cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

English E-Book Club

My aim is to teach the language by reading in context through different texts,short stories and books.

Show more
Advertising posts
1 610
Subscribers
+2424 hours
+127 days
-230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Yangi qo'shilgan obunachilarimizni ham til o'rganishdagi tavsiyalarim xursand qilay dedim. Mustaqil ravishda, o'qituvchi yordamisiz o'qiladigan bu virtual kutubxonani menga AQSHda yashovchi va faoliyat olib boruvchi professor Ulug'bek aka aytgan edilar. Shundan beri bu website mening sevimli va muntazam websitelarim ro'yhatidan joy olgan. Onlayn dars beradigan o'quvchilarimga quyidagi websitedan har kuni 3-5 ta kitobchalarni o'qishni topshiriq qilib beraman. O'quvchilar o'qigan kitobchalarini mana shu worksheetga muntazam yozib borishadi. Telegram guruhda topshiriqni bajardimi yo'qmi eslatib turaman. Beginner va Elementary darajadagilar, yoshi katra endi ingliz tilini o'rganishni boshlagan barcha uchun mos. www.uniteforliteracy.com sizning ham sevimli virtual kutubxonangiz bo'lib qolsin.
Show all...
2👍 1
Repost from Ecoblog_uz
Beshinchi okean haqida bilasizmi?
Show all...
👏 2 1🤔 1
Repost from Ecoblog_uz
Ko'pchiligimiz dunyoda to'rtta okean bor deb o'ylardik - Atlantika, Hind, Tinch va Shimoliy Muz okeanlari. Bizga maktabda shunday o‘rgatilgan. Biroq internetda qidiruv natijasida Janubiy qutb va Antarktida atrofida “Janubiy okean” ham borligini ko‘rsatadi. National Geographic Jamiyati endi Antarktida atrofidagi bu suv havzasi haqiqiy okean ekanligini rasman qabul qildi. Endi geografiya o‘qituvchilari o‘z talabalariga dunyoda beshta okean borligini o‘rgatishlari kerak bo‘ladi. National Geographicning geograf va kartografi Aleks Tait shunday dedi: "Biz Janubiy okeanga beshinchi okean sifatida e'tiborni jalb qilish ta'lim nuqtai nazaridan, shuningdek, xaritalarni belgilash nuqtai nazaridan juda muhim deb hisoblaymiz". National Geographicning ta'kidlashicha, dunyoning beshinchi okeani borligini tan olish bolalarning dunyoni qanday ko'rishiga ta'sir qiladi. Janob Tait shunday dedi: "Talabalar dunyo haqidagi ma'lumotni qaysi okeanlar orqali o'rganmoqdalar. Agar siz Janubiy okeanni hisobga olmasangiz, ular o'rganmaydilar ... bu qanchalik muhim". Uning so‘zlariga ko‘ra, Janubiy okeanni tan olish talabalarga iqlim o‘zgarishi haqida ko‘proq ma’lumot olishga yordam beradi. U shunday deb yozgan edi: "Antarktida okean oqimlari va harorat bilan belgilanadigan alohida ekologik mintaqani tashkil qiladi". National Geographic shunday dedi: "Janubiy okeanda kitlar va pingvinlar kabi ajoyib dengiz ayoti yashaydigan noyob va nozik dengiz ekotizimlari mavjud."
Show all...
👏 12 1
Repost from Ecoblog_uz
Yer yuzida nechta okean mavjud?Anonymous voting
  • 4
  • 3
  • 5
  • 6
0 votes
👍 2
Hurmatli obunachilar, hozirda Elementary guruhimga 3 kishi olaman. Darslar haftada 2 marta Zoom ilovasida jonli bo'lib o'tadi. Bolalar yoshi 9 yoshdan 13 yoshgacha oralig'ida bo'lishi lozim. Murojaat uchun @Zebo2686
Show all...
🔥 4👍 1 1
Farzandlaringiz bilan kelayotgan Shanba kuni mana shu kitoblar sotuvi ko'rgazmasiga borishni rejalashtiing. 👍👍
Show all...
8
Repost from N/a
Please take note: 1. New date, this Saturday 11th! 2. Cinema + Puppet Show SOLD OUT 3. Enjoy FREE ENTRY to the rest of the Festival! Come along to check out the Kids: - Art Exhibition - 2nd-hand Night Market! - English Books and Resources Sale - Bake Sale
Show all...
8
Bundan 2 yil avval kanalimiz obunachisi-saxiy bir inson mana shu bejirim yashil kitob javonini mening oilamga sovg'a qilgan edilar. Ularni duolarimda eslayman.🙏❤️ Bu javon hozir Toshkentda, kitoblari bilan bizni kutmoqda. Biz hozir boshqa davlatda bo'lganimizga uyimizga kitob javon etishmayotgandi. Turli xil tortmalar, javonlar bor, lekin ularda kitoblar ko'rinmay qoladi, va o'qilmay qolib ketaveradi. Kecha bu javonni sotib oldik. Mebel do'kondagi eng kamtar, atigi bir dona ekan. Qolganlar tilla suvi yuritilgan, qimmatbaho va ularning ichiga kitoblar emas, qimmatbaho idishlar solinadigan, katta joyni egallaydigan mebellar edi. Stullar ham xuddi taxtiravonga o'xshaydi.😊. Bizga esa aynan kitob qo'yadigan mana shu kitob javoni zarur edi.
Show all...
👍 20 4🥰 4
Repost from Ecoblog_uz
🌿🌿Qiziq ma'lumot🌿🌿 O'simliklarni sevuvchilar ular bilan gaplashib, o'simliklarning o'sishiga yordam beradi.🌿❤️😍 Olimlar o'simliklar stressga tushganida ular inson qichqirig‘iga o‘xshash tovush chiqarishini aniqlashdi.😳 Biz tovushlarni talqin qilishimiz va o'simliklarga kerakli narsalarni berishimiz mumkin. Biroq, tovushlar inson qulog'i eshitish uchun juda baland. Biz faqat 16 kilogertsgacha bo'lgan chastotalarni eshitishimiz mumkin. O'simliklar 250 kilogertsgacha tovush chiqaradi. Tadqiqot akustik kamerada o'tkazildi. Olimlar stressga tushgan pomidor o'simliklari tovush to'lqinlarini yaratishini aniqladilar. Bir tadqiqotchi shunday dedi: "Har bir o'simlik va har bir stress turi ma'lum bir aniqlangan tovush bilan bog'liq. Agar odamlar bu tovushlarni tushunganda edilar, ular o'simliklar va ekinlarga qachon suv kerakligini bilishi, fermerlar esa dalalarini samarali sug‘orishlari va suvni tejashlari mumkin edi".
Show all...
👍 12
Суфён Саврий раҳимаҳуллоҳ айтадилар: "Инсон илмга нон ва гўштдан ҳам кўра муҳтождир". 🕊Улашинг ва Кузатинг🔜 Ижтимоий тармоқлардаги саҳифамиз: ⬇️⬇️🍀🍀🍀⬇️⬇️👇 👉Telegram | Instagram
Show all...
🥰 5