cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari: 🌐 www.rgsbm.uz 🔵 fb.com/rgsbm.uz 🔴 http://instagram.com/gsbe.uz 📞 +998 71 239 03 03

Show more
Advertising posts
3 173
Subscribers
-124 hours
+347 days
+10730 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida aholi va tadbirkorlar yangicha yondashuv asosida tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitilmoqda.
🇺🇿 O‘zbekistonda keyingi yillarda prezident tashabbusi bilan biznes va tadbirkorlikka katta e’tibor berilmoqda. Chunki aynan tadbirkorlik aholi qatlamini yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlab, ijtimoiy muammolar ko‘lamini qisqartirayotgan bo‘lsa, mamlakatda yaratilayotgan yalpi ichki mahsulotni ko‘paytirish hisobiga esa iqtisodiy muammolarga barham berilmoqda.
🔍 Batafsil 🔗 https://www.gazeta.uz/uz/2024/06/12/business-school/ #GraduateSchool #Business #Study #Work 🌐 Web-site | Telegram | Facebook |🌐 Instagram
Show all...
🔥 4👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿 Oliy maktabda magistrlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘lib o‘tdi
🔈 Joriy yilning 10\11-iyun kunlari Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida 70411302 – Biznesni boshqarish (MBA) hamda 70411301Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (Biznes innovatsiyalar va tadbirkorlik) magistratura mutaxassisliklari tinglovchilari uchun Yakuniy davlat attestatsiyasi doirasida magistrlik dissertatsiyalari himoyasi bo‘lib o‘tdi.
🔼 Jami 23 nafar tinglovchi, jumladan Biznesni boshqarish (MBA) mutaxassisligi bo‘yicha 10 nafar, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mutaxassisligi bo‘yicha 13 nafar tinglovchilar magistrlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi.
👨‍🎓📔 Magistrlik dissertatsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi kafedra mudiri, professor, Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi raisi D.Raximova hamda komissiya a’zolari tomonidan baholandi. Dissertatsiyalarni himoya qilish jarayoni ilmiy mubohasa yo‘sinida va yuqori talabchanlik bilan o‘tkazildi.
🎉 O‘z dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan barcha tinglovchilarni muborakbod etamiz va kelgusi ishlarida ulkan ijodiy va ilmiy zafarlar tilaymiz! #GraduateSchool #Protection #Dissertation #Work 🌐 Web-site | Telegram | Facebook |🌐 Instagram
Show all...
👍 1
00:54
Video unavailableShow in Telegram
📣 Koreya Respublikasi ekspertlari ishtirokida biznes inkubatorlarning zamonaviy tizimini rivojlantirish masalalari muhokama etildi
🏢 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ko‘magida O‘zbekistonda biznes inkubatorlarni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿 O‘zbIssues of Development of Modern System of Business Incubators Were Discussed Jointly with Experts from the Republic of Korea
🤔 The Graduate School of Business and Entrepreneurship hosted a practical seminar on the development of business incubators in Uzbekistan with the support of the Korea International Cooperation Agency (KOICA).
🇬🇧 Eng 📈 Вопросы развития современной системы бизнес инкубаторов обсуждены совместно с экспертами Республики Корея
🏛 В Высшей школе бизнеса и предпринимательства состоялся практический семинар по вопросам развития бизнес-инкубаторов в Узбекистане при поддержке Корейского агентства по международному сотрудничеству (KOICA).
🇷🇺 Ru #GraduateSchool #KISED #Startup #Korea 🌐 Web-site | Telegram | Facebook |🌐 Instagram
Show all...
11.06.2024 Enkubator.mp461.33 MB
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
🔔 “Biznesda mahorat darslari” loyihasi doirasida uchrashuv 📣 Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va mehmonlar! Sizlarni “Biznesda mahorat darslari” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga taklif etamiz.
💼 Loyihaning navbatdagi mehmon ma’ruzachisi Farxod Jabbarov biznes konsultant, “Sherikkon Consulting” kompaniyasi Ijrochi direktori. Farxod Jabbarov kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, innovatsion boshqaruv, qiymat zanjirini rivojlantirish kabi yo‘nalishlarda yetakchi ekspertlardan sanaladi. 👨‍🦱 Farxod Jabbarov BMTTD, YTTB va GIZ kabi xalqaro tashkilotlarda biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirgan.
🔴 Tadbir o‘zbek tilida olib boriladi. 🗓 Sanasi: 14 - iyun, 2024-yil Vaqti: 10:30 📍Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (5-qavat, №1) 🇬🇧 Eng 🇷🇺 Ru #GraduateSchool #Consulting #GIZ #SME 🌐 Web-site | Telegram | Facebook |🌐 Instagram
Show all...
🔥 3👍 1 1🎉 1👌 1
Photo unavailableShow in Telegram
🎓 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida mustaqil izlanuvchilar uchun “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” ixtisosligi boʻyicha malakaviy imtihon oʻtkazildi.
🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 22-maydagi 304-qaror nizomi talablariga muvofiq joriy yilning 7-iyun kuni 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” ixtisosligi boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun tashkil etilgan kirish imtihon suhbatidan muvaffaqiyatli oʻtgan 5 nafar talabgorlar roʻyxati:
📰 Talabgorlar ro‘yxati:
1. Abdurashidova Marina Sagatovna 2. Askarova Sevara Baxtiyorovna 3. Baxromov Nodirjon Muhammadamin o’g’li 4. Madaminov Islom Akromovich 5. Sattarov Xayrulla Fayzullayevich
#GraduateSchool #Meeting #PhD #Exam 🌐 Web-site | Telegram | Facebook |🌐 Instagram
Show all...
👍 5
00:28
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi MBA - Global Management magistratura mutaxassisligi tinglovchisining tahsil olayotgan yo‘nalishi bo‘yicha izohi. 🖊 Отзыв слушателя Высшей школе бизнеса и предпринимательства при Кабинете Министров Республики Узбекистан по обучаемой специальности магистратуры MBA - Глобал Менеджмент. #GraduateSchool  #StudentFeedback #MBA #Note 🌐 Web-site | Telegram |Facebook |🌐 Instagram
Show all...
Oliy_ta’lim,_fan_va_innovatsiyalar_vazirligi_Navoiy_viloyati_boshqarmasi.mp45.25 MB
👍 4 2
🇺🇿 “Acwa Power Uzbekistan” kompaniyasi rahbari ishtirokida biznesda liderlik mavzusiga oid master-klass o‘tkazildi
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Biznesda mahorat darsi” loyihasi bo‘yicha navbatdagi mehmon ma’ruzachi - “Acwa Power Uzbekistan” kompaniyasi Ijrochi direktori, Oklend universiteti (Yangi Zelandiya) falsafa doktori Jon Zaidi bilan Oliy maktab tinglovchilarining uchrashuvi tashkil etildi.
🔎 Batafsil ma'lumot 📈 Masterclass on Business Leadership with the Country Head of Acwa Power in Uzbekistan
💬 Аs part of the “Business Masterclass” project, the Graduate School of Business and Entrepreneurship hosted a meeting with a guest speaker - Dr. John Zaidi, Ph.D. from the University of Auckland (New Zealand) and CEO of Acwa Power Uzbekistan, for the students of the Graduate School.
🇬🇧 Eng 🟪 Мастер-класс на тему лидерства в бизнесе с участием руководителя компании «Acwa Power Uzbekistan»
⬛️В рамках проекта «Бизнес мастер-класс» в Высшей школе бизнеса и предпринимательства состоялась очередная встреча с гостевым спикером – доктором философии Оклендского университета (Новая Зеландия), исполнительным директором компании «Acwa Power Uzbekistan» Жоном Заиди для слушателей Высшей школы бизнеса.
🇷🇺 Ru #GraduateSchool #AcwaPower #Meeting 🌐 Web-site | Telegram | Facebook |🌐 Instagram
Show all...
👍 4🔥 2🤩 1👌 1
02:29
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿 Добро пожаловать в Высшую школу бизнеса и предпринимательства! 🌟 🎓 У нас вы найдете магистерские программы по направлениям: управление бизнесом, управление проектами, малый бизнес и предпринимательство, финансы, IT-бизнес и рынок капитала и др. 📚 Мы также предлагаем современные курсы по корпоративному управлению, зелёным технологиям и блокчейн-технологиям в цифровую эпоху. 🌐 Мы организуем крутые стажировки за рубежом, чтобы помочь нашим слушателям повысить свою квалификацию! 📈 Присоединяйтесь к нам и начните своё успешное будущее уже сегодня! 💼 🔜 Уже скоро открывается набор на магистерские программы: 📊 MBA (Master of Business Administration) - Global Management - Finance - Small Business and Entrepreneurship - Agribusiness 🔝 PM (Project Management). #GraduateSchool #Study #Short #Master 🌐 Web-site | Telegram |Facebook |🌐 Instagram
Show all...
00011111111111.mp4281.75 MB
🔥 3👌 3🤩 2👏 1🎉 1
00:49
Video unavailableShow in Telegram
🎲 Germaniya tajribasi bilan tanishmoqchi bo‘lgan tadbirkorlar diqqatiga! 🇺🇿 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi O‘zbekistondagi tadbirkorlik subyektlari uchun 🇩🇪 Germaniyaning Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit (GIZ) tashkiloti hamda Germaniya Iqtisodiy ishlar va iqlimni muhofaza qilish federal vazirligining (BMWK) “Partnering in Business with Germany” dasturiga tanlov e’lon qiladi.
🌀 Dasturdan ko‘zlangan maqsad – O‘zbekiston korxonalarining xalqaro bozorlarga chiqishi, menejerlarining tashqi savdo sohasida malaka va bilimlarini oshirish, xalqaro dasturlar asosida iqtisodiy hamkorliklar hamda eng so‘nggi texnologiyalar va xizmatlar bilan tanishtirish, nemis mahsulotlari tizimlarini namoyish etadigan ishlab chiqaruvchilar va maslahatchilar bilan uchrashishdan iborat.
✅ O‘quv dasturlari ushbu yo‘nalishlarda olib boriladi: 🌲 Green technology (Yashil texnologiyalar) 👨🏻‍🌾 Smart farming (Zamonaviy fermerlik) 🚑 Healthcare Industry (Sog‘liqni saqlash) ⛰ Mining and raw materials (Konchilik va hom ashyo)
📌 Dastur ishtirokchilarga quyidagilarni taklif qiladi: 1️⃣ Muvaffaqiyatli Germaniya korxonalari tajribasi bilan tanishish; 2️⃣ Potensial biznes hamkorlar bilan B2B uchrashuvlar; 3️⃣ Xalqaro biznes hamjamiyatlariga kirish, shu jumladan Germaniyadagi tadbirkorlar uyushmalari va assotsiatsiyalariga, shuningdek, dasturning 17 hamkor davlatidan 19 000 dan ortiq bitiruvchilar bilan muloqot qilish imkoniyati.
☑️ Dastur bosqichlari: 1️⃣ tayyorlov bosqichi (ariza, skrinning, suhbat) 2️⃣ 2 hafta onlayn trening (2 kuni oflayn workshop) 3️⃣ 6 hafta onlayn trening 4️⃣ Germaniyada 2 haftalik trening
❗️Asosiy talablar: 🟡 Rahbar lavozimda kamida 2 yillik tajriba; 🟡 Ingliz tilini mukammal bilish; 🟡 Oliy ma’lumotga ega bo‘lish 🟡 Nomzod nemis kompaniyalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor bo‘lgan kompaniya vakili va biznes loyihalari bo‘yicha aniq g‘oyalarga ega bo‘lishi; 🟡 Yuqori muloqot va namoyish etish qobiliyatlari. 🔔 Mazkur dasturning o‘qish va yashash xarajatlari Germaniya Iqtisodiy ishlar va iqlimni muhofaza qilish federal vazirligi (BMWK) tomonidan qoplanadi. 🎉 Tanlovda ishtirok etish uchun Ariza shaklini to'ldiring va ko'rsatilgan 📨 [email protected] elektron pochta manzillariga yuboring! ✔️ Nomzodlar tanlov asosida saralab olinadi. 🔎 Batafsil ma'lumot 🇬🇧 Eng 🇷🇺 Ru ⚠️ Qo‘shimcha ma'lumot uchun: Bizga murojaat qiling! #GraduateSchool #GIZ #BMWK #Exchange 🌐 Web-site | Telegram | Facebook |🌐 Instagram
Show all...
GIZ HD.mp461.91 MB
🔥 7👍 5 1👏 1🎉 1👌 1
01:45
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿 O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalari yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Xususan, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari va professor-o‘qituvchilari uchun Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi tomonidan qisqa muddatli o‘quv seminarlarni muntazam tashkil etilmoqda.
2 haftalik o‘quv-seminar treninglar Xitoyda turli xil mamlakatlar vakillarini jamlab, ular o‘rtasidagi aloqa va hamkorlikni mustahkamlash, hamda rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasini o‘rganish maqsadida tashkil qilinmoqda. Seminar mavzulari: 🚗 Mashinasozlik sanoati; 🚜 Qishloq xo‘jaligi; ⚡️ Energetika; ⌨️ Elektron savdo; ☀️ Yashil iqtisodiyot; 👮‍♀️ Bojxona xizmati va logistika; 🤵 Ijtimoiy soha; 🌿 Ekologiya va atrof-muhit; 🚃 Transport va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda tashkillashtirilmoqda. 📎 Seminarlarda qatnashish harajatlari to‘liq tashkilotchilar tomonidan qoplanadi. O‘quv dasturi yakunida Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan soha vakillariga olgan bilimlari bo‘yicha sertifikat topshiriladi. 🔝 Tinglovchilar o‘quv-seminarlarda qatnashib qaytganlaridan so‘ng olgan bilimlarini Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida qisqa taqdimot orqali ulashadilar. 🔎Batafsil 🇬🇧 Eng 🇷🇺 Ru #GraduateSchool #China #Seminar #Exchange 🌐 Web-site | Telegram | Facebook |🌐 Instagram
Show all...
KAREA AJOU.mp4113.32 MB
🔥 6👍 2👏 2🎉 2🆒 1