cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

"NAVOIYAZOT" AJ | Rasmiy kanali

Kimyo sanoati mahsulotlarini ishlab chiqaradigan yirik korxona. Matbuot xizmati bilan aloqa: @Navoiyazot_AJ_Press Manzil: Navoy shahri, Navoiy-5 Telefon: (+998 436) 229 22 00 Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=61554202743028

Show more
Advertising posts
2 566
Subscribers
+1024 hours
+207 days
+11130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

👍👍👍👍👍 #xalqaro_hamkorlik Germaniyaliklar “Navoiyazot”AJda bo‘lishdi.
Xalqaro hamkorlik yangi zamonaviy loyihalarni ishga tushirish, mahsulot turlarini ko‘paytirish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish, ish o‘rinlarini tashkil etishga xizmat qiladi.
Germaniyaning bir qator yetakchi kompaniyalari vakillari jamiyatda bo‘lib, yangi quvvatlar faoliyati, mahsulotlar turi, eksport imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar. Nufuzli xorijiy korxonalar mutaxassislarining maqsadi o‘z mahsulotlari haqida ma’lumot berish, zamonaviy, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish samaradorligi haqida fikr almashish, kelgusida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Bunday muloqot O‘zbekiston va Germaniya mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishish imkonini beradi. Eslatib o‘tamiz, Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “Navoiyazot”AJda Germaniyaning “Linde group” kompaniyasi bilan hamkorlikda havoni taqsimlash qurilmasini barpo etish loyihasiga start berilgandi. 2030-yilga qadar “Navoiyazot”AJda 31 ta investitsion loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. 👍"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI ✉️telegram |📱instagram |📱facebook|🌐Web-site 🌐youtube
Show all...
👍👍👍👍👍 #bugun #15_may 15-may - Xalqaro oila kuni ✔️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 15-may Xalqaro oila kuni sifatida yurtimizda keng nishonlanib kelinmoqda. 👍"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI ✉️telegram |📱instagram |📱facebook|🌐Web-site 🌐youtube
Show all...
👍👍👍👍👍 🗣💬👍 “Oila bu hayotda eng muhimi. Agar oilangiz bo'lmasa, sizda hech narsa yo'q deb hisoblang. Oila hayotingizdagi eng mustahkam rishtadir”. ✍️Desmond Tutu 📝📝 🗣💬👍 «Семья — это самое важное, что есть в мире. Если у вас нет семьи, считайте, что у вас нет ничего. Семья — это самые прочные узы всей вашей жизни». ✍️Десмонд Туту 👍"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI ✉️telegram |📱instagram |📱facebook|🌐Web-site 🌐youtube
Show all...
👍👍👍👍👍 #spartakiada #voleybol Jamiyat xotin-qizlari o‘rtasida o‘tkazilgan voleybol musobaqasi yakuniga yetdi. 🏐4-o‘rinni 701-sex jamoasi egalladi. 🏐3-o‘rin 68-sex vakillariga nasib etdi. 🏐2-o‘ringa Ammiak ishlab chiqarishi 3-navbati kimyogarlari munosib topildi. 🏐1-o‘rinni egallagan Organik sintez va nitron tolasi ishlab chiqarishi xodimlari raqib jamoalarga yetakchi bo‘lish uchun hech qanday imkoniyat qoldirishmadi. G‘oliblar jamiyat kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan rag‘batlantirildi. 👍"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI ✉️telegram |📱instagram |📱facebook|🌐Web-site 🌐youtube
Show all...
"Navoiy kimyogari" gazetasini o‘qiysizmi?Anonymous voting
  • Ha
  • Yo‘q
  • Bunday gazeta borligini bilmasdim
0 votes
👍👍👍👍👍 #kimyogarlar_bayrami_shukuhi #kasb_fidoyilari Djalilova Gulnora Fazlitdinovna jamiyatdagi faoliyatini 1992-yildan 103-sexda laborant shogirdligidan boshlagan. 2006-yilga qadar laboratoriyada ishlagan soha vakili keyinchalik 50-sex ijtimoiy bo‘limi kotibasi sifatida fidoyiligini namoyon etdi. Hozirda devonxona kotibasi bo‘lgan Gulnora Djalilova mas’uliyati, ishga muhabbati, xodimlarga bo‘lgan samimiy munosabati bilan hurmatga sazovor. 32 yillik hayotini korxonada ishlash, har bir topshiriqni o‘z vaqtida, mas’uliyat bilan bajarish, zimmasidagi vazifani amalga oshirishga bag‘ishlagan kasb fidoyisi “Navoiyazot”AJda ishlayotganidan faxrlanadi. 👍"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI ✉️telegram |📱instagram |📱facebook|🌐Web-site 🌐youtube
Show all...
👍👍👍👍👍 👨‍💻👩‍💻🧠 Muhandis texnik xodimlar uchun seminar tashkil etildi.
Malakali mutaxassis nafaqat o‘z ishini yaxshi bilishi, balki me’yoriy qonun hujjatlaridan xabardor, huquqiy bilimi yetarli, har qanday vaziyatga tayyor bo‘lishi lozim.
💠Seminarda mehnat muhofazasiga oid, tashqi me’yoriy hujjatlar bilan ishlash, avtomatlashtirish va o‘lchash asboblariga texnik xizmat ko‘rsatish, portlash va yonishga xavfli kimyoviy ishlab chiqarish majmualarida ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish bo‘yicha ma’lumotlar berilmoqda. 💠Shuningdek, elektr va gaz qurilmalarini xavfsiz ishlatish, yuk ko‘tarish qurilmalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha soha vakillarining bilim va ko‘nikmalari oshirilyapti. 💠Mashg‘ulotlar yakunida muhandis texnik xodimlar test sinovidan o‘tadilar. 👍"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI ✉️telegram |📱instagram |📱facebook|🌐Web-site 🌐youtube
Show all...
👍👍👍👍👍 #Uzbekistan_Energy_WEEK “Uzbekistan Energy WEEK” doirasida Toshkent shahrida yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Unda “Navoiyazot”AJdan 10 nafar mutaxassislar faol ishtirok etib, korxona sharafini munosib himoya qilishdi. 14-16 may kunlariga mo‘ljallangan tadbirda turli xil sport musobaqalari shuningdek, “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan “Ung-youth marathon”, “Zakovat” intellektual o‘yini, videoroliklar tanlovi, “Quvvat” 3D animatsion seriali taqdimoti kabi tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 👍"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI ✉️telegram |📱instagram |📱facebook|🌐Web-site 🌐youtube
Show all...
👍👍👍👍👍 🗣💬👍 “To‘lqinlarni to‘xtatish imkonsiz, ammo suzishni o‘rganish mumkin”. ✍️Djon Kabat-Zinn 📝📝 🗣💬👍 “Невозможно остановить волны, но можно научиться плавать”. ✍️Джон Кабат-Зинн 👍"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI ✉️telegram |📱instagram |📱facebook|🌐Web-site 🌐youtube
Show all...
👍👍👍👍👍 #oʻquv_kursi Korxona apparatchi va mashinistlari o‘quv kursiga jalb etildi. ➡️Suyuqliklarni siqish va haydash, moddalar almashinuvi, xavfsizlik texnikasi, jarayonlarni boshqarish, mehnat qonunchiligi, saqlagich qurilmalar haqida ma’lumot. ➡️O‘quv kursi davomida xodimlar aynan shu mavzularda tajribali mutaxassislardan bilim olib, malaka oshirish imkoniga ega bo‘lishadi. ➡️Darslar yakunidagi imtihon egallangan bilimlarni sinovdan o‘tkazadi. 👍"NAVOIYAZOT" AJ AXBOROT XIZMATI ✉️telegram |📱instagram |📱facebook|🌐Web-site 🌐youtube
Show all...
Go to the archive of posts