Programming ∀
Open in Telegram
Ushbu kanalda dasturlashga aloqador turli expriementlarim, g'oyalarim, hulosalarimni ulashaman.
Show more1 354
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
-230 days
Posts Archive
1 352
Dasturlash tillari ikkiga bo’linadi. Odamlar uchun o’ylab topilgan va Dasturchilar uchun o’ylab topilgan.
1 352
Ko'pchilik kompaniylardagi turli meetlar(majlislar) yuqoridagi kabi ko'rinaveradi. Uyoqda asosiy gapiradigan roldagi isonlarni ko'plarini ko'rib turibsiz :).
PS: Meetlarda maksimum 2-3 minut gapiraman :)
PSS: Remote joblar kamligini sababi agar full remote job bo’lsa bazi hodimlarning umuman ishi qolmaydida. Officega kelib ketishni amallab eplashyabti axir ishsizlik ko’payib ketadi 🥲
1 352
Ha keyin yana bir masala bor.
Hamma interviewgadan o'tib ishga kirish uchun tayyorgarliklar qiladi yana nimadurlar. Lekin sizni interview qiladiganlar ham ko'pincha biladi tayyorlanganingizni. Bunda ikki holat bo'ladi.
1- Spektakel kabi hammasi rejadagidak.
2 - Real hayot kabi keskin burilishlarga boy dramaturg interview :)
Aytaylik siz cracking coding interview kitobini o'qib chiqdingiz. Sizga binary search algorithm tushdi :)
Siz cracking coding interview kitobini o'qib chiqdingiz. Sizda real code refactoring tushdi.
Soxta tayyorlanganlar kerak bo'lmagan kompaniylarda interview processlar umuman boshqacha bo'ladi. Chunki ularga biror narsadan rostdan ham tajribasi bor "galochka" uchun olinmagan bilimli kadrlar kerak :)
1 352
Agar juda bittalab joblarga apply qilishga erinsangizlar bot yasab qo'yinglar. Ma'lum filterlar boyicha sizni CVni o'zi apply qilsin 😅
Interview processi qiziq. Networking zo'r bo'ladi. Bazida manga qiziq bo'lgan kompaniyalar bilan shunchaki interviewga ham boraveraman.
— Interviewer:
O'zingiz ishlaydigan joydan bu yer umuman boshqa yo'nalishku nega keldingiz ?
— Man:
CV qabul qilishdi va manam shunchaki kelaverdim bahonada siz bilan tanishdim 😁 (Qiziq tajribali hamkasb bo'lsa)
1 352
Agar hamma narsalar to'g'ri kelganida 3 ta companyda ishlash juda qiziq.
1- Valve (CS & Steam)
2 - Activision (Modern Warfare 2)
3 - Rockstar (GTA - VI)
Lekin bular shunchaki orzu kabi narsalar. Sababi bularga kerakli fundament manda bilvosita shakillanmagan. Yani gamming qiziq ammo game development bo'yicha ko'p narsalar qiziq emas. Qisqa atyganda man shu kompaniyalarni birortasiga tour qilsam ham kifoyda :)
Bunday narsani share qilishdan maqsad. Maqsadlarni aniqlsh va farqlashni o'zi katta narsa beradi. Yuqorida aytganimday biror kompaniyaga shunchaki tour qilsam shuni o'zi qoniqtiradi.
Ammo shunday turdagi kompaniya va loyihalar borki. Man ishlab ko'rishim kerak ! Bunga challenge qilishga har kuni kerak bo'lsa 3-4 soat vaqt dars qilishga arziydigan darajada. Yutuq esa faqatgina o'sha kompaniyada yoki loyihada ishlash emas. Balki ana o'sha yo'nalishdagi challengelarni hal etish va shu orqali jamiyatdagi turli muammolarga yechim berish.
1 352
Sohada tajribangiz 2+ yil bo'la boshladimi aniqroq yo'nalishi tezroq tanlab oling. Keyin shu mavzularda chuqur o'qishni boshlang. Masalan boshida frotnendan boshladingiz keyin nodejsda backend yoqib qoldi. Siz ishlaydigan kompaniyada devopsni ham o'zingiz qilasiz va DevOps yoqib qoldi. Yana birnasalar bo'ldi. Orada yillar o'tib ketdi...
Bunaqa roadmapni ohiri o'lim :) Nega o'ilm ? Sababi yuraverasiz uyoqdan buyoqqa sakrab. Sakrab yurish yaxshi ammo biror sohada ham yangilik qila olmaydigan darajada bo'lsangiz unda rosdan ham siz erishgan yagona yutuq bu o'lim bo'ladi mani nazarimda. Ha balki boshqa tomonlama yaxshiliklar bo'lishi mumkin. To'g'ri buni ham extimoli mavjud. Ammo sizni professional sifatida qarashlarini istasangiz bu masala to'g'ri kelmaydi.
Man beradigan tavsiyam. Oldin soha egallashdan qanday manfatlar ko'zlayabsiz ? Kim bo'lmoqchisiz ?
Kim bo'lmoqchi ekanizni bilmasangiz turli yo'nalishlarda o'zingizni sinashingiz mumkin :)
Ammo yaqin 2 yil vaqtingiz bo'ladi maksimum. Shu vaqt oraligida aniq yo'nalishni tanlash kerak va deep dive qilish kerak albatta bu ta'bingizga qarab. Ammo eng muhim qismi egallaydigan sohangizni fundamental bilimlari nima ekanini aniqlab shularni maksimal darajada sifatli o'rganish kerak.
Ha oradan 5-8 yil o'tib siz yana boshqa narsalarga qiziqishingiz mumkin va o'shalar bilan shug'ullanishni istab qolasiz. Lekin sizda yaxshi fundament va professional tajriba bo'ladi. Shu sababdan bu holat umuman boshqa va boshqacha davom etadi.
1 352
Shu paytgacha bo'ladigan interviewlarda ko'plab candidatelar (Strong Middlegacha) asosan fudnamental narsalarda yeqilishadi.
Bazi istesnolar va yengilliklardan tashqari ko'pchilikda juda bo'lmaganda bir tomonlama ham chuqurroq fikrlar bo'lmaganiga duch kelaman.
Aytaylik Nodejs Engineer sifatida candidate junior. Juda bo'lmasa JS va TS ni yaxshi bilmaydi.
Yaxshi deganda qanday ? Aytaylik TS generics. Shu o'rinda generics mavzusi katta deyarli hechkim algebradan boshlab so'ramaydi bunday narsalarni. Savollar anchagina soddaroq bo'ladi so'ragan narsalar ham.
Yoki bo'lmasa OOP bu mavzuda ham Formal OOP haqida deyarli hechkim so'ramaydi traditional cho'loq OOP so'raladi :)
Ish topish va technical growup qilishni hohlaganlar uchun oldin ham o'z ustilarida ishlashlarini ko'p tavsiya qilganman.
Xozirgi hulosalarmni interviewer sifatida va interviewdan o'tadigan candidate sifatida aytyabman.
Bazi joylarda interviewerlar o'zi ham normal interview qilishmaydi. Yani ikki tomonda muammolar bor. Ammo hiring process mavsuzi alohida katta mavzu va bu mavzuni uyoqdagi muammolarni bu postda muhokama qilmoqchi emasman.
Xato ish beruvchida ham ishchi nomzodda ham ekanku buyog'i qanday bo'ldi ?
Manda bu mavzuga yagona javob siz o'zingizga javob bering :) Siz aynan shu joyda ishlashga majbur emassiz(agar o'zingiz yebqo'ymagan bo'lsangiz :) ). Ustingizda ishlang bilimlaringizni oshiring shunda sizga ham tanlovlar ko'payaveradi. Vakansiyalarga "Who is next ?" deb o'tirasiz 😁
Sirli masalliqni o'zi yo'q :) Seniorga chiqish yoki juniorlikdan o'tish sirlari yana birnasalari degan narsalarda ham qanday contentlar bor bilmaymanku lekin boshqalardan ustunroq bo'lish kerak. Ustunlik darajangiz qancha baland bo'lsa shuncha yaxshi. Ustunlik tabaqalanish emas sizdagi potensialin boshqalardagi potensialga nisbati. Bundan faxirlanish va kibrlanish ham shart emas :)
1 352
Subyektiv USAga ketish mavzusidagi zor video qilgan ekan endi bafurja o'tirib ko'rdim.
Xozircha xamkasblar orasida bunday niyatdagilar juda kam :) Lekin mobodo shunday niyatdagilar bo'ladigan bo'lsa fikringizdan qayting. Undan ko'ra chet tilini yaxshilab remote joblarda ishlang.
COVID-19 dan keyin remote ishlash ancha oson bo'lib qoldi ayniqsa timezonelar ham sizga qulay vaqtlarda bo'lishi mumkin(Gaplashishingizga bog'liq). Shu bilan birga markaziy osiyodagi engineerlarga xozircha diskriminatsiyalar yo'q. Bu degani agar sizdagi ko'rsatkichlar to'g'ri kelsa bemalol hohlagan kompaniyangizda ishlashingiz mumkin. Bazi istesnolardan tashqari bu holat doyimo ishlaydi.
Ko'plab kompaniyalarda full remote yoki hybrit ishlash imkoni mavjud. Bazi yaxshi kompaniyalarda N oylab remote ishlashingiz mumkin.
O'zingizga ortiqcha challenge qilmang.
Bemalol 2-3 ta ishlasangiz ham bo'ladi. Uyogi o'zingizni energiyangizga bog'liq. 2-3 ta ishda ishlaganimda to'kilib qolgan edim va oylab degradatsiya bo'lganman. Undan ko'ra yangi bilimlar olganim afzal degan qarorg kelganman.
PS: O'tgan yili ham remote joblarda nisbatan juda kam to'lanar edi. Lekin 2023dan boshlab yuqori maoshlar ham paydo bo'la boshladi. Bu degani agar siz USAga remote ishlayotgan bo'lsangiz sizni kompaniyada ishlayotgan engineer bilan birxil sof daromat qilishingiz mumkin.
PSS: Ish topish va bilimlarni sotish mavzusida man ancha qoloqman. Yuqoridagi gaplarni asosan shunday qilib yurgan xamkasblar va do'stlarim fikrlari va o'zim qilgan bazi analizlardan ko'rgan edim. Shu bilan birga so'ngi 2 yilda turli offerlarni ko'rib chiqganimdan olindi.
https://www.youtube.com/watch?v=IP5umfDTiHI
1 352
cpu, ram va bsohqalar bir hil bolsa, laptop va pc ishlash tezligi va kuchida farqi boladimi?
Qiziq savol bo’libti 🙂
Xozir kompyuterlarni juda ko’plab turlari mavjud va ularning quvvati va yana boshqa parametrlari farqli.
1 352
FP haqida juda ko'p paperlar topib olyabman. Juda qiziq mavzular anchadan buyon o'ylab yurgan muammolarimning yechimlari va turli chiroyli yondoshuvlar :)
https://arxiv.org/pdf/2002.06176v1.pdf
1 352
Kelayotgan shanba kuni kechga taxminan 20-21:00 atrofiga guruhda call qilamiz.
Mavzu: Legacy systems or Refactoring legacy systems.
#legacyssys hashtagini qo'yib savol yozib qoldirsangiz o'rtaga tashlar edik savollarni.
1 352
Genialno 🙂
Man Q&A emasman lekin ko’pincha hamma narsadan bug topaman(O’zim qilgan ishlardan tashqari 🫠)
1 352
Putty, termiusdan foydalanib, sshga connect qilamizku linux serverlargan, shu paytda biror dasturni ishga tushirdik deylik, bajarib turibdi, shunda putty yoki termiusdan chiqib ketsak, ya'ni ssh connection uzilsa, nega running programma ham to'xtab qoladi, avtomat backgroundda ishlab turavermay
Mavzu demons and processes va SHELL mavzusiga borib taqaladi.
Avvalida Shellni ko'rib chiqamiz.
Shell - OS uchun eng boshlangich va minimal interface. Tassavur qiling siz Exel file ichidan ma'lumot qidirish uchun dastur qildingiz. Qidirish algorithmi qildingiz. Endi ushbu dasturingizdan userlar foydalanishi uchun interface kerak bo'ladi. Siz uni turlicha ko'rinishda qilishingiz mumkin. Ammo muhim joyi user Exel ichidan nimadur qidirib topishi uchun input qila olishi va javobni qandaydur ko'rinishda olishi kerak. Bu narsa I/O deyiladi. Shell ham yuqoridagi search algorithm interface kabi bir interface aynan OSdan foydalanish uchun.
Endi SSH masalasi
SSH - Secure Shell va u Secure Shell Protocolida ishlaydi.
Yani biz ushbu texnalogiya orqali tarmoqdan boshqa shellga xafsiz ulanib ishlay olamiz.
Endi bizda process degan tushuncha mavjud. Process OSdagi barcha jarayonlar yanayam sodda aytsak ishlab turgan jarayonlar bu dasturlar :)
Processlar haqida qisqacha aytsak har bir processning hayoti mavjud :) Shu bilan birgalikda har bir processning holatlari mavjud. Processlarda ham tug'ulish va o'lish ishlash kutish kabi holatlar mavjud. Qisqacha o'qish uchun
Yana qoshimcha barcha processlar otasi va bolalari mavjud :) Parent or child process deyiladi :) Undan tashqari processlarning tabaqalari yoki prioritetlari ham mavjud :)
Shell orqali biz biror dasturni ishga tushirganimizda OSda yangi process(lar) paydo bo'ladi. Endi qiziq tomoni biz dasturni shell orqali run qilganimiz uchun biz run qilgan processning parrent processi shell bo'ladi.
Processlarning qiziq tomoni otasi o'lsa bolalari ham o'lishida(Normal holatda shunday va istesnolar mavjud). Shu sabab bizning shell dasturimiz o'chganida uning bolalari va bolalarnining bolalari o'chishga to'g'ri keladi.
Biz SSH orqali ulganimizda yangi shell session ochiladi va uning ichida biz run qilgan processlar ishga tushadi. Yopilganida esa parent process yani shell ochgani sabab bolalari ham o'chadi. (Ctrl + C orqali kill qilish ham o'ldirish :) )
Deamon mavzusi qoldi.
OS ishga tushganida eng avval ishga tushadigan dasturlardan biri bu deamon xisoblanadi. Deamon sodda qilib aytganda aynan background processlarni ishga tushirish uchun o'ylab topilgan dastur va bu datur user interfacedan alohida.
Biz deamon orqali processlarni ishga tushiradigan bo'lsak aynan shellga bog'liq bo'lmaydi shu bilan birga bu processlar userga to'g'ridan tog'ri mavhum alohida joyda ishlab turadi(Ammo bazi deamon processlarni ham userlar manage qilishi mumkin ammo bu alohida mavzu).
