en
Feedback
Брюс, No Wayne.

Брюс, No Wayne.

Open in Telegram
207
Subscribers
No data24 hours
-37 days
-130 days
Posts Archive
Yura Davri filmlari asosan tomoshabinlarni o‘yin-kulgi bilan jalb qilish uchun yaratilgan. Odamlar dinozavrlar o‘rtasidagi ulkan janglarni zavq bilan tomosha qilish uchun kinoteatrlarga tashrif buyurishadi. Agar filmda katta yakuniy jang sahnasi bo‘lmasa, bu ko‘pchilik uchun qiziqarli bo‘lmaydi. Biz T-Rex va D-Rex o‘rtasidagi ana shunday yirik jangni ko‘rmadik, va bu, ehtimol, ko‘plab tomoshabinlarning xafsalasini pir qildi. T-Rex va D-Rex o‘rtasida filmning finalida epik jang sahnasi tashkil etilishi kerak edi. T-Rex o‘ta ulkan va massive ko‘rindi — ehtimol, u Yura olamidagi eng yirik T-Rexdir. T-Rex Yura davri olamining haqiqiy qahramoni sifatida tanilgan. Har qanday kattaroq xavf yuzaga kelsa, odatda T-Rex unga qarshi kurashardi. Aytmoqchimanki, D-Rex kabi kuchli raqibga qarshi uni jangga qo‘yish eng to‘g‘ri tanlov bo‘lardi. Balki keyingi filmlarda ular o‘zaro to‘qnash kelishar :)

Batman bilan bo‘lgan og'ir jangdan so‘ng Kriptonit ta’sirida o‘ta zaiflashgan Supermen ko‘p o‘tmay Doomsday bilan yuzlashadi. U Doomsday’ni kosmosga olib chiqadi va ularga yadroviy bomba kelib tegadi. Yadroviy bomba portlashidan keyin Supermen Quyosh nurlarining ta’sirida o‘z kuchini asta-sekin qayta tiklaydi. Boshqa tomonda esa, yangi Supermen noma’lum bir klonning hujumidan jiddiy jarohatlanadi. U suyaklaridagi og‘riqdan faryod chekadi, ovozi yetti osmonni yorib o‘tadi. Uni davolash uchun bir nechta temir tersaklar yordamidan foydalanadi. Kuchli Supermen bilan zaif Supermenni solishtirish o‘rinsizdir :)

Ma’budlarga qarshi turing. Bu shior Troya urushidan keyingi Odissey hikoyasining mohiyatini aks ettiradi. Troya urushida ma’b
Ma’budlarga qarshi turing.
Bu shior Troya urushidan keyingi Odissey hikoyasining mohiyatini aks ettiradi. Troya urushida ma’budlar ikkiga bo‘linib, bir tomonning g‘alabasini qo‘llab-quvvatlagan. Urushdan so‘ng Odissey o‘zini yengilmas deb hisoblaydi va ma’budlarning yordami yoki yo‘l-yo‘riqlariga ehtiyoj sezmaydi. Bu esa Poseydonning g‘azabini keltirib chiqaradi. Odissey uyiga qaytmoqchi bo‘lganida esa, ma’budlar uning yo‘liga ko‘plab sinovlar va xavf-xatarlarni tayyorlab qo‘yadi. Menimcha, ma’budlar obrazlari jismoniy shaklda namoyon bo‘lmaydi, aksincha, taqdirning qiyinchiliklari, hayot sinovlari yoki ichki kurashlar sifatida tasvirlanadi. Odissey uyiga qaytolmasligi uning taqdiri bo'ladi, lekin u bu taqdirga qarshi kurashib, o‘z maqsadi yo‘lida tinmay harakat qiladi. Filmning qahramonlari tomonidan bu sinovlar “ma’budlarning qarshiligi” deb talqin etilsa kerak. Men "Odissey" filmini drama, falsafa, she’riyat va sarguzasht janrlarida tasavvur qildim. Unda fantaziya tasvirlari bo'lmaydi deb o'yliman :)

Bu dunyoda Mefistoni "Ironheart" kabi serialda taqdim etishdan ham ko‘ra ahmoqona narsa yo‘q. Bu serial shunchalik yomonki, hatto Mefisto kabi uzoq kutilgan mashhur personaj ham hech qanday shov-shuv uyg‘ota olmadi. Mefisto "WandaVision", "Agatha" seriallarida yoki "Doctor Strange" va "O'rgimchak-Odam" filmlarida paydo bo‘lishi mantiqiy edi, chunki komikslarda u bu personajlar bilan juda ko‘p bog'langgan. Marvelda Mefistoni ishlatish uchun juda ko'plab yaxshi loyihalar bo‘lishiga qaramasdan, uni deyarli hech kim ko'rmaydigan serialga tanishtirish – Rasvogarchilik! Ammo bitta narsani tan olish kerak: Borat* Mefisto roli uchun eng zo‘r kastinglardan biri. Uning ijrosiga qoyil qolish kerak. Faqat uni yaxshi yozilgan, sifatli loyihada ko‘rsak, aktyorning mahorati yanada yorqinroq tarzda namoyon bo‘ladi.

Qachonligini aniq bilmayman, ehtimol 10 yil yoki 15 yildan keyin bo‘lar, qaysi filmning davomi bo'lishini ham bilmayman, lekin 2021 yilda Xemilton va Verstappen o‘rtasidagi F1 poygasi haqida katta film suratga olinadi. 2021 yilgi F1 mavsumi Formula 1 tarixidagi eng zo'r mavsum bo‘lgan edi. Hemilton va Verstappen qarama-qarashiligi haqiqiy afsonaviy jangga aylandi – bunday chiroyli va keskinlik bilan o‘tgan mavsum tarixda hali bo‘lmagan. Bir narsa aniq: 2021 yilgi voqealar asosida film suratga olinsa ehtimol u eng zo'r poyga filmiga aylanishi mumkin. "Poyga filmlarini hammasini ko‘rganman, yangilaridan yo'qmi?" deydiganlar uchun ajoyib yangilik: bir necha kun oldin "F1" nomli bitta yaxshi film chiqdi, ko'rvolinoradi :)

"Rush" filmini ko‘rmagan har bir kishi hayotida nimanidir yo'qotadi :)
"Rush” va “Ford v Ferrari” — barcha davrlarning eng zo'r poyga filmlari hisoblanadi. Har bir kishi o‘z didiga ko‘ra ulardan birini eng yaxshisi deb tanlashi mumkin. Shaxsan men “Rush”ni “Ford v Ferrari”dan afzal ko‘raman. Sababi, “Rush”da yovuz tomon yo‘q — faqat sof, toza raqobat mavjud, xuddi haqiqiy sportda bo‘lgani kabi. Bu filmda siz ikkala qahramonga ham teng darajada muxlislik qilishingiz mumkin. “Ford v Ferrari” biroz yengilroq ohangda, ko‘proq harakat va jozibali dialoglarga tayanadi. “Rush” esa o‘zining kuchli syujeti va ko'proq dramatik elementlari bilan biroz ustunroq turadi, bu uni yanada chuqur va ta’sirli qiladi. Faqat yoshlar “Need for Speed” yoki “Forsaj” kabi filmlarni tezlik va hayajon uchun eng zo‘r deb bilishadi. Ammo yosh o‘tgan sari inson tezlikning o‘zidan ko‘ra uning ortidagi dramani, ehtirosni va ma’noli hikoyani ko‘proq qadrlay boshlaydi. “Rush” va “Ford v Ferrari” aynan shu dramani bizga taqdim etadi.

So‘nggi kunlarda chiqqan eng quvonarli yangilik – rejissyor Maykl Beyning "Transformerlar" franshizasiga yana qaytishi haqidagi xabarlar bo'lsa kerak. Rejissyor Maykl Bey beshinchi film – "Transformerlar: So'nggi Ritsar" filmidan so‘ng franshizani tark etgan edi. 2023-yilda qayta ishga tushirigan "Transformerlar: Mahluqlar yuksalishi" filmi ko‘pchilikning hafsalasini pir qildi: eski ko'rinishdagi temir-tersaklar, yomon vizual effektlar va katta janglarning yo‘qligi. Bizga Beyning avvalgi baland va chiroyli robot dizaynlari, ajoyib ovoz effektlari va epik janglari kerak. Uning qaytishi Transformerlarni avvalgi shon-shuhratiga qaytaradi. Asosiy savol: franshiza qayerdan davom etadi? Yana yangidan boshlanadimi, beshinchi filmdan davom ettiriladimi yoki qayta ishga tushirilgan filmning davomi suratga olinadimi? Eng yaxshisi, beshinchi filmdan davom etsa, ajoyib bo‘lardi :)

Bir vaqtning o‘zida suv oqimini to‘xtatib, Professor X bilan telepatik suhbat qurib, Nightcrawlerning teleportatsiya qobiliyatini to‘sib, samolyotni havoga ko‘tarish... Ha, bu Jean Grey! Bunday ishlarni faqat u amalga oshirishi mumkin.
Famke Janssen Jean Grey roli uchun eng mukammal aktrisa edi. Agar uning yoshlik davri hozirgi zamonga to‘g‘ri kelsa, undan yaxshiroq aktrisa topish qiyin bo‘lardi. Hozir uning yoshi o'tib qolgan bo‘lsa-da, u Jean Grey rolini yana bir bor ijro etish uchun Marvel kino olamiga qaytib kelmoqda. Mening fikrimcha, zamonaviy vizual effektlar yordamida uning tashqi ko‘rinishi yoshartiriladi. Qanday bo‘lmasin, uni yana Jean "Feniks" Grey sifatida ko‘rish meni juda xursand qiladi.

Lordning uchinchi o‘g‘li sifatida Weymar boylik yoki yer meros qilib olish imkoniyatidan deyarli mahrum edi, shuning uchun u Tungi Qo‘riqchilar safiga borib qo‘shiladi. Otasi Lord Yon Roys uni Shimoliy Devorgacha kuzatib boradi. Yo‘lda ular Winterfellda mehmon bo‘lishadi va shu payt Sansa Stark Weymarga oshiq bo‘lib qoladi. “Taxtlar o‘yini” serialining ochilish sahnasida uning hikoyasi qanday yakunlanganini hamma bilsa kerak)

Boshida ularning sevgisi > > >

Boshida ularning sevgisi > > >

Peak Cinema...
"Fantastik to'rtlik" va "Supermen" filmlari o'rtasidagi vizual farqni sezdingizmi? Yer bilan osmoncha bo'lib yotibdi) Men boshidanoq "Fantastik to'rtlik" "Supermen"ni yanchib tashlashini bilardim. Chunki "Supermen" filmining rejissyori – bachkana, jiddiylikdan yiroq, faqat o'yin-kulgiga e'tibor beradigan va filmlarida hayvonlarga ortiqcha e'tibor qaratadigan multfilmsimon rejissyor. U "Tor" kabi jiddiy obrazni masxarabozga aylantirib yuborgan Taika Vaytiti bilan go'yo aka-uka! Esingizda bo'lsin, rejissyor filmning taqdirini oldindan belgilaydi. Shunday bo'lsa-da, ba'zilar hali ham "Supermen" "Fantastik to'rtlik"dan yaxshi chiqadi deb o'ylashmoqda :)

Nima deding?
Yangi Supermenimiz super eshitish qobiliyatiga ega emasdek ko'rinadi😞 Ps: Avvalgisi sayyoraning istalgan nuqtasidan har qanday insonning so'zlarini eshita olardi)

Nima deding?
Yangi Supermenimiz super eshitish qobiliyatiga ega emasdek ko'rinadi😞 Ps: Avvalgisi sayyoraning istalgan nuqtasidan har qanday insonning so'zlarini eshita olardi)

Peak Speech

Peak Speech