en
Feedback
Malik’s Thoughts

Malik’s Thoughts

Open in Telegram

Bu kanalda Malik Abdulloh o’zi qiziqqan mavzularda postlar qiladi. Mamasoliev@gmx.de

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
557
Subscribers
No data24 hours
-47 days
-1430 days
Posts Archive
📖As a Man Thinketh. 3/50. 1900 yil boshlarida chop etilgan James Allenning kitobi. 134 betdan iborat va 2 soatda bemalol o'qib-tugatib qo'ysa bo'ladigan kitob bo'lib chiqdi. Tavsiya Bek Olmjonning bir videosi bo'ldi. Kitobning asosiy menga bergan mazmuni, bizning kundalik o'y fikrlarimiz yashayotgan hayotimizning quruvchisi ekanligi bo'ldi. Ya'ni har soniyada o'ylayotgan har bir hayolimiz, bizni o'zimizni oldimizga qo'ygan har bir maqsad va hohishlarimiz tomon yoki olib boradi yoki uzoqlashtiradi. Aynan, shu o'y-hayollar bizni hayotdagi o'rnimiz, atrofimizda vaziyat, kundalik yumushimizning maz'muni va uni qanday qilishimizni o'zagi bo'lar ekan. Fikrlarimizni o'zimiz sog'lom nazorat qila olishimiz bizni yutuqlarga, xotirjamlikka va hatto baxtga erishishimizga yordam beradi. Yana, aynan doimiy negativ fikrlash ham o'z o'rnida baxtsiz hayot tarzi, shovqinlarga to'la mazmunsiz turmush va hayotimizning har jabhasidagi halokatimizga sababchi ham bo'lar ekan. Kitobda bir ibora bor, “As a man thinketh in his heart, so is he,” ya'ni inson qalbida qanday o'ylasa, u shundaydir. Bizning qanday fiklashimiz nafaqat bizni kim ekanligimizni shakllantiradi, balki hayotimizdagi har jabhasidagi holatimizga ham ta'sitr qiladi. Bu narsa urug' sifatida misol keltiradi, ya'ni urug'siz gul o'sib chiqmagandak, inson yaxshilik haqida o'ylamasa u hech qachon bir yaxshi ishga qo'l urmaydi. Undan tashqari o'sha g'oya ustida doimiy ishlashgina, uni hayot tarzimizning bir qismiga olib kiradi. Misol tariqasida, aytaylik siz Germaniyada shifokor bo'moqchisiz, dastlab sizda albatta g'oya bo'lishi kerak. Keyin o'sha g'oya ustida doimiy ishlash kerak, aytaylik til o'rganish. Ana endi nemis tilida ma'lumot olishni boshlaganingizda keyin, qo'lizga nemischa tibbiy kitoblarni olishingiz kerak. Bu narsa yillar mobaynida odatga keyin esa hayot tarziga aylanishi kerak. Yillar o'tib esa siz o'sha shifokorga aylanasiz. Lekin hammasi, o'sha yagona ''urug'" - Germaniyaga ketib shifokor bo'lish bilab boshlandi. Ya'na bir narsa borki, u urug'ni ekanndan keyin sug'orish, qancha ko'p o'g'it va quyosh nurini berish esa sizni qo'lingizda bo'ladi. Kitobda asosan shu turdagi sodda va fundamental bilimlar berilgan. Aynan, shu taraflama menga u yoqdi desam bo'ladi. Sababi, bu ma'lumot va chala motivatsiaya to'la zamonda, haqiqiy, motivatsiyaning fundamental bilimini o'rganish bo'ldi. Endi olinayotgan har bir ma'lumotim, shu kitob asnosida olgan fundamental elakimdan o'tkazib ongimda analiz qila olaman.
Kitob ingliz tilida, pdf holatida 5 sekundda internetda tekinga topa olasiz, youtubeda online audioversiyalari ham bor. Mobodo Ingiliz tilini kitob o'qib tushuna ola-olmaydigan darjada ham bilmasangiz, balki birinchi urug' siz uchun uni o'rganish bo'lar.
stay hard 13.09.2026 Mannheim

Some people have no idea of the time required to be a champion! They have the math all wrong. If you are fighting for 15 minu
Some people have no idea of the time required to be a champion! They have the math all wrong. If you are fighting for 15 minutes, you have to put in thousands of hours in training, practicing, studying the craft and your opponent, etc. And this applies to any sport, school,or job. The one thing that most people forget is that you are mostly training for what happens during that timeframe. You are training for the multiple setbacks and unexpected blows that will happen. Training the mind requires countless hours. You need to find those things that put your mind in the hurt locker. You have to be willing to push yourself to the limit and once you reach that limit, that is when your training begins. Some of you don't know about this but if you have ever put yourself in the hurt locker, you understand the mental benefits of it. There is not much self-knowledge found outside of suffering! Stay hard!

photo content

🪜Imtihondan yiqildim. 24-iyun kuni men Germaniyada tibbiy bilimimni tan oldirishga mo'ljallangan imtihon(Kenntnissprüfung)dan o'ta olmadim. Birinchi urunish - failed. Yiqilishimga eng alamli qiladigan sabablar - na bilimdagi, na tilimdagi kamchiliklar bo'ldi. Ular, subektiv va obektiv bo'ldi. Subektiv sabalarini gapirishimdan foyda yo'q, o'zim uchun olib qo'ydim. Men tomonimdan bo'lgan sababi haqida to'xtalmoqchiman. Imtihondan oldingi davr paytida, o'zimga haddan tashqari ishonch shakllanayotgan edi. Shu tariqa bilimimga, intelektual kuchimga, til salohiyatimga ishonchim o'ta yuqori bo'lib ketgandi. Lekin, men payqamagan yana bir xislat - arrogance ham orada shakllanib qolgan edi ekan. Ishxonada, uyda, ko'chada, guruhlardagi simulyatsilardagi sheriklar, bu yerdagi hamyurtlar bilan uchrashuvlarda ham o'zim payqamagan holatda, o'ta tez reaksiya beradigan va gapni oxirigacha eshitishni xoxlamay qo'ygan edim. O'rtada ayolim eslatdi, Javohir eslatdi e'tibor qaratmadim. "I thought it was a part of winning." Imtihonda esa menga aytilgan asosiy kritika esa aynan shu bo'ldi. „Sie hören sich die Frage nicht bis zum Ende an.“ tarjimasi, "Siz bizni oxirigacha eshitmayabsiz." then i got humbled... Oradan 3 hafta o'tdi, tushunarsiz o'ylar, javobsiz savollar, uyqusiz tunlaru, achchiq self talk. Bu tuyg'uni oxirgi 2016 yilda xis qilgan ekanman. Ko'p tanlovlar bor, lekin hammasi ham haqiqiy yechim emas. Feeling sorry for myself is no option anymore. Endi nima? Davom etamiz, kamchiliklarni to'ldirmiz, shakllanayotgan mentalityni yanada ehtiyotkorona quramiz. Bizni yaqindan biladigan insonlarning kritikalarini tinglaymiz. Insecuritylarga yanada jiddiyroq yondashamiz. Haqiqiy rejalarni tuzuvchiga yanada yaqinroq bo'lamiz.
Mannheim, 16.07.2026
stay hard

photo content

🥇 🎭

photo content

Boshladik...

🎥 GerMANIYA. (online Podcast) To'rtinchi suhbat: MFA yo'li. Germaniyaga kelishning eng mashxur yo'li haqida gaplashamiz. 14-
🎥 GerMANIYA. (online Podcast) To'rtinchi suhbat: MFA yo'li. Germaniyaga kelishning eng mashxur yo'li haqida gaplashamiz. 14-may, Payshanba kuni, Soat 20:00da. Suhbat davomida Abdulloh va men o'zim yurib o'tgan yo'llar va tajribalar bilan bo'lishamiz. Foydali bo'ladi, hudo xohlasa. ✈️ Ovozli chat: @JackHobbs 〰️ Jonli efir: INSTAGRAM

🪵O’zinga ishonch haqida O‘ziga ishonchni ikki xil turi bo‘ladi: 1. After school special believe. 2. Built Believe. 1. “After school special belief” – tashqi manbalardan keladigan ishonch. O‘qituvchi, ota-ona: “Sen zo‘rsan” deyishadi, doimo qo‘llab-quvvatlaydi. Har qanday vaziyatda orqangda turib „sen uddalaysan“ deb dalda, ishonch berib turishadi. 2. “Built belief” – inson o‘zi qurgan haqiqiy ishonch. Qiyin vaziyatdan o‘tasiz, qo‘rqib turib ham harakat qilasiz, har kungi intizom. Shu orqali yanada qiyin va murakkab ishlarni inson qila boshlaydi. Miyada qaytariladigan asosiy gap,- “men qiyin narsani qila olaman. Chunki oldin ham qilganman.” bo‘ladi. Afsuski birinchi turdagi ishonch ko‘pchilikka berilmaydi yoki shakllantirilmaydi(sabablari ko‘p, bu haqida keyinroq). Ikkinchi ishonchni shakllantirish uchun esa biz inson sifatida juda ko‘p qiyinchilik va mashaqqatlarni yengib o‘tishimiz, o‘zimizga o’zimiz kecha bergan va‘dalarimizni bajarishimiz, yiqilgandan keyin o‘zimizni qayta turgiza olishimiz va eng asosiysi shu jarayonda bizga ishonchizlik bildirayotkan va bu yo’lda chalg‘itayotgan inson/hayollar/nafs/vaziyat/sharoitga yo‘limdan qoch(f* you)deya olishimiz kerak bo‘ladi. Xullas, men Februar oyida shu yo‘lda 27 soat vaqtimni Sport bilan o‘tkazdim. Reja oson bo‘ldi: Lift More Than Runners, Run More Than Lifters. stay hard Mannheim, 02.03.26

Avtomoshinam ko’chadagi chang bilan kir va iflos! Uni suv bilan yuvaman va tozalayman. Meni qalbim nafsimning hohshi bilan ifloslangan? Allohning rahmi va kechiruvi qalbimni suv kabi tozalaydi. Bu ruhimiz uchun iloj. Qalbimiz poklangunicha buni yaratgandan so‘raymiz. Bu bir necha kun, hafta, oy davom etadi. Biz qo‘ldan kelgancha so‘raymiz va harakat qilamiz. Va bu so‘raladigan kunlarning eng afzallari oldimizda. Ramazon muborak! stay hard Mannheim, 18.02.26

🪧Starting from the bottom Kecha Germaniyaga qadam bosganimga roppa rosa 18 oy bo‘ldi. Shundoq o‘tirib, oyoqni yozib, o‘tkan bu umrimga nazar solarkanman endi bu dunyoga qarash bir-yarim yil oldingidan ancha farq qilayotganini anglamoqdaman. Xo‘sh nimalar o‘zgardi? Nimalarni uddasidan chiqdim/chiqmoqdaman? Nimalarni yo‘qotdim yoki yo‘qotmaqdaman? Qanday xatolar bo‘ldi? Yutuqlarchi? Balki afsuslar bordir?! Aynan lekin men bu yerlarda yurib anglagan asosiy narsa bu o’zligim bo’ldi. Yes my friend men o‘zimni 27 yoshimda, yelkamda alohida oila maasuliyati, 3,5 yosh qizimga otalik, murakkab kariera boshlash oldida, vatandagi ko‘pchilikni umidi bo‘lib turgan holatimda endigina topdim. O‘tkan umrning aksar qismi soxtalikda o‘tkanligini, kimnidir meni judge qilishidan cho‘chib yashaganligimni, qandaydir shaxsga yoqish uchun qilingan mulozamatlaru, o‘zimga yoqmasa ham qandaydir qoliplarga tushganligimni tushundim. Yana shuni tushindimki, o‘sha meni judge qiladigan odamlar hech qanaqasiga meni judge qiladigan darajada emasligini angladim. Ularning mendanda yaxshiroq qila olgan narsasi mendan o’tkan ikkiyuzlamachi bo‘lganliklari ekanligini angladim. Bu balki Egoni ham shakllanishidir. Agar bu ego bo‘lsa, bildimki egoistik fikrlash va avvalo o’zini birinchi o’ylash yaxshi fazilat.
Bu yo‘l yangi, aytiladigan gaplar ko’p, hali yechilmagan masalalar bor.
stay hard Mannheim 9.12.2025

​♣️ Tabrik. Men do‘stlarim haqida faxr bilan ayta oladigan bir nechta jumlalar: - Menda shunday do‘stlar borki, ularga men bilan do‘st bo‘lish o‘zlari uchun zararga ishlasa ham men uchun turib berishadigan. - Ular yana shunday do‘stlarki, qay biri bilan bo‘lmay, ularni oldida men „blatnoy uka“ni yoqib oladigan. - Ular yana shunaqaki, ular menga o‘zimdanda ko‘proq ishonishadi. Ba‘zan o‘zlaridanda ko‘proq. - Yana ular shundayki, hayot yo‘limni har xil nuqtalarida suyanchiq bo‘lib kelishayapti. Bugun o‘sha do‘stlarimning birining hayotidagi muhim kun. Nikoh to‘yi. O‘ziga mendanda yaqinroq do‘sti bilan birlashadigan kun. Javohir. G’irt Realist. Mega Supportive do‘st. Yaqinlari uchun jonini beruvchi inson. Oilasida „Cycle Breaker“. Germaniyaga kelganimdan beri men uchun „Trailblazer“ bo’lib kelayotganlardan biri. Do‘stim, to‘yizda yonizda tura olmadim, sahnada so’zga chiqib tilak bildira olmadim. Shu yerda yozib qoldiraman tilaklarimni. Sizga bugungi kundan boshlanadigan keyingi hayot yo‘llarizda o‘ziz reja qilganizdanda ko‘proq saodat tilayman. Yoningizda insonlar uchun suyanadigan ustun bo‘lib yurishda tolmang.
04.12.25 Mannheim.

🪾Yaxshi odamlar Qaysidir kuni ijtimoiy tarmoqda bir postga ko‘zim tushdi: „Hozirgi paytda jamiyat yaxshi odamlarni qadrlash o‘rniga, aksincha ulardan foydalanadigan bo‘lib qolgan“. Men bu fikrni to‘g‘ri deb hisoblayman. Inson hamma uchun qancha ochiq ko’ngil va xojantmand bo‘lsa, shuncha undan o‘z foydasi uchun foydalanadiganlar topiladi. Masalani ikkinchi tomoni, bunday toifadagi odamlarni ko‘pchiligi bu holatni biladi va bunga ko‘z yumadi. Sababi ular, munosabat va rishtalarini saqlab qolishni, qanaqadir dramalar paydo qilmaslikni va asosiysi o‘zlarini ichki hotirjamliklarini shu orqali saqlashni tanlashadi. Yana bir jihati shuki, aynan o‘sha insonlar siz bilan biz yashayotgan jamiyatlarning ma‘naviy hamda ruhiy ustunlaridir.✨
P.S: 1 oydan so‘ng nafaqaga chiqadigan nemis hamkasabam bilan qurilgan uzoq suhbat va o‘z kuzatuvlarim post bo‘lganda.
26.11.2025 Mannheim

"Anywhere I lack, I will improve because I exist and I am willing." - David Goggins
"Anywhere I lack, I will improve because I exist and I am willing."
- David Goggins

🖇️Intizom shakllantirayappan. Intizom bir katta lahzada emas, balki kichik takrorlar orqali shakllanadi. Odatlar unique va qiyin bo‘lgani uchun emas, balki takror-takror qayta qilingani uchun mustahkamlanadi. Miya bir marta his qilgan narsasiga emas, odatiy ravishda qilib isbotlangan natija va shu orqali qilingan buyruqga itoat qiladi.
1-Post lekin 1-kun emas.

🍂Asarga mos ashula ham topildi: Konsta - Nomsiz tuyg‘u.

📖Reading 50 Ikkinchi kitob: „Oydin tunlar“-Feodor Dostoyevskiy. Voqealar markazida Peterburgning hamma bilar, borgisi kelar “oydin tunlar”i. Ya’ni bu shunday tunlarki juda kam soat qorong’u bo’ladi. Tun ham yorqinlikdan iborat. Yolg’izlikdan aziyat chekar, xayolparast, ko’chalarni xayol surgancha aylanadigan bir yigit. Ismi noma’lum. Va albattaki hamma bilar Nastenka. Ha, u aynan Nastenka. Qissa bir qarashda ko’z yoshlarga, kutilishlarga to’ladek ko’rinsada, ammo tub zaminida umid, insoniy tuyg’ularning nozik tomonlari, yolg’izlik yotadi. Bu kitob Dostoyevskiy kitoblari ichida o‘qigan birinchi kitobim. Balki nemis tilida o‘qanim uchunmi yoki xissiyotlar 19 asrnikidan farq qilganidanmi, kitob ta‘sirli bo‘lib chiqmadi. Balki bu asarni ruhini, aynan o‘z sevgisiga yetolmaganlar anglab yetar. Ha mayli, shunga qaramay quyida kitobdan olingan mazmunli jumlalarni qoldirman: - Ko‘chalarda sandiroqlab yurarkanman, mutlaqo notanish yo‘lovchilarni kuzatishni, ularning yuzlarini o‘rganishni va kimligini, qanday yashashini, nima bilan shug‘ullanishini, ayni damda ularni nima qiziqtirayotganini bilishni yaxshi ko‘raman. - Koʻkda yulduzlar charaqlab turar, osmon shunchalik yorugʻ ediki, unga qarab, beixtiyor oʻzingdan-oʻzing: nahotki shunday osmon ostida ham serjahl va tajang odamlar yashasa, deb soʻraging keladi. - Bu nihoyasiz orzular olamida qandaydir umid uchquni borligiga ishonging keladi. Mannheim 4.10.2025

Ovropa xalqi osmonda uchar ekan, bizda soch va soqol nizolari. Ovropaliklar suv ostida suzar ekan-bizda uzun va yoki qisqa kiyim janjallari. Ovropa shaxarlari butun elektrik bilan isitilur va yoritilur ekan bizda - maktablarda jo'g'rofiya va tabiotni o'qitish va o'qitmaslik ixtiloflari davom etadi... MUNAVVARQORI ABDURASHIDXONOV. 1923 yil "TURKISTON" gazetasidagi maqolasidan.