cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

"TIQXMMI" MTU IQTIDORLI TALABALAR

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexnizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti Iqtidorli talabalar kanali Murojaat uchun: 👉 @TIQXMMI_IQTIDOR 👉 @TIIAME_scientific_department_bot

Show more
Uzbekistan38 704The language is not specifiedEducation86 560
Advertising posts
764
Subscribers
-224 hours
-87 days
-2530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
2024 йил 10-11-май кунлари "ТИҚХММИ" Миллий тадқиқот университетида ўтказилган “Қишлоқ ва сув хўжалигининг замонавий муаммолари” мавзусидаги анъанавий XXIII - Ёш олимлар, магистрантлар ва иқтидорли талабаларнинг илмий - амалий анжумани мақолалар тўплами. Тўпламни қуйидаги линк орқали юклаб олишингиз мумкин. 👉 https://disk.yandex.uz/d/Vkl7A_DI80_PmQ https://t.me/TIIAME_TALENTED
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
18-30 yoshdagi tadbirkorlik va biznesga qiziquvchilar uchun “Yosh tadbirkor” tanlovi Bu tanlovda o‘z g‘oyalari asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihasiga ega 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan barcha yoshlar ishtirok etishlari mumkin. Mukofotlar: – 1-3-oʻrinlar uchun 50 mln soʻmgacha pul mukofoti, xorijda malaka oshirish imkoniyati va kredit olishga tavsiyanoma – Respublika bosqichi ishtirokchilariga kredit olishga tavsiyanoma va esdalik sovgʻalar Arizalarni imkon qadar ertaroq topshirish tavsiya etiladi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/blog/yosh-tadbirkor-tanlovi/ @grantlar
Show all...
Repost from UNDP Uzbekistan
Photo unavailableShow in Telegram
📣Muddatlar uzaytirildi! ❗️Qishloq xo‘jaligi, muhandislik va sug‘orish sohalaridagi oliy o‘quv yurtlari talabalari va bitiruvchilari e’tiboriga! 🌿Qishloq xo‘jaligi va sug‘orish jarayonlarida muammolarni hal etish va takomillashtirishda yoshlarning innovatsion va kreativ yondashuvlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan «Smart Agriculture» yosh qishloq xo'jaligi va suv xo'jaligi muhandislari tanlovida ishtirok etishga taklif etamiz! 📂Ikki yo‘nalish bo‘yicha o‘z loyihalaringizni topshiring: ✅“Smart Agriculture” - Qishloq xo‘jaligini takomillashtirish bo‘yicha innovatsion loyiha ✅“Smart Irrigation” - Suv xo'jaligini takomillashtirish bo‘yicha innovatsion loyiha 💻Eng zo‘r loyihalar mualliflariga noutbuklar topshiriladi. 📆 Ishlarni topshirish uchun muddat: 2024-yilning 25-iyun kuni. 👉Batafsil: https://www.undp.org/uz/uzbekistan/news/yosh-qishloq-xojaligi-va-suv-xojaligi-muhandislari-orasida-tanlov-elon-qilamiz 🌐🌐🌐 📣СРОКИ ПРОДЛЕВАЮТСЯ! ❗️Вниманию студентов и выпускников сельскохозяйственных, инженерных и ирригационных направлений! 🌿Приглашаем вас к участию в конкурсе молодых инженеров сельского и водного хозяйства «Smart Agriculture», который организуется в целях поддержки инновационных и креативных подходов молодёжи к решению проблем и улучшению процессов в сельском хозяйстве и ирригационном секторе. 📂Подайте заявку на любую из двух номинаций: ✅«Smart Agriculture» - инновационный проект по совершенствованию сельского хозяйства ✅«Smart Irrigation» - инновационный проект по совершенствованию водного хозяйства 💻Авторам лучших работ будут вручены ноутбуки. 📆Крайний срок подачи работ: 25 июня 2024 г. 👉Подробнее: https://www.undp.org/ru/uzbekistan/news/obyavlyaem-konkurs-dlya-molodykh-inzhenerov-selskogo-i-vodnogo-khozyaystva #SustainableRuralDevelopment
Show all...
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#XUSHXABAR #xalqaro_reyting Ilk bor Oʻzbekistonning 2 ta oliygohi dunyoning eng nufuzli universitetlari TOP-1000 taligidan o‘rin egalladi Bugun, 5-iyun kuni Buyuk Britaniyaning nufuzli “QS Quacquarelli Symonds” xalqaro reyting agentligi dunyodagi eng yaxshi universitetlar reytingi – “QS World University Rankings-2025” natijalarini eʼlon qildi. Reytingdan birinchi marta Oʻzbekistonning birvarakayiga ikki oliy taʼlim muassasasi – “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 547-oʻrin hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti 781–790-oʻrin bilan munosib joy egalladi. “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Akademik nufuz” koʻrsatkichi boʻyicha dunyoning eng yaxshi 300 ta oliy oʻquv yurtlari qatoriga va Markaziy Osiyodagi eng yaxshi universitetlar uchligiga kirdi. Oʻzbekiston milliy universiteti “Chet ellik oʻqituvchilar ulushi” koʻrsatkichi boʻyicha dunyoning 200 ta eng yaxshi universitetlari qatorida boʻlib, Markaziy Osiyo oliy oʻquv yurtlari orasida ikkinchi oʻrinni qayd etdi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu ikki universitet jamoasini oldiga qoʻygan maqsadlariga erishganlari bilan samimiy tabriklaydi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
📣 GI2024 Xalqaro konferensiyasiga ilmiy maqolalar qabul qilish boshlandi ‼️Maqolalarga qo'yilgan talablar👉 AXBOROT XATI 🕹Tashkilotchilar: - "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti ("TIQXMMI" MTU); - “SOCFarm” xalqaro ilmiy amaliy loyihasi. 📃 Maqolalar [email protected] elektron pochta manzili orqali 2024 yil 30 iyunga qadar qabul qilinadi. 📍Taqrizdan o'tgan ilmiy maqolalar SCOPUS bazasida indekslangan "E3S Web of Conferences" jurnalida nashr qilinadi. Tanlab olingan eng yaxshi maqolalar “Research in Agricultural Engineering” (“SCImago” Q3 – Scopus) jurnaliga tavsiya etiladi. 📄 Batafsil ma'lumot 👉 http://giconference.tiiame.uz/ 👉Konferensiya koordinatori: Ilhom Abdurahmanov, [email protected] 👉Konferensiya kotiblari: Dilshoda Norboyeva, [email protected] Tel .: +998946649094 (telegram mavjud) Shohjahon Hamidullayev, [email protected] Теl.: +998903333405 (telegram mavjud)
Show all...
01:15
Video unavailableShow in Telegram
🧑‍💻 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda IT-Park rezidenti MAAB Innovation IT kompaniyasi BI yo‘nalishini o’rganish uchun “Talant” dasturini e’lon qiladi. MAAB Academy shu kungacha ushbu dastur orqali O‘zbekistonda 300 dan ortiq, Amerikada DIS nomi bilan 400 dan ortiq talabalar muvaffaqiyatli bitkazishgan va ularning barchasi ish bilan ta'minlangan. Eng ahamiyatli jihati shundaki Amerika va O‘zbekistonda ham bitiruvchilarimizni ish topishlariga yordamlashdik. Bitiruvchilarimiz orasida Google, Microsoft, Meta kabi dunyoning gigant kompaniyalarida faoliyat yuritayotganlari mavjud. 📌 Shunday ekan siz ham bu imkoniyatdan foydalaning. Batafsil ma‘lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish uchun saytimizga yoki telegram botga tashrif buyuring. ☎️ Murojaat uchun: +998781139669 Manzil: Toshkent sh., Maxtumquli k. 178/1 Web-sayt | Instagram | Facebook | You Tube
Show all...
29.21 MB
Photo unavailableShow in Telegram
🟥🟥🟥 🔺 "Made in Univer" innovatsion ishlanmalar ko'rgazmasi 🫥 Joriy yilning 18-may kuni "Bitiruvchi va talaba-yoshlar" loyihasi doirasida INNO Innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparkida bo'lib o'tadigan Innovatsion texnologiyalar ko'rgazmasiga barcha talabalarni ishlanmalari bilan taklif etamiz. 🔵 Agar Siz Toshkent shahridagi oliy ta'lim muassasasining talabasi bo'lsangiz o'z innovatsion ishlanmalaringiz bilan ko'rgazmada ishtirok eting Ma’lumot uchun: Tadbir yakunida “Eng yaxshi ishlanmalar” saralab olinib diplomlar va qimmatbaxo sovg’alar bilan taqdirlanadilar Qo'simcha ma'lumot uchun +99890-140-50-04 💥Barcha talabalarni ko'rgazmada faol ishtirok etishga chorlaymiz! Bizni kuzating Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Show all...
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
““Bitiruvchi va talaba-yoshlar” festivali doirasida navbatdagi “Media loyihalar” tanloviga start berildi! Hurmatli talaba, agar iqtidorli, kreativ fikrlaydigan, zamon bilan hamnafas, yangi g‘oyalarga intiluvchan bo‘lsangiz, unda ushbu tanlov aynan Siz uchun. 🎬Media tanlovning shartlari oddiy — poytaxtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda yaratilayotgan keng qulayliklarni me’yordan va bo‘yoqdorlikdan oshmagan holda o‘quvchi-yoshlar ishtirokida ijtimoiy videorolik olsangiz kifoya. Ishtirokchilar tanlov uchun tayyorlagan videoroliklarini @just_diyor telegram orqali yuborishlari lozim. Tanlov nizomi Murojaat uchun tel +998935205255 💥Fursatni qo‘ldan boy bermang! Tanlovda faol ishtirok etishga barcha talabalarni taklif qilamiz!
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Show all...
​​Hurmatli universitetimi professor-o'qituvchilari, yosh olimlar, magistrlar va talabalar! 🔰Sizlarni ayti (IT) sohasida respublikaning yetakchi kompaniyasi bilan bo'lib o'tadigan seminarga taklif etamiz. 📌 Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda IT-Park rezidenti MAAB Innovation IT kompaniyasi BI yo‘nalishini o’rganish uchun e'lon qilingan “Talant” dasturi haqida ma'lumot beriladi. Ushbu dasturda ishtirok etib Siz, ayti (IT) sohasidagi bilimlaringizni oshirish, ushbu sohada kompaniya tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumotlar olishingiz mumkin. ❗️Ma'lumot uchun: MAAB Academy shu kungacha ushbu dastur orqali O‘zbekistonda 300 dan ortiq, Amerikada DIS nomi bilan 400 dan ortiq talabalar muvaffaqiyatli tamomlagan va ularning barchasi ish bilan ta'minlangan. Eng ahamiyatli jihati shundaki Amerika va O‘zbekistonda ham bitiruvchilarimizni ish topishlariga ko'maklashgan yirik ayti (IT) kompaniyasi xisoblanadi. Bitiruvchilar orasida Google, Microsoft, Meta kabi dunyoning gigant kompaniyalarida faoliyat yuritayotganlari mavjud. ⚡️ Shuningdek, ushbu seminarda yurtimizdagi yirik banklarning mas'ul xodimlari ham ishtirok etishi rejalashtirilgan bo'lib ular, Sizda mavjud startap va innovatsion loyihalarni moliyalashtirsh bo'yicha o'zlarining takliflarini bayon qilishi kutilmoqda. Ya'ni istiqbolli deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish ko'zda turilgan. 📌 Shunday ekan ushbu tadbir aynan Siz uchun! 📅 Tadbir 17-may kuni soat 15:00da universitet B binosi 4-qavatdagi majlislar zalida bo‘lib o'tadi. 🔥Startap va innovatsion loyihasi bor va ayti (IT) sohasiga qiziquvchilarni ushbu tadbirda kutib qolamiz. 💬 Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun 93-575-73-53 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Show all...

📌 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI STIPENDIYASI VA NOMLI DAVLAT STIPENDIYALARI TANLOVIGA HUJJATLAR QABULI BOSHLANDI. 📣 Diqqat! Hurmatli talabalar va magistrantlar, 2024-2025-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiyalari (Beruniy, Navoiy I.Karimov)ga tanlov boshlanganini ma‘lum qilamiz. 📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga barcha baxolari 5 a'lo bo‘lgan 3-bosqich bakalavriat (barcha yo‘nalishlar bo‘yicha) hamda 1-bosqich magistrlar; 📌 Nomli davlat stipendiyalari (Beruniy, Navoiy, I.Karimov)ga baxolari ko‘pi 25% yaxshi (4) qolgani a'lo (5) 2-3 bosqich bakalavriat talabalari hujjat topshirishlari mumkin. 🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalarni tayinlash uchun quyidagi mezonlarni bajarish talab qilinadi: - a’lo o‘qish va ilmiy (ijodiy) ishlarda ishtirok etish; - kamida ikkita e’lon qilingan ishlar (asarlar)ning mavjudligi; - tillarni - davlat tilini va bitta xorijiy (MDX mamlakatlari davlat tillaridan tashqari) tilni, Informatika va AT hamda O‘zbekiston tarixini bilish. ‼️ Davlat stipendiyalari tanlovida ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar joriy yil 15-maydan 25-maygacha (shu kuni ham qabul qilinadi) quyidagi link orqali ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi. 📩 Ro'yxatdan o'tish👉 https://forms.yandex.ru/cloud/6644584dd04688f97d3b3ac1/ 🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar dastlabki ko‘rib chiqish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: - Reyting daftarchasi (transcript): - Tavsiyanomalar (kafedra mudiri; dekan va boshqalardan): - Ijodiy ishlar (badiiy asarlar, risola, sh'eriy to'plamlar, xo'jalik shartnomalar va grandlarda ishtirok (agar mavjud bo'lsa)): - Chop etilgan maqolalarning ro'yxati 3x4 shakl: - Chop etilgan maqolalarning elektron nusxalari: - Sertifikat, diplom, faxriy yorliq va boshqalar: - Shaxsiy ma'lumotlar (Ma'lumotnoma (namuna), pasport yoki ID va b.): - Ilmiy rahbar xulosasi (ilmiy mavzu uchun): - Kafedra xulosasi (ilmiy mavzu uchun): 📁Barcha hujjatlar alohida jild(papka)ga, stipendiya nomi va talabgor FISH yozilgan elektron jild (papka)da taqdim etiladi. 📆 Hujjatlar joriy yil 25-maydan 10-iyungacha qabul qilinadi. ‼️DIQQAT!!! Davlat stipendiyalari tanlovida ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar joriy yil 15-maydan 25-maygacha (shu kuni ham qabul qilinadi) quyidagi link orqali ro‘yxatdan o‘tishlari shart. 📩 Ro'yxatdan o'tish👉 https://forms.yandex.ru/cloud/6644584dd04688f97d3b3ac1/ 📖 Batafsil ma'lumotga ega bo'lish uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiyalari to‘g‘risidagi nizom bilan tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz. NIZOM👉 https://lex.uz/docs/-1399382 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiyalar (Beruniy, Navoiy, I.Karimov)ga hujjat topshirmoqchi bo'lgan talabgorlar qo‘shimcha ma'lumot olish uchun @TIQXMMI_IQTIDOR ga yoki 93-575-73-53 telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin. 👉 https://t.me/TIIAME_TALENTED
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.