cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Kitobxon yigit📚

Kitoblar haqida fikrlar🔖

Show more
Tajikistan8 844The language is not specifiedBooks17 951
Advertising posts
311
Subscribers
No data24 hours
-27 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

"...O‘zbek millatini O‘rta Osiyo islomiy-turkiy davlatchilik an‘anasining merosxo'ri va davomchisi deb anglashda Fitrat muhim rol o'ynadi..." Chindan ham, o‘sha davrning diniy va ilmiy markazlari hisoblangan Buxoro va Samarqand aholisi tojik bo‘lsa-da o'zbeklar asosiy hukmronga aylanib qolganiga hech qiziqib ko‘rmagan ekanman. @kitobxon
Show all...
🤔 4
"...Musulmon institutlari islohoti qozoq ziyolilarini uncha qiziqtirmagan, ular ko'proq slavyan rus muhojirlari muammosi, ko'chmanchilar yo'qotayotgan yerlar haqida qayg'urishgan. Qozoq ziyolilarining o'z dunyosi, bahs-munozarasi, alohida orzu-havasi bor edi. Turkman elitalari ham rus davlati bilan ancha farqli o'zaro kelishuvga erishgan edi. Shuningdek, turkman jamiyatida kitobxonlik va shaharlashish an'anasi deyarli mavjud bo'lmagani uchun diniy yoki madaniy islohot masalasi ular orasida deyarli rivojlanmadi. Bemalol aytish mumkinki, "Turkiston musulmoni"dagi "musulmon" faqatgina O'rta Osiyo o'rtoq aholisiga taalluqli sanalib, ko'chmanchilar bu jumla doirasiga kiritilmagan. Shu bois Turkiston aholisining azaliy birligini parchalab yuborgan sovet kirdikorlari haqidagi iddaolardan ehtiyot bo'lishimiz lozim. Turkiston tom ma'noda rus istilosining mahsuli edi va u yerda hech qachon birlik hukm surmagan." Adib Xolid — O'zbekiston tavalludi @kitobxonyigit
Show all...
👍 5
"O‘zbekiston tavalludi"ni Kirish qismidan sekin, maydalab o'qishni boshladim. Kitob O‘zbekiston nomi va davlatining yaratilishi haqida. Kirish qismi bir qancha qiziqarli intrigalardan iborat. O‘zbek millati qadimdan mavjud bo‘lmagani, balki jadidlar yaratgan atama ekanligi ta'kidlanmoqda. 1924-yildagi milliy-hududiy chegaralanish vaqtida Oxunboboyev hududlarimizni kimlargadir berib yuborganligi, kelajakda bir-biri bilan urushib qolishsin degan maqsadda bolsheviklar atayin turli millatlarga tegishli hududlarni aralashtirib yuborganligi "shirin" illyuziyadan boshqa narsa emasligiga ishoralar berilmoqda. Bular aynan qanday bo'lganini bo‘lsa, shu mavzularga tegishli boblarda mukammalroq tasavvur qilib ko'ramiz. @kitobxonyigit
Show all...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Va nihoyat! Ajoyib kitob. Shifokorning o‘z hayoti, bemorlari bilan munosabatlari, faoliyati davomidagi qiziq yoki o‘ta ta‘sirli, qayg'uli holatlar haqida yoziqlaridan iborat ushbu kitob, adashmasam, o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan shu tipdagi birinchi kitobdir. @kitobxonyigit
Show all...
🎉 8👍 2 2
Mana, Amazon orqali kitob sotib olishniyam o'rganvoldik... @kitobxonyigit
Show all...
🔥 5👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
Dok-1 Maks ishi ko'rilayotgan sudda soliq idorasi xodimi kompaniya shifokor va dorixonalarga doimiy pul to'lab kelganligini va pul miqdorini aytganini o'qib birinchi xayolimga kelgani, bunga soliqchini nima aloqasi borligi bo'ldi. Rasmdagi postdan ayon bo'ladiki, kompaniya shifokor va dorixonalarga bergan shuncha puldan soliq olinmaganligi soliq xodimini tashvishga solyapti. Ya'ni, soliqchi aytmoqchiki, "Farm kompaniyalar dorisini sotish uchun shifokorga bo'ladimi, dorixonaga bo'ladimi, qancha xohlasa beraversin. Faqatgina, shu bergan pulidan soliq to'lab tursa bo'ldi". Bizni sodda bloger va saytlarimiz bo'lsa, ushbu gapni ijobiy tushunib "Soliq xodimi shifokor va dorixonalarning yuzini ochib tashlab, razilligini fosh qildi." — degan ma'noda tarqatib yotishibdi. U hech kimni fosh qilmoqchi emas, kompaniyalar nima qilsa qilsin, kimga qancha bergisi kelsa beraversin, faqat solig'ini vaqtida to'lab qo'ysa bo'ldi, demoqchi. Chindan ham, OAV qudratli kuch... @kitobxonyigit
Show all...
😢 2👍 1🔥 1
Kecha shunday kun edi... @kitobxonyigit
Show all...
🔥 3
Izohda odatda matndagi atama haqida to‘liqroq ma'lumot beriladi, shunchaki matndagi so'zlarni o'rnini almashtirib berishdan maqsad nimaligini bilmayman. @kitobxonyigit
Show all...
👍 3😁 1🤔 1
Jyul Vern yozish uslubining kuchliligi, voqealarning qiziqarliligi sabab kitobdagi tishni g‘ijirlatadigan imloviy va uslubiy xatolarga iloji boricha e'tibor qilmay o‘qiyapman. Bugun ushbu abzatsni tashlashga tashlab qo‘ydim-u, bir dona abzatsdagu xatolarni ko‘rib, muharrir kitob oxiriga ism-familiyasini yozdirib qo'yishdan oldin kitobni varaqlab ko‘rganmikin o‘zi, deb o'ylab qoldim... @kitobxonyigit
Show all...
👍 4🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ovqatxona degan atamani ilgari hech uchratmagan ekanman🤔... @kitobxonyigit
Show all...
😁 9🔥 1