en
Feedback
Programming ∀

Programming ∀

Open in Telegram

Ushbu kanalda IT va Dasturlashga aloqador mavzularda subyektiv fikrlarimni bayon qilaman.

Show more
1 217
Subscribers
No data24 hours
-87 days
-3530 days
Posts Archive
Adavanced nimadur bilim deyilganda asosan tor doiradagi jamoat haqida gap ketishi kerak. Oddiy narsalarni ham adavanced va basic deb ajratish unchalik tog'ri narsa emas nazarimda. Bir tanishim interveiwga tayyorlanayotganida yordam berishimni so'rab mock interview qilgan edik va quyidagicha savol bergan edim. Savolning mohiyati shunday. Sizda katta file mavjud masalan 1TB endi siz ushbu filedan biror contentni search qilishingiz kerak. Hosh nima qilasiz ? U kishi "Men adavanced N technology va searching algorithmlar haqida o'qimaganman !" Deb javob berdi. CV da esa juda kop optimizationlar haqida yozgan edi shu bilan birga Leetcodedan Juda kop algorithm yechgani haqida keltirgan edi. Tajribasi ham anchagina keltirilgan qog'ozda. Kegin atayin qopol gapirganman "N-yil nima qildingiz ?" Tajribasi anchagina yillik bunday inson yuqoridagi savolga tog'ri javob berolmas ham o'z fikrini bildira olishi kerak. Man leetcodeda uzog'i bilan 100-150 ta misol ishlab ko'rganman. Matematik bilimlarim ham maktab davrida qolib ketan. Ammo yuqoridagi savolga yoki muammoga ishlaydigan yechim topishim mumkin. Eng oson yechimlardan biri. 1TB lik file bo'lsa oldin aniq bo'lakchalarga ajratib olaman. Keyin stream orqali o'qish va qidirish mechanismini implement qilaman. Mayli boshlanishiga N ta threada paralell oddiy linear search qilsin. Shu orqali hal etaman. Ammo bu joyda muammo chiqadi thread management bo'yicha va javob topilganida uni olish bo'yicha shu sababdan thread pool patterni ishlataman va bitta shared memory ajratib sodda mutex yasab ko'raman. Yuqoridagi masala esa aslida abstract savol berilishi bilan detalizationga kiritaman. Filega realtime yozilyabtimi xozir ham yoki write to'xtatilganmi ? Agar realtime bo'lsa partitionling juda ham ish bermasligi mumkin. Kegin qanday file ? Qanday data structureda saqlangan ? Json bo'lishi mumkin :) Yoki oddiy txt. Yuqoridagi savolga juda optimize yechim berolmasangiz ham ma'lum uslubda muammoga yechim bera olishingiz sizning aynan qanday mutaxasiss ekaningizni belgilab beradi... Shu sababdan problem solving deganda ko'r ko'rona algo & ds o'qib leetcodeda masalani submit qilishga emas muammoni tushunib, o'rganib yechimni o'z uslubingizga ko'ra taqdim qilishga va yana boshqa birqancha amaliyotlarni shu jarayonga tadbiq qilishga odatlaning. Masalan discussion qilish amaliyoti yoki tanqid qilish, testlash vaxakazolar... PS: Mock interviewlar va interviewga tayyorlanishni kimyo fanidan imthonga tayyorlanib fanni 5 baho bilan yopib ishga kirgandan keyin esa yuzlab bolalarni yod bilan zaharlashga o'xshataman...

Mardikor - Bazi insonlardan qiziq so'zlarni eshitaman. Masalan "N vaqt oldin men falon joyda ishlar edim. Qora ishchi edim jismoniy mexnat bilan shug'ullanar edim. Xozirda IT ga kirdim dasturchiman qora ishchi emasman." Mardikor so'zining aniq lug'aviy tajrimasini bilmayman. Ammo Man uchun asosiy mohiyati kamroq pul evaziga og'ir jismoniy mexnat bilan shug'ullanadigan yonlanma ishchi. Biror kochadagi mardikorni pul berib har oyda N marotaba kelib sizni bog'ingizni tozalashiga yoki yerlaringizni chopishga yonlasangiz bo'ladi. Albatta bu joyda ham kelishuv mavjud yani eng kamida oylikni kelishasiz. Endi sizga ishining ustasi mutaxasiss bog'bon kerak bo'lsa sizning kelishuvingizda juda ko'plab kriteriyalar mavjud bo'ladi. Yuqoridagi nazarda tutilgan maosh tomonlama ham sezilarli farqlar bo'ladi. IT dagi katta qatlam ham mardikorlikdan iborat desam ishonasizmi ? Mardikorlarning yana bir xususiyati ko'p narsalarga rozilik berib yuboradi. Masalan savdolasha olasiz. Mardikorlar asosan shu ishdandan boshqasiga potensialim yoq deb xisoblashadi yoki rostdan ham shunday bo'ladi. Sababi Maktab davlarimda o'zim ham pul evaziga odamlarning uylarini ta'mirlashda qatnashganman. Kerak bo'lsa pul evaziga yer ag'darganmiz o'rtoqlarim bilan. Yani mardikorlik qilaganmiz. Nega ? Sababi o'shanda bizni muhitda boshqa ishalrga potensial bo'lmagan maktab bolasini hechkim ishlatmaydi. Studentlarni ham. Shu sabab bizda ko'p narsaga potensial bo'lmagan. Lekin yagona potensial o'qishga bo'lgan :) Huddi shunday mardikorlar potensiali va juda ko'p parametrlari cheklangan odamlar. Shu sababdan ular anchagina arzonroqga ishlaydilar. ITdagi mardikorlar ham shunday. Juda ko'p narsalarga potensiali bo'lmaganlar. Bu narsa albatta xozirgi holatiga nisbatan aytilganda. Sababi xozir shunday :) Faqat ularning ishlarida farqlar bor. IT mardikorlar ham juda ko'p aqliy mexnat qiladilar va arzon maosh oladilar. Eng yomoni esa ularni o'rnini bittada almashtirish mumkin :) Manashu narsa eng muhim nuqtalardan va sabablardan biri. Undan tashqari IT mardikolarlani ko'plari etiborga o'zlarini mardikor emasdak xisoblashadi. Sababi oddiy mardikorlarga qaraganda ancha saviyaliroq bo'lishadi. Ammo bu degani ular rostdan ham biror yuqori elita egalari deganini anglatmaydi. Ularning o'rnini almashtirish doyim oson bo'lgan. Lekin IT sohasidagi korparatsiyalar siyosati bu masalada juda boshqacha ishlagani uchun bunday amaliyotlarga kam extiyoj bo'ladi. IT mardikorlarning yana bir eng muhim sifati bu bilimsizlik. O'z kasblariga oid bilimlarni yaxshi bilmaydilar o'zlashtirmaydilar. Shu sababdan ularda ko'p narsalarga potensial kam bo'ladi. Shu sababdan o'zlarining talablarini qo'ya olmaydilar va bazida ishlarini yoqotishdan qorqadilar chunki ularning o'rinlarini boshqasi egallay olishiga va shunday narsa aniq sodir bo'lishiga ishonadilar. Mutaxasisslardan eng asosiy farqlaridan yana biri IT mardikorlar kichik va oddiy narsalarni ham katta va murakakb qilib bayon qilishga xarakat qilishlarida. Bunga misol qilib aytishimiz mumkin bo'lgan narsalardan biri. Adavanced nimadur deyiladigan gaplar. Siz mutaxasissmisiz siz uchun hammasi oddiy bo'lishi kerak. Adavanced nodejs adavanced nimadurlarni unuting. Shunchaki tajribasiz va tajibali mutaxasiss bo'ladi tajribasizlar xozircha bilmasligi mumkin Nodejda threadlar bor ekanini ammo tajribalilar biladi va joyi kelganida shu narsadan unumli foydalanadi. Undan tashqari mutaxasisslikning fundamental bilimlarini o'rganish kerak ekanini har qanday leveldagi mutaxasisslar tushunishadi. Buning uchun IQ200 kerak emasligini ham biladilar :)

Repost from N/a
Today we present the first version of the Tashkent city metaverse project. The main goal of the project is to help our compatriots understand the streets of the city and introduce the city of Tashkent to foreigners. We have many plans for the future. Stay tuned for updates. www.poytaxt.com

photo content

image_2023-11-02_09-23-01.png0.11 KB

Hayotni yangidan boshlashlamoqchimisiz ? Unday bo'lsa browserni qaytadan oching :)

Bazida zerikishganidan qandaydur updatelar qilishadimi deymanda shu linux communitydagilar 😅 Muhimi biz uni kamchiliklari bilan sevamiz... Windows serverlarda pidlarni umuman deamon bilan ishlash bosh ogriq bo'lsa kerak :)

SAW(Software as weapon) Maktab payitlarimda bir gap bo'lgan edi. Telefon bu ommaviy qirg'in vositasi. Ertaga xitoyliklar bitta boshqacha chastotali signal bilan telefoningni portlatadi va yoki invalid bo'lasan yoki o'lasan. Degan gapni eshitgan edim. Ammo etiborga olmaganman. Katta ijtimoyi tarmoqlar, birjalar, turli xizmat ko'rsatadigan dasturiy ta'minot vositalarini ko'plari xozirgi bo'layotgan siyosiy vaziyatga nisbatan juda noxaqliklar qilishyabti. Turli propaganda fitnalardan tortib musulmonlarning accountlarini block qilish ularning pullarini muzlatish bilan to'siqlar qilishyabti. Har qanday qarshi firk bildirgan kishini chetga surishyabti. Deyarli hamma mintaqada turli ko'rinishdagi diiskriminatsiya mavjud. Turli ko'rinishdagi zulumlar sodir bo'lyabti. Qisqa qilib aytganda biz o'zimizga zarar yetkazadigan narsalar uchun pul sarflab ishonch bildirayotganimiz katta dars bo'ldi. O'ylaymanki kelajakda shunday holatlarda ham millatimiz uchun zararsiz dasturlar chiqadi.

Hayotiy misol.
Hayotiy misol.

Bu so’z documentlarga ham aralasha boshladi 🙂 Yaqinda potent olishni reja qilyabman 😊
Bu so’z documentlarga ham aralasha boshladi 🙂 Yaqinda potent olishni reja qilyabman 😊

Sen Meni jinoyatchi deb xisoblaysan, lekin nog'oramga o'ynab bo'lganingni bilmaysan...

Sohani tanlashdan maqsadim insonlar og'irini yengil qilish. Jamiyatning rivojiga o'z hissamni qo'shish. To'gri hozir bir tiynlik foydam tegmaydi :) Chunki xozir ko'proq o'zimni ustimda ishlash va rivojlanish bilan bandman. Hali biror bilimni chegarasiga yetib borganim yo'q. Atay chachak qilib yrubman IT sohasida :) Ammo maqsad shunchaki oylikni olib 20-30 yil ishlab pensiyaga chiqish emas. Qandaydur startuplar qilib google yoki amazon kabi korparatsiya qurish ham emas. Maqsad yaxshi engineer bo'lish. Bizness uchun foydali engineer emas balki bilimli engineer :) Yana eng katta emotional damage bo'ladigan savol esa. Hosh qachon ? O'zbeklarda to'y qachon ? Degan gap borku huddi shunday Maqsad bor ekan natija qachon ? Hullas yuqoridagi savollar mazmunidagi savollar bu yil ohirida juda ko'payib ketdi. Har yili shunday bo'ladi. Yil ohirida shunday savollar miyyani o'giritib qo'yadi... Offtopic uchun uzr so'rayman. Ammo sohamizdagi aynan shunday nuanslarni ham aytib ketish afzal deb o'yladim. Ertaga siz ishlayotgan kompaniyadagi hamkasbingiz yoki jamoadoshingiz Gey bo'lsachi ? Ha bu savolga ham toshlar otilishi mumkin. Ammo yuqoridagi masalalrga nisbatan siz qanday yechim qilyabsiz yoki o'ylab ko'rganmisiz ?

Ohiri bo'lmadi... So'ngi ikki hafta davomidagi voqealiklar. Siyosiy va ijtimoiy masalalar odamni ko'nglini hijil qilgani aniq. Ammo bazi narsalar qattiq dars bo'ldi shaxsan Manga kelajakdagi rejalarimni ham aynan shunday narsalarni hisobga olib qilishni maqsad qildim. 1. Distance so'ngi 3 yil davomida turli millat va madaniyatli insonlar bilan ishladim. Boshida bunday hilma hilliklar sabab qandaydur shokga tushgan edim. Masalan kimdur uchun Manga umuman tog'ri kelmaydigan narsa normal holat. Manga mos kelgan narsa esa u insonga mos kelmaydi... Shu sababdan ma'lum distance saqlashni odat qildim. O'zi avvaldan shunday odam bo'lganman ammo bu masala muhimlashdi. Yanayam tushuna boshladim. Maslan Mani prinsplarimga va duyo qarashimga umuman teskari qarashdagi insonlardan prinsplarimga ko'ra to'g'ri narsalar bo'lsa o'rgandim bo'lmasa ignore qildim. Ayni qarashlarimiz yoki maqsadlarimiz yaqin insonlar bilan esa doyimiy aloqada bo'ldim va ko'p narsalar o'rgandim. Asosiy narsa esa ma'lum chegarada contextda bo'lish. Bu asosan ishda va shaxsiy hayotdan tashqaridagi shaxsiy siyosatim edi. Bu ko'p joyda o'z o'rnimni topib o'z qadryatlarimga hiyotat qilmaslik va Manga mos kelmaydigan narsalarni rad etishni ancha osonlashtirdi. 2. Time management. Bu masala haligacha muammo hamma kabi. Ammo asosiysi shaxsiy hayot va ish o'rtasidagi chegaralar va aynan biror kasb mutaxasissi yani resurs emas balki shaxsiyat sifatida rivojlanish uchun vaqting taqsimlanishi edi. Bu og'ir va qiyin amaliyot bo'ldi ayniqsa boshid. Chunki harakterdagi complexlar sabab juda ko'p conflictlar va tushunmovchiliklar bo'ldi. 3. Korparativ qullik ! Ma'suliyat darajasi kengaygan sari ko'pchilik ishchi resurslar ayniqsa aqliy mexnat bilan shug'ullanadiganlarni ishlatish va boshqarishga mo'ljallangan siyosat shunday korporativ qullik bo'lib ko'rina boshladi. Yani ishdan tashqari ham ishlash. 24/7 hayol ishda bo'lishi. Shaxsiy hayot va boshqa masalalarni farqlay olmasligi. Inson ijtimoyi mavjudod ekanini tushunmaslik vaxakazolar. Bu masalaga nisbatan transofmatsiya ciritical darajada muammoli bo'ldi. Oldindan ijtimoyi aktiv inson bo'lmaganim uchun ham eng boshida biror fikrga qarshi chishim va ohirigacha o'z bilganimda turishim juda qiyin boshlangan. 4. Bularni yo'lga qo'yib asosiy poydevor qo'yilganida esa eng qiyin challengelar boshlangan edi. Bularni ikki og'iz so'z bilan aytish qiyin ammo sodda qilib aytganda katta imthon. Imthonning eng asosiy bo'limlarida ojizlik qildim deb o'ylayman. 5/2 yoki maksimum 5/2.5 bo'lishi mumkin bilmayman lekin juda ham yomon natijalar... Songi 2 haftadagi jarayonlar esa. Man qurgan dasturni imkoni bor hamma tomonlardan testlash amaliyotlariga o'xshaydi. Stress test pentesting yana vaxakazolar va hamma testlar fail. 1. Birqancha chetda ishlaydigan hamkasblar xozirgi siyosiy vaziyatlarga shaxs sifatida o'z qarashlarini izohlaganlari sababdan. Ish joylarida ularga nisbatan bosimlar yoki negative qarashlar bo'lganini eshitdim. 2. Yana birnechta tanishlar shaxsiy dunyoqarashlari va fikr erkinligi sababdan o'z ish o'rinlaridan ketganlarini eshitdim va guvohi bo'ldim. 3. Shu paytgacha hechnimaga hechqanday reaksiya bildirmagan insonar yoki organizationlar birdan kutilmagan reksiyalar qilishganiga guvoh bo'ldim. 4. Ma'lum narsalarda davo qilgan yoki aynan shunday deb ko'rsatilgan narsalar aslida unday emas ekani amaliyotda yaqqol ko'rindi. Bunga misol g'arbdagi bazi shaxslar yoki organizationlar davlat kabi fikrlamagani uchun turli sanksiya va bosimlarga uchrashdi. Yagona savol paydo bo'ldi. Men jamiaytda biror narsaga nisbatan qarshi fikr aytsam radikal bo'lamanmi ? Biror narsa aynan Mening dunyoqarashim va prinsplarimga mos kelmagani uchun rad etsam dushman bo'lamanmi ? Eng muhim savol esa Men o'z dunyoqarashimga sodiq qo'lgan holatda biror yangilik qilsam yoki loyiha qilsam. Ammo shaxsiyatim sabab jamiyat tomonidan ahlatga uloqtirilamanmi ? Bunday savollarning barchasi og'ir keldi...

Shu sababdan ishda o'zini katta olmasdan yoki kibr qilmasdan kattadan ham kichikdan ham so'rayverish kerak. Bo'lmasa yuqoridagi inson kabi yurasizlar yoki stackowerflowdan savolda keltirilgan code exampleni o'zingizga qo'shib ishlamayabti deb yurasizlar...

Copy pasteni ham eplash kerak. Hullas bir servicedagi yechimni bir kishi copy-paste qilgan. Ammo bundan Mani xabardor qilmagan(Xabardor qilganida o'zgarishlar haqida aytib turar edim). Eng qig'zigi aynan o'sha copy paste qilingan qismning orginalida ham jiddiy system bug bo'lgan 😅 Relasedan 3-4 version keyin aniqlaganman va to'g'irlaganman. Ammo narigi copyda bunday narsarga tupurib qo'yilgan. Shunga aytaman copy-paste ham hammaga emas :)

Endi shularni o’qib chiqish kerak :)
Endi shularni o’qib chiqish kerak :)

Endi zerikanda apache spark + kafka orqali transformations qilib ko’rish kerak. Keyin Data engineer kerak bo’lsa kelourasilar 😎

1-rasm Data katta bo'lganida Complex querylaragi natija. 2-rasm Optimizations va qayta modellingdan keyingi holat. DB collect
+1
1-rasm Data katta bo'lganida Complex querylaragi natija. 2-rasm Optimizations va qayta modellingdan keyingi holat. DB collectionlarni refactor qilish va data migrationingdan bo'ladigan impactni his etib, tajriba qilib ko'rdim. Faqat unday terra data misolida emas 😅 Lekin data migrationing ko'p azoblantiradigan amaliyot ekan. PS: Barcha amaliyotlar real data bilan faqat local serverda amalga oshirildi... CPU: Intel XEON E5 2678(12/24) RAM: 64 DDR3 2400 Mhz SSD-NVME: 1GB/S

photo content