393
Subscribers
No data24 hours
-17 days
-530 days
Posts Archive
393
Özbeklik: Uy telefoniga qöng'iroq qilib, uydamisan? Deyishdir. Google GPSdan özini uyini tamosho qilishlikdir. Oyligini 2 barobari miqdoridagi qimmat telefon ishlatishdir. Tez yordam mashinasida, rostan ham kasallar tashiladi deb öylashdir. Gazetadagi inson suratlariga möylab, soch chizishdir. Kitobni birinchi orqa tarafidan ochib, mundarijani közdan kechirishdir. Xar qanday majburiy tölovlarni, oxirgi muddatida tölashlikdir. Uyg'onmasligini bila turib, budilnik qöyishdir. Yaxshimisiz? Savolini, asil javobiga qiziqmasdan berishlikdir. Oyoq kiyimimni bari bir yechmayman deya, ikki hil paypoq kiyishlikdir. Men saytdan chiqdim deb yozib, nima deb javob yozadi ekan deb javobini kutishlikdir. Sherali Jörayevni maqtab-maqtab, ummonni eshitishlikdir. Köchadagi binolar oynasiga köz uchida qarab, qanday körinyapman deb öylashlikdir. Ertadan umuman boshqacha inson bölaman deb, özini aldashlikdir. "Paynet ishlayapdi" deya yozilgan yozuvni körib, qayta "Ishlayapdimi?" deya savol berishlikdir. Özbek bölishlik, juda qiyin ishdir..
