Jasur Rizayev | Rasmiy kanali
✅ Ta'lim va tibbiyot sohasidagi so'nggi yangiliklarni SamDTU rektori Jasur Rizayevning Rasmiy telegram kanalida kuzatib boring! ❓Muloqot uchun: https://t.me/+fEvVJtoFinI5MDBi
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel Jasur Rizayev | Rasmiy kanali
Channel Jasur Rizayev | Rasmiy kanali (@rizayev_jasur) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 11 486 subscribers, ranking 17 187 in the Education category and 6 794 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 11 486 subscribers.
According to the latest data from 08 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 1 025 over the last 30 days and by 39 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Not verified
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 71.43%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 35.18% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 8 207 views. Within the first day, a publication typically gains 4 042 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 20.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“✅ Ta'lim va tibbiyot sohasidagi so'nggi yangiliklarni SamDTU rektori Jasur Rizayevning Rasmiy telegram kanalida kuzatib boring!
❓Muloqot uchun: https://t.me/+fEvVJtoFinI5MDBi”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 09 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.
Avvalo, barchangizni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.Fursatdan foydalanib, yurtimiz tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining minglab talaba-yoshlari, fidoyi professor-o‘qituvchilari va ilmiy izlanuvchilariga eng ezgu tilaklarimni bildiraman. Bugun mamlakatimizdagi 28 ta davlat va nodavlat tibbiyot oliygohida hamda qo‘shma ta’lim yo‘nalishlarida jami 91 ming nafar talaba tahsil olmoqda. Ularning 9 ming nafari xorijiy talabalardir. Qadrli yoshlar! Bilasiz, muhtaram Prezidentimiz boshchiligida Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida Uchinchi Renessans poydevorini mustahkamlashga qaratilgan izchil islohotlar olib borilmoqda. Ayniqsa, tibbiyot yo‘nalishida zamonaviy bilimlarga ega, kreativ fikrlaydigan yangi avlod kadrlarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratilayotir. Shu maqsadda tibbiyot oliygohlarida zamonaviy klinik bazalar, simulyatsion markazlar, ilg‘or laboratoriyalar va raqamli texnologiyalarga asoslangan ta’lim imkoniyatlari kengaytirilmoqda.
Albatta erishilayotgan natijalar quvonarli. Oldimizda esa yanada ulkan vazifalar turibdi. Kuni kecha davlatimiz rahbari tibbiyot va farmasevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishar ekan, bu boradagi ustuvor maqsadlarni belgilab berdi.Xususan, keyingi o'quv yilidan tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida “Davolash ishi” ta’lim yo‘nalishi 5+1 modeli asosida amalga oshiriladigan 6 yillik “Umumiy tibbiyot” ta’lim dasturiga transformatsiya qilinadi. Bu model 5 yillik nazariy va amaliy ta’lim hamda 1 yillik uzluksiz klinik amaliyotni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, Toshkent davlat tibbiyot universiteti tarkibidagi Hamshiralar akademiyasi negizida AQSHning Pensilvaniya universiteti bilan hamkorlikda Ilg‘or tibbiy hamrohlik maktabi tashkil etiladi. Bunday islohotlardan ko‘zlangan maqsad bitta! U ham bo‘lsa, tibbiyotimiz uchun fidoyi va o‘z kasbiga sodiq yangi avlod tibbiyot xodimlarini tayyorlashdan iborat. Hurmatli talabalar! Sizlar — mamlakatimiz tibbiyotining kelajagisiz. Tanlagan kasbingiz inson hayoti va salomatligi bilan chambarchas bog‘liq.
Shu ma’noda, talabalik yillarini ulkan imkoniyatlar davri sifatida qadrlab, zamonaviy tibbiyot ilmlarini, xorijiy tillarni, raqamli texnologiyalar va yangi innovatsion yondashuvlarni puxta egallashingizga tilakdoshman.Talabalik davringiz katta yutuqlar va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin! Ilm olish va izlanishdan aslo to‘xtamang! Yangi o‘quv yili barchangizga muborak bo‘lsin! Eldor ADILOV, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri. 🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram
Samarqand davlat tibbiyot universitetida yangi 2026/2027-o‘quv yili boshlandi🏛 SamDTU Matbuot xizmati Kanalga ulanish✅👇 ®️https://t.me/rizayev_jasur ®️https://t.me/rizayev_jasur
Shuningdek, 1-bosqich talabalari universitetning o‘quv va laboratoriya xonalari hamda ularda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Birinchi bosqich talabalari universitet tarixi muzeyiga ham tashrif buyurib, oliygohning tashkil topishi, rivojlanishi hamda uning qiziqarli tarixi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.🏛 SamDTU Matbuot xizmati Kanalga ulanish✅👇 ®️https://t.me/rizayev_jasur ®️https://t.me/rizayev_jasur
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Otabek Sunnatovich Imamov hamda Milliy antidoping agentligi bosh direktori Abdushukur Abdudjamilevich Sadikovlar joriy yilning 4-sentyabr kuni universitetning ko‘p tarmoqli klinikasiga tashrif buyurdilar.Batafsil:👉https://www.sammu.uz/uz/news/2581871 🏛 SamDTU Matbuot xizmati Kanalgaulanish✅👇 ®️https://t.me/rizayev_jasur ®️https://t.me/rizayev_jasur
Barcha 1-bosqich talabalaridan tadbirda belgilangan protokol kiyimida, uning ustidan oq xalat va oq qalpoq kiygan holda ishtirok etish so‘raladi.⏰Boshlanish vaqti: 08:00 📍Manzil: SamDTU Yangi o‘quv binosi hovlisi Barcha talabalardan tadbirga belgilangan vaqtda, kechikmasdan yetib kelishlarini so‘raymiz. 🏛 SamDTU Matbuot xizmati Kanalgaulanish✅👇 ®️https://t.me/rizayev_jasur ®️https://t.me/rizayev_jasur
Joriy yilning 3-4-sentyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida Turkiyaning Sog‘liq bilimlari universiteti bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturiga qabul imtihonlarining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi.Batafsil: 👉 https://www.sammu.uz/uz/news/2581846 Kanalga ulanish✅👇 ®️https://t.me/rizayev_jasur ®️https://t.me/rizayev_jasur
Tibbiy ta’limda yangi talablar!🎙 Spiker: Jasur Rizayev Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Kanalga ulanish✅👇 ®️https://t.me/rizayev_jasur ®️https://t.me/rizayev_jasur
2027/2028-oʻquv yilidan “Davolash ishi” yoʻnalishi oʻrniga 6 yillik “Umumiy tibbiyot” bakalavriat dasturini joriy etish taklif qilinmoqda. Besh yillik taʼlimdan keyin talabalar bir yil toʻliq amaliy tayyorgarlikdan oʻtadi. Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oilaviy shifokor sifatida ishlash imkoniyatiga ega boʻladi. Oilaviy tibbiyot boʻyicha kadrlar tayyorlashga alohida eʼtibor qaratiladi. Rezidentlarning oilaviy poliklinikalarda bir vaqtning oʻzida oʻqishi va amaliyot oʻtashi yoʻlga qoʻyiladi. Tor soha mutaxassislarini tayyorlash esa bosqichma-bosqich rezidenturaga oʻtkazilib, magistratura asosan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga yoʻnaltiriladi. Oʻrta tibbiyot kadrlarini tayyorlashda ham yangicha yondashuvlar joriy etiladi. Oliy maʼlumotli hamshiralarning tashxis, davolash va profilaktika jarayonlarida shifokorga yaqin koʻmakchi sifatidagi oʻrni oshiriladi. Farmatsevtika taʼlimi ishlab chiqarish bilan yanada yaqin bogʻlanadi. Korxonalar ehtiyoji asosida dual taʼlim kengaytirilib, amaliy mashgʻulotlar ulushini oshirish, talabalarni dori vositalarini ishlab chiqishdan tortib, sifat nazorati va standartlashtirishgacha boʻlgan jarayonlarga jalb qilish belgilanmoqda.Kanalga ulanish✅👇 ®️https://t.me/rizayev_jasur ®️https://t.me/rizayev_jasur
Vakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e'lon qilindi📝 Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar natijalari e'lon qilindi. 👨💻 Abituriyentlar natijalarini my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy kabinetlari orqali bilishlari mumkin. 📝 Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tayyorlangan yakuniy tanlov qaydnomalari tegishli oliy ta'lim tashkilotlariga taqdim etildi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
