O‘zJOKU | Rasmiy
Open in Telegram
Universitet — bu insonlar va bilimlar uchrashadigan joy Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rasmiy sahifasi. O‘z rasmlaringizni #meninguniversitetim heshtegi orqali ijtimoiy tarmoqlarda ulashing. https://uzjoku.uz/uz
Show more7 254
Subscribers
+224 hours
+1227 days
+1 16330 days
Posts Archive
7 252
Kuzgi kompozitsiyadan o'z fotosuratlaringiz bilan ulashing!
O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida rektor Sherzodxon Qudratxo'janing talabalar uchun maxsus an'anaviy kuzgi hosil kompozitsiyasi tashkil etildi.
Haqiqiy oltin kuz fasli vaybini his qiling va ushbu foto maydonda suratga tushing!
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
7 252
ESLATMA!
Magistratura bosqichiga qabul qilingan va tahsil olayotgan xotin-qizlar diqqatiga!
⭐️ Xotin-qizlarning ta’lim olishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash doirasida kontrakt to‘lovlarini davlat budjeti hisobidan qoplash bo‘yicha tegishli jarayonlarni rasmiylashtirish boshlandi.
Shu munosabat bilan magistratura bosqichida tahsil olayotgan xotin-qizlardan:
✔️kontrakt.edu.uz elektron tizimiga kirish;
✔️ shaxsiy ma’lumotlarini tekshirish;
✔️ kontrakt shartnomasini ma'lumotlarini olish va ko‘rib chiqish;
✔️ belgilangan tartibda arizani Universitetga kelib rasmiylashtirish so‘raladi.
MUHIM: Arizalarni belgilangan 15.09.2026 muddatlarda rasmiylashtirish lozim.
Manzil: O'zJOKU asosiy bino 008-xona
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
7 252
Repost from Edu.uz
✏️Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi: oʻzgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik” maqolasi eʼlon qilindi
Koreya Respublikasining yetakchi nashrlaridan biri — “The Chosun Daily”da Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi: oʻzgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik” sarlavhali maqolasi eʼlon qilindi.
Maqolada Oʻzbekiston va Koreya oʻrtasidagi tarixiy rishtalar, bugungi alohida strategik sheriklik, savdo-investitsiya aloqalari hamda munosabatlarni yangi texnologik bosqichga olib chiqish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratilgan.
❗Maqolada qayd etilganidek–
🔵soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Koreya oʻrtasidagi ikki tomonlama savdo hajmi 5 barobarga oshgan;
🔵Koreyaning Oʻzbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investitsiyalari hajmi 8 milliard dollardan oshgan;
🔵Ayni paytda mamlakatimizda Koreya kapitali ishtirokida 700 dan ziyod qoʻshma korxona va loyihalar amalga oshirilmoqda;
🔵KOICA, Koreya Eksimbanki va EDCF bilan hamkorlikdagi loyihalarning umumiy portfeli 3,5 milliard dollardan ortiq;
🔵2025 yilda Markaziy Osiyo davlatlarining umumiy yalpi ichki mahsuloti 500 milliard dollardan oshgan.
Prezident ikki mamlakat iqtisodiyotining oʻzaro toʻldiruvchanligi yangi oʻsish drayverlarini yaratish uchun katta imkoniyat ekanini taʼkidlab, hamkorlikni umumiy ishlab chiqarish tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni shakllantirish darajasiga olib chiqish muhimligini taʼkidladi.
"Ishonchim komilki, aynan shu asosda hamkorligimizning yangi sahifasini ochishimiz — alohida sohalardagi muvaffaqiyatli hamkorlikdan umumiy ishlab chiqarish tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni shakllantirishga o‘tishimiz mumkin. Bu esa mamlakatlarimiz barqaror va uzoq muddatli farovonligining yanada mustahkam poydevorini barpo etadi".Maqolada sun’iy intellekt, yarim o‘tkazgichlar, robototexnika, elektr transport vositalari, biofarmasevtika, aqlli qishloq xo‘jaligi va “aqlli shaharlar” istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari sifatida belgilangan. Shuningdek, ta’lim va inson kapitaliga investisiya kiritish, akademik almashinuv va qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish muhimligi e’tirof etgan. Prezident, shuningdek, Markaziy Osiyo-Koreya Respublikasi sammiti O‘zbekiston va Koreya munosabatlari bilan bir qatorda, butun mintaqa bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim maydon ekaniligiga alohida urg‘u berdi.
"...O‘zbekiston siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, amaliy hamkorlikni kengaytirish va sheriklikning yangi, samarali mexanizmlarini shakllantirishga qaratilgan qator dolzarb tashabbuslarni ilgari surish niyatida. Bu tashabbuslar “Markaziy Osiyo — Koreya Respublikasi” formatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, uni yanada tizimli, dinamik va uzoq muddatli mintaqaviy ustuvor vazifalarga yo‘naltirilgan mexanizmga aylantirishga qaratilgan".Prezident maqolasida qayd etilganidek, O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklik nafaqat ikki tomonlama munosabatlarni, balki Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik, innovatsiya va umumiy taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.
"Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi tinchlik, innovatsiyalar, o‘zaro ishonch va umumiy farovonlikka asoslangan hamkorlikning yangi makonini shakllantira olishiga chin dildan ishonaman"- deydi Davlatimiz Rahbari maqolada.🔥 Maʼlumot oʻrnida: The Chosun Daily — 1920-yilda tashkil etilgan “Chosun Ilbo” mediaguruhi tarkibidagi nashr boʻlib, Koreya Respublikasidagi yirik axborot platformalaridan biri hisoblanadi. Nashr siyosat, iqtisodiyot, jamiyat va xalqaro munosabatlarga oid dolzarb voqealarni keng yoritib boradi. Unda Oʻzbekiston Prezidentining maqolasi eʼlon qilinishi ikki mamlakat oʻrtasidagi strategik sheriklikka boʻlgan yuksak eʼtiborning yana bir ifodasidir. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
7 252
O’zJOKUda xorijiy talabalar uchun tashkil etilgan musiqiy kechadan videolavha!
———————————————
O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
7 252
O’zJOKU qadrli talabalarining universitetdagi birinchi haftasi qanday o’tdi?
———————————————
O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
7 252
1-bosqichga qabul qilingan talabalar bilan ochiq muloqot davom etmoqda
Videolavha——————————————— O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
7 252
+9
O’zJOKUda Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy gumanitar fanlar fakultetining talabalari bilan ochiq muloqot bo’lib o’tdi
O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda. Jumladan, Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy gumanitar fanlar fakultetining yangi qaldirg’ochlari bilan universitet prorektorlari Sanjarbek Rashidov, Ravshan Rayimjonov, Nozima Muratova hamda fakultet dekani Akbar Elmurodov ishtirokida ochiq muloqot bo’lib o’tdi. Muloqot davomida har bir prorektor talabalar bilan suhbatlashib ularning fikrini o’rgandi hamda o’z bilim va tajribalari bilan bo’lishdi.
Bu kabi tashkil etilayotgan ochiq muloqotlar talabalar bilan yaqindan suhbat qilish, talabalarga universitet muhitiga tezroq moslashish hamda universitet ichki tartib qoidalarini tezroq o’rganishga xizmat qiladi.
———————————————
O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
7 252
GLOBAL CONNECT
MALAYSIA 2026
Talabalarni dunyodagi TOP 1%
universitetlar qatoridan joy olgan, QS World University Rankings 2026 reytingida #269-o‘rinni egallagan UCSI Universityda o‘tkaziladigan 7 kunlik xalqaro sertifikat dasturida ishtirok etishga taklif qilamiz.
Dastur doirasida:
— mahorat darslari va amaliy mashg‘ulotlar
— kompaniya va tashkilotlarga tashriflar
— madaniyatlararo muloqot va networking
— Kuala-Lumpur bo‘ylab 2 ta madaniy ekskursiya
— UCSI University sertifikati
📅 Davomiyligi: 7 kun
📍 Manzil: UCSI University, Kuala Lumpur, Malaysia
💰 Narxi: RM 3 650 (≈ USD 898)
Narxga quyidagilar kiradi: ta’lim, yashash, mashg‘ulotlar vaqtida ovqatlanish, transport, ekskursiyalar, aeroportdan transfer, o‘quv materiallari va sertifikat.
Aviachipta va sug‘urta narx ichiga kirmaydi.📌 Ro‘yxatdan o‘tish: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSe1wMMwp0Hsq15bUwMDwQlRH3qewp8AKTCqKsBR29IEsSq3lg/viewform ——————————————— O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
7 252
O’zJOKUda 9-o’quv yilining birinchi milliy liboslar kuni
Milliy liboslar kuni — milliy qadriyatlarimiz ifodasi
🇺🇿Bu kun jamoamiz a’zolari va talabalarni milliy liboslarda ko‘rish, o‘zbekona qadriyat va an’analarimizni kundalik hayotda namoyon etish uchun o‘ziga xos imkoniyatdir.
———————————————
O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
7 252
+9
O’zJOKUda PR va menejment fakulteti talabalari bilan ochiq muloqot bo’lib o’tdi
O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida yangi talablar bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda. Jumladan, PR va menejment fakultetining yangi qaldirg’ochlari bilan universitet prorektorlari hamda fakultet dekani ishtirokida ochiq muloqot bo’lib o’tdi. Muloqot davomida har bir prorektor talabalar bilan suhbatlashib ularning fikrini o’rgandi, hamda o’z bilim va tajribalari bilan bo’lishdi.
Bu kabi tashkil etilayotgan ochiq muloqotlar talabalar bilan yaqindan suhbat qilish, talabalarga universitet muhitiga tezroq moslashish hamda universitet ichki tartib qoidalarini tezroq o’rganishga xizmat qiladi.
———————————————
O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
7 252
+9
O‘zJOKUda xorijiy talabalar uchun musiqiy kecha tashkil etildi
FotoreportajO‘zJOKU — insonlar va bilimlar uchrashadigan maskan! ——————————————— O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
7 252
Talabalikning ilk kunlari: universitet qadriyatlari haqidagi ochiq muloqotdan videolavha!
———————————————
O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
7 252
O‘zJOKUda xorijiy talabalar uchun musiqiy kecha!
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida xorijiy talabalar uchun ko‘tarinki kayfiyat va samimiy muhitga boy musiqiy kecha tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalar bir-birlari bilan yaqindan tanishib, suhbatlashdilar, musiqa va raqslar orqali o‘zlarining ijodiy qobiliyatlarini namoyon etdilar. Ozarbayjon, Qirg'iziston, Tojikistondan kelgan yoshlarni birlashtirgan kecha do‘stona muloqot, quvonchli lahzalar va unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.
Bunday tadbirlar universitetda tahsil olayotgan xorijiy talabalar uchun yangi do‘stlar orttirish, O‘zbekistonning madaniy muhitiga yanada yaqinlashish va talabalik hayotining faol ishtirokchisiga aylanish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi.
O‘zJOKU — insonlar va bilimlar uchrashadigan maskan.
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
7 252
Rektorning xorijiy talabalar bilan tanishuvi
O‘zJOKU rektori, prof. dr. Sherzodxon Qudratxo'ja birinchi bosqichga qabul qilingan xorijiy talabalar bilan uchrashib, ular bilan yaqindan tanishdi.
Samimiy suhbat davomida talabalarning qiziqishlari, sevimli mashg‘ulotlari, iste’dodlari va universitetdagi ilk taassurotlari haqida suhbatlashildi.
O‘zJOKU — bu shunchaki ta’lim maskani emas. Bu turli millat va madaniyat vakillari bir joyda jam bo‘lib, bilim oladigan, tajriba almashadigan va do‘stlashadigan maskan.
Bu yerda turli tillar yangraydi, turli madaniyatlar uchrashadi, ammo barchani bir maqsad — bilim va kelajak sari intilish birlashtiradi.
———————————————
😃 O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
7 252
Repost from Edu.uz
❗️ Barcha talabalar diqqatiga!
📲 To‘lov shartnomasini olish uchun kontrakt.edu.uz platformasidan onlayn ariza yuboring.
➡️ Arizangiz oliygoh tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
✅ Tayyor shartnomani tizimdan yuklab olishingiz mumkin.
📌“KONTRAKT EDU” mobil ilovasi
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
7 252
1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun “Musiqiy kecha” tashkil etildi
Videolavha——————————————— O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
7 252
#Mustaqillik35
#YangiOquvYili
#Birinchi_kurs_maktabi
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida 2026–2027-o‘quv yili boshlandi
————————————————-
📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 Facebook | 📱www.uzjoku.uz
7 252
+2
LASHKEREK O‘RMONIGA SAYOHAT
🌊Lashkerek o‘rmoni sharsharasini o’z ko’zingiz bilan ko’rishni istaysizmi?
Unda bizga qo’shiling!
Narx ichiga kiradi:
🚐 Borib-kelish transporti
🥾 Hiking
📸 Chiroyli lokatsiyalar
🎥 Professional foto va videolar
Sana: 13.09.2026
Narxi: 159 000 SO‘M
Joy band qilish uchun:
@prexesz
@yashasinsasha
———————————————
O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
7 252
TANLOV E’LONI
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Xorijiy tillar kafedrasiga asosiy shtat asosida professor-o‘qituvchilar lavozimlariga tanlov e’lon qiladi!
Tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:
➡️ingliz tili;
➡️nemis tili;
➡️koreys tili;
➡️yapon tili;
➡️xitoy tili;
➡️rus tili.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
⭐️tegishli yo‘nalish bo‘yicha PhD ilmiy darajasiga ega bo‘lish;
⭐️o‘qitiladigan xorijiy til bo‘yicha C1 darajadagi amaldagi til sertifikatiga ega bo‘lish;
⭐️tegishli pedagogik ish stajiga ega bo‘lish.
Tanlovda ishtirok etish istagidagi nomzodlardan belgilangan tartibda zarur hujjatlarni taqdim etish so‘raladi.
Qo‘shimcha ma’lumot va hujjatlarni taqdim etish tartibi bo‘yicha: universitetning tegishli bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin!——————————————— 😄O‘zJOKU matbuot xizmati: @uzjmcu
