cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

✍️KITOB XIYOBONI✍️Azizbek Norov

📚Jahon adabiyotlari! 📚Oʻzbek adabiyotlari! 📚Bestseller asarlar! 📚Eng yaxshi va sara kitoblar haqida! Yozuvchi Azizbek Norovning adabiy-falsafiy va motivatsion kanali Guruhimiz: @kitob_xiyobonidagilar

Show more
Advertising posts
447
Subscribers
No data24 hours
-57 days
-3330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Show all...
"Eynshtyn jumbog‘i" Azizbek Norov hikoyasi

1
SHUKR QILGAN... Bir sinfdoshim bor edi. Otasi “katta joy”da ishlar, badavlat yashashar edi. Mahallada birinchi boʻlib televizor olishgan edi. Sinfdoshim yaxshi oʻqirdi. Yettinchi sinfni bitirgan kuni mototsiklli boʻldi. Maktabni oltin medal bilan tugatdi. Yillar oʻtdi. Bir kuni koʻrishib qoldik. – Ishlar qalay? – desam, zarda bilan qoʻl siltadi: – Rasvo! Domlam oʻlgudek maraz! Nomzodlik ishimni choʻzib yotibdi. Yillar oʻtdi. Tagʻin koʻrishdik. – Ishlar qalay? – Rasvo! Oʻgʻlim koʻp ichadi. Kecha yap-yangi mashinaning pachagʻini chiqarib keldi! Yillar oʻtdi. Yana koʻrishdik. – Ishlar qalay? – Rasvo! Qizimning turmushi notinch. Qaynonasi yomon. Sudlashmoqchiman. Yillar oʻtdi. Sinfdoshim betob deb eshitdim. Shifoxonaga borsam, rangi bir holatda yotibdi. – Sogʻliq qalay? – Rasvo! Qand kasali degan palakat adoyi-tamom qildi. Oʻlib-oʻlmayman, tuzalib-tuzalmayman! Tavba, deb gapiray-ku, farishtalar omin degan ekanmi, uzoqqa bormadi, bechora… Yana bir sinfdoshim bor edi. Otasi urushdan yarimjon boʻlib qaytgan, toʻkilib ketay deb turgan kulbada turishardi. Yaxshi oʻqirdi. Lekin medalga “ilinmadi”. Yillar oʻtdi. Bir kuni koʻrishib qoldik. – Ishlar qalay? – Xudoga shukr, yaxshi! Mebel fabrikasida ishlayapman. Kunduzi duradgorlik qilaman. Kechasi uch kunda bir qorovulman. Yaqinda velosiped oldim. Yillar oʻtdi. Tagʻin koʻrishdik. – Ishlar qalay? – Xudoga shukr, yaxshi! Oʻgʻlim oʻqishni bitirib, chet elga ishga ketdi. Yillar oʻtdi. Yana koʻrishdik. – Ishlar qalay? – Xudoga shukr, yaxshi! Qizim farzand koʻrdi. Nevaramga beshik olishga ketyapman! Yillar oʻtdi. Sinfdoshim betob deb eshitdim. Xuddi oʻsha, boshqa sinfdoshim yotgan shifoxonada ekan. Rangi bir holatda. – Sogʻliq qalay? – Xudoga shukr, yaxshi! Buyrak jinday shamollabdi. Bergan dardiga shukr! Yaqinda uni tagʻin koʻrdim. – Ishlar qalay? – Xudoga shukr, yaxshi! Toʻngʻich nevaramning boʻyi choʻzilib qoldi. Xudo xohlasa, besh-olti yilda nevara kuyov koʻraman. Toʻyga kelasan-a?! 📚Oʻtkir Hoshimov ✍️Yaqinlaringizga ham jo‘nating: @kitob_xiyoboni
Show all...
🔥 2👍 1
#Iqtibos “…Bizning qismatimiz juda ayanchli boʻlib bormoqda! Zotan, biz tabiatdagi eng aqlli jonzot ersak-da, ba’zida qilg’iliqlarimiz, xatti-harakatlarimiz bilan tabiatdagi boshqa jonzotlardan ham ongsizdek koʻrinib ketamiz… Go’yo hammamiz bir yoʻldamiz, bu yoʻlning oxiri - jarlik! Tubsiz jarlik! Buni biz bilamiz, koʻramiz, oqibatini juda yaxshi anglaymiz… ammo koʻr-koʻrona oʻsha jarlik tomon huddi oyparastdek yaqinlashaveramiz… jarlik esa bizni yamlamay yutishga intiq! Hayvonlar ham bizga ergashgan, jarlik tomon intilyapti. Biroq ular jarlikni bilmaydilar, koʻrmagan, bilsa, koʻrsa, toʻxtaydi, intilmaydi, boshqa yoʻl izlaydi… Odamzod esa izlamaydi. Ketaveradi… Jarlik kengayaveradi…” ✍️Azizbek Norov, "Azal va abad yo'li" qissasidan. ✍️Yaqinlaringizga ham jo‘nating: @kitob_xiyoboni
Show all...
🥰 1😢 1
#Hikoya_vaqti HAQIQATNI IZLAGAN ODAM Nihoyat, u dunyoning bir chekkasidagi ovloq qishloqda umr boʻyi izlaganini topdi. Haqiqat omonat bir kulbada zoʻrgʻa miltillab turgan oʻchoq yonida mungʻayib oʻtirardi. Izlab borgan odam umrida bunday xunuk va qarimsiq ayolni hali koʻrmagan edi. – Siz – Haqiqatmi? – deb soʻradi ovozi titrab. Yetti qat bukchaygan kampir tantanavor bosh silkidi. – Ayting, men insoniyatga qanday haqiqatni aytishim kerak? Qaytishimni kutayotgan odamlarga sizdan qanday xabar yetkazay? Yuzi almisoqdan qolgan misday koʻkargan kampir yonib turgan oʻchoqqa qarab tupurdi-da, tirjayib javob berdi: – Odamlarga meni yosh va sohibjamol deb ayt! Robert Tompkins Xurshid Davron tarjimasi ✍️Yaqinlaringizga ham jo‘nating: @kitob_xiyoboni
Show all...
🔥 2👍 1
Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
2024-yilning mutoala qilingan ilk kitobi! Juda ajoyib va oʻziga xos… Yozuvchining mahoratiga qoyil qoldim, biz qayoqdagi saviyasi pas “ayrim” turk yozuvchilarining kitobiga yopishib, oʻzimizning yozuvchilar ijodiga yetarlicha e’tibor bermayapmiz deb oʻylab qoldim. Balki, bizning yozuvchilarni kitobini nashr qilishda ham hashamatli bezaklarni koʻpaytirsak, zora odamlar oʻqisa. Yozuvchini yozish uslubi, soʻzlarni ishlatishi juda boshqacha ekan, anchadan beri bunaqasini koʻrmagandim. Ayniqsa, bu asar mazmuni, g’oyasi, voqealari juda g’aroyib, kishini ancha oʻylashga, tafakkur qilishga undaydi. Bunaqa chuqur ma’noga ega kitobni faqat chet ellik yozuvchilar yozadi degan miyyamda noto’g’ri fikr borligini tushundim. Bu kitob sotuvda bor yoʻqligini bilmayman, menga ko’rik-tanlovda berishgan, agar sotuvda topolsangiz albatta oʻqib koʻring!
Show all...
🥰 3🤩 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Hikoya_taym #Sog‘inch −Vuy, bu bolaning shirinligini qarang! Koʻz tegmasin! Shapkachalari yarashganini aytmaysizmi!? Qayoqqa olib ketyapsiz yasantirib bu momiqchani? − dedi avtobusdagi ayol yonidagi juvonning bolasiga qarab. −Dadasining oldiga ketyapmiz. Koʻrmaganimizga ham ancha boʻldi. Bizga rosa ilhaqdir, − dedi ayolning savoliga kulimsirab javob qaytararkan. −Sizlardan uzoqdami ish joyi? Juda band boʻlsa kerak-da. Hayot nimalarga majbur qilmaydi. Mayli, bolasini sogʻinadi, tez-tez olib borib turing oldiga. Koʻrib ancha xursand boʻladi. −Ha, albatta. Shunday... Avtobus biroz yurgandan soʻng bolali ayol: −Shafyor amaki, qabriston oldiga toʻxtab qoʻying. Yetib keldik manzilimizga, − dedi-da avtobusdan tushib qoldi. ©Suhrob AZIMIY ✍Yaqinlaringizga ham jo‘nating: @kitob_xiyoboni
Show all...
😢 4👏 1
Optimist ㅡ Odamlar kerak boʻlib qolganingdagina seni eslashadi! ㅡ Demak, kimgadir hali ham kerakli ekanman. ㅡ Odamlar sendan foydalanishadi, deyapman! ㅡ Demak, foydali inson ekanman... ✍Malika Mumtoz 📚Yaqinlaringizga ham jo'nating: @kitob_xiyoboni
Show all...
😢 2 1
Англияда ўқиётган ўзбекистонлик талабанинг таълим тизимимиз ҳақидаги фикрлари: Мақтанчоқликни тўхтатайлик. Лондон хақида қисқача: Бу ерда тили бурро тадбир уйиштириб "Фаол" бўлганлар бир тийин экан. Мен ҳиндлар ва хитой, корейс ва япон талабаларини кўриб мактабдаги олган билимларига тан беряпман. Хуллас, мен шунчаки бўм-бўш мия билан магистратурага келиб қолибман. Масалан, гуруҳдаги ҳамма математикани чачворади. Сиз ўйлаган даражада эмас, яхши билади дегани ҳам эмас. Булар "чачворади". Шунақанги тенгламаларни улар мактабларидан ўрганиб келишганки, мен уларга ҳалиям ета олмаяпман. Компютерни, офис дастурларини, ҳар хил программалар ва дастурлашни ўзимча яхши биламан десам. Бутун гуруҳ, ҳа ишонинг ҳар бири мендан яхши билади. Дунёқараш жиҳатидан ҳам биз Марказий Осиё талабалари оқсоқ эканмиз. Улар шунақанги дунё таниган брендларни эгаларидан тортиб, улар нима ишлаб чиқарадию, қайси маҳсулоти яхши эканини билишади. Мен бўлса халиям кофе турларини фарқига бормайман. Сиз ўзингизни Ўзбекистонда туриб "Келажак бизники, шу туришимда Ўзбекистонни дунёга танитаман" деманг. Мен шунақа деб хато қилганимни билдим. Биз ростан юртимизни юқорига олиб чиқмоқчи бўлсак, ростдан ўқишимиз керак. Лондонга келиб билдим. Биз орқада эканмиз, кўп соҳада. Давлат сиёсати ёки Иқтисодий нуқтаи назардан эмас, оддий мактабдаги асосий фанлар кўникмаларидан уларни амалиётга татбиқигача. Бизни яна энг катта айбимиз бу нолойиқ бўлган номзодларга катта рағбатлар беришимиз. Мисол учун: Бизнинг Навоий, Беруний ва Зулфияни олаётган болалар келиб Ню Йорк, Лондон, Токио ёки шунга ўхшаган шахарлардаги бизнес марказлардан юқори лавозим тугул қабулхонага ҳам ишга кира олмайди. Нега? Чунки у ерда биздаги "фаол талаба"дан олдин ҳинд ёки хитойлик ишга топшириб бўлган. Ундан устун бўлиш учун "Компаниям фахрим" деган видео ясаб келсангиз ўтмайди. Бу ерда, яъни Лондонда. Яхши офис ишига киришингиз осмонўпар бинода ишлашингиз учун ростакам юзма юз  интервью бўлади. Улар сиздан ютуқларингизни умуман сўрамайди. Улар сиздан "Илм" сўрайди. Уларга сизнинг 2 та мақола орқали ҳар кимга бериладиган Қозоғистоннинг хусусий кўкрак нишонлари бир тийин. Улар илм сўрайди. Хулоса: Бу фикрлар ҳеч кимга қаратилмаган лекин, кўзимизни очишимиз керак. Дунё миқёсида бизнинн талабалар анча ортда. Сиздан илтимос "Мен энг фаол, энг зўр талабаман" деманг. Англияда сиз тенги одамлар анча бунча сизнинг ва бизнинг келажакдаги иш жойларимизни эгаллаб, қўлимиздан олиб бўлишмоқда. Ўқинг биродарлар 👍 Алишер Ҳашимжанов ©️ 👉
Show all...
😢 3 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Saralangan_satrlar Agar daraxtni chopish uchun 6 soat vaqt berishsa, shuning 4 soatini boltani o‘tkirlash uchun sarflagan bo‘lardim. ©Avraam Linkoln ✍Yaqinlaringizga ham jo‘nating: @kitob_xiyoboni
Show all...
👍 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Hikoya_taym Ikki yil oldin yaqin doʻstim vafot etdi. Bugun uning telefon raqamidan qoʻngʻiroq boʻldi. Hech kutmagandim!.. – Labbay, – dedim. Kichik oʻgʻli ekan. Oʻziga velosiped olib berishimni soʻradi. –Xoʻp boʻladi, bugun albatta olib boraman, – dedim va ortidan soʻradim: –Meni kimligimni bilasanmi? Bolakay shunday javob berdi: –Yoʻq, sizni tanimayman. Uydan dadamning rasmlarini tomosha qilib oʻtirgan edim, ular orasidan dadam bilan bir kishining rasmi chiqib qoldi. Rasm orqasida esa shu raqam va shunday yozuv bor ekan: – “Bolajonlarim, agar vaqti kelib biror narsaga ehtiyojlaring boʻlsayu meni topa olmasalaring shu raqamga qoʻngʻiroq qilib aytinglar. Bu ham menman, faqat boshqa yerda yashayman”. ✍Yaqinlaringizga ham jo‘nating: @kitob_xiyoboni
Show all...
😢 5 1