en
Feedback

Don't get caught by a cheater! Telemetrio finds and tags such channels 👉 If you want to see the tag, subscribe

Programming ∀

Programming ∀

Open in Telegram

Ushbu kanalda dasturlashga aloqador turli expriementlarim, g'oyalarim, hulosalarimni ulashaman.

Show more
1 354
Subscribers
+224 hours
+27 days
No data30 days
Posts Archive
Repost from Engineering Notes
Bugun Pythonda bir narsani test qilayotganda qiziq holat keldim. Men bilishimcha Python thread bu OS thread ustiga qurilgan instance va bitta CPU coreda ishlaydi. Lekin AYNAN bitta coreda turib, faqat shu coreda ishlaydimi yoki bir vaqtda QAYSIDIR bir coreda ishlab, birozdan keyin boshqa coreda ishlashi mumkinmi shuni topa olmadim. Buni tekshirish uchun sistemadagi loadni minimallashtirib, CPU-intensive threadlar va processlarni bir nechta kombinatsiyada run qilgan holda CPU loadni kuzatdim. Natijalar meni hayron qoldirdi: a) Single thread, single process. Bir vaqtda 1 ta CPU corega load tushdi, lekin o’sha load tushgan core almashib turdi. Masalan, hozir 1-coreda load bo’lsa birozdan keyin 2-corega load tushdi. Demak, OS thread ishlash davomida u ishlayotgan CPU coreni almashtirdi deb xulosa qilish mumkin. b) Multiple thread, single process. (2, 3 va 4 ta threadda sinab ko’rdim). Bir vaqtda 1 ta corega load tushdi, lekin qizig’i load tushgan core o’zgarmadi. Ya’ni process boshidan oxirigacha aynan bitta coreda ishladi. c) Multiple thread, multiple process (har birida 1 tadan thread bo’lgan 2-4 ta processda sinadim). Bir vaqtda bir nechta corega load tushdi va active corelar o’zgarib turdi. Masalan, hozir 1, 2, 3 corelar ishlayotgan bo’lsa, birozdan keyin 2, 4, 5 corelar ishlayapti. Bu tajribadan keyin menda 3 ta savol tug’ildi: 1. Process ishlash davomida 1 ta coredan boshqasiga o’tadimi va agar shunday bo’lsa nega? Agar shunday bo’lsa, bu kim tomonidan bajariladi? Application, OS yoki undan ham pastroqdami? 2. Agar process ishlayotgan core OS tomonidan almashtirib turilsa unda resourcelar (RAM va balki CPU cache ham) qanday qilib share qilinadi? 3. Agar shunday bo’lsa nega multi thread, single process holatda (b) core o’zgarmadi? Agar shu narsalar haqida ko’proq ma’lumot yoki resurs bilsangiz, kommentlarda qoldirsangiz xursand bo’lardim.

Ta'lim illyuziyasi masalasi xozirgi kunda nafaqat Oliy ta'limda balki boshqa "ta'lim" obyektlarida ham avj olgan. Buni orqasidan kelib chiqayotgan narsalar. Info lo'lilik, Sifatsiz kadrlar, Trash ma'lumotlar, Buyrakratiya, Fikrsizlik qisqasini aytganda mani nazarimda bu huddi zombie virusi kabi. Jism bor ammo aql va ongga ega bo'lmagan mavjudod. Tog'ri biroz bo'ritiribroq tarifladim. Ammo real qarasak insoning ongi va farosati bo'lmasa quruq biologik qismi har qanday maxluqotniki bilan deyarli birxil. Sifatsiz yoki savsata ilmlar esa vaziyatni yanada yomonlashtiradi. Shaxsan man universitetga biror marotaba xatto topshirib ham ko'rmaganman. Bunga sabab 12-yil "ta'lim"dan zerikanim. Umuman olganda akademik bilm va instut nima ekanini va professorlar kim ekanini. Yaqin 1-2 yil ichida tushundim 😅 Shunda ham ular o'zbeklar bo'lmagan. Open source leksiyalardan bazi xulosalarimni gmail orali yuborganimda javob kelganida bilgan edim ))). Shu bilan birga o'zim yozilgan ilmiy maqolalarni o'qiy boshlaganimdan bilganman va qaysidur ma'noda afsuslangan edim juda bo'lmasa chet el universitetiga topshirmaganimga. Lekin boshqa tomondan o'ylab qarasa universitetda ham xozirgi olayotganimday kontent olishimni bilganimdan keyin topshirishni xoxlamaganman. Lekin universitetda yaxshi o'qigan va xozirda koryerasida ham katta natijaga erishgan tanishlarim (bazi tengdoshlarim) bilan bo'ladigan suxbatlarda sezgan bir o'xshashlik. Ko'pchilik oliy ta'limda o'qiganlarda standart qolipli fikrlar va avtoritetlardan olingan g'oyalar ko'p. Bu chetda yoki hususiy univerlarda o'qiganlar haqida. O'zbekiston davlat instutlari haqida emas. Lekin ziyolilar qatlamini shakillantiradigan asosiy manbalardan biri oliy ta'lim deyilsa bunga qo'shilmay ilojim yo'q. Masalan Transport protocollar haqidagi bir maqola yuzasidan tanqidiy fikr bildirganimda aftorni o'zi butun boshli kutbxonani tavsiya qilgani haliyam yodimda 😁 Lekin "Universitet kritik fiklarshni rivojlantirishi kerak, bizda esa avtoritetlarga ko'r ko'rona ergashishadi" degan ma'noda aytilgan gaplarga 100% qo'shilaman. Note: Miyya svejiy qolib ketishidan saqlaning !

Dasturlashga umuman aloqasi bo'lmasa ham. Muhim mavzu ! PS: Video ichida reklamalar mavjud. U shunchaki reklama ekanini eslatish uchun aytdimda https://www.youtube.com/watch?v=eGp6VIVzyIk

Captcha yaqin kelajakda. Jo'jalar rasmni qo'yib Xorozlarini tanla demasa bo'ldi.
Captcha yaqin kelajakda. Jo'jalar rasmni qo'yib Xorozlarini tanla demasa bo'ldi.

🫠😅
🫠😅

Huddi shu fikrlarga qo'shimcha sifatida aytadiganlarim. Har qanday inson va shaxsiyat unique ! Dasturlash va IT kategoriyalaridagi sohalar judayam ko'p. Bular umumiyroq qilib yaxlit ajratilgan lekin aslida esa yo'nalishlar ancha tor va judayam keng tarmoqli. Bu degani masalan 2 ta JS dasturchi bir umumiyroq jixatdan qarasa JS dasturchi yanayam toroq qaralsa ikkisi Nodejschi bo'lishi mumkin. Ammo mutaxasisslik skill va tajribalarini yaxshilab analiz qilinsa. Farqlar ko'rinishi mumkin. Bittasi qandaydur kriteriya va bilimlarda ustun bo'lsa ikkinchisi yana boshqalarida ustun. Masalan 1-Nodejs engineer Nodejs coreni juda chuqur biladi va realtime applarda tajribasi katta. 2-Nodejs engineer sa Enterprise systemlarda tajribali yana biznes protsesslarni yaxshi tushunadi. Shunday ekan barchamizda qiziqishlar farq qiladi. Kimdur Algo & DS dan kuchli kimdur Architecturedan yana kimdurda avtomatlashtirishga qiziqish yuqori. Shu sababdan har bir engineer(bo'lajak). O'z koryerasini yoki muvaffaqiyatiga intensiv yondoshishi kerak shunda to'g'ri bo'ladi. Shunda o'ziga kerakli narsalarga yanayam ko'proq etibor qaratadi. Yana bir narsaga etiboringizni qaratmoqchiman. Barcha dasturchilar bori va bo'layotganlari ham. Qanday bo'lishidan qatiy nazar. Umumiy birinchi qadamlarda bir yo'ldan bosib o'tishgan. Rivojlangani sari yo'llar ayrilgan yoki uzaygan )). Misol uchun: Barcha dasturlash asoslarini o'rgangan. Kimdur JS da kimdur C++ da yana kimdur Python yoki PHPda bazilar Assemblerda bu muhim emas. Muhimi asos o'rganilgani )). Keyinchalik esa yo'llar ayrilgan yoki bor yo'llar yanayam kengaygan. Masalan OOP ni o'ylab topgan inson ham avvalida Protcedural yoki Functional programmingni o'rgangan ishlatgan yoki xabari bo'lgan )). Huddi shunday sohadagi umumiy bilimlar barcha uchun. Ammo koryera yo'li barchada intensiv. Masalan man qiziqgan narsalarni hammasiga ham Bobosher qiziqmasligi aniq. Ammo umimiy qiziqish va qarashlarimiz bor. Huddi shunday ushbu maqolani o'qiyotgan siz bilan ham huddi shunday ))

Repost from Engineering Notes
Qaysi manbaalardan ma'lumot olishni, qanday qilib o'rganishni, qanday qilib "zo'r" dasturchi bo'lishni so'rab tez-tez yozib turishadi. Odatda, faqat resurs beraman. Qanday qilib o'rganish, qanday qilib dasturlashni "his qilish" haqida esa iloji boricha maslahatlar (tips) bermaslikka harakat qilaman. Nega? Well, men sizga bera olishim mumkin bo'lgan maslahatlar albatta, o'z tajribamdan o'tgan va qaysidir darajada foyda (yoki zarar) bergan caselardan chiqarilgan xulosalar to'plami. Ularni shartli ravishda 2 ta turga bo'la olaman: 1. Hamma uchun ishlaydigan "universal" tavsiyalar. 2. Menga bog'liq faktorlari mavjud bo'lgan tavsiyalar. Keling, bu ikkalasini biroz analiz qilib ko'ramiz. 1. Hamma uchun ishlaydigan tavsiyalar. Masalan, ko'proq kitob o'qing, dissipliniya bilan o'rganing, dunyoqarashingizni kengaytiring yoki shunga o'xshash. Gap shundaki, bu gaplarning deyarli barchasi hamma (shu jumladan siz ham) biladigan, lekin ko'pchilik amal qilmaydigan gaplar. Siz allaqachon biladigan, lekin amal qilmaydigan gaplarni yana bir marta aytishdan nima foyda? Shuning uchun bunday tavsiyalarni bermayman (agarda kitob o'qish foydali ekanini bilmaysiz deb o'ylamasam). 2. Mening vaziyatimga bog'liq bo'lgan tavsiyalar. Masalan, men bilan bo'lganidek self-study qiling, top-down approachda o'rganing yoki PHPni emas Pythonni tanlang degan gaplarni aytishim mumkin. Sababi, men aynan shunday qilayapman. Lekin gap shundaki, bu tavsiyalar menda "ishlashi"ga ta'sir qilgan intellektual, iqtisodiy, diniy va hatto geografik faktorlar ham bor. Menga foyda bergan usullar sizga foyda bermasligi yoki umuman teskari natija berishi ham mumkin. Shu sababdan ham muvaffaqiyatga erishishning yagona qoidalar to'plami yo'q (aks holda hamma muvaffaqiyatli bo'lgan bo'lardi). Bu degani, agar siz butun hayotingiz davomida xuddi Elon Musk, Einstein yoki Al Xorazmiyga o'xshab yashasangiz ham ular kabi muvaffaqiyatli bo'lmasligingiz mumkin. Xo'sh, "sizga maslahat bera olmayman" deyish uchun shuncha gapni yozdimmi? Albatta yo'q. Balki boshqalar yurgan yo'lni roadmap qilib olgandan ko'ra ulardan va o'zingizning shu vaqtgacha yurgan yo'lingizdan xulosalar chiqarib, o'zingiz uchun roadmap tuzing. "Muvaffaqiyat siri"ni izlagandan ko'ra bu yo'ldagi muammolaringizni analiz qilib, yechim toping. Masalan, ko'pchilik 10 minutdan ko'proq kitob yoki article o'qiy olmasligini aytib shikoyat qiladi. Lekin bu muammoning sababi boshqa muammo(lar). Masalan, attention span kamligi bo'lishi mumkin. Lekin nimani boshqa narsalarga chalg'imasdan 2-3 soat qila olasiz? Social media? Tabriklayman, siz ko'pchilik (men ham) chalingan, allaqachon bir nechta yechimlar topilgan, lekin juda kamchilik qutula oladigan "kasallik"ka chalinibsiz. Masalan, social media addictionga qarshi dopamine detox qilishingiz mumkin. Dopamine detox esa discipline talab qiladi. Sizda discipline yo'q bo'lsa avval bu muammoni hal qilishingiz kerak bo'ladi. Xullas, muammo/sabablardan iborat bu linked list hali ancha cho'zilishi mumkin. Muammolarni hal qilishni qancha chuqurroqdan boshlasangiz shuncha "solid" yechim qilgan bo'lasiz, faqat asosiy maqsaddan chalg'ib qolmang. Xullas, "muvaffaqiyat formulasi"ni boshqalardan qidirmang. Izlaning, xato qiling, analiz qiling va davom eting. Bollar, biz yutamiz.

— Lampochka yonmadi... — Bu feature 😒

—Lampochkani yoqish uchun nima qilay ? — Sizda lampocha yonmaydimi ? Unday bo'lsa bizning XYZLamp Education markazimizda o'qib. Lamp yoqish sirlarini o'rganing. Markazimizdagi tajribali Lamp mutaxasisslar sizga ushbu kasb sirlarini mukammal o'rgatishadi....

Lampochkank yoqish uchun biror lib bormi ? Npmdan qara...

— Lampochkani yonishi qanday ro'y berdi ? — Goya keldi. Izlanish bo'ldi. Tajriba qilindi. Sirli masalani o'zi yo'q ))

Repost from Engineering Notes
— Lampochkani almashtirish uchun nechta dasturchi kerak? — Kerak emas. OOP prinsiplariga ko'ra lampochka o'zini-o'zi boshqara olishi kerak.

Tanqid hafa qilish uchun emas balki xatolarni topish va tuzatish uchun qilinadi. Huddi testing kabi ishlaydi. Ayni bizni jami
Tanqid hafa qilish uchun emas balki xatolarni topish va tuzatish uchun qilinadi. Huddi testing kabi ishlaydi. Ayni bizni jamiyatda insonlar tanqid haqida fikrlashi juda sayozligi har doyim asabimga tegadi. Qo'polroq aytanda fikrlashni o'rganmas ekanmiz faqatgina ajdodlarimiz bilan fahirlanib yuravermiz... OSILTIRIB ! Note: Miyya svejiy qolib ketishidan saqlaning !

Mavzu: CI for javascript applications Speaker: Ahmad Kadirov - Senior Software Engineer https://www.youtube.com/watch?v=4skANYEo7B0

Bir ma'lumotni ulashib ketishni lozim deb topdim. Koryeram davomida umumiy xisobda 50+ vakansiyaga interview jarayonidan o'tganman (Qanchadur qismi success bo'lsa qanchaduri fail bo'lgan). Shu paytgacha interviewda ayniqsa HR interviewda kompaniya siyosati boshqaruv tizimi vaxakazolar haqida so'rayman. Kompaniyada deskriminatsiya va buyrakratiyaga qanchalik qaralishi va buni qanday choralari ko'rilgani haqida doyim so'rayman !! Shu bilan birga tech interveiwda yoki agar tanishlar bo'lsa tanishlardan. Ushbu kompaniya qanday tizimda ishlashi qanday boshqaruv ustiga qurilgani va boshqa koplab ma'lumotlarni yeg'ib olaman. Elonlarda etibor qilganmanki bazi kompaniyalar bunday ma'lumotlarni eloni o'zidayoq qo'shib ketishadi.

Hullas Myeducation nomli loyihani qilayotgan qandaydur "kompaniya" yoki tashkilot hullas kim bo'lsa ham uchiga chiqgan mosheynik deb xisoblayman. Bu maslada yetarlicha javobsiz savollarimni o'zi dalil bo'la oladi. Ularni 2 kun davomida hech qayerdan topolmadik. Ular to'g'risida hech qanday ochiq ma'lumot beruvchi resurs topolmadik. Agar mani tuxmatchilikda ayiblashsa savollarimga javob berishlarini hohlayman !

#mosheynik_kompaniyalar Bundan birnecha kun oldin. Bir do'stim bir guruh linkini yubordi va o'quv markazlari uchun qandaydur portal startup ekani xaqida xabar berdi. Umuman olganda bunday narsani startup deyish qanchalik o'rinli bilmayman ))). Keyin ushbu guruh va loyihani manga share qilishdan nima maqsadligini so'radim. U kishi ham aniq javob bermadilarku lekin qiziqtirdilar. Guruhga kirdim va ovozli suxbat bo'layotgan ekan suxbatga qo'shildim. Suxbat jarayonida boshida loyiha haqida ma'lumot berildi. Biroz qiziqtirdi. Undan keyin esa ularda bo'sh vakansiyalar bor ekani haqida gap ochildi. Shunda man ichimda: — Haa buyogi manga qiziq emas. Ammo loyiha qaysidur tomonlama unikalikka ega. Lekin qandaydur noaniq joylari bor ekan. Haa mayli vakansiyalar menga qiziq emas... Ishimni davom qilaqolay uyogi reklama ))) Shoshma ! ? Shu paytda oylik haqida gap ketdi )). Oylikni soatbay to'lanishi yoki hodim foizga % o'tirishi yani daromatdan qanchadur % qismini olishi mumkinligi haqida gaprildi. Shu joyida menda savollar va bazi fikr mulohazalar boshlandi. Yangi startupni % berib rivojlantirish yaxshi g'oya ammo bular yuqorida investor yeg'ayotgani haqida gapirgan edi. Investorlardan kelgan pulni esa faqat loyihaga invest qilishini loyihani sof daromatidan esa % berishini aytishdi. Undan tashqari yana bir qiziq gapni eshitdim... — Toshkentda 1000ga yaqin markaz bor barchasi bizni tizimdan foydalansa N summagacha daromat qilishingiz mumkin % ga ishlasangiz ! Shu kabi bazi fakt bo'lmagan argumentlar orqali foizga ishlashni targ'ib qilishdi. — Buyog'i qiziq bo'ldiku )) Mosheynikni hidi kelyabti. Odatda bu kabi ish uslublari moliyaviy piramidalar tomonidan tadbiq qilinar edi. Ammo bu yerda unday emas. Lekin foizga targ'ib barbir g'aladi. Tanqidiy fikrlash is on 🥸 Ko'pchilik berayotgan savollar: — Frontendchilarni ham ishga olasizlarmi ? — Javachilarni ham ishga olasizlarmi ? Man o'ylavman 🤔: — Nega hechkim nima ish qilishi yoki qayerda kim bilan ishlashi haqida so'ramayabti. Biroz kutaychi balki so'ralib qolar... ... ... — Maylimi savol bersam ? Shunda birqancha savollar berdim. Foizga ishlash qanday bo'lishi haqida va ular qandaydur shartnoma deb nomlagan shartnoma haqida. To'liq tavsilotlar esda qolmadi buning uchun uzr so'rayman. Eng ohirgi so'ragan savolim. Kompaniyada kim bilan ishlash CEO/CTO va top managementdagilar haqida va hodim qanday ma'suliyatga ega ekanligi haqida. Hullas ohirgi savolimdan keyin javob o'rniga ban oldim. Ha aytgancha suxbat o'zida ularni o'zini mosheyniklikda shubxa qilishni boshlaganim haqida ham aytdim. Hullas umuman no professional uslub orqali ban oldim. Mandan tashqari guruhda kim biroz jo'yali savol bersa ban olganini eshitdim.

Ushbu potentlangan aqilbovar qilmas goya haqida !

Guruh sizlarga guruh ssilkasini beramiz va shu guruhda bugun Voice chat qilinadi soat 22:00da! Sabab? Odam soni kopligi, ulgurib bolmaganidur Barcha ma'lumot ish haqida beriladi va ish maqul bolganlar orasidan tanlab qabul qilinadi! Link👉https://t.me/+wRqjbbpQdAA4MjUy