Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi
Open in Telegram
Qumqo'rg'on tumani hokimligining rasmiy kanali Web site: https://gov.uz/oz/qumqorgon Elektron pochta: qumhok@exat.uz Ishonch telefoni: +998 (76) 228-01-35 Yuridik manzili: Qumqo‘rg‘on tumani, O‘zbekiston shox ko‘chasi 1-uy.
Show more7 631
Subscribers
-1324 hours
-407 days
-17230 days
Posts Archive
+5
Mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan ishlar davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qaroriga asosan “Arslonboyli” mahallasi og‘ir toifaga kiritilib, hududda aholi uchun qulay infratuzilma obyektlarini barpo etish ishlari belgilangan.
Mazkur loyiha doirasida 3.8 km ichki yo‘llarni asfaltlash, elektr tarmoqlarini yaxshilash bo‘yicha 4.7 km yangi tarmoq tortish va 1 dona yangi transformator o‘rnatish rejalashtirilgan.
Ayni paytda tasdiqlangan reja asosida amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda. Xususan, hozirda mahallada elektr tarmoqlarini yaxshilash yuzasidan temir beton ustunlar o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari mahalla infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, aholining kundalik turmushiga qulaylik yaratish hamda mahalla qiyofasini yanada obod va ko‘rkam etishga xizmat qiladi.
✍️ Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/qum_axborot
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
📱Qumqo‘rg‘on.uz | 📱Telegram |📱Facebook |📱 Instagram | 📱YouTube
+9
“Yangi shahar” mahallasida yo‘llar yangilanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qaroriga asosida “Yangi shahar” mahallasi og‘ir toifaga kiritilib, hududda aholi uchun qulay infratuzilma obyektlarini barpo etish ishlari belgilangan.
Loyiha doirasida 2 km ichki yo‘llarni asfaltlash, 0.5 km piyodalar yo‘lakchasi barpo etish, 3.2 km yangi elektr tarmog‘i tortish hamda 1 dona transformator o‘rnatish tasdiqlangan reja asosida amaliy ishlar bosqichma-bosqich olib borilmoqda.
Xususan, mahalla hududidagi ichki ko‘chalarda asfaltlash ishlari olib borilmoqda. Maxsus texnikalar yordamida yo‘lga sifatli asfalt qoplamasi yotqizilib, fuqarolarning harakatlanishi uchun yanada qulay va xavfsiz sharoit yaratilmoqda.
Bunday bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari mahalla infratuzilmasini yaxshilash bilan birga, hududning umumiy ko‘rinishini yanada chiroyli va zamonaviy qiyofaga keltirmoqda.
✨ “Yangi shahar” mahallasi — obod, shinam va farovon hudud sari!
✍️ Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/qum_axborot
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
📱Qumqo‘rg‘on.uz | 📱Telegram |📱Facebook |📱 Instagram | 📱YouTube
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda aholi bandligi va daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazdi.
—
Президент Шавкат Мирзиеев провел расширенное совещание по вопросам проводимой в регионах работы по обеспечению занятости и повышению доходов населения.
#Mirziyoyev #yigilish #kambagallik #bandlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+4
Xo‘jamulki mahallasiga olib boruvchi yo‘lda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
Qumqo‘rg‘on tuman Xo‘jamulki mahallasiga olib boruvchi 75V 057-sonli mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 1 kilometr qismida sirtqi ishlov berish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur ishlar yo‘lning transport vositalari harakati uchun qulayligini oshirish, qatnov xavfsizligini ta’minlash hamda avtomobil yo‘lining foydalanish holatini yaxshilashga qaratilgan.
Hududdagi yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ishlar belgilangan reja asosida izchil davom ettirilmoqda.
✍️ Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/qum_axborot
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
📱Qumqo‘rg‘on.uz | 📱Telegram |📱Facebook |📱 Instagram | 📱YouTube
+4
Surxon sohili mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qarori asosida “Surxon sohili” mahallasi og‘ir toifadagi hududlar qatoriga kiritilib, mahallada aholi uchun qulay va zamonaviy infratuzilmani shakllantirish bo‘yicha qator vazifalar belgilangan.
Unga ko‘ra, hududdagi 2 kilometr ichki yo‘llarni asfaltlash, 5,6 kilometr piyodalar yo‘lakchalarini barpo etish hamda tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish rejalashtirilgan.
Bugungi kunda belgilangan vazifalar ijrosi doirasida amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda. Jumladan, mahalla ichki ko‘chalarini asfaltlash ishlari to‘liq yakunlandi.
Ayni paytda hududda zamonaviy piyodalar yo‘lakchalarini barpo etish va tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish ishlari jadal olib borilmoqda.
Mazkur bunyodkorlik ishlari natijasida mahalla infratuzilmasi zamonaviy talablar asosida takomillashtirilib, aholining erkin va xavfsiz harakatlanishi uchun yanada qulay sharoitlar yaratilmoqda.
Obod mahalla — farovon hayot va munosib turmush sharoitining muhim mezonidir.
✍️ Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/qum_axborot
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
📱Qumqo‘rg‘on.uz | 📱Telegram |📱Facebook |📱 Instagram | 📱YouTube
+3
Aholi murojaatlariga yechim topish — ustuvor vazifa
Aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, fuqarolarning muammolari va takliflarini bevosita o‘rganish, shuningdek, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.
Bugun tasdiqlangan haftalik grafik asosida tuman hokimining o‘rinbosari N.Allanazarov fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot olib bordi.
Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha vaqt talab qiladigan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda amaliy yechim topish bo‘yicha bunday qabullar izchil davom ettiriladi.
✍️ Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/qum_axborot
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
📱Qumqo‘rg‘on.uz | 📱Telegram |📱Facebook |📱 Instagram | 📱YouTube
XORIJDA QONUNIY ISHLASH ISTAGIDAGI FUQAROLAR UCHUN MEHNAT YARMARKASI!
Xorijiy davlatlarda mehnat qilish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun Migratsiya agentligining Surxondaryo hududiy filiali, Workline XBA, Morawork XBA, Bestwill XBA va JobBridge XBA tomonidan turli sohalarda ko‘plab bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilmoqda.
🗓10-sentabr kuni:
📌Uzun tumani Shodlik istirohat bog‘i, soat 10:00 da. Lokatsiya
📌Sariosiyo tumani M. Ulug'bek mahallasi Madaniya uyi binosi. Lokatsiya
🗓12-sentabr kuni:
📌Denov tumani Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, soat 10:00 da. Lokatsiya
📌Oltinsoy tumani Bo‘ston mahallasi Mustaqilllik ko‘chasi 5-uy, Oltinsoy tumani 1-sonli texnikum binosi, soat 14:00 da. Lokatsiya
Taklif etiladigan ish o'rinlari:
🇳🇱NIDERLANDIYA
➖Dehqonchilik — 380 ta
➖Chorvachilik — 220 ta
➖Monolit — 60 ta
➖Elektrik — 15 ta
➖CE toifali haydovchi — 40 ta
➖Kafelchi — 20 ta
➖Santexnik — 10 ta
➖Payvandchi — 70 ta
🇱🇻LATVIYA
➖Qurilish — 40 ta
➖Plita zavodi — 60 ta
➖Baliq konserva zavodi — 200 ta
➖Payvandchi — 30 ta
➖Mehmonxona sohasi — 25 ta
➖Shuningdek, betonchi, armaturachi, g‘isht teruvchi, elektrik, santexnik va kafel teruvchilar uchun vakansiyalar mavjud.
➖SE toifali haydovchilar — 500 ta
🇧🇬BOLGARIYA
➖Farmatsevtika zavodi — 70 ta
➖Temir zavodi — 130 ta
🇸🇰SLOVAKIYA
➖Kafelchi — 70 ta
➖Santexnik — 130 ta
➖Payvandchi — 70 ta
➖Mebel montajchisi — 50 ta
🇱🇾LIVIYA
➖Armaturachi — 100 ta
➖Opalubkachi — 100 ta
🇪🇪ESTONIYA
➖Metall konstruksiya va qurilish — 100 ta
➖Payvandchi — 50 ta
🇷🇺ROSSIYA
➖Santexnik — 100 ta
➖Payvandchi — 100 ta
➖Betonchi — 100 ta
➖G‘isht teruvchi — 100 ta
➖Sklad ishlari — 100 ta
➖Baliqchilik zavodi — 50 ta
🇩🇪GERMANIYA
➖BC toifali haydovchilar — 50 ta
➖Fura haydovchilari — 50 ta
➖Qurilish sohasi — 50 ta
➖Qassoblik sohasi — 700 ta
🇹🇷TURKIYA
➖Payvandchi — 70 ta
➖G‘isht teruvchi — 50 ta
➖Partnik ishlari — 70 ta
➖Choy fabrikasi — 70 ta
➖Ayollar uchun tozalash ishlari — 50 ta
➖Yog‘och pallet ishlab chiqarish — 70 ta
🇬🇪GRUZIYA
➖Yordamchi ishchilar — 70 ta
➖Usta-montajchilar — 100 ta
➖Taksi haydovchilari — 100 ta
🇧🇾BELARUSSIYA
➖Qurilish — 70 ta
➖Taksi haydovchilari — 50 ta
➖Qishloq xo‘jaligi — 20 ta
➖Ishlab chiqarish — 70 ta
🇭🇷XORVATIYA
➖Qurilish — 40 ta
➖Chorvachilik — 60 ta
🇮🇹ITALIYA
➖CE toifali haydovchilar — 35 ta
🇮🇱ISROIL
➖Qurilish sohasi
➖Maxsus texnika haydovchilari — 1700 tagacha vakansiya
❗️JAMI 6 mingta bo‘sh ish o‘rin
📌 E’tibor bering!
Xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolardan ishga joylashish jarayonida ish beruvchi, mehnat shartnomasi, ish haqi, yashash va mehnat shartlarini oldindan tekshirish, shuningdek, faqat qonuniy tartibda ishga joylashish tavsiya etiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
📱Qumqo‘rg‘on.uz | 📱Telegram |📱Facebook |📱 Instagram | 📱YouTube
🔵 Endi yer va bino sotib olish biznes uchun og‘ir yuk bo‘lmaydi: to‘lov shartlari yengillashtirilmoqda
Davlat aktivlari va yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha tadbirkorlarga moliyaviy erkinliklar berilmoqda. Endi ishlab chiqarish yoki biznesni kengaytirish uchun davlat ob’yektlarini katta yuk va ortiqcha to‘lovlarsiz xarid qilish mumkin:
🔵Avans to‘lovi 15%: Bu biznesga katta pullarni birdaniga muzlatib qo‘ymay, ularni yangi loyihalar va ishlab chiqarishga yo‘naltirish imkonini beradi. 🔵To‘liq to‘lovga 25% chegirma: Agar aktiv qiymati 6 oy ichida to‘liq to‘lansa, shartnoma summasining chorak qismi kechib yuboriladi. 🔵7 yilgacha foizsiz bo‘lib to‘lash: Aktiv qiymatining yarmini (50%) 6 oyda to‘lagan xaridorga qolgan qismini 7 yil davomida foizsiz to‘lash imkoniyati beriladi (yoki 35% ini 3 oyda to‘lab, qolganini 5 yilga bo‘lib to‘lash mumkin).📖 “Tayyor paket” yerlar: Yer uchastkalari loyihasi, ruxsatnomalari va kommunikatsiya texnik shartlari tayyor holda savdoga chiqariladi. Ya’ni auksiondan yer olib, hujjat yig‘ish va tarmoqlarga ulanish uchun 6 oydan 1 yilgacha vaqt yo‘qotishga chek qo‘yiladi. Islohot maqsadi — iqtisodiyotda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirib, yillar davomida foydalanilmay yotgan aktivlarni real qiymat, daromad va yangi ish o‘rinlari yaratadigan loyihalarga aylantirishdir. Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating: 📱Qumqo‘rg‘on.uz | 📱Telegram |📱Facebook |📱 Instagram | 📱YouTube
Repost from EKSKLYUZIV | Surxondaryo
+1
📬 Germaniyadan pochta orqali yuborilgan “og‘u” to‘xtatib qolindi
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona qo‘mitasi xodimlari hamkorligida giyohvandlik vositalari kontrabandasiga chek qo‘yildi.
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida vaqtincha istiqomat qilayotgan 2001-yilda tug‘ilgan Chernogoriya fuqarosi Germaniyadan yuborilgan pochta jo‘natmasini qabul qilib olgan vaqtida to‘xtatildi.
Jo‘natma tekshirilganda, sport anjomlari ichiga yashirilgan 3 kg “Klefedron” va 1 kg “gashish” borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi.
Shuningdek, xorijiy fuqaroning vaqtincha yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, 30 gramm “Alfa-PVP”, 11 dona tayyor zakladka, zip-paketlar, elektron tarozi va boshqa buyumlar aniqlandi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
🌐 EKSKLYUZIV | Surxondaryo
Joziba mahallasida yangi sport zali bunyod etiladi
Avval xabar berganimizdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Joziba mahallasiga tashrif buyurib, hududdagi ijtimoiy soha obyektlari, jumladan, 19-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi mavjud sharoitlar bilan yaqindan tanishgan edi.
Tashrif davomida maktab jamoasi tomonidan 2026-yilgi “Tashabbusli budjet” jarayonining ikkinchi bosqichida ilgari surilgan zamonaviy sport zali qurish loyihasi tanlov yakunlariga ko‘ra g‘oliblar qatoridan joy olmagani ham muhokama qilingan edi.
Bugun esa Joziba mahallasi aholisi, 19-sonli maktab jamoasi va, ayniqsa, o‘quvchilar uchun quvonchli xabar bor.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nigora Lutfullayevaning amaliy ko‘magi va tashabbusi bilan mazkur loyiha qo‘llab-quvvatlanib, g‘olib loyihalar qatoridan joy oldi.
Endilikda 19-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida umumiy qiymati 1 milliard 648 million so‘mlik zamonaviy sport zali quriladi.
Yangi sport zali o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Bu — birgina sport inshooti emas, balki yoshlar kelajagiga kiritilayotgan muhim sarmoyadir!
✍️ Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/qum_axborot
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
📱Qumqo‘rg‘on.uz | 📱Telegram |📱Facebook |📱 Instagram | 📱YouTube
+9
🇺🇿🤝 🇧🇾Minskda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi tantanali nishonlandi
Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Belarus Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida Minsk shahrida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tantanali qabul marosimi tashkil etildi.
Tadbirda Belarus Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Yuriy Shuleyko, Parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar rahbarlari, diplomatik korpus hamda ishbilarmon doiralar vakillari ishtirok etdi.
Tantanali marosimda O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo‘li, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va ko‘p qirrali hamkorlik aloqalari yuksak e’tirof etildi. Belarus tomonidan O‘zbekiston xalqiga Mustaqillik bayrami munosabati bilan samimiy qutlov va ezgu tilaklar bildirildi.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov O‘zbekistonning eng ulug‘ va aziz bayrami munosabati bilan bildirilgan samimiy tabriklar, do‘stona munosabat va yuksak e’tibor uchun minnatdorlik bildirdi.
Ta’kidlanganidek, bunday muloqotlar O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, hududlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish va yangi qo‘shma loyihalarni ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
+2
Nizoli oilalar bilan manzilli suhbat o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Qumqo‘rg‘on tumanidagi Do‘stlik mahallasi hududida joylashgan oila maskanida notinch va nizoli oilalar bilan manzilli suhbat tashkil etildi.
Tadbirda tuman Qumqo‘rg‘on tumanlararo fuqarolik sudi raisi, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, tuman IIB JXX HPB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, tuman Oqila ayollar a'zosi hamda tajribali psixolog ishtirok etdi.
Suhbat davomida oilaviy kelishmovchiliklarning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yo‘llari atroflicha muhokama qilindi. Oilalarda sog‘lom ma’naviy-psixologik muhitni shakllantirish, nizolarni qonuniy va tinch yo‘l bilan hal etish, xotin-qizlar hamda voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, har bir oilaning mavjud muammolari individual tartibda o‘rganilib, mas’ullar tomonidan ularni bartaraf etish yuzasidan huquqiy, ijtimoiy va psixologik tavsiyalar berildi.
Bunday manzilli profilaktik tadbirlar oilaviy nizolarning chuqurlashib ketishining oldini olish, mahallalarda xavfsiz va sog‘lom muhitni ta’minlash hamda aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.
✍️ Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi Axborot xizmati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
https://t.me/qum_axborot
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
📱Qumqo‘rg‘on.uz | 📱Telegram |📱Facebook |📱 Instagram | 📱YouTube
+9
Surxondaryo viloyati Belarus hududlari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirmoqda
Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Belarus Respublikasiga amaliy tashrifi Minsk viloyatida davom etdi.
Tashrif doirasida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Minsk viloyati ijroiya qo‘mitasi raisi Aleksey Kushnarenko o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqotda hududlararo hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, mavjud salohiyat va imkoniyatlardan samarali foydalangan holda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Viloyat hokimi shuningdek, Belarus Respublikasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vaziri Yuriy Gorlov hamda Sanoat vaziri Andrey Kuznetsov bilan kengaytirilgan tarkibda uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralarda qoramol yetkazib berish va chorvachilikni rivojlantirish, o‘simlikshunoslik va baliqchilik sohalarida hamkorlik qilish, zamonaviy o‘quv markazlarini tashkil etish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Belarusda qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, sanoat va logistika sohalarida katta salohiyat mavjudligi, ayni paytda malakali ishchi kadrlarga ehtiyoj yuqoriligi inobatga olinib, mehnat resurslarini tayyorlash va o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari ham ko‘rib chiqildi.
Xususan, Surxondaryodagi texnikumlarda tahsil olayotgan yoshlarni dual ta’lim asosida Belarusdagi ta’lim muassasalarida o‘qitish, ularga mashinasozlik va sanoat yo‘nalishlarida amaliy ko‘nikmalar berish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘zaro bozorlarga olib chiqishga ham alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, Mogilyov va Minsk viloyatlarida Surxondaryoda yetishtirilayotgan anor hamda boshqa mahsulotlar savdo yarmarkalari va milliy mahsulotlar ko‘rgazma-sayllarini, Termiz xalqaro savdo markazi hududida Belarus mahsulotlari ko‘rgazma savdosini tashkil etishga kelishib olindi.
Muzokaralar yakunida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish, mavjud kelishuvlarni aniq amaliy natijalar bilan boyitish va hududlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
———
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Serbiyaga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlarning navbatdagisi Belgrad koʻchalaridan biriga “Toshkent” nomini berish marosimi boʻldi.
———
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich qoʻshma biznes forumida ishtirok etdilar.
———
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Serbiyaga rasmiy tashrifi yakunlangach, davlatimiz rahbari va rafiqasi Belgraddan Toshkentga joʻnab ketdi. Aeroportda oliy martabali mehmonlarni Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich va rafiqasi kuzatib qoʻydi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
📱Qumqo‘rg‘on.uz | 📱Telegram |📱Facebook |📱 Instagram | 📱YouTube
🇺🇿 PF-177-SON FARMON: SURXONDARYODA DAVLAT AKTIVLARI VA YER UCHASTKALARINI XUSUSIYLASHTIRISH JARAYONLARI JADALLASHMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 18-avgust kuni tadbirkorlar bilan ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuvida belgilangan vazifalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 28-avgustdagi PF-177-son Farmoni asosida Surxondaryo viloyatida davlat aktivlari va yer uchastkalarini xususiylashtirish, investitsiya jarayonlarini jadallashtirish hamda tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi.
Jumladan:
🏢 DAVLAT AKTIVLARI BO‘YICHA
🔹 3 ta davlat ulushi — ommaviy savdolarga chiqariladi;
🔹 65 ta davlat aktivi — xususiylashtiriladi;
🔹 35 ta davlat aktivi — xususiylashtirish jarayonlari jadallashtiriladi. Mazkur obyektlar avvalgi xususiylashtirish dasturlariga kiritilgan, biroq savdoga chiqarilmagan aktivlar;
🔹 Qiziriq va Muzrabot tumanlarida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bo‘shatiladigan hamda elektron onlayn auksion savdolari orqali realizatsiya qilinadigan 26 ta davlat ko‘chmas mulk obyekti xususiylashtiriladi.
🌱 YER UCHASTKALARI BO‘YICHA
📍 Viloyatda jami 495,5 gektar yer maydoni ommaviy savdolarga chiqariladi;
📍 Jarqo‘rg‘on, Uzun va Qiziriq tumanlarida 28,8 gektar yer maydoni 51 ta lotga ajratilib, auksion savdolariga chiqariladi;
📍 “Tayyor paket” usulida 60 ta yer loti auksion savdolariga chiqariladi.
💰 TADBIRKORLAR UCHUN ASOSIY YENGILLIKLAR
Sotib olish to‘lovlari bazaviy hisoblash miqdorining 23 ming baravaridan (10,12 mlrd so‘m) yuqori bo‘lgan elektron onlayn auksion, tanlov va birja savdolarida sotilgan davlat aktivlari, shuningdek, bazaviy hisoblash miqdorining 8 ming baravaridan (3,52 mlrd so‘m) yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari bo‘yicha:
✅ Avans to‘lovi 35 foizdan 15 foizgacha kamaytirildi;
✅ Qolgan summani foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratildi;
✅ Xarid qiymatini 6 oy ichida to‘liq to‘lagan xaridorga 25 foiz chegirma taqdim etiladi;
🔹 Ilgari xarid qiymatini 1 oy ichida to‘lagan xaridorga 14 foiz chegirma berilgan;
✅ Xarid qiymatining 35 foizini 3 oyda to‘lagan xaridorga — 5 yilgacha foizsiz muddatli to‘lov imkoniyati;
✅ Xarid qiymatining 50 foizini 6 oyda to‘lagan xaridorga — 7 yilgacha foizsiz muddatli to‘lov imkoniyati beriladi.
📉 AKTIVLARNI SOTISHDA YANGI MEXANIZMLAR
🔸 3 oy ichida sotilmagan davlat aktivlarining narxi bosqichma-bosqich pasaytiriladi;
🔸 “Gibrid auksion” mexanizmi joriy etiladi;
🔸 Yer uchastkalari tayyor texnik shartlar va zarur ruxsatnomalar bilan “tayyor paket” shaklida savdoga chiqariladi.
🏢 YIRIK OBYEKTLAR HAM TIJORATLASHTIRILADI
Yirik oliy ta’lim muassasalari va tibbiyot markazlari ham bosqichma-bosqich tijoratlashtirilib, ularning faoliyatiga xususiy investorlar jalb etiladi.
📌 PF-177-son Farmon — tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, qulay to‘lov shartlarini joriy etish va investitsiya jarayonlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
📱Qumqo‘rg‘on.uz | 📱Telegram |📱Facebook |📱 Instagram | 📱YouTube
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Serbiyaning oliy davlat mukofoti – Katta zanjirli Serbiya Respublikasi ordeni bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
📱Qumqo‘rg‘on.uz | 📱Telegram |📱Facebook |📱 Instagram | 📱YouTube
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisida qoʻshma deklaratsiyani imzoladilar. Davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlar almashildi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating:
📱Qumqo‘rg‘on.uz | 📱Telegram |📱Facebook |📱 Instagram | 📱YouTube
Oliy darajada O‘zbekiston – Serbiya muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
—
Состоялись узбекско-сербские переговоры на высшем уровне.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+6
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning yuzma-yuz va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari boʻlib oʻtdi.
—
Cостоялись переговоры Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Президента Республики Сербия Александра Вучича в формате «тет-а-тет» и с участием официальных делегаций.
#Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #muzokaralar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
