ZAKOVAT 2026
Open in Telegram
Assalomu alaykum Zakovat 2026 kanaliga xush kelibsiz @Behruzbek_Usanov ning rasmiy kanali 📝Eng kuchli turnirlar !! 📖Zakovat savollar 🗝️Mantiqiy savollar🤔 🌐Qiziqarli savollar #YAKKALIK va #JAMOAVIY musobaqalar! REKLAMA uchun; #Pullik @Behruzbek_Usanov
Show more4 729
Subscribers
-324 hours
-287 days
-11330 days
Posts Archive
4 729
Savol:
1941-yil kuzida Toshkent Shimoliy vokzaliga front chizigʻidan tinimsiz odamlar va yaradorlar oqimi kela boshlaydi. Oʻlkashunos Rustam Xusanov oʻsha davrdagi tinimsiz, vahimali, ammo tizimli temir yoʻl harakatini tasvirlar ekan, Toshkent bejizga „Sanitariya IKSlari shahri“ deb atalmaganini taʼkidlaydi.
Savol: IKS oʻrnidagi unli harfdan boshlanuvchi oʻzbekcha boʻlmagan soʻzni yozib bering.
4 729
Javob: Jaloliddin Rumiy
Izoh: Gazeta.uz nashrining "Iroda" loyihasi doirasidagi maqola Jaloliddin Rumiyning mashhur "Ichindagi ichidadur" asari nomi bilan atalgan. Maqolada boʻyi 1 metr-u 18 santimetr boʻlgan Oʻgʻiloyning jismoniy cheklovlarni va ruhiy tushkunlikni oʻz ichidagi kuch va iroda orqali yengib oʻtgani hikoya qilinadi.
Manba:
Https://www.gazeta.uz/oz/2026/05/25/qamashilik-talaba-qiz/
4 729
Savol:
Savol matnida BOʻSHLIQ soʻzi bir xil harfdan boshlanuvchi ikki soʻz bilan almashtirilgan!
Gazeta.uz nashrida eʼlon qilingan qamashilik talaba qiz Oʻgʻiloy Mahmudovaning hayot yoʻli va kechinmalari haqidagi maqola BOʻSHLIQ deb nomlangan. Maqola muqaddimasida oʻzgarishlar doim insonning ichki dunyosidan boshlanishi taʼkidlanadi.
Savol: BOʻSHLIQ muallifini yozib bering.
4 729
Javob: Nafisa Mamadiyorova.
Qabul: Raʼno,"Tutash taqdirlar" serialidagi Ra'no, "Tutash taqdirlar" serialidagi raqqos qiz.
Izoh: Rejissyor Zamira Begimqulovaning „Tutash taqdirlar“ serialidagi bosh qahramonlardan biri — Raʼno roli haqida gap ketmoqda. Yosh aktrisa Nafisa Mamadiyorova boshida raqqosa qiz rolini oʻynashga ikkilanadi, biroq ustozi Zamira Begimqulovaning dalda beruvchi gaplaridan soʻng rozi boʻladi va tomoshabinlar mehrini qozonadi.
Manba:
https://daryo.uz/2021/10/271/tutash-taqdirlar-serialidagi-rano-obrazi-bilan-tomoshabinlar-mehrini-qozongan-aktrisa-hozir-qayerda-foto/?ysclid=mlhp7eyb3g708522218
4 729
Savol:
Bu savolga ta'riflovchi javoblar ham qabul qilinadi!
U oʻz ustozining „raqqosa qizning ichki kechinmalarini ochib berishing zarur, men seni yoningda boʻlaman“ degan soʻzlaridan keyin suratga tushishga rozi boʻladi.
Savol: 1986-yilda vodiyda tugʻilgan uning kimligini toping.
4 729
Javob: Rapunzel.
Izoh: „Puddocky“ ertagidagi motiv mashhur „Rapunzel“ ertagi syujeti bilan bir xil: u yerda ham ota homilador xotini uchun jodugarning bogʻidan oʻt oʻgʻirlaydi va buning evaziga tugʻilajak qizini jodugarga berishga majbur boʻladi. Vikipediyada ham ushbu ertaklar oʻzaro oʻxshash variant sifatida bir-biriga bogʻlangan.
Manba:
1. https://en.wikipedia.org/wiki/Puddocky
2. https://en.wikipedia.org/wiki/Rapunzel
4 729
Savol: Savol matnida bir soʻzdan harflar tushirib qoldirilgan!
Endryu Lang tomonidan tarjima qilingan „Puddocky“ ertagida bogʻ egasi aslida jodugar boʻlib chiqadi va oʻgʻrilik ustida qoʻlga tushgan er-xotindan yangi tugʻilgan qizni oʻziga berishni talab qiladi. Ushbu ertakka bagʻishlangan Wikipedia maqolasida unga ham havola berilgan.
Savol: Harflari tushirib qoldirilgan soʻzni asl holida yozib bering.
4 729
Javob: Nortoy.
Izoh: IKS — bu Duel. Qadimgi rus huquqida „Sud poedinki“ mavjud boʻlib, unda qurol turini tabaqaga qarab tanlashgan. Mashhur oʻzbek kinosi 1979-yilda suratga olingan „Chinor ostidagi duel“ filmida bosh qahramon Nortoy oʻz sevgilisi yoʻlida raqibi Hojimurodni duelga chorlamoqchi boʻladi.
4 729
Savol matnida IKS oʻzbekcha boʻlmagan soʻz bilan almashtirilgan!
Qadimgi Rus davlatida rasman ruxsat berilgan IKS turlarida oddiy xalq vakillari hatto oddiy tayoqlardan ham foydalanishlari mumkin boʻlgan.
Savol: Mashhur filmda IKSni amalga oshirmoqchi boʻlgan personaj ismini yozib bering.
4 729
Javob: Zaharlab oʻldirilgan.
Izoh: Saroy tarixchisi Hofiz Tanish Buxoriy 1589-yilda oilaviy nizo sabab oʻz xotini tomonidan zaharlab oʻldirilgan va asari chala qolgan. Abdulla Qodiriyning „Oʻtkan kunlar“ romanida ham Kumushbibi Zaynab tomonidan aynan zaharlab oʻldiriladi. https://xabar.uz/uz/jamiyat/sirli-otmish-oz-xotini-tomonidan-zaharl?ysclid=mr8v9r9aea169574304
4 729
Savol: Oilaviy nizo sababli Hofiz Tanish Buxoriy oʻzining mashhur „Sharafnomai shohiy“ asarini oxiriga yetkaza olmagan. Chunki 1589-yilda Hofiz Tanish BOʻSHLIQ. Mashhur oʻzbek asarlaridan birida ham bosh qahramonlardan biri aynan BOʻSHLIQ.
Savol: BOʻSHLIQ oʻrnidagi ikki soʻzni yozib bering.
4 729
Javob: Goʻrkov.
Izoh: Gap yozuvchi Nodir Normatovning „Guldurak dashtlarida“ hikoyasi haqida ketmoqda. Odamlar oʻlim xabarchisi va qabr qazuvchi boʻlgani uchun goʻrkovni koʻp ham xush koʻrishmaydi. Ammo u uzoq yillar davomida yer qazigani va qayerdan qanday qadimiy qabr yoki ashyolar chiqishini yaxshi bilgani uchun arxeologlar aynan u bilan doʻstlashib olishadi.
4 729
Savol: Nodir Normatovning hikoyalaridan birida aholi kasbi U boʻlgan personajni unchalik xushlamasada, hududga kelgan arxeologlar aynan u bilan juda yaqin munosabatda boʻlishadi.
Savol: Qaysi kasb ekanligini toping.
