BO'STONLIQ TUMANI KЕNGASHI
Open in Telegram
506
Subscribers
-224 hours
-197 days
-16230 days
Posts Archive
+2
Aholining chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha murojaatlari hal etildi
🟢Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabdullayev tashabbusi bilan aholining maishiy chiqindilarini olib chiqib ketish xizmati sifati bo‘yicha bildirilgan murojaatlari hal etildi.
🟢Murojaatlarda ayrim hududlarda to‘planib qolgan maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, shuningdek, yo‘l bo‘ylarida yig‘ilib qolgan chiqindilarni tozalash zarurligi bildirilgan edi. Mazkur murojaatlar deputat tomonidan nazoratga olinib, chiqindi tashish xizmati mas’ullari bilan hamkorlikda amaliy ishlar tashkil etildi. Natijada hududlarda to‘planib qolgan maishiy chiqindilar to‘liq tozalandi va belgilangan joylardan olib chiqib ketildi.
🟢 bilan birga, aholining murojaatlarida ko‘tarilgan masalalardan biri bo‘lgan avtomobil yo‘llari bo‘ylaridagi chiqindilar ham maxsus texnikalar yordamida yig‘ishtirilib, hudud sanitar holati yaxshilandi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida aholi yashash hududlari va yo‘l bo‘ylarida tozalik va obodonlik ta’minlanib, chiqindilarning to‘planib qolishi bilan bog‘liq muammolar bartaraf etildi.
🟢Aholi uchun qulay va sanitar jihatdan sog‘lom muhit yaratish, hududlarning tozaligini ta’minlash hamda chiqindi tashish xizmati sifatini yanada oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilishi belgilandi.
Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin:
📱 Telegram 📱 Website 📱 Facebook 📱 Youtube 📱 Instagram
+5
🇺🇿Qonun ijrosi o‘rganildi
🔻Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat E.Soliyevga biriktirilgan kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida o‘rganildi.
🔻O‘rganish davomida tumanda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlash, ularni tegishli tartibda vasiylik va homiylikka olish, bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga munosib sharoit yaratish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Markaz shu’ba mudiri B.Miraxmetovning ma’lum qilishicha, ayni vaqtda tumanda jami 270 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idagi bolalar mavjud bo‘lib, ularning ijtimoiy holatidan kelib chiqib turli shakldagi parvarish va hamrohlik xizmatlari bilan qamrab olingan. Jumladan: 142 nafar bola vasiylikda; 113 nafar bola homiylikda; 9 nafar bola patronat tarbiyasida; 6 nafar bola hamrohlik xizmatida; 1 nafar bola oilaviy bolalar uyida tarbiyalanmoqda.🔻O‘rganish jarayonida mazkur toifadagi bolalarning ijtimoiy himoyasi, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning manzilliligi va ularning ehtiyojlarini inobatga olgan holda ish tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Vasiylik va homiylikda bo‘lgan bolalarning ta’lim olishi, sog‘lig‘ini saqlash, ijtimoiy moslashuvi va kelajakda mustaqil hayotga tayyorlanishi bilan bog‘liq masalalar doimiy e’tiborda bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi. 🔻O‘rganish yakunida mas’ullarga yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar bilan ishlashda manzillilik va tizimlilikni ta’minlash, ularning ijtimoiy himoyasi bilan bog‘liq masalalarni doimiy nazoratda ushlash yuzasidan tavsiyalar berildi. Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin: 📱Telegram 📱Website 📱Facebook 📱Youtube 📱Instagram
+2
Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sifati o‘rganildi
🔺Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat S.Ramatjonov tomonidan tuman markazining ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha manzilli ro‘yxatga asosan amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.
🔺O‘rganish davomida ichki yo‘llarning amaldagi holati, belgilangan manzillar bo‘yicha ta’mirlash ishlarining bajarilishi, yo‘l qoplamalarining sifati hamda rejalashtirilgan ishlarning ijrosiga e’tibor qaratildi. Tuman markazida aholi va transport vositalari harakati uchun qulay sharoit yaratish, ichki ko‘chalarning holatini yaxshilash hamda ta’mirtalab yo‘llarni bosqichma-bosqich tartibga keltirish maqsadida manzilli dastur asosida bir qator ishlar amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi.
🔵Deputatlik o‘rganishi jarayonida ayrim ko‘chalarda rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlangani, yo‘l qoplamalari tartibga keltirilgani ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, ayrim ko‘chalarda ta’mirlash ishlari hali davom etayotgani va belgilangan ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilangani qayd etildi.
🔵Tuman markazida ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha deputatlik o‘rganishlari davom ettirilishi, ta’mirlash ishlarining belgilangan tartibda va sifatli yakunlanishi yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda nazorat olib borilishi belgilandi.
Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin:
📱Telegram 📱Website 📱Facebook 📱Youtube 📱Instagram
+1
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
🟢Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasida saylangan deputat M.Aynashova tomonidan tumanning “Pargos” mahallasiga biriktirilgan yoshlar yetakchisi B.Amantayevning yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va daromadli mehnatga jalb etish borasidagi ishlari o‘rganildi.
🟢O‘rganish jarayonida mahallada istiqomat qiluvchi yoshlar bilan ishlash holati, ayniqsa, ishsiz va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan yoshlarni aniqlash, ularning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.
🟢Yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida ular bilan yakka tartibda ishlash, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berish, kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lgan yoshlarni tegishli o‘quv kurslariga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilayotgani ko‘rib chiqildi.
🟢O‘rganish yakunida yoshlar yetakchisiga yoshlar bilan manzilli ishlashni yanada kuchaytirish, ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash hamda har bir amalga oshirilgan ishning natijadorligini tahlil qilib borish yuzasidan tavsiyalar berildi.
+4
Oilaviy shifokorlik punktida dorilar zaxirasi va xizmat sifati o‘rganildi
🔻Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat T.Mirsidiqov tomonidan aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatuvchi tumanning “Xumson” mahallasida joylashgan oilaviy shifokorlik punkti faoliyati o‘rganildi.
🔻O‘rganish davomida tibbiy muassasada mavjud dori vositalari zaxirasi ko‘zdan kechirilib, ularning saqlanishi, mavjudligi hamda aholi ehtiyojidan kelib chiqib ta’minlanganlik holati o‘rganildi. Dori vositalari bilan ta’minlashda uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik, mavjud zaxiralarni muntazam nazorat qilib borish va ehtiyoj yuqori bo‘lgan preparatlar bo‘yicha o‘z vaqtida chora ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.
🔻Deputat tomonidan tibbiy xodimlar bilan suhbatlashilib, aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatish, bemorlarning murojaatlariga e’tiborli munosabatda bo‘lish, profilaktik tibbiy ko‘riklarni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Ayniqsa, oilaviy shifokorlik punkti aholiga eng yaqin tibbiy muassasa sifatida faoliyat yuritishi inobatga olinib, bu yerda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va aholining tibbiy xizmatdan qoniqish darajasini muntazam o‘rganib borish zarurligi qayd etildi.
🔻O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli tavsiyalar berildi. Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, dori vositalari zaxirasini yetarli darajada saqlash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilishi belgilandi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida kuzatib borilishi, aholi murojaatlari va fikr-mulohazalari asosida tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish choralari ko‘rilishi belgilandi.
Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin:
📱Telegram 📱Website 📱Facebook 📱Youtube 📱Instagram
+1
Deputat fuqarolar qabulini o‘tkazdi
🔺Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Kamalov tomonidan tumanning “Barraj” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar qаbuli o‘tkazildi.
🔺Qabul davomida ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar o‘zlarining mavjud ehtiyojlari, moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha murojaat qilib, amaldagi imkoniyatlar doirasida ko‘mak ko‘rsatish masalasini ko‘tardilar. Deputat har bir murojaatni alohida tinglab, fuqarolarga mavjud ijtimoiy ko‘mak turlari va murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi bo‘yicha tushuntirishlar berdi.
🔺Shuningdek, aholi tomonidan hududlarda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, xizmat ko‘rsatish sifati va belgilangan grafikka rioya etilishi bilan bog‘liq masalalar ham ko‘tarildi. Murojaatlarda chiqindilarning o‘z vaqtida olib chiqib ketilishi aholining sanitariya va ekologik sharoitini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
🔺Deputat tomonidan bildirilgan murojaatlar mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda o‘rganilishi, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi yuzasidan mas’ullarga tavsiyalar berildi.
Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin:
📱Telegram 📱Website 📱Facebook 📱Youtube 📱Instagram
⁉️YETTINCHI CHAQIRIQ XALQ DEPUTATLARI BO‘STONLIQ TUMANI KENGASHINING O‘TTIZ SAKKIZINCHI SESSIYASI CHAQIRILDI
🔈2026-yil 8-sentyabr kuni Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi masofaviy shaklda bo‘lib o‘tadi.
🔺Sessiya kun tartibida quyidagi masala koʻrib chiqiladi:
✅Bo‘stonliq tumanida 2026-yil ikkinchi mavsum “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lgan takliflarga “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dan mablag‘lar ajratish to‘g‘risida tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻining hisoboti tinglanadi;
✅Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2023-yil 20-iyuldagi “Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputatlarining Odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VI-89-88-10-136-K/23-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish haqidagi masala muhokama qilinadi.
▶️Sessiya YouTube tarmogʻi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.
+1
Mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
🔻Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Kulbayev tomonidan tumanning “Dumaloq” mahallasiga biriktirilgan ijtimoiy xodim D.Yusupovaning faoliyati, xususan, nogironligi bo‘lgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirayotgan ishlari o‘rganildi.
🔻O‘rganish davomida mahallada ijtimoiy ko‘makka ehtiyoji bo‘lgan fuqarolarni aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib manzilli yordam ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, nogironligi bo‘lgan fuqarolar, yolg‘iz keksalar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar hamda turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan oilalar bilan ishlash, ularning ehtiyojlarini o‘rganish va tegishli ijtimoiy xizmatlarga yo‘naltirish holati ko‘rib chiqildi.
🔻Deputat tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj har bir fuqaroning murojaati va muammosiga individual yondashish, ularning ehtiyojlarini muntazam o‘rganib borish hamda mavjud ijtimoiy xizmatlardan samarali foydalanish zarurligi qayd etilib, fuqarolarga ijtimoiy xizmatlar, mavjud imtiyoz va imkoniyatlar haqida to‘liq ma’lumot berish, zarur hollarda tibbiy, huquqiy, psixologik va boshqa ko‘mak turlarini olish uchun tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin:
📱 Telegram 📱 Website 📱 Facebook 📱 Youtube 📱 Instagram
+3
Fuqaroning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
🔺O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq tumanning “Navro‘z” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning murojaati xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi raisi O.Babayev, deputat M.Ashurov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔺Murojaatda mahalla hududidan oqib o‘tuvchi kanalning holati, uni tartibga keltirish, tozalash va obodonlashtirish zarurligi bildirilgan. O‘rganish jarayonida kanalning mavjud holati joyida ko‘zdan kechirilib, uning atrofidagi hudud, o‘zanning tozaligi, chiqindilardan tozalash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish zarurati o‘rganildi.
Fuqaroning ta’kidlashicha, kanal va uning atrofini muntazam ravishda tozalash, hududni obodonlashtirish hamda kanalning normal holatda saqlanishini ta’minlash mahalla aholisi uchun muhim masalalardan biri hisoblanadi. Kanal atrofida tartib o‘rnatilishi nafaqat hududning tashqi ko‘rinishini yaxshilaydi, balki sanitariya va ekologik holatni saqlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.🔺Deputatlar tomonidan murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish zarurligi qayd etildi. Xususan, kanalni tozalash, tartibga keltirish va obodonlashtirish bilan bog‘liq masalani hal etish maqsadida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasiga deputat so‘rovi yuborilishi belgilab olindi. Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin: 📱 Telegram 📱 Website 📱 Facebook 📱 Youtube 📱 Instagram
+2
Markaziy dehqon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rganildi
🔻Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Azmetov tomonidan tuman markaziy dehqon bozorida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanish holati, bozordagi narx-navo barqarorligi hamda iste’molchilar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish maqsadida markaziy dehqon bozorida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔻O‘rganish davomida bozorda aholi kundalik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining mavjudligi va ularning amaldagi chakana narxlari ko‘zdan kechirildi. Jumladan, un, guruch, shakar, o‘simlik yog‘i, go‘sht, tuxum, kartoshka, piyoz, sabzi, boshqa sabzavot va poliz mahsulotlari kabi asosiy iste’mol mahsulotlarining narxlari o‘rganilib, sotuvchilar hamda xaridorlar bilan suhbatlar o‘tkazildi.
🔻Muloqotlar davomida mahsulotlarning narxiga ta’sir ko‘rsatayotgan omillar, bozordagi talab va taklif, mahsulotlarning mavjudligi hamda aholi xarid qobiliyati bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi. Shuningdek, savdo nuqtalarida mahsulotlarning belgilangan tartibda va iste’molchilar uchun qulay sharoitlarda sotilishi, savdo jarayonlarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holati ham ko‘zdan kechirildi.
🔻O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar tahlil qilinib, aholi manfaatlaridan kelib chiqqan holda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining asossiz oshishiga yo‘l qo‘ymaslik, mahsulotlar sifatini nazorat qilish va iste’molchilar uchun munosib sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin:
📱 Telegram 📱 Website 📱 Facebook 📱 Youtube 📱 Instagram
+1
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
🔺Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabdullayev tomonidan tumanning “Besh-tut” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
🔺Qabul fuqarolar tomonidan mahallada bolalar uchun zamonaviy va xavfsiz bolalar maydonchalarini barpo etish masalasi ko‘tarildi. Fuqarolar mahallada bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, sport va turli harakatli o‘yinlar bilan shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlarni yaratish muhimligini ta’kidladilar. Mazkur masala yuzasidan mahallaning mavjud imkoniyatlari, aholi ehtiyoji va bolalar maydonchasini tashkil etish uchun munosib joylarni aniqlash, shuningdek, zarur infratuzilmani shakllantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
🔺Shuningdek, fuqarolar tomonidan maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish bilan bog‘liq masala ham ko‘tarildi. Aholi ayrim hududlarda chiqindilar belgilangan grafik asosida olib chiqilmayotgani, bu esa hududning sanitariya holati va obodonligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini bildirdi. Chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati sifatini yaxshilash, maxsus transport vositalarining belgilangan grafik asosida harakatlanishini ta’minlash hamda aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish muhimligi qayd etildi.
🔺Qabul davomida bildirilgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan nazoratga olindi. Mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning ijobiy hal etilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin:
📱 Telegram 📱 Website 📱 Facebook 📱 Youtube 📱 Instagram
+5
Istirohat bog‘i o‘rganildi
🟢Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Mannobov tomonidan tuman markazida barpo etilayotgan istirohat bog‘ining qurilish ishlari o‘rganildi
🟢O‘rganish davomida bog‘ hududida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining borishi, obyektlarning tayyorgarlik darajasi, hududni obodonlashtirish va aholi uchun zamonaviy dam olish sharoitlarini yaratish bo‘yicha bajarilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi.
🟢Ayni paytda istirohat bog‘ida hududni yanada ko‘rkamlashtirish maqsadida ko‘kalamzorlashtirish, darvozalar hamda mavjud obyektlarni bo‘yoqlash kabi ishlar davom ettirilmoqda. Bog‘ning turli qismlarida obodonlashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilib, hududning umumiy qiyofasini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🟢Shuningdek, avval amalga oshirilgan ishlar bilan birgalikda bog‘ hududini yaxlit va zamonaviy ko‘rinishga keltirish, aholi uchun qulay piyoda yo‘laklarini shakllantirish, yashil hududlarni kengaytirish hamda dam olish uchun munosib muhit yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
🟢Bog‘ning aholi gavjum dam olish maskani ekanidan kelib chiqib, qurilish jarayonida xavfsizlik talablariga rioya etish, hududni toza va tartibli saqlash, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini sifatli amalga oshirish hamda yaratilgan infratuzilmani keyinchalik saqlash va parvarish qilish muhimligi qayd etildi.
Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin:
📱 Telegram 📱 Website 📱 Facebook 📱 Youtube 📱 Instagram
+2
Mukammal ta’mirdan chiqarilgan maktab filialida
🔺Bo‘stonliq tumanining “Xumson” mahallasida 19-sonli umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinflarga mo‘ljallangan filiali homiylik mablag‘lari hisobidan mukammal ta’mirdan chiqarildi. Zamonaviy qiyofa kasb etgan ta’lim maskanida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
🔺Tadbirda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati – tuman hokimi J.Axmedov ishtirok etib, yangi filialda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Yangi o‘quv maskanining foydalanishga topshirilishi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim olishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishi, o‘quv jarayonini yanada samarali tashkil etishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
🔺Ochilish tadbirida so‘zga chiqqanlar yurtimizda ta’lim sohasiga, ayniqsa, yosh avlodning sifatli bilim olishi uchun munosib sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotganini qayd etdilar. Ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy o‘quv xonalarini tashkil etish va bolalar uchun qulay muhit yaratish kelajak avlod kamoloti uchun muhim omil ekani ta’kidlandi.
🔺Tadbirda ayniqsa 1-sinfga qadam qo‘yayotgan o‘quvchilar uchun unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi. Yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyatda boshlayotgan 1-sinf o‘quvchilariga an’anaga muvofiq Prezident sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, tadbir doirasida ta’lim muassasasiga ko‘mak ko‘rsatgan homiylar tomonidan ham birinchi sinf o‘quvchilariga esdalik sovg‘alari berildi. Bu esa bolajonlarga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, ularning maktab hayotiga ilk qadamlarini quvonchli xotiralarga boyitdi.
Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin:
📱 Telegram 📱 Website 📱 Facebook 📱 Youtube 📱 Instagram
+4
Aholining jamoaviy murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
🟢O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq tumanning “S.Raximov” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning jamoaviy murojaati xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi raisi O.Babayev, deputat M.Ashurov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🟢Murojaatda fuqarolar tomonidan hududda chiqindi tashish xizmati belgilangan tartibda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa-da, tasdiqlangan grafikka har doim ham rioya etilmayotgani, natijada chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqib ketilmay, to‘planib qolishi yuzasidan norozilik bildirilgan.
🟢Deputatlar joyiga chiqqan holda vaziyatni o‘rganib, aholi vakillari bilan muloqot qildilar. Suhbat davomida fuqarolarning chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, xizmat ko‘rsatish sifati va belgilangan grafikka amal qilinishi bilan bog‘liq fikr va e’tirozlari tinglandi.
🟢Murojaat yuzasidan chiqindi tashish xizmati ko‘rsatuvchi “Rahnamo Servis” MChJ mas’uli bilan ham muloqot o‘tkazilib, aholining e’tirozlari va mavjud holat yuzasidan fikr almashildi. Korxona mas’uli tomonidan xizmat ko‘rsatishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish, tasdiqlangan grafik asosida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish va xizmat sifatini yaxshilash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi bildirildi.
🟢Korxona mas’ullariga belgilangan grafikka qat’iy amal qilish, maxsus transport vositalarining mahallalarga o‘z vaqtida chiqishini ta’minlash, chiqindilarning to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin:
📱 Telegram 📱 Website 📱 Facebook 📱 Youtube 📱 Instagram
+1
DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
Xalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashiga O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat Axmedov Fatxulla Raxmatullayevich tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida Deputat soʻrovi yuborildi.
Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin:
📱 Telegram 📱 Website 📱 Facebook 📱 Youtube 📱 Instagram
+2
Oilaviy poliklinikada xizmat sifati o‘rganildi
🔻Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Aynashova tomonidan tumanning “Tovoqsoy” mahallasida joylashgan 11-sonli oilaviy poliklinikada tibbiy xizmat sifati o‘rganildi.
🔻O‘rganish davomida poliklinikada fuqarolarni qabul qilish va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayonlari, aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish sifati, bemorlarga xizmat ko‘rsatishda qulayliklar yaratilganligiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tibbiy xizmatlarni raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi. Jumladan, elektron ma’lumotlardan foydalanish, bemorlarning tibbiy ma’lumotlarini raqamli shaklda yuritish, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari o‘rganildi.
🔻O‘rganish jarayonida poliklinikada mavjud dori vositalari zaxirasi ham ko‘zdan kechirildi. Dorilarning mavjudligi, saqlanishi va aholiga belgilangan tartibda yetkazib berilishi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, tibbiyot muassasasida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullar bilan fikr almashildi. Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish, bemorlar murojaatlariga e’tiborli bo‘lish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda dori vositalari zaxirasini yetarli darajada shakllantirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin:
📱 Telegram 📱 Website 📱 Facebook 📱 Youtube 📱 Instagram
🔴Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan media-rejasiga muvofiq Kengashidagi O‘zbekiston ekologik partiyasi deputatlik guruhi tomonidan tumanda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi.
Deputat Ramatjonov Sardorbek Sarvarbek o‘g‘li ma’lumot beradi.
+1
Mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
🔻Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat D.Xolmurotov tomonidan tumanning “Pskom” mahallasiga biriktirilgan hokim yordamchisi M.Esonboyevning aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash hamda oilalarni kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirayotgan ishlari o‘rganildi.
🔻O‘rganish davomida hokim yordamchisining aholi bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib bandligini ta’minlash borasidagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, mahallada ishsiz va daromad manbaiga ega bo‘lmagan fuqarolarni aniqlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga yo‘naltirish, o‘zini o‘zi band qilish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
🔻Shuningdek, kambag‘al oilalarni aniqlash va ularning daromadini oshirishga qaratilgan individual yondashuv asosida ish tashkil etilayotgani, har bir oilaning mavjud imkoniyatlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amaliy choralar belgilanayotgani o‘rganildi.
🔻Deputatlik o‘rganishi yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, ishsiz fuqarolar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, kambag‘al oilalarni barqaror daromad manbaiga ega qilish va belgilangan vazifalar ijrosini tizimli nazorat qilib borish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Bizni quyidagi tarmoqlarda kuzanishingiz mumkin:
📱 Telegram 📱 Website 📱 Facebook 📱 Youtube 📱 Instagram
