en
Feedback
Bashorat Raxmatullayevna / Umumiy tizim psixologiyasi

Bashorat Raxmatullayevna / Umumiy tizim psixologiyasi

Open in Telegram

Oila tizimi– o'z-o'zini tashkil etuvchi tizimdir! https://t.me/psixolog_bashorat 🔸Oila tizimida"psixologik tashxis va shifo" 🔸Tahliliy seans 🔸 Konsultatsiya va kurslar haqida Murojaat uchun: @suhana_mahdiya

Show more
346
Subscribers
+324 hours
+37 days
-630 days
Posts Archive
Бугунги концултатциядан жуда котта англашлар олдим, Нега бировларни пул олди бердисига аралашишни хохламаслигим, ишламай туриб пул оломаслигимни, бой булишдан куркишим, тизимимиздани янгам ва амакимни килган ишлари манга котта дарс булган ва тизимдаги огриклар, яшаб келаетганимни англадим,эримни уруглари шу келин пул топаман бой буламан деб эрини бошини еб кетди дейишларидан блокларимни англаганимга хайратдаман, яна энг кизиги охирида Башоратхон устозни бир гапларидан хайратландим, ота онам тимимиздан айнан шу ангам дунё курган бой булиб камфорт хаётни изидан кувиб, амакимни карздорлик тулаш учун эрта оламдан утгани манда котта блок булган, ва шу янгамдан кейир аёллардан ман пул топиб бой булиб комфортда яшаб дунёлар куришни орзу килган аёлман, колган аелларни кулида шупурги ва кетмон халиям борлиги, роса англатганларига устозни билимларига таъзимдаман, борингизга шукур, билимларингиз зиёда булсин, кандай орзуларингиз булса амалга ошсин🤲🤲🤲

Bugun chegirmali kon'sul'tatsiyamizda. Sen ham otangdan ol. Shunday og'riqli nuqtalarda farzandlariga otasi tomonidan pul ber
Bugun chegirmali kon'sul'tatsiyamizda. Sen ham otangdan ol. Shunday og'riqli nuqtalarda farzandlariga otasi tomonidan pul berilishiga yopiq mijozim uning sevimli buvisi o'z otasidan hech narsa ololmagan degan og'riqda buvisiga sadoqatda edi. Ha agar tizimda faqat ona boquvchi bo'lib qolsa,bir necha ablodlar ayollari bolalarini faqat o'zlari boqish dasturiga amal qilishadi. Sizchi ? Oilangizdagi har qanday holatdagi tizimli buzilishni aniqlashga tayyormisiz? Chegirmali konsul'tatsiyaga soni nechtaligidan qat'iy nazar bugun 50% chegirmada yozilishga ulguring.

Bugun chegirmali narxda yozilgan bir necha kishiga kon'sul'tatsiya o'tdim. Eng chuqir ildizlarni va ong ostidagi haqiqiy qo'r
Bugun chegirmali narxda yozilgan bir necha kishiga kon'sul'tatsiya o'tdim. Eng chuqir ildizlarni va ong ostidagi haqiqiy qo'rrquvlarni bilish va chuqur ong osti sadoqatdan chiqish naqadar ulkan baxt. PUL 4000$,5000% har oylik daromaddan birdaniga bor oyda juda kam daromadga tushib qolgan mijozim. Ajdodlar tizimiga kelib boylik eshigini ochgan yanga va pullar bilan og'riqlar sababli o'lim topgan amaki va ayol haqidagi blokni ko'rdi. Yanga senga sadoqatliman. Amaki turmush o'rtog'im sen kabi obrazda yashashi,sizlarga sevgimizdan degandek edi go'yo. Lekin tizimda amaki va yanga boshqa,sizlar boshqasiz. Ha biz tizimdagi o'z o'rnimizda har qanday darajaga ko'tarilish uchun shu darajadagi ong osti bloklarini yakunlaymiz. AZIZLARIM chegirmamiz bugun 24:00 gacha davom etadi. Siz ham 50% ga chegirmali konsul'tatsiyalarga yozilishga ulgurib qoling.

SHAXSIY KONSUL'TATSIYA va SEANSLARIMGA 50% chegirma. Murojaat uchun:@suhana_mahdiya
SHAXSIY KONSUL'TATSIYA va SEANSLARIMGA 50% chegirma. Murojaat uchun:@suhana_mahdiya

Siz mening oilamsiz. Siz mening maydonimda nur elchilarimsiz. Sizning har biringiz uyg'oq ongda yashashingizni istayman. Yaqi
Siz mening oilamsiz. Siz mening maydonimda nur elchilarimsiz. Sizning har biringiz uyg'oq ongda yashashingizni istayman. Yaqinlaringizni taklif qiling. Bugun shartsiz muhabbatim bilan konsul'tatsiya va seanslarimga 50% chegirma e'lon qilaman.

"PUL MAYDONI VA 6D O'LCHAM» 1 kunlik transformatsion R E T R I T I Sizning vaqtingiz, energiyangiz va mehnatingiz mos keladigan moliyaviy natijani bermayotgandek tuyulayaptimi? 💴Pul bilan bo‘lgan munosabat faqat harakatda emas — u sizning ichki maydoningiz, tizimli o‘rningiz va psixosomatika bloklaringiz bilan juda chuqur bog‘liq. 🌿Retritda sizni nimalar kutmoqda: ✔️Tizimli rasstanovka (Maydon bilan ishlash): Avlodlar va oilaviy tizimdan kelayotgan moliyaviy bloklar hamda cheklovchi ssenariylarni aniqlash va ularni yechish. 🌿6D o‘lcham va kvant kengayish: Moliyaviy doirangizni faqat fikrlash darajasida emas, balki energetik hamda ong osti darajasida kengaytirish. ❤️ Tana va ong ostidagi bloklarni yengil va chuqur amaliyotlar orqali bo‘shatish. RETRIT ONLAYN VA OFLAYN formatda bo'ladi. 26-sentabr onlayn Narxi:10-sentabrgacha 350 000 10-sentabrdan keyin 500 000 27-sentabr oflayn Narxi:10- sentabrgacha 100$ 10- sentabrdan keyin 125$ Murojaat uchun:@suhana_mahdiya

«Biz — ota-onamizning davomimiz. Eng hayratlanarlisi shundaki, u sizga qaraganida aslida oʻzini koʻradi. Ota o'g'ilni,ona qizni va ular biror farzandlarni tanqid qilayotganda ham, aslida oʻzini tanqid qilayotgan boʻladi. Chunki unga juda ogʻir. Uni ham oʻziga nisbatan e'tiroz va ginalar juda koʻp.» https://t.me/psixolog_bashorat

Eringiz uchun"ONA" rolidan chiqish rasstanovkali mashg'ulot. Bu mashg'ulot ayollar uchun. Kerak bo'ladi. Boshlanishida 2 ta. Jami 4 ta figuralar

🌿OTA bu- davlat-davlat rahbari bu ota. 🌿Agar siz pul topib eringizga berib qo'yayotgan bo'lsangiz,demak u sizni sevadi. 🌿Agar siz pul topa olmay qolgan bo'lsangiz,otangizni topa olmayapsiz. 🌿Pullar evaziga mehr-yana pul. 🌿Erkaklar krugi - ota krugi. 🌿Pul bu-energiya oqimi. 🌿Energiya oqimi bu-hayot,tizim sevgisi va rahmati. 🌿Erkak ,aka-uka,o'g'il bu ota proyeksiyasi. Bugun RETRIT haqida davom etamiz. Rasstanovkali mashqdan keyin👇👇👇 https://t.me/psixolog_bashorat

💲Katta xaridlar — masalan, mashina yoki uy olish uchun olinadigan kreditlar shunchaki oddiy summa emas. 💲Ularni to‘lash uchun yillab umrimizni va kuchimizni sarflaymiz. 💵Lekin eng muhimi: bankdan kredit so‘rab borganimizda, biz faqat qog‘oz pul emas, Koinotdan energiya va kelajagimizning kuchini qarzga olayotgan bo‘lamiz. 💬Bankka borib to‘layotgan har bir oyingiz — bu shunchaki moliya emas, balki kelajakdagi vaqtingiz va hayotiy energiyangizning to‘lovidir. Shuning uchun ham katta kreditlarni olishda faqat raqamlarni emas, o‘zingizning ruhiy kuchingizni va energiyangizni ham to‘g‘ri baholashingiz juda muhim.Biz qarz olish o'rniga nimalar qilishimiz mumkin.Hozirgi energiyangiz nima bera oladi. Sentyabr — bu shunchaki kuzning boshi emas, bu sizning moliyaviy matritsangizni va energetik sigʻimingizni noldan qayta dasturlash oyi! Agar siz: ✔️Doim qarzga hayotingizni davom etayotgan bo'lsangiz. ✔️Qancha mehnat qilsangiz ham,maʼlum bir pul darajasidan oʻta olmayotgan boʻlsangiz; ✔️Bilimlaringiz, tajribangiz yetarli, lekin jamiyatda oʻzingizni namoyon qilishga va munosib haq soʻrashga ikkalanayotgan boʻlsangiz; ✔️Pullar kelishi bilan darhol chiqib ketayotgan boʻlsa yoki doimiy moliyaviy xavotir hissi boʻlsa... Demak, muammo harakatda emas, muammo Tizimiy Ildizlar va sizning Energetik Sigʻimingizda! 🪙1 Kunlik Mualliflik Transformatsion 🔤🔤🔤🔤🔤🔤 Mavzu: «PUL MAYDONI VA 6D OʻLCHAM" Maqsad: ➡️Energiyangizdan foydalanishni,to'g'ri sarflashni o'rganish. ➡️Qarzga emas,hayot kuchida yashash. ➡️Qora tuynuklarni yopish. ➡️Tizimli Ildizlar boyligiga ulanish Pulni 6D o'lchamda Kvant Kengayishi. Bu shunchaki nazariya emas. Bu — B. Hellingerning Tizimli rasstanovkalari hamda Kvant energiya maydoni (6D) o'chamiga asoslangan chuqur AMALIY JARAYON. 🔤🔤🔤🔤🔤🔤qachon va sizni nimalar kutmoqda? Bu haqda keyingi postlarimizda.

Ayol kishi oʻzi alohida juda kuchli, iqtidorli va energiyaga boy boʻlishi mumkin, lekin hayotida erkak (juftlik energiyasi) boʻlmasa, bu kuch moddiylashmaydi va pul yoki mulk bo'lib oʻz aksini topmaydi. ✨Erkak kishi tashqi dunyoda qanchalik ulkan muvaffaqiyatlarga erishmasin, qancha pul va mavqega ega boʻlmasin — bu faqat uning shaxsiy xizmati emas. ✨Erkakning ortida (koʻrinadigan yoki koʻrinmaydigan Maydonda) har doim unga maydon va resurs berib turgan Ayol bor. Erkak tashqi dunyoda omadsizlikka uchrsa, sinib ketganida ham uni ruhlantiruvchi, uni qayta "yigʻib bera oladigan" va unga ishonadigan ayollik energiyasi turadi. ✨ "Yolgʻiz ayol ham, yolgʻiz erkak ham alohida olganda toʻliq emas". Erkak va Ayol — ikki alohida mustaqil element emas, balki bir-birini toʻldiruvchi yagona Tizimdir. Biri ravnaq topishi,rivoji ,boyishi uchun ikkinchisi kerak. ✨Siz uchun juda muhim va goʻzal YANGILIGIM bor! Ertaga aynan shu pul, masshtab va ichki kengayishingizni butunlay boshqa darajaga olib chiquvchi maxsus eʼlonni ulashaman. Ertangi postimni oʻtkazib yubormang! ♥️ https://t.me/psixolog_bashorat

Bolalarimga e’tibor bermaydi... yoki aslida siz kimni kutyapsiz? 💫Guruh seanslarida va shaxsiy konsultatsiyalarda ayollardan eng ko‘p eshitadigan e’tirozlarimizdan biri: «U bolalariga otalik qilmayapti, ularning ehtiyoji, g‘amxo‘rligi bilan ishi yo‘q...» 🧬Lekin maydon (polya)ga kirganimizda, juda chuqur va kutilmagan bir haqiqat ochiladi. Ko'p hollarda, erimizga yoki sobiq juftimizga bo‘lgan bu chuqur og‘riq va e’tirozlar — aslida o‘z otamizga bo‘lgan tugallanmagan intizorlikdir. 🦋Ichki bolaligingizda otangizdan ololmagan mehr, e’tibor, xavfsizlik va tan olinishni ulg‘ayganingizdan keyin beixtiyor eringizdan talab qila boshlaysiz. Siz eringizga qaraysiz, lekin ichingizdagi kichkina qizaloq hali ham o‘z otasining yo‘liga qarab: «Meni ko‘r, menga e’tibor ber, men seni kutyapman...» deb faryod urayotgan bo‘ladi. 👑Siz eringizdan ota bo‘lishni talab qilayotganingizda, unga sherik emas, «ota» rolini yuklab qo‘yasiz. Erkak kishi esa bu og‘ir va nohaq roldan ichki darajada qochadi. ✨Maydonda bu proyeksiyalar ajratilib, og‘riq o‘z egasiga qaytarilganda nima sodir bo‘ladi? 🔘Charchatgan kutishlar to‘xtaydi: Siz eringizga er kabi, otangizga esa shunchaki sizga hayot bergan Ota sifatida qarashni boshlaysiz. 🔘Erkakning munosabati o‘zgaradi: Undan og‘ir rol yechilgach va ichki e’tirozlar ketgach, u bolalariga o‘z-o‘zidan boshqacha ko‘z bilan qaray boshlaydi. 🔘Katta energiya va resurs qaytadi: Siz kutilayotgan «bolalarcha pozitsiya»dan chiqib, o‘z hayotingiz uchun mas’uliyatni olgan ulg‘aygan, kuchli Ayol pozitsiyasiga o‘tasiz. Siz-chi? Erkin va baxtli yashashingizga to‘sqinlik qilayotgan, hali ham kimdandir kutayotgan og‘riqlaringizni maydondan chiqarishga tayyormisiz? 💬Aralashib ketgan rollarni tartibga solish va ichki erkinlikka erishish uchun shaxsiy seansga yozilishingiz mumkin.

ILDIZ VA SHAXS. Bir kuni yosh nihol donishmand daraxtdan soʻrabdi: — Boshimga quyosh porlasada,yomgʻir yogʻsada, nima uchun s
ILDIZ VA SHAXS. Bir kuni yosh nihol donishmand daraxtdan soʻrabdi: — Boshimga quyosh porlasada,yomgʻir yogʻsada, nima uchun shamol turganda yiqilib tushay deyman? Nimam kam?. Donishmand daraxt shoxlarini sekin tebratib javob beribdi: — Sening shoxlaring va barglaring — onang bergan mehr va parvarish. Ular senga chiroyli koʻrinish va hayot beradi. Lekin shamolga dosh beradigan, seni yerda mahkam tutib turadigan narsa — bu sening ildizlaring. Ildiz — bu sening otang. Ildizini chuqur hurmat qilgan va uni boricha qabul qilgan daraxtnigina hech qanday boʻron yiqita olmaydi. Bu bir hikoya ko'rinish. 🔘Har bir o'g'il(qiz) tomirida ota qoni oqadi. 🔘Otani yurakda tan olish va uni boricha qabul qilish — oʻz tomiridagi kuchga ishona bilishdir. 🔘Oʻgʻil bola otasining nigohida va qalbidagi oʻrnida oʻziga boʻlgan ishonchni topadi. 🔘Ota unga dunyo bilan yuzlashish va kurashish kuchini beradi. Bugungi seans ish jarayonimizda biz ota va oʻgʻil oʻrtasidagi uzilgan uzviylikni tiklash, ildizlarga hurmat bilan qarash va yurakdagi ogʻriqlarni yengillikka aylantirish ustida ishlaymiz. Figura bo'lib qatnashish uchun murojaat qiling🔘@suhana_mahdiya

❗️❗️❗️ 🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠 🔠🔠🔠🔠🔠 🔘 Ertaga soat 9:00 da . Mavzu:Ota-Oʻgʻil va Onadagi ogʻriqni yechish rasstanovkasi bo'lib
❗️❗️❗️ 🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠 🔠🔠🔠🔠🔠 🔘 Ertaga soat 9:00 da . Mavzu:Ota-Oʻgʻil va Onadagi ogʻriqni yechish rasstanovkasi bo'lib o'tadi. 🔘Figura bo'lib qatnashishi mumkin👇 🔘O'g'il va otasi munosabati yaxshi bo'lishni istaganlar 🔘O'zi yolg'iz ona bo'lib farzand(o'g'il) tarbiya qilayotganlar 🔘O'g'illari kelajakda yetuk shaxsga aylanishini duo qilayotganlar 🔘Otasi og'lini tan olmayotgan rad etayotganlar 🔘Farzandlari va jufti o'rtasida turishni istamaydigan onalar Figura bo'lish narxi:200 000. Yopiq guruhda bo'ladi. Murojaat uchun:@suhana_mahdiya

Mening Totem hayvonim bilan suhbat: Olov ichidan o‘tgan donolik. Kuni kecha chuqur bir amaliyot davomida ichki olamim va Maydon menga o‘zimning Totem hayvonim — Kiyikni namoyon qildi. U bilan uchrashuvda ongimda bolaligimdan bir manzara gavdalandi: yonayotgan o‘rmon va olov ichidan o‘z bolasini qutqarib olib chiqayotgan kiyik... Bolaligimda shunday bir multfilm ko‘rgandim va o‘shanda o‘rmonga olov yoqqan, tabiatga ziyon yetkazgan odamlardan ich-ichimdan juda xafa bo‘lganim yodimda. Bu amaliyotda Totem hayvonimdan: "Nega bu manzara keldi va u menga qanday resurs keltirdi?" deb so‘raganimda, u menga aql bovar qilmas bir javobni berdi. Kiyik hatto o‘sha dahshatli yong‘in ichida qolgan bo‘lsa ham, insonlardan xafa emas edi. Unda nafrat, alam yoki adolatsizlikdan arazlash hissi yo‘q edi. Unig butun diqqati va borliq maqsadi bir narsada edi: bolasining jonini saqlab qolish va uni yangi, xavfsizroq maydonga olib o‘tib, yashashda davom etish. U bilan bo‘lgan bu suhbat menga hayot va Maydon haqida juda katta saboq berdi: Xafagarchilik va araz — bu energiyani kulga aylantirishdir. Qachonki biz bizga ziyon yetkazganlardan, o‘tmishdagi "yong‘inlar"dan yoki adolatsizliklardan xafa bo‘lib yurganimizda, butun kuchimizni o‘sha vayronagarchilikda qoldiramiz. Haqiqiy kuch — Hayotni tanlashda. Kiyik kabi bo‘lish — bu aybdorlarni qidirishga vaqt sarflamay, nima bo‘lganda ham o‘z ichki o‘zligingni, ruhingni va hayotiy resurslaringni qutqarib qolish demakdir. Yangi maydon har doim ochiq. Har qanday yong‘indan keyin ham hayot to‘xtab qolmaydi. Muhimi — ichki poklikni va sezgirlikni yo‘qotmasdan, yangi bosqichga va yangi kengliklarga o‘ta olish. Bizning sezgirligimiz va yumshoqligimiz — bu zaiflik emas. Bu hatto olov ichida ham hayotni saqlab qoladigan buyuk donolik va kuchdir. Siz-chi, hayotingizdagi "yong‘inlar"da aybdorlarni qidirishda qolib ketasizmi yoki Hayotni saqlab qolib, olg‘a yurishni tanlaysizmi?

👉 «To‘liq aniqlik hech qachon bo‘lmaydi. Uni kutma, qisman noaniqlik sharoitida harakat qilishga ko‘nik. 👉 Ruhlar insonning o‘zi qila oladigan ishni uning o‘rniga qilmasliklari kerak. 👉 Eng muhimi — cheksiz tayyorgarlik ko‘rish emas, balki yo‘nalishni belgilab, harakatni boshlashdir. 👉 Agar sen biror harakat qilsang, xohla-xohlama, albatta natija olasan. 👉 Ulg‘aygan insonga ma'no-mazmunni ma'lum bir nuqtadan keyin hech kim tayyor holda tutqazmaydi — uni insonning o‘zi yaratishiga to‘g‘ri keladi. https://t.me/psixolog_bashorat

"Turilish karidori" vebinari sizni ongingiz tutib turgan barch bloklarni ochib yuboradi. Va tizimda boylik energiyasiga blok bo'lsa bu ham butunlay ochilib ketadi Yutuqlar butun tizimda👏👏👏❤️💐👏💐❤️🎁🎁

"Tutilish karidori" vebinarida anglashlar va keyingi audioda natijalar👏👏👏👏