Nursaidov | BLOG
Open in Telegram
@Nuruz - IT mulohazalar, bloglar, mashhurlar, loyihalar hamda daromadlar @Nursaidov_bot
Show moreUzbekistan163 084The category is not specified
191
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Деградация - кискаметраж фильм институтдаги диплом ишим. Эски иш, но мавзу эскирмайди. Маьноси оддий - камро ич пидр.
#degradation #alcohol #social #don'tdrinkbastard
Muallif: Sh.egamberdiyev
@Nuruz - IT faktlar, daromadlar va shaxsiy fikrlar
O'zbekistonda faqat menga adolatsizlik bo'lyapti deb o'ylamang. Barcha yo'nalish va sohalar chirib bitgan.
Namuna: https://daryo.uz/2021/01/12/agar-shu-ketishda-davom-etsa-men-ham-shaxmat-federatsiyamni-ozgartiraman-ozbekiston-tarixidagi-eng-yosh-grossmeyster-javohir-sindorov-tushunarsiz-taqiqlar-va-feder/?fbclid=IwAR2BTY2mpJcAr1x4gbvmCkdE4_xCNwwAEafruYpUJkvLKz4rORywEmMDy4g
Xayrli seshanba kunidagi ba'zi yangiliklar:
- 2020 yilda 100 millionga yaqin rossiyaliklarnig shaxsiy ma'lumotlari buzilgan va o'g'irlangan.
- Elon Maskning Starlink sun'iy yo'ldosh Interneti Britaniyada ish boshladi.
- LG kompaniyasi CES 2021 ko'rgazmasida eksperimental surma ekranli smartfonini taqdim etdi.
- Sony PlayStation 5-ning ishga tushirilishini tarixdagi eng muvaffaqiyatli deb atadi va bir nechta o'yinlarning chiqish sanalarini nomladi.
@Nuruz - IT faktlar, daromadlar va shaxsiy fikrlar
"Ҳунар" кўрсатаётган тиктокчиларни 15 суткага қамаб ҳожатхона тозалатиш керак.
Ҳожатхона тозалаш кўнгилдаги кибрни, характердаги бемаъни қилиқларни кеткизадиган энг яхши воситадир. Бу усул минг йиллардан буён амалда яхши натижа бериб келяпти.
Ҳожатхонада ишлайдиган фаррошларнинг авлиёсифат эканлигига эътибор берганмисиз?
Туалет тозалаётган тиктокчини расмга олиб севган қизига жўнатиш керак.
©Раҳимжон Раҳмат
Propoganda usullaridan biri haqida
Propogandachi kishi, biror shaxs yoki guruhni qoralash maqsadida yomon nomlar bilan ataydi.
Masalan,
"O‘zAvtoMotors"ni tanqid qilganlarni Bosh Vazir Abdulla Aripov "populist" deb atadi.
"O‘zAvtoMotors"ni tanqid qilganlarni deputat Alisher Qodirov "soxta vatanparvarlar" deb atadi.
Tizimdagi muammolarni aytayotgan o‘qituvchilarni Xalq ta'lim vaziri Sherzod Shermatov "xaypchi" deb atadi.
Tanqid qilinganda, muammo bir chetda qolib, aytgan odamni "piarchi", "ochkochi", "buyurtma maqolachi", "fitnachi", "buzg‘unchi", "xoin", "chetda turib tosh otuvchi" kabi tamg‘ali gaplar aytilishi- bu Propogandadir.
Propoganda shunday san'atki, bir kishi boshqalarning oyog‘ini bosayotganda, o‘zi "voy-dod" deb baqiradi.
Bob Xoup
@sanjar_xoja
Muammo: Uy sovuq, uyni isitish kerak.
Yechim: Uyni isitish agentligi tashkil qilinsin. Agentlik idorasi sifatida yangi bino qurib bitkazilsin.
Yangi muammo: uyga qo'shib agentlik idorasini ham isitish kerak.
Yechim: demak agentlik faoliyati yetarli emas, bizga yanada vakolatliroq tuzilma kerak ekan. Unda barcha bino va inshootlarni isitish qo'mitasi tuzilsin, qo'mita va agentlik faoliyatini muvofiqlashtirish uchun esa Isitish vazirligi tashkil qilinsin.
Boburmirzo Hamraqulov
👉 @Nuruz - IT faktlar, daromadlar va shaxsiy fikrlar
#info
Миллиардерлар бойликларининг келиб чиқиши
Бизнесменларнинг асосий муваффақиятлари:
🇷🇺Россия — сиёсий алоқалар орқали (64%)
🇺🇸 АҚШ — нолдан бизнес бошлаш орқали (32,1%)
🇩🇪 Германия — мерос орқали (64,7%)
🇪🇸 Испания — мерос орқали (53,8%)
🇮🇹 Италия — нолдан бизнес бошлаш орқали (40%)
🇬🇧 Буюк Британия — бизнесни бошқариш орқали (36,2%)
🇯🇵 Япония — нолдан бизнес бошлаш орқали (63%)
🇨🇳 Хитой — нолдан бизнес бошлаш орқали (40,2%).
Ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларимизга аъзо бўлинг:
Telegram | YouTube | Facebook
Surxondaryo viloyati va barcha tuman hokimlik web saytlari xakerlar tomonidan buzib tashlanganidan so'ng, ushbu kungacha faqat Surxondaryo.uz veb sayti qayta tiklangan.
Quyidagi ro'yxatda sayt nomlari keltirilgan.
1. + http://surxondaryo.uz/
2. http://www.shurchi.uz/
3. http://www.jarqorgon.uz/
4. http://www.qumqorgon.uz/
5. http://www.sherobod.uz/
6. http://www.oltinsoy.uz/
7. http://www.muzrabot.uz/
8. http://www.denov.uz/
9. http://www.uzun.uz/
10. http://www.angor.uz/
11. http://qiziriq.uz/
👉 @Nuruz - IT faktlar, daromadlar va shaxsiy fikrlar
Metro? Quladi. Kimdir javobgar bo'ldimi? Bilmadim.
Suv ombori? Buzilib ketdi. Kimdir javobgar bo'ldimi? Bilmadim.
Ko'priklar? Qulab tushdi. Kimdir javobgar bo'ldimi? Bilmadim.
Uylar? Qulab tushdi. Kimdir javobgar bo'ladimi? Bilaman.
Hechkim.
@fikrbank
Xayrli tong! Ertalabki ba'zi yangiliklar:
- Yandex o'zining "Rayon" ijtimoiy tarmog'i yopilganligini e'lon qildi.
- Putin Internetdagi tuhmat uchun qamoqqa olish to'g'risidagi qonunni imzoladi.
- LG Wing eksperimental smartfoni sotuvga chiqmadi.
- S.T.A.L.K.E.R uchun birinchi o'yin teaserini nashr etdi.
@Nuruz - IT faktlar, daromadlar hamda shaxsiy fikrlar.
Rivojlangan davlatlardan biri - Yaponiya haqida.
Ikkinchi jahon urushida mag‘lub bo‘lgan, hududi vayronaga aylangan davlatning xalqi bugun dunyodagi eng kuchli pasportga ega. Masalan, talabalar bir oylik stipendiyasini olib, dunyoning 191 davlatlaridan xohlaganiga vizasiz boraoladi. Yillik o‘rtacha kishi boshi milliy daromad 39300 AQSH $. Sanoatdan texnologiyagacha bo‘lgan yutuqlarini sanasak, ancha vaqt ketadi...
Tasavvur qiling, hamma amaldorlarimizni yig‘ib, butunlay Yaponiyaga yuborsak. Ular borib o‘z lavozimi bo‘yicha o‘sha yerda amaldorlik qilsa, Yaponiyaning rivojlanishi to‘xtaydimi?
Menimcha yo‘q! Chunki Yaponiya xalqi o‘ta noshukur! Yangi qaror yoqmasa Bosh vazir qarorgohiga borib; Qaysidir tashkilot mas’uliyatsiz bo‘lsa, ularning binosini oldiga borib; Asossiz soliq va jarimalar oshsa, ko‘chaga chiqib norozilik namoyishlari o‘tkazaveradi, o‘tkazaveradi. Noshukurda chunki!
Sabr va shukurli, elektr va gazsiz yashayotgan xalqning amaldorlari esa Yaponiyada ishlab chiqargan avtoulovlarni xalqning puliga sotib olib, foydalanadi.
Manba: Sanjar_xoja
@Nuruz - IT faktlar, daromadlar va shaxsiy fikrlar.
TATU saytida bo'sh ish o'rinlari bo'yicha ma'lumotlar ko'rsatilgan.
Ishga kirmoqchi bo'lganlar https://tuit.uz/boshish manzili orqali ma'lumot olishlari mumkin.
Ishga olishmasa ayb menda emas))
@Nuruz - IT faktlar, daromadlar va shaxsiy fikrlar.
Bloomberg ma'lumotlariga ko'ra dunyoning eng boy odamlari ro'yxati.
2021 yil 7-yanvarda Tesla va SpaceX asoschisi Elon Mask dunyodagi eng boy odamga aylandi. Maskning umumiy aktivlari hozirda Amazon rahbari Jeff Bezosdan 10 milliard dollarga ko'pdir.
Rasmda keltirilgan 11 ta eng boy odamning 8 tasi Axborot texnologiyalari sohalari bo'yicha shuncha yutuqlarga erishganligini ko'rishimiz mumkin.
@Nuruz - IT faktlar, daromadlar va shaxsiy fikrlar.
Rossiyaning Tomsk politexnika universiteti bazasida TikTok fakulteti ochilishi mumkin.
Bunga sabab qilib so‘nggi paytlarda innovasion kompaniyalar mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘smirlarni ko‘rishni xohlayotgani aytilgan, deb yozadi Aniq.uz sayti.
@Nuruz - IT faktlar, daromadlar va shaxsiy fikrlar.
⚡️ Hozirgi vaqtga kelib bitkoin narxi 40 ming dollardan oshdi. Bu kripto valyutasining qiymati bo'yicha yangi rekord hisoblanadi.
@Nuruz - IT faktlar, daromadlar va shaxsiy fikrlar.
8-yanvar sanasidagi IT tezkor xabarlari bilan tanishing.
- Xitoy operatori kvant shifrlangan telefon qo'ng'iroqlarini sinovdan o'tkazishni boshladi.
- Hyundai Apple-ning o'zini o'zi boshqaradigan mashinani chiqarish rejasini tasdiqladi.
- Pixel 5-dan Google Camera endi Android-ning aksariyat smartfonlari uchun mavjud.
- Lenovo va NEC noutbuk va o'yin konsolining gibridini taqdim etdi.
@Nuruz - IT faktlar, daromadlar hamda shaxsiy fikrlar.
Medtronis kompaniyasi IBM bilan hamkorlikda qandli diabet kasalligi bilan og‘rigan bemorlar uchun maxsus dastur ishlab chiqmoqda.
Mazkur dasturiy ta’minot qon tarkibidagi qand miqdorining favqulodda tushib ketishini 3 soat avval aniqlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Buning uchun shu kasallika chalingan 600 ta anonim bemorlarning tibbiy ma’lumotlari o‘rganib chiqildi.
Bu endi odamlar o‘z salomatliklarini mobil qurilmalardagi maxsus dasturlar orqali muntazam nazorat qilib borish imkoniga ega bo‘lishadi deganidir.
@Nuruz
Вақтингизни аямай қуйидаги видеога бир назар ташланг.
Тўгри, кўринишидан оддий видео: бир киши турникетдан ўтаётиб, кофесини тўкиб юборди ва дарров кирланган жойни тозалашга киришиб кетди. Атрофдагилар эса бамайлихотир ўз ишида давом этмоқда.
Бу ростанам оддий видео бўларди агарда видеодаги киши Нидерландия бош вазири Марк Рутте бўлмаганида!
Дўпписи тушиб кетса пул бериб олдирадиган, оддий одамларни назаригаям илмайдиган «халқ хизматчилари" эсга тушиб кетди. Шунчаки, тасодифан ))
Shu bola gapirgandan keyin Prezidentimiz BMT-da o'zbek tilida nutq so'zlashga qaror qilgan...
@Nuruz
