cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Nima Uchun ?

😅 Savol ko'p, eng sara va qiziqarli javoblar esa bizning kanalda. 🤓Nima uchun tv har qanday savolga javob beramiz. @NimaUchunTv_Bot

Show more
The country is not specifiedThe language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
225
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Nima uchun inson eng ajoyib maxluq? Bir paytlar Dalay Lamadan so'ragan ediki, uni nima ko'proq hayratga soladi? U javob berdi: “Inson. Avvaliga u pul topish uchun sog'lig'ini qurbon qiladi. Keyin u sog'lig'ini tiklash uchun pul sarflaydi. Biroq, u o'z kelajagi haqida shunchalik tashvishlanadiki, u hech qachon hozirgi zamondan zavqlanmaydi. Natijada, u hozirgi yoki kelajakda yashamaydi. U go'yo hech qachon o'lmaydigan kabi yashaydi va o'layotganda u yashamaganidan afsuslanadi " 🔻 Nima uchun? | Do'stlarga yuboring.
Show all...
🤩 Assalomu alaykum kanalimiz a'zolari biz kanal faoliyatini ushbu manzilda davom etirmoqdamiz🔻 Siz tomondan yo'llangan savollar mana shu manzilda e'lon qilinmoqda👇 Quyidagi kanalga obuna bo'ling ; https://t.me/joinchat/Rg47sQLq2tMceBel
Show all...
🤝 Nima uchun odamlar qo'l berib salomlashadi? Qadimgi davrlarda, ochiq qo'llarni ko'rsatish, bir kishi boshqasiga quroli yo'qligini, uning niyati pokligini ko'rsatganini bildirardi. Va qarshisidagi odam unga ishonsa u ham qo'l uzatgan. Shu bilan odamlar bir biriga teginib o'z havfsizligini ta'minlashgan. P/s: ushbu post haqida fikringiz qanday izohda yozib qoldiring 🔻 @NimaUchunTv | Do'stlarga yuboring.
Show all...
🤪 Nima uchun biror nimadan rohatlanganimizda "kayf" so'zini ishlatamiz? O'zbekcha "Kayf" so'zi arabcha "Keif" so'zidan kelib chiqqan bo'lib - "yoqimli bekorchilik vaqti" degan ma'noni anglatadi. Rus tilida esa birinchi marta "Kayf" ("kayf") so'zi rasmiy ravishda 1821 yilda qayd etilgan. Aynan shu yili OI Senkovskiy Misrdagi sayohatlari haqida gapirib, "keyf" nima ekanligini tushuntiradi. 🔻 @NimaUchunTv | Do'stlarga yuboring.
Show all...
Nima uchun hayvon tovushlari har xil davlatda har xil taqlid qilinadi? 🐶 Tabiiy, hayvonda millat bo’lmaydi, u o’zidagi refleksga ko’ra ovoz chiqaradi. Eshituvchi – biz. Turli-tuman tilga ega odamlar. Mushukka “taqlid” qilib “miyov” deymiz. Eshitganimiz shu-da. Koreyslar esa “miyov” emas, “yao’ng” deyishadi. Ular ham eshitganlari bo’yicha aytishadi! It huriganda-chi? “Vov-vov”. Huddi it og’zidan baland ovozda “v”, “o”, “v” xarflari chiqayotganga o’xshaydi. Koreys tiliga kuchukning “gapi”ni “mong-mong” deb tarjima qilamiz. Ingliz tiliga “vuf-vuf” tarzida. Qoil-ey, uch millat uch xil eshitsa! Yoki ziyrak itlar hamma yerda har-xil vovillarmikin? 🗂 Batafsil... P/s: Siz hayvon tovushlarini qanday taqlid qilasiz izohda yozib qoldiring😅 🔻 @NimaUchunTv | Do'stlarga yuboring.
Show all...
👨‍🦳 Nima uchun qo'rquv va stress sochni oqartiradi? Oq sochlar paydo bo'lishining sabablaridan biri shundaki, yosh o'tishi bilan kasallik, tashvish, qattiq qo'rquv tufayli pigment tobora kamayib boradi va sochlarning rangi kul rangga aylanadi. Yana bir tushuntirish - havo pufakchalari asabiy stress va salbiy his-tuyg'ular tufayli pigment donachalarini almashtira boshlaydi. Ammo bu hodisaning mexanizmi hali ham noma'lum. P.s: Yana bir nechta sabablaridan: bir oyda go'sht va yog'ning narxi salkam yarim barobar oshgani, chegaradan u yoqda "orzuyimizdagi jentra" yarim narxida sotilishi, 4 yil umidlantirib, oxirida bizni bitta golga "ilmaydigan" futbolchilarimiz va ko'p ko'p ho kazolar... 🔻 @NimaUchunTv | Sochiga oq tushganlarga yuboring
Show all...
🌍 Nima uchun Yer dumaloq? Quyosh, yulduzlar, Yer, Oy, barcha sayyoralar va ularning katta yo'ldoshlari "dumaloq" (shar shaklida), chunki ular juda katta massaga ega. O'zlarining tortishish kuchi (tortishish qonuni) ularga to'p shaklini berishga intiladi. Agar biron bir kuch Yerga chamadon shaklini bersa, unda tortishish kuchi yana uni sharcha shaklga kelgunicha, bortib turgan qismlarini "tortib" to'play boshlaydi. P.s: "Olaaaa! 🔻 @NimaUchunTv | Do'stlarga yuboring
Show all...
Nima uchun inson sevib qoladi? 🥰 Eh, romantik muhabbat, ba'zan maftunkor va sarmast qiluvchi, ba'zan yurakni parchalovchi va jafokash. Nima uchun biz hissiyotlarimizni siqib, suvidan sharbat qilishlariga qo'yib beramiz? Sevgi hayotimizga mazmun kiritadimi yoki yolg'izlik va azob-uqubatlardan qochmoqchi bo'lamizmi? Sevgi ortida jinsiy xohish-istagimiz yashiringanmi yoki bu nasl qoldirishimiz uchun tabiat o'ylab topgan nayrangmi?  Bizga faqat shu kerakmi? Umuman uning keragi bormikin? Agar muhabbatdan biror maqsad bo'lsa, na biror olim, na biror psixolog buni kashf eta olgan emas. Ammo uzoq tarixiy davr mobaynida ayrim taniqli faylasuflarimiz ba'zi qiziqarli nazariyalarni ilgari surdi.  Sevgi bizni qayta bir butun qiladi. Qadimgi yunon faylasufi Aflotunning fikricha, biz bir butun bo'lish uchun sevamiz. 🔻 @NimaUchunTv | Do'stlarga yuboring
Show all...
Nima uchun Ilon Mask endi sayyoraning eng boy insoni emas? 🚀 SpaceX kosmik kompaniyasi asoschisi va Tesla’ning bosh direktori Ilon Mask Forbes real vaqtda yangilanib boruvchi Real-Time ma’lumotlariga ko‘ra dunyoning eng boy odami maqomidan mahrum bo‘ldi. Amerika fond birjalarida savdolar yakuniga ko‘ra Ilon Maskning boyligi 176,2 milliard dollarga baholandi, kun davomida u 13,5 milliard dollarga yoki 7,1 foizga kamaydi. Reytingda birinchi o‘rinni Amazon asoschisi Jeff Bezos egalladi. Uning boyligi 182,2 milliard dollarni tashkil etadi. Yil davomida u 3,6 milliard dollarga yoki 1,96 foizga kamaydi. Mask 7-yanvar kuni Bezosni ortda qoldirib, dunyodagi eng boy biznesmenga aylangandi. 🔻 @NimaUchunTv | Do'stlarga yuboring
Show all...
Nima uchun klaviaturadagi harflar alifbo tartibida emas? 📇 — 19-asrning oxirida K.Skoulz ismli shaxs "QWERTY" deya nomlangan birinchi yozuv mashinkasini shunday harflar bilan taqdim etdi. O'sha paytlarda yozuv mashinkalarida harflarning joylashuvi alifbo tartibida edi. — Bu esa matnni tez terishda, agar harflar yaqin bo'lsa ular qo'shilib ketish holatini keltirib chiqargan. Ko'pincha ularni ajratish mashinkalarning ishdan chiqishiga olib kelgan. 🔻 @NimaUchunTv | Do'stlarga yuboring
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.