en
Feedback
script.js

script.js

Open in Telegram
78
Subscribers
No data24 hours
+27 days
No data30 days
Posts Archive
😂😂😂
😂😂😂

This is so true and I am so much related🤣🤣

Manaman degan cofigdagi komputerni kibrini sindirib qo'yadigan dastur - bu Docker. Qancha RAM bo'lsa ham ko'rdim demay yutadi
Manaman degan cofigdagi komputerni kibrini sindirib qo'yadigan dastur - bu Docker. Qancha RAM bo'lsa ham ko'rdim demay yutadi bu mahluq. Lekin Docker'ni ham jilovlab olsa bo'lar ekan. Rasmdagi config'ni user directory'ga saqlab olasiz va tayyor! P.s. bu Windows'chilar uchun🙂‍↔️

VS Code'da bor lekin Cursor/Windsurf'larda bo'lmagan extensionni qanday o'rnatsa bo'ladi? 1. Extension'ni oldin VS Code'ga o'rnatasiz. 2. Extension ustiga borib, mishkani o'ng tarafini bossangiz "Download VSIX" degan chiqadi, shuni bosasiz. 3. VSIX faylni yuklab olasiz. 4. Cursor/Windsurf'ga kirib CTRL+SHIFT+P ni bossangiz Command Prompt chiqadi. 5. Install Extension from VSIX'ni tanlaysiz. 6. Yuklab olgan VSIX faylni ko'rsatasiz va tamom.

Bun saytida uni npm orqali install qilish bor ekan. Kommentariyaga gap yo'q😅
Bun saytida uni npm orqali install qilish bor ekan. Kommentariyaga gap yo'q😅

Premature AI addiction degan fraza o'lyab topdim. Bu nimani anglatadi deb o'ylaysiz?

Uncaught TypeError: Cannot convert undefined to a BigInt Classic 🚬

Claude Code Max subscription sotib oldim. Men hursand🙂

Ralph Wiggum taxnikasi hayp bo'lyabdi ekan. Bir sinab ko'rishlik joyi😉 https://www.youtube.com/watch?v=_IK18goX4X8

Pre-sales nima ekanligini 3 qadamda tushuntiraman: 1. Dasturchidan project uchun rough estimate so'raladi. 2. Estimate 3x ko'paytiriladi. 3. Va mijozga beriladi. P.s. baribir deadlinegacha ulgurishmaydi :))

Bruce Lee bilan outsource firmalarning qanday o'xshashligi bor? Ikkisi ham bir gapni aytadi: be like water :))

.md fayllarning davri keldi. If you know, you know🙂

Setup upgraded successfully!
+2
Setup upgraded successfully!

Startup uchun idea bor edi. Bugun research qildim, product specification yaratdim va birinchi marta successful pitch qildim. Kimga deysizmi? Albatta onamga! Ularga loyiha tushunarli bo'ldi va umumiy olganda yoqdi. Demak bu narsaga boshqalarda ham yashirin talab bo'lishi ehtimoli katta. Hamma startup qilyabdi, nega men trenddan qolib ketishim kerak?! Let me cook😈

STARTUP QO‘LLANMASI (IDEYADAN EXIT’GACHA) 1. Muammo, bozor va idea validatsiyasi • Haqiqiy muammo mavjudligini aniqlash • Target auditoriya va buyer persona • Bozor hajmi (TAM / SAM / SOM) • Raqobatchilar va alternativ yechimlar • Timing: nega aynan hozir? 2. Nom, brend va huquqiy validatsiya • Startup nomini topish • Domen va ijtimoiy tarmoqlarni tekshirish • Trademark va IP risklarni baholash • Kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazish • Co-founder va hamkorlar bilan shartnomalar 3. Strategiya va rejalashtirish • Vision, mission va uzoq muddatli maqsadlar • Biznes model (qanday pul ishlaydi) • Pricing strategiyasi • Unit economics (CAC, LTV, churn) • Funding strategiyasi (bootstrapping / investment) 4. Dizayn, resurs va jamoa • UX/UI dizayn • Texnologiya tanlash • Jamoa yig‘ish (tech, marketing, sales) • External resurslar (freelancer, agency) • Vaqt va byudjet rejalashtirish 5. MVP ishlab chiqish va testlash • Minimal funksional MVP • Tezkor development • Manual va avtomatlashtirilgan testlar • Early adopter’lardan feedback olish • Tez iteratsiya qilish 6. Launch va bozorga chiqish • Soft launch / beta • Onboarding va first user experience • Marketing kanallarini testlash • Dastlabki sotuvlar • Customer support va feedback tizimi 7. Marketing, sotuv va mijozlar bilan ishlash • Performance marketing va content • Sales funnel • CRM va lead management • Retention va churn kamaytirish • Community va brand trust 8. Metrikalar va data-driven boshqaruv • North Star Metric • Asosiy KPI’lar • Analytics va A/B testlar • Qarorlarni data asosida qabul qilish 9. O‘sish va masshtablash • Product-market fit tasdiqlash • O‘sish strategiyalari • Integratsiyalar va hamkorliklar • Yangi bozor va segmentlarga chiqish • Infrastrukturani masshtablash 10. Risk management va xavfsizlik • Texnik risklar • Moliyaviy risklar • Bozor va raqobat risklari • Legal va compliance • Security va data protection 11. Operatsion stabillik • Jarayonlarni standartlashtirish • HR va jamoa boshqaruvi • Internal documentation • SLA va xizmat sifati 12. Pivot, diversifikatsiya va R&D • Feedback asosida pivot qilish • Yangi mahsulot yoki feature’lar • Texnologik tadqiqotlar (R&D) • Diversifikatsiya strategiyalari 13. Exit strategiya • Acquisition • Merger • IPO (kamdan-kam) • Biznesni yopish yoki sotish Nima deb o'ylaysiz bu qo'llanma startup uchun template qilib ishlatishga validmi?

1-voqea. Siz o‘zingizga biriktirilgan vazifani tugatdingiz, lekin ishni professional tarzda bajarmaganingiz tufayli negativ fidbek oldingiz. Buni shaxsiy qabul qilib jahlingiz chiqdi va boshqa jamoa a’zolari ham shunga o‘xshash xatolarni ko‘p qilishini aytdingiz. Hatto jamoa sardori bilan janjallashdingiz. 2-voqea. Sizga loyiha menejeringiz ishlar sust ekani, bu ketishda belgilangan muddatgacha mijozni kutuvlarini bajara olmasligingiz mumkinligini aytdi. Siz esa bu gapdan keyin dam olish kunlari qo‘shimcha ishladingiz va yangi hafta boshida buni aytdingiz. Oqibatda bu uchun menejerdan gap eshitdingiz. 3-voqea. Sizga jamoadoshlaringizning kodlarini tahlil qilish yuklatildi. Siz ularni xo‘ja ko‘rsinga ko‘rib chiqib tasdiqladingiz va keyinchalik ularda kamchiliklar aniqlandi. Bu ishingiz noto‘g‘ri ekanligini va kodlarni yaxshilab tahlil qilish sizni haqiqiy dasturchi etib tayyorlashini aytishdi, lekin siz buni keraksiz amaliyot deb hisoblashingizni bildirdingiz. Bunday voqealar kundalik ish jarayonida bo‘lib turadi. Va siz bularning hammasidagi xatolardan ba’zilarini qilib kelayotgan bo‘lishingiz ham mumkin. Men bularni umumiylashtirib bitta sababni keltirmoqchiman: noto‘g‘ri tushunish. Sizga xatongizni aytgan inson sizga yomonlik qilmayapti. Sizga tanbeh berishganda jahlingiz chiqishi emas, xulosa olishingiz kerak. Kimdir sizning foydangiz uchun sizga biror mashaqqatni yuklab qo‘ysa, u insondan xafa bo‘lishingiz emas rahmat aytishingiz kerak. Umuman olganda hissiyotga berilmay aql bilan ish qiling. Dunyo sizning perspektivangizdan tashkil topmagan. Siz ba’zan nohaq bo‘lishingiz mumkin. Buni normal qabul qiling.

Eng zo'r tug'ilgan kun tilagini har doimgiday Ilyos og'adan qabul qilib oldim. Sizlarga esa yangi yil tabrigi etib tilayman shuni😄 Hamma bo'ydoqlar 2026-yilda horizontally scale bo'lsin🙈

2025-yilda nimalar bo‘ldi: 1. Delivro loyihamizni ishga tushirdik. 2. E-BILIM loyihamizni ishga tushirdik. 3. Tishimga briket qo‘ydirdim. 4. DanAds’dan bo‘shadim. 5. iPhone oldim. 6. Innowise’ga ishga kirdim. 7. Zalga borishni boshladim. 8. Pravaga o‘qishni boshladim. 2025-yilda nimalar o‘rgandim: 1. k6 bilan load testing qilish. 2. AdTech domain knowledge. 3. AI bilan yana ham yaqinroq ishlash. 4. Oursource/outstaf firmada ishlash. 5. Yo‘l harakati qoidalari. 6. Hayotiy qoidalar. P.s. Shuncha ish bo‘ldi, lekin hech biri tatimadi. Sababi esa ayon🙂‍↔️

Repost from Ilyos Olimov
agar hozirgi loyihangizda buglarni track qilishda yoki feature'larni test qilishda debug'ni qo'llamayotgan bo'lsangiz juda ko
agar hozirgi loyihangizda buglarni track qilishda yoki feature'larni test qilishda debug'ni qo'llamayotgan bo'lsangiz juda ko'p narsadan quriq qolyabsiz!!!