en
Feedback
Faculty of Philology(B507)

Faculty of Philology(B507)

Open in Telegram

📚 Official channel of the KIUT Faculty of Philology. Academic announcements, schedules, student opportunities, events and faculty news.

Show more
The country is not specifiedEducation66 754
1 467
Subscribers
+1024 hours
+1907 days
+18930 days

Data loading in progress...

Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+405
in 0 channels
August '26
+843
in 0 channels
Get PRO
July '260
in 0 channels
Get PRO
June '260
in 0 channels
Get PRO
May '260
in 0 channels
Get PRO
April '260
in 0 channels
Get PRO
March '260
in 0 channels
Get PRO
February '260
in 0 channels
Get PRO
January '260
in 0 channels
Get PRO
December '250
in 0 channels
Get PRO
November '250
in 0 channels
Get PRO
October '250
in 0 channels
Get PRO
September '250
in 0 channels
Get PRO
August '250
in 0 channels
Get PRO
July '250
in 1 channels
Get PRO
June '250
in 0 channels
Get PRO
May '250
in 0 channels
Get PRO
April '250
in 0 channels
Get PRO
March '250
in 0 channels
Get PRO
February '250
in 0 channels
Get PRO
January '250
in 0 channels
Get PRO
December '24
+5
in 0 channels
Get PRO
November '24
+14
in 0 channels
Get PRO
October '24
+25
in 0 channels
Get PRO
September '24
+61
in 0 channels
Get PRO
August '24
+40
in 0 channels
Get PRO
July '24
+17
in 0 channels
Get PRO
June '24
+1
in 0 channels
Get PRO
May '24
+192
in 0 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
07 September+207
06 September+11
05 September+21
04 September+49
03 September+45
02 September+64
01 September+8
Channel Posts
all groups.xlsx0.62 KB

2
TRS-901E=TRS-971E ; TRS-902E=TRS-972E; TRS-903E=TRS-973E
995
3
Shu fayldan guruhlaringizni aniqlab olishingiz mumkin
1 042
4
all groups.xlsx
949
5
student.kiut.uz Қуйидаги маълумотлар янгиланди: - 1-курсга қабул қилинган талабалар рўйхати янгиланди (кундузги ва кечки таълим). - "Ички перевод" қилган талабаларнинг рўйхати жойлаштирилди. - Ўқишини тиклаган талабалар рўйхати жойлаштирилди. Обновлена следующая информация: - Обновлён список студентов, поступивших на 1-курс (очное и вечернее образование). - Размещён список студентов, переведённых внутри университета. - Размещён список студентов, восстановивших обучение.
588
6
📢 Hurmatli birinchi bosqich talabalari! Sizlarning dastlabki akademik guruhlaringizni e’lon qilamiz. Quyidagi ro‘yxatda bugungi kunga qadar dekanatga (B-507-xona) kelib ro‘yxatdan o‘tgan talabalar va ularning guruhlari keltirilgan. Ro‘yxatdan ism-familiyangiz va guruhingizni diqqat bilan tekshiring. Agar ro‘yxatda bo‘lmasangiz, B-507-xonaga kelib ro‘yxatdan o‘tishingiz va guruhingizni aniqlashingiz mumkin. ❗️Eslatma: ushbu guruhlar dastlabki bo‘lib, zaruratga ko‘ra o‘zgarishi mumkin.
1 404
7
📢 Hurmatli birinchi bosqich talabalari! Sizlarning dastlabki akademik guruhlaringizni e’lon qilamiz. Quyidagi ro‘yxatda bugungi kunga qadar dekanatga (B-507-xona) kelib ro‘yxatdan o‘tgan talabalar va ularning guruhlari keltirilgan. Ro‘yxatdan ism-familiyangiz va guruhingizni diqqat bilan tekshiring. Agar ro‘yxatda bo‘lmasangiz, B-507-xonaga kelib ro‘yxatdan o‘tishingiz va guruhingizni aniqlashingiz mumkin. ❗️Eslatma: ushbu guruhlar dastlabki bo‘lib, zaruratga ko‘ra o‘zgarishi mumkin.
1
8
⚡️Ta'lim krediti haqida muhim ma'lumotlar 1. Imtiyozli taʼlim krediti xotin-qizlarga foizsiz, yigitlarga markaziy bankning asosiy stavkasiga (14%) ko'ra ajratiladi. 2. Ta'lim krediti O'zbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib borayotgan davlat va nodavlat OTM talabalari uchun ajratiladi. 3. Ta'lim krediti joriy yildan faqat kunduzgi ta’lim talabalari uchun ajratiladi. 4. Ikkinchi kursdan yuqori talabalarning baholari past boʻlgan (oʻrtacha “3”dan past) taqdirda taʼlim krediti koʻpi bilan toʻlov shartnomaning 80 foizi miqdorida ajratiladi. 5. Ta'lim krediti Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi). 6. Ta'lim kreditini har yili olish mumkin. 7. “Superkontrakt” asosida oʻqishga qabul qilingan talabalarga imtiyozli taʼlim krediti ajratilmaydi. 8. Imtiyozli taʼlim krediti rasmiy oʻqish tugagandan keyin 7-oydan boshlab 7 yil muddatga ajratiladi. Masalan talaba 1-kurs boʻlsa, 11 yil 7 oy ichida kreditni toʻlashi mumkin. 9. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti boʻyicha garov va kafillik talab etilmaydi 10. Taʼlim krediti olish uchun arizalarni “Taʼlim krediti” axborot tizimi (talim-krediti.mf.uz) va my.gov.uz orqali topshirish mumkin. 11. Imtiyozli ta'lim krediti haqida eng so'nggi ma'lumotlarni @nodavlattalim sahifasidan topishingiz mumkin Ta'lim krediti ajratidigan banklar ro'yxati bu yerda: https://t.me/nodavlattalim/5716 🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
1 308
9
📢 Hurmatli shartnomasi tayyor bo‘lgan 1 bosqich talabalari! Eslatib o‘tamiz, qabul jarayonining keyingi barcha bosqichlari shartnoma bo‘yicha to‘lov amalga oshirilishiga bog‘liq. Hozirda siz talabalikka tavsiya etilgan maqomdasiz. Zarur hujjatlarni dekanatga topshirib, shartnoma to‘lovini amalga oshirganingizdan so‘ng, sizni universitet talabalar safiga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqariladi. Buyruq rasmiylashtirilgach: 🔹 akademik guruhingiz belgilanadi; 🔹 shaxsiy kabinetingiz ochiladi; 🔹 universitetning elektron tizimlariga kirish imkoniyati yaratiladi; 🔹 sizga talaba sifatida tegishli xizmatlar ko‘rsatila boshlaydi. Shu sababli shartnomada belgilangan to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirishingizni so‘raymiz.
1 712
10
📢 Hurmatli 1 bosqich talabalari! Eslatib o‘tamiz, dars mashg‘ulotlari rasman 7 sentabrdan boshlanadi. Agar siz dekanatga kelib, hujjatlaringizni topshirgan bo‘lsangiz, 2, 3 va 4 sentabr kunlari o‘tkaziladigan Orientation Week tadbirlariga kelishingiz shart emas. Mazkur hafta davomida asosan tashkiliy masalalar ko‘rib chiqiladi. Dars jadvali va boshqa zarur ma’lumotlar rasmiy kanallar orqali qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.
1 575
11
Азиз ватандошлар, ҳурматли устозлар, талабалар ва ҳамкасблар Барчангизни юртимиз мустақиллигининг 35 йиллиги билан самимий му
Азиз ватандошлар, ҳурматли устозлар, талабалар ва ҳамкасблар Барчангизни юртимиз мустақиллигининг 35 йиллиги билан самимий муборакбод этаман. Ўтган йиллар давомида мамлакатимиз ҳаётининг барча соҳалари қатори таълим ва илм-фанда ҳам улкан ўзгаришлар амалга оширилди. Бугун Ўзбекистон ёшларининг замонавий билим олиши, дунё билан рақобатлаша оладиган мутахассис бўлиб етишиши учун кенг имкониятлар яратилмоқда. Президентимиз Шавкат Мирзиёев таъкидлаганидек, мустақилликнинг қадр-қиммати фарзандларга таълим-тарбия бераётган устоз ва мураббийлар меҳнатида ҳам намоён бўлади. Бу эътироф зиммамиздаги масъулиятнинг нақадар юксак эканини яна бир бор англатади. Университетимиз жамоаси учун ҳам Ватан тараққиётига муносиб ҳисса қўшадиган билимли, ташаббускор ва юксак малакали мутахассисларни тайёрлаш энг муҳим вазифадир. Зеро, мамлакатнинг эртанги салоҳияти бугун ёшларга бераётган билимимиз, тарбиямиз ва яратаётган имкониятларимиз билан белгиланади. Мустақиллигимизнинг 35 йиллиги барчамизга муборак бўлсин! Юртимиз тинч, халқимиз фаровон, ёшларимизнинг орзу ва мақсадлари ҳамиша улуғ бўлсин. Ҳурмат билан, Тошкент Кимё халқаро университети ректори А.Аллакулиев
863
12
Ҳурматли кундузги ва кечки таълим шакли талабалари! Эслатиб ўтамиз, университетда барча курслар учун ўқув машғулотлари 7 сентябрдан бошланади. Машғулотлар жадвали эса келаси ҳафта давомида эълон қилинади. Уважаемые студенты очной и вечерней форм обучения! Напоминаем, что учебные занятия для всех курсов в университете начнутся с 7 сентября. Расписание занятий будет объявлено в течение следующей недели.
966
13
Universitetga ozoda va tartibli kiyimda keling. O‘qituvchilar, xodimlar va boshqa talabalar bilan hurmat asosida muloqot qiling. Auditoriyalarda shovqin ko‘tarmang, universitet mulkini asrang hamda ichki tartib qoidalariga rioya qiling. ✅ Muammoni vaqtida hal qiling Dars jadvali, guruh, fanlar, davomat, baholar yoki elektron tizimlar bilan bog‘liq savol tug‘ilsa, uni semestr oxirigacha qoldirmang. Avvalo guruh sardori, yoki fakultetning tegishli mas’ul xodimiga murojaat qiling. 📌 Birinchi haftada bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar: 1️⃣ Guruhingiz va dars jadvalingizni aniqlang. 2️⃣ Universitetning barcha elektron tizimlariga kirib ko‘ring. 3️⃣ Login va parollaringizni xavfsiz joyda saqlang. 4️⃣ ID kartani olish tartibini aniqlashtiring. 5️⃣ Fan sillabuslari va baholash mezonlari bilan tanishing. 6️⃣ Rasmiy Telegram kanaliga a’zo bo‘ling. 7️⃣ Guruh sardori va fakultet mas’ullarining aloqa ma’lumotlarini saqlang. 8️⃣ Kontrakt to‘lovi muddatlarini tekshiring. 9️⃣ Shaxsiy o‘qish rejangizni tuzing. 🔟 Darslarni birinchi kundanoq jiddiy boshlang. Talabalikning birinchi kunlarida shakllangan intizom va odatlar keyingi to‘rt yillik natijangizni belgilaydi. Vaqtingizni qadrlang, imkoniyatlardan faol foydalaning va o‘z oldingizga yuqori maqsadlar qo‘ying. Filologiya fakulteti jamoasi barchangizga muvaffaqiyatli, mazmunli va unutilmas talabalik yillarini tilaydi!
1 478
14
🎓 FILOLOGIYA FAKULTETINING 1-BOSQICH TALABALARI DIQQATIGA! Aziz talabalar! Sizlarni Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Filologiya fakulteti talabasi bo‘lganingiz bilan tabriklaymiz! Talabalikning dastlabki haftalari yangi muhitga moslashish, universitet tizimlarini o‘rganish va mustahkam akademik poydevor yaratish uchun juda muhim. O‘qishni muvaffaqiyatli boshlash uchun quyidagilarga alohida e’tibor bering: ✅ Rasmiy axborot manbalarini kuzatib boring Dars jadvali, imtihonlar va o‘quv jarayoniga oid muhim e’lonlar quyidagi rasmiy manbalarda beriladi: 🔹 Telegram kanal: https://t.me/EdKIUT 🔹 Universitet sayti: https://kiut.uz/uz/ Norasmiy guruhlardagi ma’lumotlarga tayanishdan oldin uni rasmiy manbalar orqali tekshiring. ✅ Universitetning elektron tizimlariga kirishni o‘rganing Sizga taqdim etilgan login va parollarni saqlang hamda ularni boshqa shaxslarga bermang: 🔹 Intranet: fan materiallari va topshiriqlar https://intranet.kiut.uz 🔹 Talabalar baholari: akademik natijalar https://student.kiut.uz 🔹 Davomat tizimi: darslarga qatnashish holati https://attendance.kiut.uz Tizimlarga kirishda muammo yuzaga kelsa, uni kechiktirmasdan fakultet mas’ullariga ma’lum qiling. ✅ Dars jadvalini har kuni tekshiring Dars vaqti, auditoriya yoki o‘qituvchi bo‘yicha o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Universitetga oldindan yetib kelishni odat qiling. Har bir akademik soat 50 daqiqa davom etadi va mashg‘ulot boshlanganidan keyin auditoriyaga kirish faqat o‘qituvchining ruxsati bilan amalga oshiriladi. ✅ Davomatga jiddiy munosabatda bo‘ling Har bir fan uchun ajratilgan umumiy soatning 30 foizidan ortig‘ini uzrsiz qoldirgan talaba yakuniy imtihonga kiritilmaydi. Agar kasallik yoki boshqa uzrli sabab tufayli darsga kela olmasangiz: 🔸 fakultet mas’uliga o‘z vaqtida xabar bering; 🔸 darsga qaytgan birinchi kuni tasdiqlovchi hujjatni taqdim eting; 🔸 tibbiy ma’lumotnoma belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak. ✅ Birinchi haftadanoq muntazam o‘qing Topshiriqlarni o‘z vaqtida bajaring, fan sillabuslarini o‘rganing va baholash mezonlarini aniqlashtirib oling. Universitetda fan bo‘yicha umumiy natija quyidagicha shakllantiriladi: 🔸 joriy nazorat: 30 foiz; 🔸 yakuniy nazorat: 70 foiz. Fandan kredit olish uchun kamida 60 ball to‘plash zarur. Kursdan kursga o‘tish uchun esa o‘quv yilida o‘qitilgan kreditlarning kamida 50 foizini o‘zlashtirish talab etiladi. ✅ Mustaqil ta’limni kechiktirmang Universitetdagi ta’lim faqat auditoriya mashg‘ulotlari bilan cheklanmaydi. Har bir fan bo‘yicha: 🔸 tavsiya etilgan adabiyotlarni o‘qing; 🔸 yangi termin va so‘zlar uchun alohida lug‘at yuriting; 🔸 yozma va og‘zaki nutqingiz ustida muntazam ishlang; 🔸 kutubxona va elektron resurslardan foydalaning; 🔸 tushunmagan mavzularingizni o‘qituvchidan o‘z vaqtida so‘rang. Filologiya talabasi uchun tilni bilishning o‘zi yetarli emas. Savodli yozish, ravon gapirish, matnni tahlil qilish va mustaqil fikrlash ham muhimdir. ✅ Akademik halollikka rioya qiling Plagiat, ko‘chirish, boshqa talabaning ishini topshirish yoki sun’iy intellekt vositalari yaratgan matnni o‘z ishingiz sifatida taqdim etish mumkin emas. Manbalardan foydalanganda ularga to‘g‘ri havola bering va topshiriqlarni mustaqil bajaring. Imtihonga ID karta yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan keling. Imtihon auditoriyasiga mobil telefon, “shpargalka” va ruxsat etilmagan boshqa yordamchi vositalarni olib kirish taqiqlanadi. ✅ ID kartangizni ehtiyot qiling ID karta universitet binosiga kirish va shaxsingizni tasdiqlash uchun zarur. Uni boshqa shaxsga bermang. Yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan ID kartani qayta tayyorlash pulli asosda amalga oshiriladi. ✅ Kontrakt to‘lovlarini nazorat qiling Kontrakt to‘lovlarini shartnomada belgilangan muddatlarda amalga oshiring va to‘lov hujjatlarini saqlang. Tegishli semestr uchun to‘lovni to‘liq amalga oshirmagan talaba yakuniy imtihonga kiritilmasligi mumkin. ✅ Universitet madaniyatiga rioya qiling
1 262
15
⚡️Davlat siyosatida nodavlat oliy ta'lim tashkilotlarining o'rni qanday? 50-modda (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi) Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi. 31-modda (Ta'lim to'g'risidagi qonun) Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni beradi. Prezident qarori (PQ–200-son, 03.07.2023-y) Litsenziyasi bekor qilingan taʼlim tashkiloti yoki yopilgan taʼlim dasturida o‘qiyotgan talabalarga o‘qishini davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarining mos va turdosh taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga ko‘chirish huquqi beriladi. Prezident qarori (PQ-279-son, 15.06.2022-y) 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha 1 000 ta o‘rin ajratiladi. Prezident farmoyishiga ko'ra, joriy yilda nodavlat oliy ta'lim tashkilotlari uchun 1200 ta davlat granti ajratiladi. Vazirlar Mahkamasining qarori (646-son, 15.10.2021) Hukumatning qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berilgan. Prezident qarori (PQ-323-son, 18.07.2022-y) Kunduzgi ta’lim shaklida oʻqiyotgan xotin-qizlarga imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladi. 🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
2 450
16
​❗️Siz uchun foydali bo‘lgan onlayn platformalar. 🔷 Talim-krediti.uz yoki talim-krediti.mf.uz — taʼlim krediti olish uchun; 🔷 Online-mahalla.uz — belgilangan yo‘nalishlar uchun subsidiya (asosan mahalladagi hokim yordamchisi tomonidan xulosa berilishi kerak bo‘lgan subsidiyalar) olish uchun; 🔷 Subsidiya.mf.uz — subsidiya rasmiylashtirish bo‘yicha platforma; 🔷 Oilakredit.uz — oilaviy tadbirkorlik bo‘yicha kredit olish uchun ariza berish bo‘yicha; 🔷 Infokredit.uz yoki my.gov.uz — kredit tarixini bilish uchun; 🔷 Bank-kredit.uz  —“20 tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida kreditga ariza berish; 🔷 Ipoteka-bozori.uz — yangi tartibdagi ipoteka kreditlari; 🔷 Portal.infokredit.uz — Yuridik shaxslar kredit tarixi haqidagi maʼlumotni olishi uchun. 🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta'lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
1 727
17
TAʼLIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL MAʼLUMOT ✔️Kredit miqdori: 1-kurslar uchun bir yillik kontrakti miqdorigacha ajratiladi. Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno). ✔️Qaytarish muddati: o‘qish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga. ✔️Foizi: 🧑🏻‍🎓yigitlar uchun — Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 13,5% — 2024-yil 10-sentyabr holatiga); 👩‍🎓qizlar uchun - foizsiz (0%); ✔️Asosiy stavka o‘zgarsa: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi). ✔️Kimlarga beriladi: ✅ faqat kunduzgi taʼlim shakliga ✅ bakalavr (shu jumladan ikkinchi mutaxassislik) yoki magistrga ✅ to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan ✅ yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi. ✔️Quyidagilarga berilmaydi: ❌ super-kontrakt uchun; ❌ sirtqi; ❌ kechki; ❌ masofaviy; ❌ maxsus sirtqi shakllar uchun taʼlim krediti berilmaydi. ✔️Qaysi OTMlar uchun: taʼlim krediti O‘zbekistondagi davlat, nodavlat yoki xorijiy ✅ oliy; ✅ o‘rta maxsus; ✅ professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari ✅ yoki qo‘shma dasturda o‘qiydigan talabalarga beriladi. ❌ Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun taʼlim krediti berilmaydi. ❌ HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi. ✔️Kafillik: kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila aʼzolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar taʼlim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin (yaʼni aynan qarindosh bo‘lishi shartmas). ✔️Kimlarga kafillik talab etilmaydi: “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi. ✔️Fuqarolik: taʼlim krediti faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun beriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga banklarning o‘zlari tijoriy shartlarda kredit berishi mumkin. ✔️Kerakli hujjatlar: bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: a) ariza; b) talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt); d) kredit qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi; e) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar bo‘lsa); f) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar. ✔️Ariza ko‘rib chiqilish vaqti: ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqilishi va kredit shartnomasi imzolanishi kerak. Agar rad etilsa bu haqda talabaga sababi ko‘rsatilgan javob xati beriladi. ✔️Muddatdan oldin qaytarish: kredit oluvchi taʼlim kreditini shartnomada belgilangan muddatlardan oldin qaytarishga haqli. ✔️Arizani qachon va qanday berish kerak: ta'lim krediti olish uchun arizani bugunning o'zida bersangiz ham bo'laveradi. Buning uchun albatta bankka borishingiz ham shart emas, quyidagi 2 usul orqali onlayn ariza yuborish ham mumkin: 1) https://talim-krediti.mf.uz sayti; 2) Yagona portal orqali (https://my.gov.uz/oz/service/677). Bankka borish ma'qul bo'lsa, unda bu variantni ham ko'rishingiz mumkin. 👉 @xushnudbek 👈
1 587
18
🎓 ВСТУПИТЕЛЬНЫЕ ЭКЗАМЕНЫ В МАГИСТРАТУРУ-17 АВГУСТА! Уважаемые абитуриенты! 📅 17 августа 2026 года в Ташкентском международн
🎓 ВСТУПИТЕЛЬНЫЕ ЭКЗАМЕНЫ В МАГИСТРАТУРУ-17 АВГУСТА! Уважаемые абитуриенты! 📅 17 августа 2026 года в Ташкентском международном университете Кимё состоятся вступительные экзамены по специальностям магистратуры. В зависимости от специальности экзамены будут проводиться в формате ТЕСТА, СОБЕСЕДОВАНИЯ, ПИСЬМЕННОЙ РАБОТЫ + СОБЕСЕДОВАНИЯ, а также СОБЕСЕДОВАНИЯ + ПОРТФОЛИО. 📩 Разрешение на участие во вступительном экзамене направлено в ваш личный кабинет. Также отправлено SMS-уведомление с короткого номера 3700. В разрешении указаны место, время и форма проведения экзамена. ❗️ Важно: просим прибыть на экзамен вовремя и обязательно иметь при себе паспорт или иной официальный документ, удостоверяющий личность. 🍀 Команда магистратуры KIUT желает всем абитуриентам успехов на вступительных экзаменах! ✨ Верьте в свои знания и уверенно сделайте важный шаг на пути к магистратуре!
1 484
19
🎓 MAGISTRATURAGA KIRISH IMTIHONLARI — 17-AVGUST! Hurmatli abituriyentlar! 📅 2026-yil 17-avgust kuni Toshkent Kimyo xalqaro
🎓 MAGISTRATURAGA KIRISH IMTIHONLARI — 17-AVGUST! Hurmatli abituriyentlar! 📅 2026-yil 17-avgust kuni Toshkent Kimyo xalqaro universitetida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kirish imtihonlari o‘tkaziladi. Imtihonlar mutaxassislikka qarab TEST, SUHBAT, YOZMA + SUHBAT hamda SUHBAT + PORTFOLIO shaklida tashkil etiladi. 📩 Imtihonga kirish ruxsatnomasi shaxsiy kabinetingizga yuborilgan. Shuningdek, 3700 qisqa raqamidan SMS-xabarnoma jo‘natilgan. Ruxsatnomada imtihon joyi, vaqti va shakli ko‘rsatilgan. ❗️ Muhim: imtihonga kechikmasdan yetib keling va o‘zingiz bilan fuqarolik pasporti yoki shaxsni tasdiqlovchi rasmiy hujjatni olib kelishni unutmang! 🍀 KIUT Magistratura jamoasi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi! ✨ Bilimingizga ishoning va magistratura sari muhim qadamingizni dadil tashlang!
1 341
20
#вопрос Где можно записаться на пересдачу? #ответ Есть два способа: онлайн и традиционный (офлайн). 👨‍💻 ONLINE REGISTRATION FOR RETAKE - По этой ссылке принимаются только академические задолженности 1-5-го статуса (те, кто оформляет пересдачу впервые). Если вы перейдёте по ссылке и правильно заполните заявление, вам будет организован экзамен в рамках следующей сессии «Retake». Однако если вы не придёте на этот экзамен, ваша академическая задолженность автоматически перейдёт в 6-й статус. Поэтому не заполняйте заявление «просто так» - отнеситесь к этому серьёзно. - Если ваша задолженность уже в 6-м статусе (то есть вы не сдали экзамен при повторной попытке), зайдите в личный кабинет (http://student.kiut.uz/), на странице «FAILS» скачайте квитанцию для 6-го статуса в электронном виде, оплатите её через любую платёжную систему и отправьте квитанцию в установленном порядке на адрес retakeytit@gmail.com. Обратите внимание: в квитанции обязательно должен быть QR-код; именно по нему проверяется подлинность документа. Приходить в университет для этого не требуется. 👣 Для записи ОФЛАЙН, то есть традиционным способом, обратитесь в рабочее время в одну из следующих аудиторий: - А-305 - MA-310
1 201