en
Feedback
UzCSD | Markaziy depozitariy

UzCSD | Markaziy depozitariy

Open in Telegram
8 577
Subscribers
-324 hours
-197 days
-12430 days
Posts Archive
💻Korporativ obligatsiyalar bo‘yicha kupon to‘lovlari 🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 30-iyun holatiga "
💻Korporativ obligatsiyalar bo‘yicha kupon to‘lovlari 🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 30-iyun holatiga "AVO bank" AJ, "TBC bank", "Hamroh mikromoliya tashkiloti" MChJ tomonidan yuqorida keltirilgan korporativ obligatsiyalar bo‘yicha navbatdagi kupon daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi. ⏺Mazkur to‘lovlar emitentning chiqaruv shartlarida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin. RU🇷🇺 EN🇬🇧 📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin

✍️✍️✍️✍️ 🗓 Haftalik sharh: O‘zbekiston kapital bozoridagi asosiy o‘zgarishlar (19.06.2026 – 26.06.2026) 🗣 Markaziy depozita
+1
✍️✍️✍️✍️ 🗓 Haftalik sharh: O‘zbekiston kapital bozoridagi asosiy o‘zgarishlar (19.06.2026 – 26.06.2026) 🗣 Markaziy depozitariy tizimida hisobga olingan aksiyadorlik jamiyatlari soni 697 tani, aksiyalar chiqarilishlarining umumiy hajmi esa 269,37 trillion so‘mni tashkil etmoqda.
“APEX MOLIYA” AJ tomonidan 4,00 mlrd so‘mlik aksiyalarning birlamchi chiqarilishi ro‘yxatdan o‘tkazildi. ⏺“SQB Insurance Sug‘urta Kompaniyasi” AJ aksiyalarining umumiy hajmi qo‘shimcha chiqarilish natijasida 84,94 mlrd so‘mdan 101,92 mlrd so‘mga yetkazildi. ⏺“Mulk-Sarmoya Brokerlik Uyi” AJ tomonidan qo‘shimcha chiqarilish amalga oshirilib, aksiyalar hajmi 0,94 mlrd so‘mdan 1,87 mlrd so‘mga oshirildi. ⏺“O‘zbekiston Qayta Sug‘urta Kompaniyasi” AJ aksiyalarining umumiy hajmi qo‘shimcha chiqarilish hisobiga 80,00 mlrd so‘mdan 150,00 mlrd so‘mga yetdi. ⏺Shuningdek, “To‘raqo‘rg‘on Paxta Tozalash” AJ va “Yevroosiyo Banki” AJ aksiyalari hisobdan chiqarildi.
🗣Korporativ obligatsiyalar segmentida emitentlar soni 37 tani, chiqarilishlarning umumiy hajmi esa 6,35 trillion so‘mni tashkil etdi.
“Imkon Finans Mikromoliya Tashkiloti” AJ korporativ obligatsiyalarining umumiy hajmi 16,00 mlrd so‘mdan 10,00 mlrd so‘mga kamaytirildi. ⏺“Hamkormazlizing” MCHJ korporativ obligatsiyalarining umumiy hajmi esa 29,50 mlrd so‘mdan 21,00 mlrd so‘mga qisqartirildi.
RU🇷🇺 EN🇬🇧 📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin

✍✍✍✍✍✍✍ 🌐«QIMMATLI QOGʻOZLAR MARKAZIY DEPOZITARIYSI» AJ KUZATUV KENGASHI TARKIBIGA MUSTAQIL A’ZO TAYINLANDI 🗣«Qimmatli qogʻ
✍✍✍✍✍✍✍ 🌐«QIMMATLI QOGʻOZLAR MARKAZIY DEPOZITARIYSI» AJ KUZATUV KENGASHI TARKIBIGA MUSTAQIL A’ZO TAYINLANDI 🗣«Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi» AJ korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish va ilgʻor xalqaro andozalarni tatbiq etish doirasida Kuzatuv kengashi tarkibiga xorijlik ekspert jalb etilganini ma’lum qiladi. Aksiyador qaroriga muvofiq, depo operatsiyalari va post-treyding infratuzilmasi sohasida koʻp yillik tajribaga ega boʻlgan mutaxassis Niko Staes jamiyat Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi etib tayinlandi. ⏺Janob Staes qimmatli qogʻozlar ma’muriyatchiligi, operatsion jarayonlar va tashkiliy boshqaruv yoʻnalishlarida chuqur ixtisoslashuvga ega. U oʻz kasbiy faoliyatini 1998-yilda Lyuksemburgning «Cedel Global Services» (hozirgi «Clearstream Services») kompaniyasida boshlagan va aktivlarga xizmat koʻrsatish (Asset Services) boʻyicha operatsion jarayonlarni boshqargan. ⏺2009-yildan buyon Niko Staes «Clearstream Services Prague» (Chexiya) filialida faoliyatini davom ettirib, ushbu boʻlinmaning operatsion tizimini shakllantirishda muhim rol oʻynagan. Ayni paytda u mazkur tashkilotda Aktivlarga xizmat koʻrsatish departamenti rahbari (Head of Asset Services) lavozimida ishlab kelmoqda va global moliya bozorlariga xizmat koʻrsatuvchi mutaxassislar jamoasini boshqaradi. ⏺«Clearstream» — qarorgohi Lyuksemburgda joylashgan, Deutsche Börse Group tarkibiga kiruvchi dunyodagi eng yirik xalqaro markaziy depozitariylardan (ICSD) biridir. Tizim global moliya bozori ishtirokchilari uchun post-treyding infratuzilmasini taqdim etib, xalqaro hisob-kitoblar, kliring va kastodial xizmatlarni taʼminlaydi. ✅Xalqaro miqyosdagi mustaqil a’zolarning jalb etilishi «Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi» AJ faoliyatini transformatsiya qilish hamda korporativ jarayonlarni xalqaro andozalar asosida tizimli rivojlantirishga xizmat qiladi. RU🇷🇺 EN🇬🇧 📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin

✍✍✍✍✍✍✍ 🌐 Xorijiy valyutadagi qimmatli qog‘ozlar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha agent-banklar tanlandi 🇺🇿O‘zbekiston Respub
✍✍✍✍✍✍✍ 🌐 Xorijiy valyutadagi qimmatli qog‘ozlar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha agent-banklar tanlandi 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida «Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi» AJ tomonidan respublikaning barcha banklari o‘rtasida tanlov o‘tkazilib, kompleks baholash yakunlariga ko‘ra quyidagi agent-banklar saralab olindi: 1. “Ipak Yo‘li” AITB – O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan chiqariladigan, qiymati chet el valyutasida ifodalangan korporativ obligatsiyalarining joylashtirilishi, muomalada bo‘lishi va so‘ndirilishi bilan bog‘liq hisob-kitoblarni amalga oshirish; 2. “Asia Alliance Bank” ATB – O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari - emitentlarning qimmatli qog‘ozlari bilan bitimlar natijalari bo‘yicha chet el valyutasidagi hisob-kitoblarni amalga oshirish. 🗣Bugungi kunda, «Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi» AJ va “Ipak Yo‘li” AITB tizimlari o‘rtasida integratsiya muvaffaqiyatli yakunlangan bo‘lib, hozirda test-sinov jarayonlari o‘tkazilmoqda. Bunda, qiymati chet el valyutasida ifodalangan korporativ obligatsiyalar bo‘yicha amaliyotlar O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan tasdiqlangan Kapital bozori sohasida «Tartibga solish qumdoni» maxsus huquqiy rejimi doirasida chet el valyutasida ifodalangan obligatsiyalarni chiqarish, joylashtirish, ularning muomalada bo‘lishi va so‘ndirilishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga (Adliya vazirligi ro‘yxat raqami №3826, 29.04.2026y.) muvofiq amalga oshiriladi. ⏺Shuningdek, «Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi» AJ va “Asia Alliance Bank” ATB tizimlari o‘rtasida integratsiya jarayonlari yakunlangandan so‘ng qo‘shimcha ma’lumot beriladi. 📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin

💻Korporativ obligatsiyalar bo‘yicha kupon to‘lovlari 🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 26-iyun holatiga "
💻Korporativ obligatsiyalar bo‘yicha kupon to‘lovlari 🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 26-iyun holatiga "OLTIN YULDUZ PLUS MIKROMOLIYA TASHKILOTI" MCHJ tomonidan yuqorida keltirilgan korporativ obligatsiyalar bo‘yicha navbatdagi kupon daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi. ⏺Mazkur to‘lovlar emitentning chiqaruv shartlarida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin. RU🇷🇺 EN🇬🇧 📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin

💻Korporativ obligatsiyalar bo‘yicha kupon to‘lovlari 🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 25-iyun holatiga "
💻Korporativ obligatsiyalar bo‘yicha kupon to‘lovlari 🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 25-iyun holatiga "DELTA MIKROMOLIYA TASHKILOTI" AJ tomonidan yuqorida keltirilgan korporativ obligatsiyalar bo‘yicha navbatdagi kupon daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi. ⏺Mazkur to‘lovlar emitentning chiqaruv shartlarida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin. RU🇷🇺 EN🇬🇧 📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin

✅Aksiyalar bo‘yicha dividend to‘lovlari 🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 23-iyun holatiga “Universal bank
Aksiyalar bo‘yicha dividend to‘lovlari 🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 23-iyun holatiga “Universal bank AJ tomonidan yuqorida keltirilgan aksiyalar bo’yicha navbatdagi dividend daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi. ⏺Mazkur to‘lovlar amaldagi qonunchilikda hamda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarorida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin. RU🇷🇺 EN🇬🇧 📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin

💻Korporativ obligatsiyalar bo‘yicha kupon to‘lovlari 🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 23-iyun holatiga "
💻Korporativ obligatsiyalar bo‘yicha kupon to‘lovlari 🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 23-iyun holatiga "Agat Credit" AJ tomonidan yuqorida keltirilgan korporativ obligatsiyalar bo‘yicha navbatdagi kupon daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi. ⏺Mazkur to‘lovlar emitentning chiqaruv shartlarida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin. RU🇷🇺 EN🇬🇧 📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin

Prezident Shavkat Mirziyoyev kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. — Пре
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о мерах по дальнейшему развитию рынка капитала. #Mirziyoyev #taqdimot #moliya #kapitalbozori Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

✍️✍️✍️✍️ 🗓 Haftalik sharh: O‘zbekiston kapital bozoridagi asosiy o‘zgarishlar (12.06.2026 - 19.06.2026) 🗣Markaziy depozitar
+1
✍️✍️✍️✍️ 🗓 Haftalik sharh: O‘zbekiston kapital bozoridagi asosiy o‘zgarishlar (12.06.2026 - 19.06.2026) 🗣Markaziy depozitariy tizimida hisobga olingan aksiyadorlik jamiyatlari soni 698 tani tashkil etdi. Jami chiqarilish hajmi esa yangi emitentlarning bozorga kirib kelishi hamda qo‘shimcha emissiyalar fonida 269,48 trillion so‘m miqdorida shakllandi:
“Toshkent metropoliteni” AJ (55,00 mlrd so‘m) va “IssiqlikTa'minoti” AJ (328,84 mlrd so‘m) tomonidan aksiyalarning birlamchi chiqarilishi muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tkazildi. ⏺“Aloqabank” AJ tomonidan aksiyalarning qo‘shimcha chiqarilishi amalga oshirildi va umumiy hajm 2 832,88 mlrd so‘mdan 3 678,14 mlrd so‘mga yetdi. ⏺“ElektrKimyoZavod” AJ aksiyalarining umumiy hajmi esa tizimdagi o‘zgarishlar natijasida 0,67 mlrd so‘mdan 0,48 mlrd so‘mga kamaytirildi.
🗣Korporativ obligatsiyalar segmentida ham chiqarilish hajmining o‘sishi kuzatildi. Emitentlar soni 37 ta darajasida saqlanib qolgan bo‘lsa-da, umumiy nominal qiymat 6,36 trillion so‘m miqdorida shakllandi:
“Techrise IT” MCHJ tomonidan korporativ obligatsiyalarning qo‘shimcha chiqarilishi ro‘yxatga olindi va umumiy hajm 20,00 mlrd so‘mdan 80,00 mlrd so‘mga oshdi.
RU🇷🇺 EN🇬🇧 📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin

✅Aksiyalar bo‘yicha dividend to‘lovlari 🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 22-iyun holatiga “Markaziy Ippod
Aksiyalar bo‘yicha dividend to‘lovlari 🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 22-iyun holatiga “Markaziy IppodromAJ tomonidan yuqorida keltirilgan aksiyalar bo’yicha navbatdagi dividend daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi. ⏺Mazkur to‘lovlar amaldagi qonunchilikda hamda aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qarorida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin. RU🇷🇺 EN🇬🇧 📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin

✍️✍️✍️✍️ 🗓 Haftalik sharh: O‘zbekiston kapital bozoridagi asosiy o‘zgarishlar (12.06.2026 - 19.06.2026) 🗣Markaziy depozitar
+1
✍️✍️✍️✍️ 🗓 Haftalik sharh: O‘zbekiston kapital bozoridagi asosiy o‘zgarishlar (12.06.2026 - 19.06.2026) 🗣Markaziy depozitariy tizimida hisobga olingan aksiyadorlik jamiyatlari soni 698 tani tashkil etdi. Jami chiqarilish hajmi esa yangi emitentlarning bozorga kirib kelishi hamda qo‘shimcha emissiyalar fonida 269,48 trillion so‘m miqdorida shakllandi:
“Toshkent metropoliteni” AJ (55,00 mlrd so‘m) va “IssiqlikTa'minoti” AJ (328,84 mlrd so‘m) tomonidan aksiyalarning birlamchi chiqarilishi muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tkazildi. ⏺“ElektrKimyoZavod” AJ tomonidan aksiyalarning qo‘shimcha chiqarilishi amalga oshirildi va umumiy hajm 2 832,88 mlrd so‘mdan 3 678,14 mlrd so‘mga yetdi. ⏺“Aloqabank” AJ aksiyalarining umumiy hajmi esa tizimdagi o‘zgarishlar natijasida 0,67 mlrd so‘mdan 0,48 mlrd so‘mga kamaytirildi.
🗣Korporativ obligatsiyalar segmentida ham chiqarilish hajmining o‘sishi kuzatildi. Emitentlar soni 37 ta darajasida saqlanib qolgan bo‘lsa-da, umumiy nominal qiymat 6,36 trillion so‘m miqdorida shakllandi:
“Techrise IT” MCHJ tomonidan korporativ obligatsiyalarning qo‘shimcha chiqarilishi ro‘yxatga olindi va umumiy hajm 20,00 mlrd so‘mdan 80,00 mlrd so‘mga oshdi.
RU🇷🇺 EN🇬🇧 📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin

🟦MOLIYAVIY HISOBOTLAR TAHLILI VA INVESTITSIYANING UCH TAYANCH USTUNI 📚Benjamin Grem, Devid Dodd - “Qimmatli qog‘ozlar tahli
🟦MOLIYAVIY HISOBOTLAR TAHLILI VA INVESTITSIYANING UCH TAYANCH USTUNI  📚Benjamin Grem, Devid Dodd - “Qimmatli qog‘ozlar tahlili” 🗣Ushbu fundamental asar Benjamin Gremning moliya olamidagi qolgan ikki durdonasi - Aqlli investor va “Moliyaviy hisobotlar tahlili” kitoblari bilan bir qatorda turadi. Mazkur uchlik Grem fenomenini va umuman investitsiya mohiyatini anglash uchun eng bebaho kalitlardir. ❔ Nega bu kitobni o‘qish shart? “Qimmatli qog‘ozlar tahlili” kitobi investorlar uchun barcha muhim moliyaviy faktlarni eng qulay hamda tizimli ko‘rinishda taqdim etgan holda, qat’iy mezonlar asosida aktivlarning joriy narxdagi xavfsizligi va jozibadorligi bo‘yicha aniq yakuniy xulosa chiqarishni o‘rgatadi. 🗂 Investor uchun 3 ta asosiy saboq:
1⃣Xulosalar qat’iy faktlarga asoslanishi shart. Kitob muallifi tahlilchini bozor shovqinlari va subyektiv taxminlardan uzoqlashishga chaqiradi. Investitsiyadagi har qanday qaror narx jozibadorligini tasdiqlovchi qat’iy standartlar va tekshirilgan faktlar formulasiga asoslanishi shart. 2⃣Tahlilda chegara va cheklovlarni unutma. Kitobda nafaqat tahlil qilish usullari, balki fundamental tahlilning o‘ziga xos cheklovlari va qaysi vaziyatlarda bozor mantig‘i ishlamay qolishi ham chuqur ko‘rib chiqiladi. Buni bilish investorni kutilmagan tizimli xatolardan himoya qiladi. 3⃣Aktiv xavfsizligi birinchi o‘rinda. Grem uchun har qanday investitsiyaning bosh mezoni - bu aktivning xavfsizligidir. Agar taklif etilayotgan narx aktivning real fundamental poydevoriga mos kelmasa, u qanchalik jozibador ko‘rinmasin, aqlli investor uchun spekulyativ vositaga aylanadi.
✅ “Qimmatli qog‘ozlar tahlili” asari tahlilchining ish qurollari va uning professional cheklovlari haqidagi mukammal dasturilamaldir. U sizga fond bozoriga tasodifiy o‘yin emas, balki qat'iy va amaliy mezonlarga ega moliyaviy tizim sifatida qarashni o‘rgatadi. #InvestorKutubxonasi RU🇷🇺 📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin

💻Korporativ obligatsiyalar bo‘yicha kupon to‘lovlari 🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 19-iyun holatiga "
💻Korporativ obligatsiyalar bo‘yicha kupon to‘lovlari 🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 19-iyun holatiga "Oltin yulduz plus mikromoliya tashkiloti" MChJ tomonidan yuqorida keltirilgan korporativ obligatsiyalar bo‘yicha navbatdagi kupon daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi. ⏺Mazkur to‘lovlar emitentning chiqaruv shartlarida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin. RU🇷🇺 EN🇬🇧 📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin

✍✍✍✍✍✍✍ 🇺🇿🇦🇲O‘zbekiston va Armaniston Markaziy depozitariylari o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi 🗣O‘zbekiston Resp
+2
✍✍✍✍✍✍✍ 🇺🇿🇦🇲O‘zbekiston va Armaniston Markaziy depozitariylari o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi 🗣O‘zbekiston Respublikasi Markaziy depozitariysi hamda Armaniston Markaziy depozitariysi vakillari o‘rtasida navbatdagi ishchi uchrashuv o‘tkazildi. 🗣Uchrashuv davomida tomonlar avval imzolangan hamkorlik shartnomasi hamda o‘rnatilgan korrespondentlik munosabatlari doirasidagi amaliy masalalarni muhokama qildilar. Xususan, nominal saqlovchi hisobvaraqlari orqali transchegaraviy operatsiyalar samaradorligini oshirish va depozitar xizmatlar ko‘rsatish tizimini texnik jihatdan takomillashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. 🗣Shuningdek, xalqaro komplaens standartlarini joriy etish hamda ikki mamlakat kapital bozorlari infratuzilmasini yanada integratsiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🗣Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kapital bozorida investitsiya muhitini yaxshilash va xalqaro investorlar uchun qulay infratuzilmani shakllantirishga qaratilgan farmonlari ijrosini ta’minlash yo‘lidagi navbatdagi amaliy qadam bo‘ldi. RU🇷🇺 EN🇬🇧 📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin

✍✍✍✍✍✍✍ 🌐Markaziy depozitariy va KASE vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi 🇺🇿🇰🇿O‘zbekiston Respublikasi Markaziy d
+2
✍✍✍✍✍✍✍ 🌐Markaziy depozitariy va KASE vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi 🇺🇿🇰🇿O‘zbekiston Respublikasi Markaziy depozitariysida Qozog‘iston fond birjasi (KASE) vakillari bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🗣Uchrashuv davomida ikki mamlakat kapital bozorlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda moliyaviy infratuzilmani takomillashtirish istiqbollari muhokama qilindi. Muzokaralar doirasida KASE vakillari raqamli aktivlarni chiqarish va joylashtirish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Tomonlar, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish, post-treyding sohasidagi aloqalarni mustahkamlash va o‘zaro hamkorlikni faollashtirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar. 🗣Shu bilan birga, xalqaro standartlarni joriy etish, xavfsizlik va komplaens tizimlarini rivojlantirish hamda zamonaviy moliyaviy texnologiyalarni infratuzilmaga integratsiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🗣Uchrashuv ikki mamlakat moliya bozorlari o‘rtasidagi sheriklikni yanada chuqurlashtirish va mintaqada ishonchli infratuzilma muhitini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. RU🇷🇺 EN🇬🇧 📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin

✍✍✍✍✍✍✍ 🌐Markaziy depozitariyda Clearstream vakili bilan uchrashuv o‘tkazildi 🗣O‘zbekiston Respublikasi Markaziy depozitari
+1
✍✍✍✍✍✍✍ 🌐Markaziy depozitariyda Clearstream vakili bilan uchrashuv o‘tkazildi 🗣O‘zbekiston Respublikasi Markaziy depozitariysida Clearstream kompaniyasining risklarni boshqarish bo‘yicha vitse-prezidenti Ostin Martin bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🗣Tomonlar ikki tomonlama korrespondentlik munosabatlarini o‘rnatish, shuningdek, O‘zbekiston kapital bozorida xorijiy investorlar uchun qulay va ishonchli muhit yaratish maqsadida post-treyding xizmatlarini takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar. 🗣Uchrashuv davomida xalqaro standartlarga muvofiqlikni ta’minlash, jumladan, komplaens-nazorat va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish (AML) tizimlarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. ✅Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlik aloqalarini mustahkamlash hamda O‘zbekiston kapital bozori infratuzilmasini global moliyaviy tizimga integratsiya qilishga qaratilgan kelgusidagi o‘zaro hamkorlikka qiziqish bildirdilar. RU🇷🇺 EN🇬🇧 📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin

💻Korporativ obligatsiyalar bo‘yicha kupon to‘lovlari 🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 17-iyun holatiga "
💻Korporativ obligatsiyalar bo‘yicha kupon to‘lovlari 🗣Qimmatli qog‘ozlar Markaziy depozitariysi 2026-yil 17-iyun holatiga "Oltin yulduz plus mikromoliya tashkiloti" MChJ hamda "Agat Credit” AJ tomonidan yuqorida keltirilgan korporativ obligatsiyalar bo‘yicha navbatdagi kupon daromadlari to‘lanishi kutilayotganini ma’lum qiladi. ⏺Mazkur to‘lovlar emitentning chiqaruv shartlarida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun emitentga yoki xizmat ko‘rsatuvchi investitsiya vositachisiga murojaat qilishingiz mumkin. RU🇷🇺 EN🇬🇧 📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin

✍✍✍✍✍✍✍ 🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev kapital bozorini rivojlantirish va investorlarni himoya qilish bo‘yicha ustuvor yo‘n
✍✍✍✍✍✍✍ 🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev kapital bozorini rivojlantirish va investorlarni himoya qilish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni belgilab berdi 🗣16-18 iyun kunlari Toshkentda dunyoning 100 ta davlatidan 4 mingga yaqin xorijiy ishtirokchilarni jamlagan beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tmoqda. Davlatimiz rahbari forumning yalpi majlisidagi nutqida mamlakatimiz kapital bozori va investitsiya muhitini tubdan yaxshilashga qaratilgan quyidagi tashabbuslarni ma’lum qildi:
Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi: Markaz ishtirokchilari uchun foyda, QQS, mol-mulk soliqlari va bojxona bojlari 0 foiz etib belgilanadi. Kapitalning erkin harakati va istalgan valyutada hisob-kitob qilish kafolatlanadi. Dastlabki bosqichda ushbu imtiyozlar muddati 50 yilni tashkil etadi. Markazda Angliya huquqiga asoslangan maxsus tartib va mustaqil xalqaro tijorat sudi joriy etiladi. Huquqiy baza mustahkamlanadi: Islohotlarning huquqiy poydevori sifatida yaqin orada “Kapital bozori to‘g‘risida”gi va “Muqobil investitsiya jamg‘armalari to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilinadi. Xalqaro infratuzilma integratsiyasi: O‘zbekistonda xalqaro kliring kompaniyalarining faoliyat ko‘rsatishi uchun keng imkoniyatlar ochiladi. Yangi moliyaviy vositalar va IPO: Investitsiya oqimini diversifikatsiya qilish maqsadida suveren islom obligatsiyalari — sukuk dasturini amalga oshirish boshlanadi. Shuningdek, qator yirik kompaniyalarni IPOga chiqarishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Xususiylashtirish dasturi: Joriy yilda xususiylashtirish doirasida 6 milliard dollarlik ko‘chmas mulk, korxonalardagi davlat ulushi va yer uchastkalari auksionga chiqariladi.
✅Ushbu choralar korxonalarga kelgusida kamida 10 milliard dollar qo‘shimcha kapital olib kelish uchun katta turtki berishi ta’kidlandi. RU🇷🇺 EN🇬🇧 📱Web 📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 📱Linkedin

Birozdan so‘ng Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya fo
Birozdan so‘ng Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi majlisi boshlanadi. Davlatimiz rahbarining forumdagi nutqini Prezident Matbuot xizmatining Telegram, YouTube va Facebook dagi rasmiy sahifalarida tomosha qiling. — Скоро в Международном конгресс-центре с участием Президента Шавката Мирзиёева начнется пленарное заседание пятого Ташкентского международного инвестиционного форума. Выступление главы нашего государства на форуме смотрите на официальных страницах Пресс-службы Президента в Telegram, YouTube и Facebook. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X