlarga va 0,7 — 0,9 metr balandlikda tutqichlarga ega boʻlishi, tutqichlarning uzunligi pandus uzunligiga nisbatan 0,03 metr uzunroq boʻlishi kerak. Tutqichning aylana diametri 0,04-0,05 metrni tashkil etishi lozim. Har bir pandusning boshi va oxirida aravachaning qiyinchiliksiz burilishiga imkon beradigan, pandus kengligidan kam boʻlmagan va uzunligi kamida 1,5 metr boʻlgan gorizontal maydoncha loyihalanishi lozim. Pandus yoʻnalishi oʻzgarsa, yoʻnalish oʻzgarishi boʻylab maydonchaning eni 1,5 metrdan kam boʻlmasligi, umumiy gorizontal maydonchaning boʻyi esa ikkita marsh kengligiga teng boʻlishi kerak. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#Sana 🗞 3-may - Jahon matbuot erkinligi kuni ▫️BMT Bosh Assambleyasining 1993-yil 20-dekabrdagi rezolyutsiyasiga koʻra, 1994-yildan boshlab har yili 3-may – Jahon matbuot erkinligi kuni sifatida nishonlanib kelinadi. ▫️Matbuot erkinligi - soʻz, shaxs, vijdon erkinligi singari siyosiy huquqlardan biri boʻlib, matbuotning erkin faoliyat koʻrsatishini, kishilarning matbuotda oʻz fikr va tuygʻularini toʻsiqlarsiz ifoda eta olishini ifodalaydi. ▫️Matbuot erkinligi — matbuotning mohiyatini, uning jamiyat hayotidagi oʻrnini belgilaydi. Siyosiy jihatdan Matbuot erkinligi demokratiya kӯrinishlaridan biridir. ☑️ Yurtimizdagi barcha matbuot xodimlarini so'z erkinligini amalga oshirish va himoya qilish yoʻlida xizmat qilayotgan soha vakillarini ushbu kun bilan muborakbod etamiz. Farg‘ona viloyati Qurilish va Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi axborot xizmati
Show all...
❗️Уй-жой олиш учун субсидияга аризалар 15 майдан 1 ноябргача қабул қилинади
📝 Фармонга мувофиқ, дастур доирасида субсидиялар тўлашнинг амалдаги тартибига қуйидагиларни назарда тутувчи ўзгартиришлар киритилади: 🔹субсидиялар ажратиш юзасидан аризалар тасдиқланган параметрлар доирасида 2024 йилнинг 15 майидан 1 ноябрига қадар қабул қилинади; 🔹2024 йилги Дастур доирасида ажратиладиган кредитлар бўйича фоиз тўловларининг бир қисмини қоплаш учун субсидиялар – 12 фоиздан ошган қисмига, 2025 йил ва ундан кейинги йиллар Дастурлари доирасидаги кредитлар бўйича эса – Марказий банкнинг асосий ставкасидан ошган қисмига тўланади; 🔹бирламчи уй-жой бозоридаги квартираларни сотиб олиш учун ажратилган ипотека кредитлари бўйича дастлабки бадалнинг бир қисмини қоплаш учун субсидиялар – 2024 йилги Дастурдан бошлаб қатъий белгиланган 30 миллион сўм миқдорида тўланади. @generalissimus_uzb
Show all...
👍 1
❗️Уй-жой шароитини яхшилашга муҳтож бўлганларга 120 миллион сўмгача ипотека кредити берилади
Фармонга кўра, 2024 йил 1 июндан “маҳалла еттилиги” тавсияси асосида Камбағалликдан чиқариш дастурига киритилган ва уй-жой шароитини яхшилашга муҳтож бўлган шахсларга ипотека кредитларини ажратиш амалиёти жорий этилади. 🔘Бунда: ➖ипотека кредитлари 120 миллион сўмгача миқдорда, 20 йилгача муддатга, Марказий банкнинг асосий ставкасидан тўрт фоиз бандга юқори ставкада якка тартибдаги уй-жойни қуриш, реконструкция қилиш ва таъмирлаш мақсадлари учун ажратилади; ➖ипотека кредити бўйича дастлабки бадалнинг бир қисмини қоплаш учун – ажратиладиган кредитнинг 15 фоизи миқдорида ҳамда фоиз тўловларининг бир қисмини қоплаш учун – кредит муддатининг биринчи 5 йили давомида 12 фоиздан ошган қисмига субсидия тўланади.
Show all...
Pudrat tashkilotlarining soliq hisobotlaridagi ishchi xodimlar haqidagi maʼlumotlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida aks etadi “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini samarali tashkil etishning qoʻshimcha choralari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori qabul qilindi. 👉 PQ-165-son, 29.04.2024-y. Qarorga koʻra, pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan ish turlari, hajmlari va qiymatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etilgan elektron hisobvaraq-fakturalar asosida shakllantirgan holda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga yuborish tartibi belgilanmoqda. Shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining axborot tizimlariga vazirlik va idoralarning o‘zaro integratsiya qilingan axborot tizimlari orqali taqdim etiladigan qo‘shimcha ma’lumotlar roʻyxati ham tasdiqlandi. Unga ko‘ra, Soliq qoʻmitasi quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi. 🔹 “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasiga: ▫️Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogidagi qurilish resurslariga oid (mahsulot nomi oʻlchov birligi, narxi) maʼlumotlar. 🔹 “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga: ▫️Budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlar doirasida bajarilgan qurilish-montaj ishlarini tasdiqlovchi EHFlar va ularga ilovalar; ▫️Loyiha va pudrat tashkilotlarining JSHODS hisobotlaridagi ishchi xodimlar haqidagi maʼlumotlari. Ushbu roʻyxatda keltirilgan maʼlumotlar begʻaraz (bepul) taqdim etiladi.
Show all...

Maqsadli dasturlar monitoringi axborot tizimi - monitoring.mc.uz

02:25
Video unavailableShow in Telegram
🏙Pirovard maqsad: Fuqarolarga munosib turmush sharoitlari yaratish. Fargʻona shahrida yana bir yangi tarix yaratilmoqda.Qariyb 300 gektarlik maydonda qurilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivi chin maʼnoda "Ekoshahar" ga aylanmoqda. Farg‘ona viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi axborot xizmati
Show all...
⚡️BUGUNDAN YANGI QONUN KUCHGA KIRDI Bugun, 2-maydan boshlab yer egalari shaharsozlik faoliyatini, geologik qidiruvni va foydali qazilmalarni qazib olishni, shuningdek, qishloq xoʻjaligiga oid boʻlmagan boshqa faoliyatni amalga oshirishda tuproqning mavjud unumdor qatlamini sidirib olishi va saqlashi shart boʻladi. Bunga doir tegishli Qonun kuchga kirmoqda. Joriy yilning 2-fevral kuni Davlatimiz rahbari tomonidan “Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish toʻgʻrisida”gi Qonun imzolangan edi. Qonunga ko'ra endilikda yer egalari shaharsozlik faoliyatini, geologik qidiruvni va foydali qazilmalarni qazib olishni, shuningdek qishloq xoʻjaligiga oid boʻlmagan boshqa faoliyatni amalga oshirishda tuproqning mavjud unumdor qatlamini sidirib olishi va saqlashi shart etib belgilandi. Sidirib olingan tuproqning unumdor qatlamini qurilish tashkilotlari hokimliklar tomonidan belgilangan joylarga saqlash uchun olib chiqadi. Mazkur Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kirishi nazarda tutilgan edi. Yaʼni, bugun 2-may kunidan Qonun rasman amalda.
Show all...
04:47
Video unavailableShow in Telegram
Эксперимент: “квартплата”дан қарзи борларнинг свети ўчириб қўйилади Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазирининг биринчи ўринбосари Шерзод Ҳидоятовга кўра, бундай тартиб ишлаб чиқилган ва “Ҳудудий электр тармоқлари” билан интеграция ишлари бажарилган. Бу тартиб тегишли қонунга ўзгартириш киритилгач, эксперимент тариқасида Навоий шаҳрида синаб кўрилади. 👉 https://kun.uz/kr/80124104 Kun.uz расмий канали
Show all...
👍 2
#MATBUOT_ANJUMANI Vazirlik mutasaddilari jurnalist va jamoatchilik faollarini savollariga javob bermoqdalar.
Savol: Aholi minimal tarif joriy etilganidan so‘ng boshqaruv organidan nimalarni talab qila oladi?
❗️Ta’kidlandiki, ko‘p kvartirali uyning umumiy foydalanishdagi mol-mulkni saqlash bo‘yicha 12 ta, tutash hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha 4 ta, jami 16 ta xizmat va ishlar ro‘yxati keltirib o‘tilgan. Elektr energiyasini ta’minlash, lift uskunalariga xizmat ko‘rsatish, zaruratga ko‘ra uylarning fasad va kirish yo‘laklarini joriy, ya’ni ehtiyojga ko‘ra ma’lum qismini ta’mirlash, yerto‘lada o‘rnatilgan ichimlik suv nasoslari va muhandislik tarmoqlari sozligini ta’minlash, tom qismi butligini saqlash, promivka qilish, issiqlik izolyatsiyasini saqlash, dezinfeksiyalash ishlarini olib borish, oqova suv tarmog‘iga ulanmagan uylardagi xandaqlarni tozalash, kirish yo‘laklari va lift xonalarini tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga e’tibor qaratish, noqulay ob-havo sharoitida qorlar va muzlamalarni tozalash kabi ishlar shular jumlasidandir.  Ta’kidlash lozimki, majburiy badallarning eng kam miqdori faqatgina ko‘p kvartirali uyga texnik xizmat ko‘rsatish, joriy ta’mirlash va ekspluatatsiya xarajatlari uchun sarflanadi. 🏢 Ko‘p qavatli uyda kapital ta’mir ishlari katta miqdordagi mablag‘ talab qilinishi, misol uchun deylik, bitta uyning tom qismini kapital ta’mirlash  uchun  o‘rtacha 400 million so‘m sarflanishi inobatga olingan holda aholining majburiy to‘lov, ya’ni kvartplatadan tashqari mablag‘lari asosida amalga oshiriladi. Bunda umumiy yig‘ilish o‘tkazish va aholi roziligini olish talab etiladi.  Aholi minimal tarif joriy etilganidan so‘ng ushbu ro‘yxatda keltirib o‘tilgan barcha xizmat va ishlar bo‘yicha hisobotni talab qilishga haqli. Boshqaruv tashkiloti mulkdorlarga amalga oshirilgan ishlar ko‘lami, xarajatlar va faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi axborotdan erkin foydalanishni ta’minlashi shart. |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|