en
Feedback

Don't get caught by a cheater! Telemetrio finds and tags such channels 👉 If you want to see the tag, subscribe

Programming ∀

Programming ∀

Open in Telegram

Ushbu kanalda dasturlashga aloqador turli expriementlarim, g'oyalarim, hulosalarimni ulashaman.

Show more
1 363
Subscribers
+324 hours
+57 days
+330 days
Posts Archive
Ushbu mohito idishi bilan krushkani normal odam ko'rsa Ha kuruskaga quyib ichayabti deb oylaydi. Man korganimda esa haa mohit
Ushbu mohito idishi bilan krushkani normal odam ko'rsa Ha kuruskaga quyib ichayabti deb oylaydi. Man korganimda esa haa mohito idishida coca cola quyib ichayabti... Deb oylayman. Endi ikkalasi ortasidagi bogliqlikni toping 😊😅

Dasturlash sizga trali-vali emas...

Bilmayman — Idk Biror bilmagan mavzuyimizda savol berishsa, mavzuni yaxshi bilmasak ham javob beramiz. Javobimiz noto'gri bo'lsa ham farqi yo'q. Og'izdan chiqishi eng qiyin bo'lgan so'zlardan biri "Bilmayman" so'zi. Yunus emro filmini ko'rgan bo'lsangiz Toptuq Emro Yunusga bir ajib vazifa beradi: "Kim nima desa ham, Men bilmayman deb javob berasan". Topshiriq Yunus emro endigina darvesh bo'lgan paytida berilgan, asosiy sababi qozilikdan qolgan kibrni sindirish bo'lgan. Bu voqeani tasvirlashim, har doim insonlarga "Bilmayman" deb javob berishimiz uchun emas. Albatta, bilgan ilm, ma'lumotlarimizni ulashish savob va ilmimizga baraka qo'shilishi sababchisi. Asosiy maqsad bilmagan savollarimizga javob berish o'rniga bilmayman deyishga kuch topa olishimiz. Ishoning siz bilmagan narsani "Bilmayman" deyishingiz sizga ko'proq foyda bo'ladi. Yoki hayotdan biror misol keltirsak, siz ish uchun biror interview'ga bordingiz. Biror texnologiya, bo'yicha savol berishdi: - React'ni bilasizmi? - Ha yaxshi bilaman. - Component lifecycle nima ekanligini tushuntirib bera olasizmi? - Mmm..., aaa... Nima edi? Do'stimdan yordam olsam bo'ladimi? tugadi. Bunaqa holatlar nafaqat job interview'larda, balki kundalik hayotimizda oddiy suhbatlarda ham ko'p uchraydi.

Programming Languages & Compilers - Dasturlash tillari va kompilyatorlar. Ushbu faning muhimlik darajasi judayam muhim fanda dasturlash tillari qanday ishlaydi ? Kodlar qanday ishga tushadi va ishga tushib natijagacha qanday jarayonlar sodir bo'ladi ? Translator/Interpreter/Compiler bular qanday ishlaydi farqlari nimada ? Shu kabi qalbingizdagi ogriqli savollarga javob olishingiz mumkin (Agar shunday savollar sizni qiynayotgan bo'lsa mobodo )) ) Qachonki siz koryeraingiz davomida biror dasturlash tiliga contrabuter bo'lmoqchi bo'lsangiz yoki ayni shu yo'nalishda ma'lum faoliyat qilib ma'lum tajribalar qilish niyatida bo'lsangiz. Ushbu fanni chuqur o'rganish kerak. Endi ayni keng tarqalgan mutaxassisliklar uchun ushbu fan judayam foydali deb o'ylayman. Chunki siz o'zingiz ishlatadigan narsani yanayam yaqinroqdan taniysiz va his etib turasiz. Bu esa ayni osha texnalogiyani chuquroq o'rganishga va boshqalari bilan holis va aniq faktlar asosida solishtirib qaror qabul qilishingizga katta yordam beradi. Bu fandagi taxminiy mundarija. 1.Kirish compiler, parsing, scanning 2. Sodda boshqaruvli sintaks tarjimon (Simple managed syntax translator) 3. Leksik tahlil (Lexical analysis) 4. Sintaksis tahlil (Syntax analysis) 5. Sematik tahlil (Sematic analysis) 6. Xotira tashkiloti ( Memory Organization) 7. Assembler tili (Assembly Language) 8. Kod generatsiyasi (Code Generation) 9. Optimizatsiya (Optimization) PS: Bu mavzu juda keng qamrovli va katta mavzu bo'lgani manga tanish bo'lgan eng muhimlarini yozishga xarakat qildim. Aslida esa juda ham ko'p resurslar va mavzular bor balki quyida yozganlarimdanda keraklilari bo'lishi mumkin. Man yozganlarim ko'p kitob va darsliklarda uchraydigan mavzular xozircha ushbu mavzulardan ham yecharlicha bilimga ega emasman lekin ((. #computer_programming #programming_languages #compilers

YouTubeni ochishim bilan aynan shunday holatga duch keldim. Qiziq... Aynan sizda xozir youtubeni ochsangiz qanday va aynan xo
YouTubeni ochishim bilan aynan shunday holatga duch keldim. Qiziq... Aynan sizda xozir youtubeni ochsangiz qanday va aynan xozirgi holatda qaysi videoni eng birinchi ko'rishni hohlagan bo'lar edingiz. Shaxsan manda shu sahifa ochilishi bilanoq 2-video judayam o'ziga tortdi Transactional memory & Asynchronous I/O mavzusi )). Uxlab qolsam ham tushlarimda ko'rishga arziydigan mavzu ))). Youtubeni yoqmaydigan tomoni manga umuman qiziq bo'lmagan mavzudagi videolarni ham tavsiya qilaveradi. Suniy ravishta kamaytirishga xarakat qilib ham eplay olmadim (((

Shohijahon Oka ham hiytrik yollar bilan qiziq maqolalar yozib qoladilar ))).

بسم الله الرحمن الرحيم ✅ Security group & Network ACL farqlari (Part - 1) Boshlang'ich tushunchalar 1️⃣ EC2 - Amazon Elastic Compute Cloud - bu amazon.com ning bulutli hisoblash platformasi, Amazon Web Services, bu foydalanuvchilarga o'zlarining kompyuter dasturlarini boshqarish uchun virtual kompyuterlarni ijaraga olish imkoniyatini beradi. 2️⃣ Firewall (fayrvol) biror komputer yoki komputerlar tarmog'iga tashqaridan keluvchi havflarni to;sish uchun chiqarilagan dasturiy ta'minot yoki qurilma ... 3️⃣ Security group (Havfsizlik guruhlari) - havfsizlik uchun ishlab chiqilgan turli xil qonun qoidalar to'plami 4️⃣ Network ACL (Tarmoqqa kirish/ruxsat berish va cheklash ro'yxatlari) - Tarmoqqa kirish va ta'qiqni belgilab beruvchu qoidalar. 5️⃣ Subnet - ma'lum bir aniq tarmoq chegarasi (e.g +998 93 raqamga kiruvchi subnetga kiruvchi nomerlar 000-00-00 dan 999-99-99 gacha bo'ladi bu yerda 93 kodi subnet) 7️⃣ VPC (Virtual Private Cloud) - Virtual Shaxsiy Bulut tarmoq - sizga AWS resurslarini siz belgilagan virtual tarmoqda ishga tushirishga imkon beradi. Bu virtual tarmoq AWS kengaytiriladigan infratuzilmasidan foydalanishning afzalliklari bilan siz o'zingizning ma'lumotlar markazida ishlaydigan an'anaviy tarmoqqa juda o'xshaydi. ♻️ AWS - Amazon Web Service dagi Security group va Network ACL asosiy farqlari 🔹Security group - EC2 Instance(AWS dagi virtual shaxsiy serverlar) lar uchun firewall(fayrvol) vazifasini bajaradi 🔹Network ACL(Access list) - VPC(Virtual Pricate Cloud - Virtual Shaxsiy Cloud) subnet(VPC dagi barja tarmoq address)lar uchun firewall vazifasini bajaradi Davomi keyingi postda... 16.09.2021 ☺️ Kanalimiz ☺️ #amazon #security_group #nacl #devops #aws

Network - Tarmoq, hozirgi kunda deyarli barcha yo'nalishlarda tarmoqga umuman ma'lum aloqa vositalari orqali ma'lumot almashish bo'yicha bilimlar kerak bo'ladi. Ayniqsa traditional software engineering (Frontend,Backend, DevOps etc..). Barchasi uchun Tarmoq haqidagi bilimlar judayam zarur. Bu bilimlarga ega bo'lib siz Ma'lum texnalogiyalar qanday ishlashini yaxshi tushunganingiz uchun ulardan foydalanish potensialini eng yuqori darajaga olib chiqishingiz mumkin. Bu fandagi taxminiy mundarija. 1. Kompyuter tarmoqlari va internet (Computer Networks and the Internet) 2. OSI modeli(Physical Layer, Data Link Layer, Network Layer, Transport Layer, Session Layer, Presentation Layer, Application Layer) 3. Simsiz va mobil tarmoqlar (Wireless and Mobile Networks) 4. Multimediya tarmoqlari (Multimedia Networking) 5. Kompyuter tarmoqlarida xavfsizlik (Security in Computer Networks) 6. Tarmoq boshqaruvi (Network Management) O'z yo'nalishingizdan kelib chiqib ushbu mavzulardan ma'lum bilim darajasiga ega bo'lishingiz kerak. Masalan Backend, Telecom, DevOps, Comunications engineer yo'nalishlari uchun ushbu mavzulardagi chuqurroq bilim va ko'nikmalar ish paytida juda as qotadi. #Network #Computer_networks #computer_network

Savollaringizning uzunligi 255 characterdan oshadigan bo'lsa Javob beradigan insoning savol mazmuni esdan chiqishi mumkin. Yoki bo'lmasam diqqati bo'linadi. Qisqa qilib aytanda maksimal javob olishni hohlasangiz qisqaroq savol bergani maqul. Bitta savolda faqat bitta tor mavzuga aloqador bolsa yanayam aniq javob olinadi. Ushbu nazariyani asosan ozimda va atrofimdagilarda sinab kordim. Balki standartlar va limitlar umuman boshqacha olchov bordir ammo shunday bogliqliklarni ham sezib qoldim.

Operating System - Operatsion tizim, Ushbu mavzu barcha dasturchilar uchun eng muhim va kerakli mavzulardan biri sababi. Siz yozgan codening ko'p qismi OS tomonidan bajariladi. OS ni yaxshi tushunish va o'rganish dasturlash jarayonida jarayoni yaxshiroq his etishga va samarali yechimlar qilishga yordam beradi. Bu fandagi taxminiy mundarija. - Protsesslar va iplar (Processes and threads) - Hotira managementi (Memory Management) - File tizimlari (File systems) - Kirish/Chiqish (I/O, Input/Output) - Qulflar (Deadlocks) - Virtualizatsiya va Blutlar (Virtualization and Clouds) - Ko'p protsessorli tizimlar (Multiple Processor Systems) - Xavfsizlik - Unix,Linux,Android - Operating system design Ushbu mavzularni o'qib o'rganib hayotga tadbiq qilish orqali siz dasturlashda kengroq tassavurga ega bo'lasiz va effektiv ishlaysiz. Bu bilimlar bilan koryerangizda yana bir pog'ona yuqorilaysiz #OS #operating_system #operating_systems

Computer architecture - Ushbu fan kompyuter va Kompyuterning tuzilishi. Elektron komponentlar jumladan Microcontrollerlar Micropotsessorlar va protsessorlar, RAM, GPU, Storage ... etc. Kabi electron komponentlar va Turli ko'rinishdagi kompyuterlar masalan. Serverlar, Clusterlar, Mainframies, Oddiy statsionar kompyuterlar bilan tanishasiz. Hardware ozidan tashqari software qismi yani dasturlashning eng quyi pog'onasidan boshlab to'liq ishlash jarayoni haqida tassavurga ega bo'lasiz Bu fandagi taxminiy mundarija - Kompyuter tizimlarini tashkil qilish. - Raqamli mantiq darajasi (Boolean algebrasi, mantiqiy va arifmetik va birnecha turdagi sxemalar haqida) - Mikroarxitektura darajasi - Arxitektura darajasi komandalar to'plami (Registerlar, Komandalar, Ma'lumotlar tiplari, Adresatsiya), - Operatsion Tizim qavati - Assambler qavati - Paralell kompyuterlar arxitekturasi (Ichki protsesslarga asoslangan paralellizm, Grafik protsessorlar, Tarmoq, Tarmoq protsessorlari, Multiprotsessorlar, Multikompyuterlar) Qoshimcha yana boshqa shu kabi mavzularni computer architecture fanida o'rganiladi va hayotga tadbiq qilinadi. Ushbu fani yaxshi o'zlashtirib o'rganish kelajakda katta foyda beradi. Kompyuter qanday ishlashini bilmasangiz, kod bilan nima qilish mumkin va nima qila olmasligingizni tushunish yuzaki bo'ladi. #computer_architecture

Quyidagi mavzulardan birida post chiqarishdan oldin ushbu mavzular haqida qisqa ma'lumot berib o'tishni lozim topdim. Bu mavzularga aloqador bilimlar qanchalar muhim ekanligi va kerak ekanligini qisqacha yoritib bermoqchiman.

Quyidagi mavzulardan birida post chiqarishdan oldin ushbu mavzular haqida qisqa ma'lumot berib o'tishni lozim topdim. Bu mavzularga aloqador bilimlar qanchalar muhim ekanligi va kerak ekanligini qisqacha yoritib bermoqchiman. Computer architecture - Ushbu fan kompyuter va Kompyuterning tuzilishi. Elektron komponentlar jumladan Microcontrollerlar Micropotsessorlar va protsessorlar, RAM, Storage ... etc. Kabi electron komponentlar va Turli ko'rinishdagi kompyuterlar masalan. Serverlar, Clusterlar, Mainfreyms, Oddiy statsionar kompyuterlar bilan tanishasiz. Hardware ozidan tashqari software qismi yani dasturlashning eng quyi pog'onasidan boshlab to'liq ishlash jarayoni haqida tassavurga ega bo

Ushbu mavzularni hammasidan ham katta tajriba va bilimga ega emasman ammo xozirda aynan shu mavzularda izlanayotganim, tajriba va turli tadqiqotlar qilayotganim uchun boshqalarga ham share qilib fikr almashishga qaro qildim.

Qaysi mavzularda maqolalar qiziq ?
Anonymous voting

Saylovni hidi kelyapti Karl🙄
Saylovni hidi kelyapti Karl🙄

Hullas kayfiyat ham internet tezligiday tushib ketdi. Juda yaxshi topic ko'ryotgan edim. Mobodo qiziq bo'lsa https://www.youtube.com/watch?v=yy8jQgmhbAU

Hammada uzofflineda shunday bo'votimi ? Manda birdan tezlik tushib ketdi. Operatorga bog'lanish uchun esa 54-navbat berishdi
Hammada uzofflineda shunday bo'votimi ? Manda birdan tezlik tushib ketdi. Operatorga bog'lanish uchun esa 54-navbat berishdi 🙃 Kutilgan tezlik 30/mbs edi ))

Haaa....
Haaa....

C++20 Recipes (2020) Автор: J. Burton Browning, Bruce Sutherland