207
Subscribers
No data24 hours
-37 days
-130 days
Posts Archive
Kumush Syurferning muxlislari ko‘p emas, chunki u odatda muxlislik qilinadigan qahramon emas, balki har doim hurmat qilinadigan qahramon bo'lgan.
Kumush Syurferning har bir versiyasi Yerga dastlab yovuz sifatida keladi, lekin ketayotganda qahramonga aylanib, Yerni tark etadi. Avval yovuz bo‘lib, keyin qahramonlik yo‘liga qaytgan personajlarni men doim hurmat qilaman.
Sue, Wanda, Kapitan Marvel kabi ayol qahramonlar haddan tashqari kuchaytirilib, Tor, Doctor Strange va Hulk kabi erkak qahramonlar ancha zaiflashtirildi.
Bunga yechim sifatida bizga haqiqiy kuch timsoli bo'lgan qudratli erkak qahramon juda zarur edi. Mana Doctor Doom yaqinlashib kelmoqda. U komikslardagi kabi Beyonderlar kuchini o‘g‘irlagandagi darajada kuchli bo‘lmasa-da, filmda baribir hammadan sezilarli darajada ustun bo‘ladi. Men feminizmga barham berishi uchun ham Imperator Doomga muxlislik qilaman, sizchi?
Doom biz o‘ylagandek shafqatsiz yovuz qahramon bo'lmaydi. Masalan, Altron dunyoda tinchlik o‘rnatish uchun yaratilgan edi, ammo uning falsafasiga ko‘ra, insonlar mavjud bo‘lsa, Yer hech qachon xavfsiz bo‘lmaydi. Bu mutlaq yovuzlik emas, balki o‘ziga xos falsafa edi. Tanos koinotning yarim aholisini yo‘q qilib, muvozanatga erishmoqchi bo‘ldi, chunki resurslar tugasa, koinot tezroq barbod bo‘ladi deb hisobladi. Yarim aholini yo‘q qilish koinotning umrini uzaytirishi va barqarorlikni ta'minlashi mumkin edi. Menimcha, film ijodkorlari Doktor Doomning hikoyasiga ham shunga o‘xshash biror falsafa qo‘shib, uni oddiy yovuz qahramondan ko‘ra murakkabroq qilib ko‘rsatishadi.
Beyonderlar filmlarda chiqmasligidan afsusdaman. Voqealar rivoji shunday ketmoqdaki, Doktor Doom kuchining asosiy manbai Franklin, Sentry, Wanda va Loki bo‘lishi mumkin. Doom ularning kuchlarini o‘g‘irlab, Imperatorga aylanadi va jang dunyosini yaratadi.
Doktor Doom Franklinni olib ketishidagi asosiy maqsad Wandani hayotga qaytarish bilan bog‘liq deb o‘ylayman. Cheksiz koinotlarda cheksiz Wandalar mavjud, lekin faqat bitta Qizil Jodugar bor, u Yer-616 olamida va hozir o‘lgan. Franklin onasi Sueni hayotga qaytarganini filmda ko‘rdik. Uning kuchlari koinot qonunlariga, o‘lim, abadiylik va cheksizlik kabi tushunchalarga bo‘ysunmaydi. Shuning uchun Franklin Wanda’ni hayotga qaytarish uchun yetarlicha kuchli deb hisoblayman.
Franklin Doctor Doomning yuzini davolamoqda.Shunday qilib, Momaqaldiroqlar filmi oxiridagi Kemada F4 emas Doctor Doom borligi yanada oydinlashdi. Doctor Doom Franklin bilan birga Qasoskorlar olamiga ketadi. Ularni qidirib esa Fantastik to'rtlik jamoasi ham Qasoskorlar olamiga kirib keladi. Galaktus hali o'lmagan, u istalgan vaqt qaytib kelishi mumkin. Fantastik to'rtlik Yer 616 olamiga kelganida ehtimol Galaktus F4 olamining Yer sayyorasini yo'q qilsa kerak. Shunda ular uchun ortga qaytadigan uy qolmaydi va Yer 616 ularning abadiy uyi bo'lib qoladi.
Wanda = Fake mom Sue = Real momBegunoh insonlarni o'ldirmasdan ham o'z farzandini himoya qilsa bo'lar ekan-a?
+1
Sue Wanda texnikasini qayta qo‘lladi. Sue ning kuch sahnasidagi vizual effektlarning ko‘rinishi nega bunday deydiganlar uchun: Sue ko‘rinmas kuch maydonlarini boshqaradi. U kuch maydonlarini yaratganda yorug‘lik nurlarini egadi va biz ko‘rayotgan bu ranglar yorug‘likning haqiqiy ranglar aralashmasidan iborat. Ilmiy nuqtai nazardan, bu vizual effektlar eng aniq va real tasvirga ega.
G'azablangan ona – potentsial jihatdan eng xavfli mavjudot.Ko'pchilik Galaktusning zaif ekanligini aytmoqda, lekin hech kim bu filmda Sue Stormning qanchalik ulkan kuchga ega bo'lganligi haqida gapirmayapti. Sue o'sha sahnada ona kuchi bilan to'lgan edi – farzandi uchun hamma narsasini berdi.
Marvel vizual effektlar borasida boshqa har qanday kino studiyadan "yorug'lik yillari uzoqligida" ekanligini yana bir bor isbotladi.
Filmni ko'rmoqchi bo'lganlar uchun guruhga ikki turli variantda joyladim, saqlab qo'yishingiz mumkin.
Doctor Doom chaqaloqni manipulyatsiya qilmoqda☠Nihoyat, Marvel tarixidagi eng buyuk yovuz qahramon – Doctor Doomni katta ekranda ilk bor-a ko‘rdik! Bundan o‘zgacharoq debyut bo‘lishi mumkin emas. U faqat bir kadrda, orqa fonda paydo bo‘lishi aniq edi. Ishoning, Marvel olamidagi yovuz qahramonlar orasida Doctor Doomdan ustuni yo‘q – u yovuzlarning eng zo'ri. Buning asosiy sababi – “Maxfiy urushlar” komiksi. Bu komiks nafaqat Marvel tarixida, balki butun komikslar olamida eng katta va eng zo‘r asar hisoblanadi. Hozirgacha “Maxfiy urushlar”dan o‘zib keta olgan biror komiks yo‘q va ehtimol, hech qachon bo‘lmaydi ham. Ana shu afsonaviy hikoyani boshlab bergan aynan Doctor Doom edi. Xulosa qilib aytganda, yaqin yillarda biz Marvelning eng zo'r komiksi va eng zo'r yovuz qahramonini katta ekranda ko‘rish imkoniga ega bo‘lamiz.
Franklin Richards o'z kuchlaridan foydalangan holda Onasini hayotga qaytarmoqda❤️U hali go‘dak bo‘lsa-da, Marvel olamidagi qahramonlarning 99 foizidan kuchliroqdir. Uning kuchi o‘lim qonunlarini buzadi va koinot qonunlariga bo‘ysunmaydi. Chunki Franklin o‘zi koinotlarni yaratadi va yo‘q qiladi. Galactus filmning asosiy yovuz qahramoni emas edi. Bir narsani to'g'ri tushuninglar, Galactus bo‘lish – bu la’nat va u shunchaki bu la'natdan qutulmoqchi edi. Garchi Galactus nihoyatda qudratli bo‘lsa-da, u abadiy ochlik va la'natga mahkum bo'lgan. Endi esa Galactus bu la’natdan xalos bo‘lishni va dam olishni istaydi. Buning uchun unga Franklin kerak – u Galactusning o‘rnini egallashi lozim edi.
MVP: Sue Storm Best Asisstent: Kumush SyurferF4 jamoasining qo‘lidan kelgan yagona narsa – bu faqat ko‘proq vaqt sotib olish edi. Ular Galaktusni mag‘lub etishmadi yoki o‘ldirishmadi, shunchaki uni koinotning uzoq chekkasiga teleportatsiya qilishdi. Galaktus och holatda zaifroq bo‘ladi va Marvel koinotidagi ko‘plab kuchli qahramonlar uni bu holatda yengishi mumkin. Ammo Galaktus to‘yib olgach, hech kim unga qarshi chiqa olmaydi, hatto Arishem ham. Galaktus filmda nega zaifroq ko‘rindi, degan savolga javob shu.
Men uning yuzida o'zimni ko'rdim2005-yilda Syu Storm va Kumush Syurfer o'rtasida iliq munosabatlar yuzaga kelgan edi. O'shanda Kumush Syurfer o'z sevgilisiga o'xshagan qiz uchun Galactusga qarshi chiqib, kosmik energiyasini to'plagan va ulkan portlash yuzaga keltirib, dunyoni qutqargan edi. Bu safar esa Jonni Storm Kumush Syurferni o'ziga jalb qilishga urinmoqda, lekin uning niyatlari unchalik samimiy emas shekilli. Menimcha, Jonni Kumush Syurferni chalg'itib, uni o'z maqsadlari yo'lida ishlatmoqchi. Ehtimol, Reed Richards Kumush Syurferning kosmik kuchlarini boshqarish orqali uni Galactus bilan birga yo'q qilishni rejalashtirayotgandir.
Jor-El (Supermenning otasi) inson zotiga bo'lgan hurmati katta edi. Biroq, yangi filmda u fashistik obrazga aylantirildi: u Supermenga so‘nggi kriptonlik sifatida ko'proq yerlik ayollarni homilador qilib, ko‘proq farzand ko‘rishni, Yerni bosib olishni va odamlarni qul qilib, hukmronlik qilishni buyuradi.
“Po‘lat odam” filmida Jor-El haqiqiy qahramon, olijanob va insonparvar shaxs sifatida ko‘rsatilgan edi, yangi tasvirda esa u qullik va genotsid tarafdori bo‘lgan fashistik diktator sifatida talqin qilingan.
Supermen tasodifan nafasi yordamida Qora Tuynukdan qochib qutula oldi. Men tushunmadim, shunda Supermenning nafasi uning uchish tezligidan kuchliroqmi?
Yana bir tushunarsiz jihat: Supermen yelkasi singanligi sababli og‘riqdan yig‘lab yuboray dedi. Qora Tuynukning ulkan tortishish kuchi hisobga olinsa, bunday mo‘rt suyaklar bu kuchga bardosh bera oladimi?
Ma’lumot o'rnida: Qora Tuynukning gravitatsiyasi shunchalik kuchliki, undan hech narsa, hatto yorug‘lik ham qochib qutila olmaydi. Yorug‘lik ham bu kuch ta’sirida egilib ketadi. Qora Tuynukning tortishish kuchi vaqt va makonni ham o‘zgartirib yuboradigan darajada kuchli. Gravitatsiya hisobiga unda vaqt ham mavjud bo'lmaydi. Bunday vaziyatda, og‘riqqa chidamsiz va mo‘rt suyaklarga ega Supermen ushbu gravitatsiyaga bardosh bera olishiga siz ishonasizmi?
Supermenning ba’zi versiyalari Qora Tuynukdan qochib chiqishi yoki hatto uni parchalab tashlashi mumkin, faqat ayrim "cheksiz" kuchli bo'lgan versiyalari buni qilishi mumkin, ammo bunisi emas :)
Rev-7 ning vizual tashqi ko‘rinishi menga juda dahshatli tuyuldi. “Terminator: Dark Fate" filmida Rev-7 dan ko‘proq foydalanilganida yaxshiroq bo‘larmidi, deb o'ylab qoldim.
Rev 7 hayvoniy tashqi ko‘rinishga ega bo‘lib, inson shaklini ola olmaydi va faqat urush maqsadlarida ishlatiladi. Rev 9 kabi josus yoki ovchi emas, u sof jangovar qirg‘in mashinasi. Rev 9 asosan Rev 7’ning takomillashgan versiyasi sifatida ishlab chiqilgan, shuning uchun Rev 9 undan ancha kuchliroq ekanligi aniq. Agar Rev 9 o‘z missiyasida asta-sekin muvaffaqiyatsizlikka uchray boshlasa va unga yordam sifatida Rev 7 jo‘natilsa, ularning filmdagi duetini tasavvur qilavering🔥
"Terminator: Dark Fate" filmidagi asosiy yovuz Terminator Rev-9 Legion tomonidan, "Terminator: Genesis" filmidagi T-3000 esa Skynet tomonidan yaratilgan. Xo'sh, qaysi biri kuchliroq?
T-3000 Skynetning eng kuchli Terminatoridir. Uning tanasi suyuq metall va elektromagnit zarrachalar bilan boshqariladi, bu uni deyarli yengilmas qiladi. Hech qanday qurol unga zarar yetkaza olmaydi, chunki u qayta-qayta tiklanadi. Faqat yetarlicha kuchli magnit maydon uning zarrachalarini birlashishini to'xtatib, uni yo'q qilishi mumkin. Skynetdan tashqari, T-3000 eng kuchli Terminator hisoblanadi
Rev-9 Legionning eng ilg'or Terminatori bo'lib, asosan Ovchi hisoblanadi. U suyuq metall va qattiq skelet kombinatsiyasiga ega bo'lib, tezkorlik, moslashuvchanlik va o'zini tiklash qobiliyatiga ega. Ammo T-3000 kabi deyarli yengilmas emas.
T-3000 o'zining noyob elektromagnit tuzilishi va deyarli yengilmasligi tufayli Rev-9dan ancha kuchliroqdir.
"Terminator" olami ikki xil kelajakka bo‘linadi: biri Skynet, ikkinchisi esa Legion tomonidan boshqariladi.
"Terminator: Genesis" filmida Skynet kelajagi o'chiriladi, ya'ni Skynet hech qachon yaratilmagan kelajak yuzaga keladi. Ammo odamlar har doim sun'iy intellektni yaratishga intiladi va Skynet o'rniga Legion paydo bo'ladi. Skynet odamlarni himoya qilish uchun, Legion esa hujum qilish uchun yaratilgan. Skynet yadro qurollarini ishga tushirib, odamlarni lagerga joylashtiradi va yo‘lidagi hamma narsani yo‘q qiladi. U yadro urushini boshlaydi.
Legion esa internet va elektr energiyasi manbalarini o‘chirib, ocharchilikni keltirib chiqaradi. Bu odamlarning bir-biriga dushman bo‘lib, o‘zaro nizo va zo‘ravonliklarga olib keladi. Legion psixologik urush olib boradi. Omon qolganlarni ovlash uchun Skynet terminatorlari ommaviy qirg‘in quroli sifatida ishlatilgan bo‘lsa, Legion terminatorlari asosan ovchi va josus sifatida xizmat qilgan.
