Sirdaryo sporti | Rasmiy kanal
Open in Telegram
Sirdaryo viloyati sport boshqarmasining rasmiy sahifasiga xush kelibsiz
Show more4 585
Subscribers
-124 hours
-1417 days
-55530 days
Posts Archive
#MATCHDAY
«Sayxun» jamoamiz bugun Oliy ligadagi navbatdagi bellashuvini o‘tkazadi. Bizni «Lochinga»ga qarshi bahs kutmoqda. O‘yin soat 15:00da start oladi.
🏆 O'zbekiston Futzal Oliy Ligasi. 1-tur. 5-kun
⚽️Lochin — SAYXUN
📍 | Manzil: Jizzax shahri
🏟 | Majmua: Viloyat futbol akademiyasi sport zali
📆 | Sana: 9-sentabr | Chorshanba
⏰ | Boshlanish vaqti: 15:00
📺 | Efir: O’FF YouTube kanali
#Sayyorqabul
📢 FUQAROLAR UCHUN SAYYOR QABUL O‘TKAZILADI
⚡️ Joriy yilning 9-sentabr kuni Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. Dilshod Daniyarov boshchiligida Guliston shahrida jismoniy shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
➡️ Sayyor qabul davomida fuqarolarning jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid murojaatlari, muammolari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilanadi.
📝 Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha o‘rganilib, mavjud muammolarning yechimlari yuzasidan amaliy rejalar ishlab chiqiladi.
📅 Sana: 9-sentabr
⏰ Vaqti: 15:00
📍 Manzil: Guliston shahri, Guliston ko‘chasi, 5-uy, Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi binosi.
📣 Sport sohasiga oid murojaat va takliflaringiz bilan sayyor qabulda faol ishtirok eting!
🇺🇿Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Facebook 🔹Instagram🔹 Youtube 🔹Telegram
+6
⚽️ “YANGIYER SHAHAR HOKIMI KUBOGI” MUSOBAQALARIGA START BERILDI
⚡️ Joriy yilning 8–10-sentabr kunlari Yangiyer shahar sport maktabining sun’iy qoplamali futbol maydonida sportning mini-futbol turi bo‘yicha “Yangiyer shahar hokimi kubogi” musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
➡️ Mazkur musobaqada Yangiyer shahridagi idora va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlardan tuzilgan jamoalar ishtirok etmoqda.
🎙 Musobaqaning asosiy maqsadi — tashkilot va muassasa xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, jamoaviylik va do‘stona muhitni mustahkamlash hamda mini-futbol sport turini yanada ommalashtirishdan iborat.
🏆 “Yangiyer shahar hokimi kubogi” doirasidagi bahslarda jamoalar g‘alaba uchun murosasiz kurash olib borib, o‘zlarining sport mahorati va jamoaviy birdamligini namoyish etishmoqda.
🇺🇿Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Facebook 🔹Instagram🔹 Youtube 🔹Telegram
🇺🇿VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egalladik
31 avgust – 7 sentyabr kunlari Qirg‘iz Respublikasi mezbonlik qilgan VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi.
Dunyoning 100 ga yaqin mamlakatidan kelgan 3 000 nafardan ziyod sportchi etnosportning 43 ta turi bo‘yicha bahs olib borgan mazkur kompleks musobaqada O‘zbekiston sport delegatsiyasi ham katta tarkibda ishtirok etdi.
Musobaqada mamlakatimiz vakillari 32 sport yo‘nalishida, jumladan, mas-restling, sambo, armrestling, kurash, belbog‘li kurash, bahodirlar o‘yini, uloq-ko‘pkari, bel olish va uchkurash, kamondan otish, ot sporti, sumo, aqliy o‘yinlar, O‘zbek jang san’ati kabi sport turlarida yurtimiz sharafini himoya qildi.
Yakunda O‘zbekiston sport delegatsiyasi 4 ta oltin, 4 ta kumush, 11 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egalladi.
+9
Sirdaryoda “Besh tashabbus olimpiadasi” bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib davom etmoqda.
Joriy yil, 7-sentabr kunidan boshlab tumani va shahar sport maktablarining ommaviy sport bo‘yicha seleksioner trenerlari tomonidan «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida 2026-yilda umumta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan ommaviy sport musobaqalari yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Ma'lumot uchun: Maktab o‘quvchilari o‘rtasida sport turlari bo‘yicha «Maktab ligasi» musobaqalari 9 ta sport turi hamda «Quvnoq startlar» bo‘yicha tashkil etiladi.
Shuningdek, 9–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida «KrossFIT» sport musobaqasi o‘tkaziladi.
🇺🇿Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Facebook 🔹Instagram🔹 Youtube 🔹Telegram
⚡️Breaking! Portugaliyada to’p surayotgan Sirdaryolik futbolcha Milliy terma jamoaga chaqirildi.
Fabio Kannavaro oldindagi yig'inlarda yangi nomlarni sinovdan o'tkazadi.
Portugaliyaning "Braga" jamoasida to'p tepayotgan legionerimiz Sirdaryo tumanilik Sadriddin Hasanov va O'zbekiston milliy terma jamoasidan chaqiruv oldi.
U FIFA kunlaridan o'rin olgan bellashuvlarda maydonga tushishi mumkin.
Ma'lumot uchun, "oq bo'rilar" 24 sentyabr kuni Eron, 6 oktyabr kuni Janubiy Koreya bilan kuch sinashadi.
Osiyo oʻyinlarida sportchilar qayerda yashaydi?
—
Где будут проживать спортсмены на летних Азиатских играх Аичи-Нагоя-2026?
#AichiNagoya2026
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezidentimiz tashrifi sharafiga Serbiya poytaxtidagi “Kula Belgrade” osmono‘par binosi O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi.
—
В честь визита Президента нашей страны небоскреб «Kula Belgrade» в столице Сербии окрасился в цвета флага Узбекистана.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Oliy liga 1-turidan o‘rin olgan «Nasaf» - «Sayxun» uchrashuvidan so‘ng jamoamiz bosh murabbiyi Artur Yunusov o‘z fikrlarini bildirdi.
Uchrashuv haqida aytadigan bo‘lsam, biz asosan o‘z xatolarimiz tufayli mag‘lub bo‘ldik.
Himoyada juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik va aynan shu xatolardan keyin o‘z darvozamizdan gollar o‘tkazib yubordik. Bu kamchiliklar ustida ishlaymiz.
Legioner futbolchilarning maydonga tushmagani haqida shuni aytishim mumkinki, ularning yo‘qligi natijaga ta’sir qildi, deb hisoblamayman.
Avval aytganimdek, himoyada yo‘l qo‘ygan to‘rtta xatomiz natijaga ta’sir qildi.
Keyingi uchrashuvimiz — «Lochin»ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqtimiz ko‘p emas.
Bugungi bahsdan tegishli xulosalar chiqaramiz va «Nasaf»ga qarshi o‘yinda yo‘l qo‘yganimiz kabi xatolarni takrorlamaslikka harakat qilamiz.
Bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun ishlashda davom etamiz», — dedi Yunusov o‘yindan keyin.
+9
Oliy liga debyut o’yinimizda mag’lub bo’ldik.
NASAF — SAYXUN jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvdan fotolavhalar.📸
🥋 GIYOHVANDLIKKA QARSHI SPORT BILAN KURASHAMIZ! 💪
Sayxunobod tuman sport maktabida erkin kurash bilan shug‘ullanuvchi yoshlar ishtirokida “Giyohvandlikka qarshi sport bilan kurashamiz” shiori ostida targ‘ibot tadbiri va fleshmob tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlikning salbiy oqibatlaridan ogohlantirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishda sportning muhim o‘rni haqida tushunchalar berildi.
🥋 Sport — iroda va kuch!
🚫 Giyohvandlikka yo‘q deymiz!
💪 Biz sog‘lom kelajak tarafdorimiz!
#StopNarko #GiyohvandlikkaQarshiSportBilanKurashamiz #SportBilanKurashamiz #SoglomYoshlar #Sayxunobod #ErkinKurash
+1
Osiyo oʻyinlariga boradigan futbolchilar nomini maʼlum, tarkibda Sirdaryolik futbolchi ham bor.
Futbol boʻyicha Oʻzbekiston U23 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etadigan oʻyinchilar roʻyxatini eʼlon qildi.
E’tiborlisi tarkibda Sirdaryo futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi xozirda Lokomotiv klubi a’zosi Xovoslik Shodiyor Shodibekov ham bor.
Eslatib oʻtamiz, jamoamiz musobaqaning guruh bosqichida Filippin, Kuvayt va Vyetnam jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Yigitlarimiz guruh bosqichidagi oʻyinlarini 15-sentyabr kuni boshlashadi.
#AichiNagoya2026 #Futbol
#Afsuski_yutkazdik
Oliy liga. 1-tur. 3-kun
2026-yil, 7-sentabr
NASAF — SAYXUN — 4:2 #TUGADI
⚽️ GOLLAR:
1:0 — Jasur Xalimov (6')
1:1 — Ravshan Ismatullayev (14')
2:1 — Sunnatilla Jo'rayev (15')
3:1 — Ixtiyor Ropiyev (18')
3:2 — Sharofjon Ahmadov (29')
4:2 — Quvonchbek Jaxonov (39')
🟨 OGOHLANTIRISHLAR:
#4 Ixtiyor Ropiyev (24')
#5.Otamurod Jumanov (38')
+3
Shirin shahar sport maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik
⚡️ Shirin shahar sport maktabida 2026–2027-o‘quv yilini munosib va yuqori saviyada tashkil etish maqsadida trenerlar kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi.
➡️ Yig‘ilish davomida o‘tgan o‘quv yilining yakunlari, erishilgan natijalar va kelgusidagi ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi.
🎙 Shuningdek, terma jamoalarni shakllantirish, iqtidorli sportchilarni saralash, sportchilar salomatligini nazorat qilish, trenerlarning faoliyati hamda mashg‘ulotlar uchun ajratilgan dars soatlari yuzasidan fikr almashildi.
🟡 Yig‘ilish yakunida yangi o‘quv yilida mashg‘ulotlar sifatini yanada oshirish, sportchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, istiqbolli yoshlarni aniqlash va ularning sport mahoratini rivojlantirish, shuningdek, yuqori sport natijalariga erishish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
🇺🇿Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Facebook 🔹Instagram🔹 Youtube 🔹Telegram
+9
Sirdaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida “Besh tashabbus olimpiadasi” bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Joriy yil, 7-sentabr kunidan boshlab tumani va shahar sport maktablarining ommaviy sport bo‘yicha seleksioner trenerlari tomonidan «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida 2026-yilda umumta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan ommaviy sport musobaqalari yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari tashkil etildi.
Ma'lumot uchun: Maktab o‘quvchilari o‘rtasida sport turlari bo‘yicha «Maktab ligasi» musobaqalari 9 ta sport turi hamda «Quvnoq startlar» bo‘yicha tashkil etiladi.
Shuningdek, 9–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida «KrossFIT» sport musobaqasi o‘tkaziladi.
🇺🇿Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Facebook 🔹Instagram🔹 Youtube 🔹Telegram
+2
🥋 Prezident olimpiadasi yoʼllanmasi sohiblari taqdirlandi!
Guliston shahar sport maktabining dzyudo boʼlimi shugʼullanuvchilari Davronova Muhabbat va Аbduxalilov Saidjonlar oʼzlarining munosib ishtiroklari va yuqori natijalari bilan Prezident olimpiadasiga yoʼllanmani qoʼlga kiritdilar.
Yosh sportchilarning ushbu yutugʼi Guliston shahar sport maktabi jamoasi tomonidan munosib eʼtirof etildi.
Ularga sportdagi muvaffaqiyatlarini qoʼllab-quvvatlash maqsadida dzyudo uchun maxsus sport kiyimlari taqdim etildi.
