en
Feedback
VisitTashkent

VisitTashkent

Open in Telegram

Web-site: http://visit.tashkent.uz/uz/ Facebook: fb.com/tourismdeptashkent Instagram: instagram.com/visit_tashkent ~Toshkent shahar Turizm boshqarmasi Matbuot xizmati ~Пресс-служба управления Туризма города Ташкента

Show more
885
Subscribers
-124 hours
+37 days
+530 days
Posts Archive
Repost from Rasmiy axborot
📢 26-avgust kuni Toshkentda “Xalqaro Eko va barqaror turizm sammiti” bo‘lib o‘tadi Anjumanning asosiy kun tartibi uchta yo‘n
📢 26-avgust kuni Toshkentda “Xalqaro Eko va barqaror turizm sammiti” bo‘lib o‘tadi
Anjumanning asosiy kun tartibi uchta yo‘nalishni qamraydi: xalqaro konferensiya, panel sessiyalar va turoperatorlar o‘rtasidagi ikki bosqichli B2B netvorking uchrashuvlari. Aynan shu uchrashuvlarda turistik xizmatlarni bevosita sotuvchi va xorijiy bozorlarda targ‘ib qiluvchi kompaniyalar bilan amaliy hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yiladi. Tadbirning O‘zbekiston uchun strategik ahamiyati shundaki, u yangi bozorlarga chiqish imkonini beradi. Xususan, Kanada, Buyuk Britaniya va Yevropadagi xarid qobiliyati yuqori segment — asli osiyolik musulmonlar diasporasi uchun turlar tashkil etuvchi kompaniyalar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa o‘rnatiladi. Bu esa mamlakatimizga premium va hashamatli xizmatlarga tayyor, to‘lovga qodir turistlarni jalb etish yo‘lini ochadi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official/17665

➡️YANGI CHILONZOR — YANGI IQTISODIY VA TURISTIK MANZILLAR ⭐️Toshkent shahrida turizmni rivojlantirish, tadbirkorlik faolligin
➡️YANGI CHILONZOR — YANGI IQTISODIY VA TURISTIK MANZILLAR
⭐️Toshkent shahrida turizmni rivojlantirish, tadbirkorlik faolligini oshirish hamda aholi va mehmonlar uchun zamonaviy, qulay va jozibador maskanlarni yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. ➡️ Chilonzor tumanida gastronomik va turizm ko‘chalarini rivojlantirish orqali mavjud shahar makonlarini yangi iqtisodiy va turistik manzillarga aylantirish ko‘zda tutilgan. Bunda gastronomiya, savdo va xizmat ko‘rsatish, hunarmandchilik, oilaviy dam olish hamda 24/7 faoliyat yurituvchi obyektlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 📍 Dastlabki natijalar ham salmoqli. Botirma mahallasi va Al-Xorazmiy ko‘chasining 1,7 km qismida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari natijasida 92 ta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etildi, 46 ta tadbirkor faoliyatini kengaytirdi, 402 ta yangi ish o‘rni yaratildi hamda 4,5 mlrd so‘m soliq tushumi shakllandi. 🟢Keyingi bosqichda Chilonzorda 100 ta ko‘cha va 15 km hududni qamrab olish rejalashtirilgan. Xususan, Choponota ko‘chasida tadbirkorlik subyektlari sonini 653 tadan 1 341 taga, 24/7 rejimida faoliyat yurituvchi obyektlarni esa 61 tadan 361 taga yetkazish ko‘zda tutilmoqda. ✔️ Shuningdek, Kichik halqa yo‘lida kunlik tashriflar sonini 30,5 mingdan 45,5 ming nafarga oshirish, Qatortol ko‘chasida esa 655 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. ⚫️Afrosiyob, M. G‘ofurova, Beshyog‘och, Chilonzor, I. Karimov, Arnasoy, Furqat, Zargarlik, Choponota, Muqimiy va 2-Qatortol ko‘chalarini o‘zaro bog‘lash orqali yagona turistik va gastronomik makon shakllantirish maqsad qilingan. ✨ Asosiy maqsad — obod ko‘chalar bilan birga, aholi uchun qulay, turistlar uchun jozibador, tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadigan faol shahar muhitini shakllantirishdir.

Toshkentda “Chilla salqin ta’mlar festivali” nihoyasiga yetmoqda Toshkent shahar hokimligi ko‘magida Tashkent City hududida o‘tkazilayotgan “Chilla salqin ta’mlar festivali” yakuniga yaqinlashmoqda. Ayni paytga qadar festivalga 10 mingdan ortiq mehmon tashrif buyurdi. Ularning qariyb 3 ming nafari xorijiy sayyohlar, 7 ming nafari esa mahalliy mehmonlardir. Festival davomida mehmonlar salqin ichimliklar, muzqaymoq va turli yozgi ta’mlardan bahramand bo‘lib, interaktiv o‘yinlar, tanlovlar, konsert dasturlari hamda boshqa ko‘ngilochar tadbirlarda ishtirok etdilar. Ushbu unutilmas kunlarni biz bilan birga o‘tkazgan barcha yurtdoshlarimiz va poytaxtimiz mehmonlariga tashakkur bildiramiz! ———— В Ташкенте подходит к завершению «Фестиваль прохладных вкусов» Проходящий на территории Tashkent City при поддержке хокимията города Ташкента «Фестиваль прохладных вкусов» подходит к завершению. К настоящему моменту фестиваль посетили более 10 тысяч человек, среди которых около 3 тысяч иностранных туристов и 7 тысяч местных гостей. На протяжении фестиваля гости наслаждались прохладительными напитками, мороженым и другими летними вкусами, участвовали в интерактивных играх, конкурсах, концертных и развлекательных программах. Благодарим всех жителей и гостей столицы, которые провели эти яркие дни вместе с нами! YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot

#Turizm #Parkent #Zarkent #Uzum_sayli #festival Turizm qo‘mitasi va Toshkent viloyati hokimligi hamkorligida joriy yilning 21-22-avgust kunlari Parkent tumani, Zarkent qishlog‘ida “Uzum sayli” festivali tashkil etiladi.
Festivalda respublikaning barcha viloyatlaridan fermer xo‘jaliklari, enoturizm yo‘nalishidagi tadbirkorlar va turli xil tabiiy ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalar ishtirok etadi. Tadbirda qishloq xo‘jaligi yarmarkalari, vino sanoatining xalqaro brend kompaniyalari ko‘rgazmalari, uzumchilik yo‘nalishidagi xalqaro konferensiya va anjumanlar o‘tkaziladi. Festivalning madaniy qismidan esa milliy folklor jamoalari, estrada san’atkorlari chiqishlari, xalq urf-odatlari va an’analarini aks ettiruvchi keng ko‘lamli madaniy dastur o‘rin olgan.
*** The Tourism Committee, in cooperation with the Tashkent Region Hokimiyat, will hold the “Uzum Sayli” Festival on August 21–22 this year in Zarkent village, Parkent District, Tashkent Region.
The festival will bring together farms from across the country, entrepreneurs operating in the field of enotourism, as well as enterprises producing various types of natural beverages. The event will feature agricultural fairs, exhibitions showcasing international wine industry brands, as well as international conferences and forums dedicated to the development of viticulture. The festival’s cultural programme will include performances by national folk ensembles and pop artists, along with large-scale events showcasing the customs and traditions of the Uzbek people.
*** Комитетом по туризму совместно с хокимиятом Ташкентской области 21–22 августа текущего года в селе Заркент Паркентского района будет организован фестиваль «Узум сайли».
В фестивале примут участие фермерские хозяйства со всех регионов страны, предприниматели, работающие в сфере энотуризма, а также предприятия, производящие различные виды натуральных напитков. В рамках мероприятия состоятся сельскохозяйственные ярмарки, выставки международных брендов винодельческой промышленности, а также международные конференции и форумы, посвящённые развитию виноградарства. Культурная программа фестиваля будет включать выступления национальных фольклорных коллективов и эстрадных исполнителей, а также масштабные мероприятия, отражающие народные обычаи и традиции.
Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn

🇺🇿🇨🇳 Toshkentda Xitoyning yirik biznes delegatsiyasi bilan investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi 🫥 Tos
+5
🇺🇿🇨🇳 Toshkentda Xitoyning yirik biznes delegatsiyasi bilan investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
🫥 Toshkent shahar hokimligida Xitoy Xalq Respublikasining Chjejiang viloyati, Cixi shahri Ayol tadbirkorlar assotsiatsiyasi hamda “Ningbo Kadiya Electric Co., Ltd.” kompaniyasi vakillaridan iborat 30 kishilik biznes delegatsiyasi bilan uchrashuv tashkil etildi. 🫥Uchrashuvda Toshkent shahar hokimining Xitoy masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Toshkent shahar Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi hamda Turizm boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirok etdi. 💠 Muzokaralar davomida Toshkent shahrining investitsiyaviy va sanoat salohiyati, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay biznes muhiti, investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari, shuningdek, Xitoy kompaniyalari bilan savdo-iqtisodiy va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. 📊 Uchrashuv doirasida delegatsiya vakillari uchun Toshkent shahrining investitsiyaviy salohiyati va xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlarga bag‘ishlangan taqdimot ham o‘tkazildi. Unda investorlarga taqdim etilayotgan imtiyoz va preferensiyalar, erkin va maxsus iqtisodiy zonalarda faoliyat yuritish imkoniyatlari, investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, shuningdek, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va mahalliy tadbirkorlar bilan sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish istiqbollari haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, “Ningbo Kadiya Electric Co., Ltd.” kompaniyasi bilan maishiy va iqlim texnikalarini O‘zbekistonda yig‘ish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, qo‘shma ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish, mahalliy hamkorlar bilan kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish hamda zamonaviy “aqlli uy” texnologiyalari sohasida tajriba almashish istiqbollari ko‘rib chiqildi. ➡️ Ma’lumot uchun, “Ningbo Kadiya Electric Co., Ltd.” 2001-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 1 000 nafardan ortiq xodimga ega. Korxona zamonaviy maishiy va iqlim texnikalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, uning mahsulotlari dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlarida sotiladi. Uchrashuv yakunida tomonlar istiqbolli investitsiya loyihalarini birgalikda ishlab chiqish, o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarini aniqlash hamda kelgusida amaliy aloqalarni izchil davom ettirish bo‘yicha kelishib oldilar. #Toshkent #Investitsiya #Xitoy #Hamkorlik #SanoatKooperatsiyasi #Turizm #Tashkent #China

Kichik qadam — katta daromad! Hurmatli tadbirkorlar, eshigingiz qarshisida turgan potensial mijozning kichik xojatini chiqarish evaziga uni o‘z xizmatingizda foydalanishga unday olishingiz mumkin. Ba’zan ko‘chadan o‘tib ketayotgan yo‘lovchiga hojatxonangizdan bepul foydalanishga ruxsat berishning o‘zi kifoya. Ko‘chada bunday ehtiyoj har kimda — yoshi kattalar, bolali oilalar va mehmonlarda paydo bo‘lishi mumkin. Bu oddiy, ammo sezilarli qulaylik. Xorijiy mamlakatlarda ochiq va bepul hojatxona – eng samarali marketing va mijozni jalb qilish usuli hisoblanadi. Hojatxonangizdan bepul foydalanish imkoniyatini yaratish orqali odamlarda minnatdorlik hissini uyg‘otasiz. Turizm qo‘mitasi tomonidan o‘rganilgan tadqiqotlarga ko‘ra, bunday xizmatdan foydalangan odamlarning qariyib 40 foizi do‘kondan nimadir xarid qilmasdan ketmaydi. Ochiq eshik — yangi mijoz sari qadam. Eshigingiz ochiq bo‘lsa, buni “Hojatxona bepul” (Free WC) yozuvi bilan bildirib qo‘yish kifoya. Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn

Yil boshidan O‘zbekistonga 8 million xorijlik sayyoh tashrif buyurdi, ularning mamlakatimizda qolish muddati 8 kungacha uzayd
Yil boshidan O‘zbekistonga 8 million xorijlik sayyoh tashrif buyurdi, ularning mamlakatimizda qolish muddati 8 kungacha uzaydi. Davlatimiz rahbari turizm islohotlari aholi daromadida yanada ko‘proq sezilishi kerakligini taʼkidladi. Mehmonxona qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun 50 million dollar resurs ajratiladi. Tadbirkorlarga 10 yil muddatga milliy valyutada 16 foizli kredit beriladi. Uch, to‘rt va besh yulduzli mehmonxona qurish uchun subsidiya berish muddati yana ikki yilga uzaytiriladi. Subsidiya uchun mehmonxona “yulduzi”ni tasdiqlashda xorijiy kompaniya xulosasini talab qilish amaliyoti bekor qilinadi. Mehmonxonalar uchun yer va mulk solig‘ini 10 barobar kam stavkada to‘lash imtiyozi 2030-yilgacha uzaytiriladi. 50 tadan ko‘p joylashtiruv o‘rniga ega mehmonxonalarga naqd valyuta qabul qiladigan bankomatlarni banklarning o‘zi o‘rnatib beradi. Turoperatorlarning xorijlik turistlarga ko‘rsatgan xizmati eksportga tenglashtirilib, qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi. Turistik avtobus, elektrobus va mikroavtobuslar olib kelishdagi bojxona imtiyozi yana bir yilga uzaytiriladi. Bunday transport vositalari uchun utilizatsiya yig‘imi ham undirilmaydi. Facebook|Instagram|X

Toshkentda “Chilla salqin ta’mlar festivali” o‘tkaziladi Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 21–23-avgust kunlari Tashkent Ci
Toshkentda “Chilla salqin ta’mlar festivali” o‘tkaziladi Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 21–23-avgust kunlari Tashkent City hududida yozning eng issiq kunlariga bag‘ishlangan “Chilla salqin ta’mlar festivali” bo‘lib o‘tadi. Uch kun davom etadigan festival poytaxt aholisi va mehmonlari uchun salqin ichimliklar, muzqaymoq, musiqa va ko‘ngilochar dasturlarni bir maydonda jamlaydi. Tadbirda o‘nlab ishlab chiqaruvchilar va riteylerlar, shuningdek, Sprite, Fanta va Fuse Tea brendlari o‘z maxsus zonalari bilan ishtirok etadi. Festival dasturidan: 🔹 muzqaymoq, kokteyllar, bubble tea, sovuq qahva, yangi siqilgan sharbatlar va boshqa yozgi ta’mlar; 🔹 interaktiv o‘yinlar, tanlovlar va sovrinli aksiyalar; 🔹 tematik fotozonalar va kreativ salqinlash hududlari; 🔹 DJ-setlar va kechki konsertlar; 🔹 suvli ko‘ngilochar zonalar; 🔹 kechki shou va feyerverklar o‘rin olgan. Festival maydonining o‘ziga xos jihatlaridan biri — qariyb 10 tonna haqiqiy muzdan yaratiladigan art-obyektlar va fotozonalar bo‘ladi. Shuningdek, hududda salqinlantiruvchi yomg‘ir arkalari, suvli o‘yin maydonlari hamda yozgi issiqda mehmonlar uchun maxsus salqinlash zonalari tashkil etiladi. Har kuni kechqurun festival konsert va ko‘ngilochar dastur bilan davom etadi. Sahnalarda taniqli ijodkorlar chiqish qiladi, mehmonlar uchun tanlov va sovrinli o‘yinlar o‘tkaziladi. 🎟 Kirish bepul 📅 21, 22 va 23-avgust 🕓 16:00 dan 23:00 gacha 📍 Tashkent City, O‘qchi ko‘chasi, 3 📌 Festival hududi: Holiday Inn mehmonxonasidan “Xalqlar do‘stligi” metro bekati chiqishigacha ☎️ Ma’lumot uchun: +998 90 024 60 10 Instagram: @chillafest ———— В Ташкенте пройдет фестиваль «Chilla salqin ta’mlar festivali» При поддержке хокимията города Ташкента с 21 по 23 августа на территории Tashkent City пройдет летний фестиваль «Chilla salqin ta’mlar festivali» — «Фестиваль прохладных вкусов». В течение трех дней одна из центральных прогулочных зон столицы объединит десятки производителей и ретейлеров мороженого и прохладительных напитков, музыкальную программу и интерактивные развлечения. Свои тематические пространства также представят Sprite, Fanta и Fuse Tea. В программе фестиваля: 🔹 мороженое, коктейли, бабл-ти, холодный кофе, свежие соки и другие летние вкусы; 🔹 интерактивные игры, конкурсы и розыгрыши призов; 🔹 тематические фотозоны и креативные зоны охлаждения; 🔹 DJ-сеты и вечерние концерты; 🔹 водные развлечения; 🔹 вечерние шоу и фейерверки. Одной из особенностей фестиваля станут масштабные арт-объекты и фотозоны, для создания которых планируется использовать около 10 тонн настоящего льда. На территории также появятся освежающие дождевые арки, водные игровые площадки и специальные зоны, где гости смогут укрыться от августовской жары. Каждый вечер фестиваль будет переходить в концертно-развлекательный формат с выступлениями популярных артистов, музыкой, конкурсами и розыгрышами. 🎟 Вход свободный 📅 21, 22 и 23 августа 🕓 с 16:00 до 23:00 📍 Tashkent City, улица Укчи, 3 📌 Локация фестиваля: от гостиницы Holiday Inn до выхода метро «Дружба народов» ☎️ Для справок: +998 90 024 60 10 Instagram: @chillafest YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot

Repost from Uzbektourism.uz
#turizm #ziyorat #Malayziya #loyiha #kreativ #storytelling Malayziyaning “Berita RTM” telekanalida O‘zbekistonda ziyorat turi
#turizm #ziyorat #Malayziya #loyiha #kreativ #storytelling Malayziyaning “Berita RTM” telekanalida O‘zbekistonda ziyorat turizmi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan maxsus dastur namoyish etildi. Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida efirga uzatilgan ushbu ko‘rsatuvda malayziyalik professorlar – Badrul Isa va Norfadilah Kamaruddin tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston–Malayziya: kreativ turizm” nomli loyiha taqdim etildi.
Tashabbus O‘zbekistonning turizm imkoniyatlari haqida “Visual storytelling” formatida professional raqamli kontent yaratishni nazarda tutadi. Loyihaga ko‘ra, 17–31 avgust kunlari Malayziya UiTM texnologiya universitetining professional fotograflari va dizaynerlaridan iborat ijodiy jamoa Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazmda suratga olish ishlarini olib boradi. Malayziyalik ijodkorlar yurtimiz haqida tayyorlagan foto va videomateriallar “Instagram”, “Facebook”, “TikTok”, “YouTube” kabi internet platformalarda joylashtirilishi rejalashtirilgan. Loyihada yurtimiz oliy o‘quv yurtlarining dizayn, sanʼat, turizm va mehmonxona biznesi yo‘nalishidagi talabalari ham ishtirok etadi. Bu akademik, turizm va ijodiy sohalarda tajriba almashishni tashkil etish imkonini beradi.
*** Malaysian television channel Berita RTM has aired a special programme dedicated to the reforms being implemented in Uzbekistan in the field of pilgrimage tourism. Broadcast ahead of the 35th anniversary of Uzbekistan’s independence, the programme featured the “Uzbekistan–Malaysia: Creative Tourism” project developed by Malaysian professors Badrul Bin Isa and Norfadilah Kamaruddin.
The initiative envisages the creation of professional digital content showcasing Uzbekistan’s tourism opportunities through visual storytelling. Under the project, from August 17 to 31, a creative team comprising professional photographers and designers from Universiti Teknologi MARA (UiTM), Malaysia, will conduct filming in Tashkent, Samarkand, Bukhara, and Khorezm. Photo and video content about Uzbekistan produced by Malaysian creative professionals is planned to be distributed across digital platforms including Instagram, Facebook, TikTok, and YouTube. The project will also involve students from higher education institutions in Uzbekistan studying design, arts, tourism, and hospitality. This will create opportunities for the exchange of knowledge and experience in the academic, tourism, and creative fields.
*** На малайзийском телеканале «Berita RTM» вышла специальная программа, посвящённая реформам, проводимым в Узбекистане в сфере паломнического туризма. В программе, вышедшей в эфир накануне 35-летия независимости нашей страны, был представлен проект «Узбекистан–Малайзия: креативный туризм», разработанный малайзийскими профессорами Бадрул Бин Иса и Норфадилах Камаруддин.
Инициатива предусматривает создание профессионального цифрового контента о туристических возможностях Узбекистана в формате Visual Storytelling. Согласно проекту, с 17 по 31 августа творческая команда, состоящая из профессиональных фотографов и дизайнеров Технологического университета UiTM Малайзии, проведёт съёмки в Ташкенте, Самарканде, Бухаре и Хорезме. Подготовленные малайзийскими творческими специалистами фото- и видеоматериалы об Узбекистане планируется размещать на таких интернет-платформах, как Instagram, Facebook, TikTok и YouTube. В проекте также примут участие студенты высших учебных заведений Узбекистана, обучающиеся по направлениям дизайна, искусства, туризма и гостиничного бизнеса. Это создаст возможности для обмена опытом в академической, туристической и творческой сферах.
Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn

Repost from Uzbektourism.uz
#yashil_sertifikat #mehmonxonalar #xarajatlar #qaytarib_olish #50_foiz Xalqaro e’tirof etilgan “yashil” sertifikatga ega mehm
#yashil_sertifikat #mehmonxonalar #xarajatlar #qaytarib_olish #50_foiz Xalqaro e’tirof etilgan “yashil” sertifikatga ega mehmonxonalar sertifikatlashtirish uchun sarflagan xarajatlarining 50 foizini davlatdan qaytarib olishlari mumkin. Buning uchun my.gov.uz portalida Mehmonxonalarda xalqaro e’tirof etilgan "yashil" sertifikatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini qoplash xizmati yo‘lga qo‘yilgan.
Arizalar my.gov.uz portali orqali onlayn yoki Davlat xizmatlari markazlariga borib topshiriladi. Portal orqali ariza yuborilganda elektron raqamli imzo (ERI) talab etilmaydi. Vakolatli organ arizani belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqadi. Ijobiy qaror qabul qilingach, sarflangan mablag‘ning 50 foizi bevosita arizachining hisob raqamiga o‘tkaziladi.
*** Hotels holding an internationally recognized “green” certification can receive government compensation covering 50% of the costs associated with obtaining the certification. To facilitate this, an online service titled “Reimbursement of 50% of expenses related to obtaining internationally recognized green certificates for hotels” has been launched on the my.gov.uz portal.
Applications can be submitted online through the my.gov.uz portal or in person at Public Services Centers. An electronic digital signature (EDS) is not required when submitting an application through the portal. The authorized body reviews applications within the established timeframe. Once a positive decision has been made, 50% of the eligible expenses incurred is transferred directly to the applicant’s bank account.
*** Гостиницы, имеющие международно признанный «зелёный» сертификат, могут получить от государства компенсацию в размере 50% расходов, связанных с оформлением сертификата. Для этого на портале my.gov.uz запущена услуга «Возмещение 50% расходов, связанных с оформлением международно признанных зелёных сертификатов в гостиницах».
Заявления можно подать онлайн через портал my.gov.uz или обратиться в Центры государственных услуг. При подаче заявления через портал электронная цифровая подпись (ЭЦП) не требуется. Уполномоченный орган рассматривает заявление в установленные сроки. После принятия положительного решения 50% понесённых расходов перечисляется непосредственно на расчётный счёт заявителя.
Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn

🇺🇿 🤝 🇬🇪 O‘zbekiston–Gruziya: turizm sohasida yangi hamkorlik imkoniyatlari Joriy yilning 17-avgust kuni Samarqand shahri
🇺🇿 🤝 🇬🇪 O‘zbekiston–Gruziya: turizm sohasida yangi hamkorlik imkoniyatlari
Joriy yilning 17-avgust kuni Samarqand shahrida “Birinchi O‘zbekiston va Gruziya biznes forumi” bo‘lib o‘tadi. Forum doirasida Gruziyaning 10 dan ortiq yetakchi turistik kompaniyalari vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurib, mahalliy turizm sohasi tadbirkorlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib boradi. 📍 Forum oldidan, 15-avgust kuni soat 14:00 da Toshkent shahrida Turizm qo‘mitasi binosida B2B uchrashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Uchrashuvlar davomida O‘zbekiston va Gruziya turizm sohasi vakillari o‘zaro tajriba almashib, yangi turistik yo‘nalishlarni rivojlantirish, sayyohlar oqimini oshirish hamda ikki tomonlama biznes aloqalarini kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qiladilar. Mazkur biznes forum ikki mamlakat o‘rtasidagi turizm hamkorligini yanada mustahkamlash va soha vakillari uchun yangi istiqbolli loyihalarga zamin yaratishi kutilmoqda. Aloqa uchun: +998 93 737 37 73 @Bahodir77777 #Uzbekistan #Georgia #Turizm #BiznesForum #B2B #Tourism #Hamkorlik

Repost from Uzbektourism.uz
#Turizm #Qashqadaryo #Shahrisabz #Iroqi #kashtachilik #festival 13–15-avgust kunlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tuma
#Turizm #Qashqadaryo #Shahrisabz #Iroqi #kashtachilik #festival 13–15-avgust kunlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida milliy hunarmandchilik va betakror kashtachilik san’atini keng targ‘ib etishga bag‘ishlangan “Iroqi” xalqaro kashtachilik festivali bo‘lib o‘tadi.
Festival — asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan milliy kashtachilik an’analarini namoyish etish, mohir hunarmandlar ijodini targ‘ib qilish va ushbu san’at turiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi. Tadbirda O‘zbekistonning turli hududlari hamda qo‘shni davlatlardan tashrif buyurgan mohir kashtachilar ishtirok etib, o‘zlarining noyob va bebaho ijod namunalarini namoyish etadi.
*** The international “Iroqi” embroidery festival is being held in Shahrisabz District of Kashkadarya Region on August 13–15, with a focus on promoting traditional national crafts and the unique art of embroidery.
The festival aims to showcase the traditions of Uzbek embroidery, which have been passed down from generation to generation for centuries, promote the work of skilled artisans, and generate greater interest in this distinctive art form. The event brings together skilled embroiderers from various regions of Uzbekistan as well as neighbouring countries, who are presenting unique and valuable examples of their work.
*** 13–15 августа в Шахрисабзском районе Кашкадарьинской области проходит международный фестиваль вышивки «Ироқи», посвящённый широкой популяризации национального ремесла и уникального искусства вышивки.
Фестиваль призван продемонстрировать традиции национальной вышивки, передаваемые из поколения в поколение на протяжении веков, популяризировать творчество искусных мастеров и повысить интерес к этому виду искусства. В мероприятии принимают участие искусные вышивальщицы из различных регионов Узбекистана, а также соседних стран, представляющие уникальные и ценные образцы своего творчества.
Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn

Ўзбекистон прокуратураси тарихи музейи 🕘 Иш вақти: Ҳар куни 09:00 дан 18:00 гача. 📌 Манзил: Тошкент шаҳар, Мирзо Улуғбек ту
+5
Ўзбекистон прокуратураси тарихи музейи 🕘 Иш вақти: Ҳар куни 09:00 дан 18:00 гача. 📌 Манзил: Тошкент шаҳар, Мирзо Улуғбек тумани, Шаҳрисабз МФЙ, Махтумқули кўчаси, 59-уй. ☎️ +998712020488 📞 +998909973355

Ўзбекистон прокуратураси тарихи музейи. Ўзбекистон прокуратураси тарихи музейининг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг! Telegram | Instagram | Facebook

🏢Yangishahar ko‘chasi: o‘zgarishlar boshlandi ✅Yunusobod tumanidagi Yangishahar ko‘chasi bosqichma-bosqich zamonaviy turizm va sayr maskaniga aylantirilmoqda. ➡️Loyiha doirasida keng piyodalar yo‘laklari, yashil hududlar, favvoralar, yangi sug‘orish tizimi, avtoturargoh, barpo etiladi. Shuningdek, mavjud savdo obyektlari yagona dizayn konsepsiyasi asosida tartibga keltiriladi. 🏗️Ayni paytda hududda demontaj ishlari yakunlanib, qurilish ishlari boshlangan. 🧑‍💻Videoda Yangi shahar ko‘chasida amalga oshirilayotgan ishlar va uning kelgisidagi ko‘rinishi bilan tanishing. ⸻ 🏢Улица Янгишахар: начинаются преобразования ✅Улица Янгишахар в Юнусабадском районе поэтапно преобразуется в современную прогулочную и туристическую зону. ➡️В рамках проекта планируется обустроить широкие пешеходные дорожки, зелёные зоны, фонтаны, современную систему орошения и автомобильную стоянку. Существующие торговые объекты также будут приведены в порядок в соответствии с единой дизайн-концепцией. 🏗️В настоящее время на территории завершены демонтажные работы и начат основной этап строительства. 🧑‍💻В видеоролике можно ознакомиться с ходом работ на улице Янгишахар и увидеть, как территория будет выглядеть после завершения проекта. YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot

✅ Taras Shevchenko 24/7: turistik va gastronomik maskanni rivojlantirish loyihasining yakuniy bosqichi jadal amalga oshirilmo
+9
Taras Shevchenko 24/7: turistik va gastronomik maskanni rivojlantirish loyihasining yakuniy bosqichi jadal amalga oshirilmoqda Mirobod tumanida Taras Shevchenko ko‘chasini zamonaviy 24/7 turistik va gastronomik maskan sifatida shakllantirishga qaratilgan yirik infratuzilma loyihasi o‘zining hal qiluvchi bosqichiga yetdi. Ayni paytda qurilish-ta’mirlash ishlarining uchinchi — yakuniy bosqichi jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.
Hozirda Taras Shevchenko va Fidokor ko‘chalari kesishmasidan Taras Shevchenko va Shahrisabz ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan qariyb 400 metrlik hududda bir vaqtning o‘zida demontaj, bordyur o‘rnatish, bruschatka yotqizish hamda betonlash ishlari olib borilmoqda.
Loyiha doirasida piyodalar yo‘laklari to‘liq rekonstruksiya qilinib, tashqi yoritish tizimi zamonaviy talablar asosida yangilanadi. Shuningdek, hudud keng ko‘lamda ko‘kalamzorlashtirilib, zamonaviy installyatsiyalar, navigatsiya elementlari o‘rnatiladi, savdo va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi yanada takomillashtiriladi. Loyiha to‘liq amalga oshirilgach, Taras Shevchenko ko‘chasining umumiy uzunligi 800 metrga yetkazilib, poytaxtning 24/7 rejimida faoliyat yurituvchi eng yirik gastronomik va madaniy maskanlaridan biriga aylanadi. Bu esa yangi tadbirkorlik tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, yuzlab yangi ish o‘rinlarini yaratish, xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirish va mahalliy hamda xorijiy sayyohlar oqimini yanada oshirishga xizmat qiladi.   Qurilish-ta’mirlash ishlarini joriy yil yakuniga qadar to‘liq yakunlash rejalashtirilgan.   ✨ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! ✅ Facebook 🌐 Instagram📹 Youtube 🌐 Web-site

FUTBOL — ICHKI TURIZM TARG‘IBOTI UCHUN YANGI IMKONIYAT! 🇺🇿 🏟️ O‘zbekiston Superligasining 16-tur uchrashuvlari doirasida h
+6
FUTBOL — ICHKI TURIZM TARG‘IBOTI UCHUN YANGI IMKONIYAT! 🇺🇿
🏟️ O‘zbekiston Superligasining 16-tur uchrashuvlari doirasida hududlarda ichki turizmni keng targ‘ib qilish bo‘yicha maxsus targ‘ibot ishlari tashkil etiladi. 📌 Mazkur tashabbus doirasida futbol uchrashuvlari o‘tkaziladigan stadionlarda: 🔹 hududning turistik salohiyati va diqqatga sazovor maskanlari targ‘ib qilinadi; 🔹 sayyohlik yo‘nalishlari va turistik mahsulotlarhaqida ma’lumotlar taqdim etiladi; 🔹 futbol muxlislari uchun hududdagi turizm imkoniyatlari namoyish etiladi; 🔹 tashrif buyuruvchilar ishtirokida foto va videomateriallar tayyorlanadi; 🔹 futbol va turizm uyg‘unligi orqali ichki turizmga qiziqish yanada oshiriladi. 📝 Maqsad — futbol muxlislarini hududlarning sayyohlik imkoniyatlari bilan tanishtirish, ichki turizmni ommalashtirish va sport orqali turizm oqimini ko‘paytirish. 📸 Futbolga keling — hududimizning turistik go‘zalliklarini ham kashf eting! #IchkiTurizm #Superliga #Turizm #Futbol #SportVaTurizm #OzbekistonTurizmi #TuristikSalohiyat

2026-yil 24–26-sentyabr kunlari Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida "Barqaror turizm imkoniyatlarini ro'yobga
2026-yil 24–26-sentyabr kunlari Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida "Barqaror turizm imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishda shaharlar integratsiyasi" mavzusidagi xalqaro forum va turistik ko'rgazma bo'lib o'tadi.
📙 Mazkur nufuzli tadbirda Toshkent shahri delegatsiyasi ham ishtirok etib, poytaxtimizning turizm salohiyati, investitsiyaviy imkoniyatlari hamda zamonaviy turistik infratuzilmasini xalqaro hamjamiyatga namoyish etadi. 📌 Forum doirasida: ✅ shaharlar o'rtasida turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish; ✅ tajriba almashish va ilg'or amaliyotlarni o'rganish; ✅ qo'shma loyihalarni muhokama qilish; ✅ yangi hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish hamda ✅ Markaziy Osiyoda barqaror turizmni rivojlantirish masalalari yuzasidan muloqotlar olib borilishi rejalashtirilgan. Toshkent shahrining mazkur forumdagi ishtiroki xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, yangi investitsiyalarni jalb etish va poytaxtimizning turizm brendini yanada keng targ'ib qilishga xizmat qiladi. 🇺🇿 Toshkent — xalqaro turizm maydonida faol va ishonchli hamkor! #Toshkent #Turizm #Dushanbe2026 #XalqaroForum #BarqarorTurizm #Tourism #TashkentCity

DIQQAT, HURMATLI JOYLASHTIRISH VOSITALARI ! 📌 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-apreldagi PQ-150-son qaror
DIQQAT, HURMATLI JOYLASHTIRISH VOSITALARI ! 📌 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-apreldagi PQ-150-son qarori bilan mehmonxonalarda milliylikni targ'ib qilish bo'yicha amaliy ishlarni jadallashtirish topshirildi. Shu munosabat bilan barcha joylashtirish vositalarida: ✅milliy an'ana va qadriyatlarni targ'ib etish; ✅milliy uslubdagi xizmat ko'rsatish madaniyatini rivojlantirish; ✅gastronomiya, interyer va madaniy dasturlarda milliylik elementlarini keng joriy etish; ✅Turizm qo'mitasi tomonidan ishlab chiqilgan "Mehmonxonalarda milliylikni targ'ib qilish" qo'llanmasi tavsiyalaridan samarali foydalanish tavsiya etiladi. 🇺🇿 Milliy qadriyatlarni targ'ib qilish — O'zbekistonning turizm brendini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. #Turizm #Mehmonxonalar #Milliylik #Toshkent #UzbekistanTravel

Repost from Uzbektourism.uz
#Uzbek_Gift_Contest #Turizm #hunarmandchilik #ko‘rik-tanlov #hunarmandlar #dizaynerlar 📌 Turizm qo‘mitasi, “Hunarmand” uyushmasi hamda Badiiy akademiya hamkorligida milliy hunarmandchilik mahsulotlarini zamonaviy turistik sovg‘a sifatida targ‘ib qilish, hududlardagi ijodkorlar salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda turistlar uchun ixcham, sifatli va hamyonbop esdalik sovg‘alari namunalarini yaratish maqsadida “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda. ☄️ Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan dizaynerlar, rassomlar, ijodkor yoshlar hamda “Hunarmand” uyushmasi a’zosi bo‘lgan hunarmandlar belgilangan tartibda onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. G‘olib deb topilgan har bir ishtirokchi 5 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.   Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: Dizaynerlar uchun: https://forms.gle/ac9gqAeHZLKoHaRa8   Hunarmandlar uchun: https://forms.gle/MQ6XX6og9jjJVNKp7 ❗️Arizalar birinchi bosqich uchun 16-avgustga qadar, ikkinchi bosqich uchun esa 20-sentyabrga qadar qabul qilinadi. “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish bo‘yicha NIZOM   Hunarmandchilik mahsulotlari bo‘yicha ko‘rik-tanlov talablari   Yo‘nalishlar bo‘yicha talablar jadvali 📌 Комитет по туризму совместно с Ассоциацией «Хунарманд» и Академией художеств организует конкурс «Uzbek Gift Contest» с целью продвижения изделий национального ремесленничества в качестве современных туристических сувениров, поддержки творческого потенциала мастеров в регионах, а также создания компактных, качественных и доступных по цене сувенирных изделий для туристов. ☄️ Принять участие в конкурсе могут дизайнеры, художники, молодые творческие специалисты, а также ремесленники — члены Ассоциации «Хунарманд». Для участия необходимо пройти онлайн-регистрацию в установленном порядке. Каждый участник, признанный победителем, будет награждён денежным призом в размере 5 млн сум.   Ссылки для регистрации:   Для дизайнеров: https://forms.gle/ac9gqAeHZLKoHaRa8   Для ремесленников: https://forms.gle/MQ6XX6og9jjJVNKp7   ❗️Заявки принимаются:    для первого этапа — до 16 августа;  для второго этапа — до 20 сентября. Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn