cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Javlon Jovliyev

Assalomu alaykum! Yozuvchi Javlon Jovliyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz! Bizning You tube kanalimizga a‘zo bo‘ling va izohingizni qoldiring! https://youtube.com/channel/UC0MOi-t1EHDAwuYa7Hs2PYw

Show more
Advertising posts
2 545
Subscribers
+224 hours
-147 days
+5130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Mustaqillikka tahdid, ozodlikka xavf keltirsa, qanchalik zarur bo'lmasin Atom elektr stansiyasi (AES) tugul, kulba ham qurmasligimiz shart! Buning badalini avlodlar to'lamasin, avlodlar yonmasin, yuzimiz qora bo'lmasin. Erkinlikning qiymati tengsiz, cheksiz, hayot-mamotdir! @javlonjovliyev
Show all...
👍 21🔥 5👏 2
Repost from Otabek Hasanov
03:20
Video unavailableShow in Telegram
#ustoz
Agar ustozning qadri bo‘lsa, millatning kelajagi bo‘ladi.
"Ustoz" loyihasi mehmoni — taniqli yozuvchi Javlon Jovliyev. https://t.me/otabek_khasanov
Show all...
👍 9🔥 4👏 1
"Qo'rqma" romanini qisqa daqiqalarda ajoyib sharhlashibdi. Jamoaga tashakkur bildiraman! https://www.youtube.com/watch?v=8NYu8-CooqY
Show all...
QO'RQMA ROMANI MAZMUNI 10 DAQIQADA | JAVLON JOVLIYEV

QO'RQMA ROMANI MAZMUNI 10 DAQIQADA | JAVLON JOVLIYEV 1922-yil Ulugʻ Turkistonlik 70 talaba Olmoniya diyoriga oʻqish uchun yoʻl oldilar. Ularning birgina istagi bor edi: mustamlaka Vatan uchun oʻqimoq, uni ilm bilan bu qaro kunlardan qutqarmoq edi. Shu istak ularning maqsadiga va bir umrlik orzusiga aylandi. Bugun sizga tavsiya qilayotganimiz zamonaviy Oʻzbek adabiyotining yosh ijodkori Javlon Jovliyev qalamiga mansub "Qoʻrqma" asari ana shu 70 talabaning achchiq qismatini yuksak badiiy mahorat bilan yoritib bergan. Asar kutilmagan muvaffaqiyatga erishdi. Chin manoda Zamonaviy oʻzbek adabiyoti mutolaanavislari oʻrtasida shiddat bilan tarqaldi, zoʻr qiziqish bilan oʻqildi. roman 2021- yilda A-saxiy books nashriyoti tomonidan 3 ming nusxada nashr qilindi va 21 kun ichida sotildi. Shu yilning oʻzida asar Afgʻonistonning "Oltin qalam" mukofotiga sazovor boʻldi. Muallifning oʻzi esa "Tahsin" mukofoti bilan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan " Kelajak bunyodkori" Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. 10 DAQIQA KANALIGA A'ZO BO'LING: http://www.youtube.com/10Daqiqa?sub_c... BIZNES KITOBLAR:

https://www.youtube.com/watch?v=V99OWbK7Jzg&list=PLNvV8jrovbqC-k0E3sIWCT-RKPEPMALqk

Xeshtelglar: #Qorqma #javlonjovliyev

🔥 14👍 9
Repost from Mutolaa
Photo unavailableShow in Telegram
Kun iqtibosi
Millionlab kitobxonga ega bo‘lishga umid qilmagan yozuvchi biron satr ham yozmasligi lozim. • Gyote Telegram | Instagram | YouTube
Show all...
10👍 7🔥 4🥰 2👏 1
Уруш ёзган ҳикоя (Ушбу ҳикоя Россия босқини натижасида Украинада жабр кўрган ва ҳалок бўлганлар хотирасига бағишланади). Эри ортиқ бардош бера олмайди, кўзлари тортилиб, чўпдай оёқлари музлай бошлади, кампир кўп ўлим кўрди, ажал соя солган бандани яхши таний олади, шубҳасиз, чоли тонггача етмайди – узилади, гўрнинг ҳаракатини қилиш керак. Ўзи ҳам бир аҳвол, жони илинибгина қолган, сал тез ҳаракат қилса ўпкаси қайнаб кўксини куйдириб юборади, биқинидаги оғриқ ачишиб нуқул ўчакишгани-ўчакишган, юраги “ёт” дегандай дўқлаяпти, бор куввати қўл қалтироғига сарф бўлаётгандай ҳолсиз, мажолсиз, аммо руҳи тик, ҳалиям ўлгудай қайсар, инжиқ, кўм-кўк кўзлари ўткир, ҳар сасни илғайди – огоҳ, хуллас, табиатига ато бўлган зийраклик, ақл-фаросат, қатиъят шунча йиллар ўтса-да, асло кирланмаган, айнимаган, мияни тарк айламаганди. https://telegra.ph/Urush-yozgan-ҳikoya-04-17
Show all...
Уруш ёзган ҳикоя

Ушбу ҳикоя Украинада жабр кўрган ва ҳалок бўлганлар хотирасига бағишланади. Эри ортиқ бардош бера олмайди, кўзлари тортилиб, чўпдай оёқлари музлай бошлади, кампир кўп ўлим кўрди, ажал соя солган бандани яхши таний олади, шубҳасиз, чоли тонггача етмайди – узилади, гўрнинг ҳаракатини қилиш керак. Ўзи ҳам бир аҳвол, жони илинибгина қолган, сал тез ҳаракат қилса ўпкаси қайнаб кўксини куйдириб юборади, биқинидаги оғриқ ачишиб нуқул ўчакишгани-ўчакишган, юраги “ёт” дегандай дўқлаяпти, бор куввати қўл қалтироғига…

👍 13🔥 8👎 4 2👏 1
Bugun erta tongda Toshkentning yangilangan eski shahari bo’ylab sayr qildik. @javlonjovliyev
Show all...
19👍 9🔥 4😁 1
Qo‘limda guldor piyola, Gulmikan deb kapalak, bo‘ldi parvona. Gulga qo‘nmoq bo‘lib mayga g‘arq bo‘ldi, Gulmi yoki may qilgan devona. Shukur Qurbon. @javlonjovliyev
Show all...
🔥 13👍 4
Iroda Rahmonaliyeva singlimizning ajoyib she’riy to’plami! Katta shoiralarimizning yo’lini bersin, bu yo’ldan omon o’tish esa hech qachon oson bo’lmagan! Irodaga yuksak ijodiy parvoz tilayman! Kitob uchun rahmat! @javlonjovliyev
Show all...
👍 13🔥 4🥰 2
Repost from Mutolaa
Photo unavailableShow in Telegram
Nazm kechasiga marhamat! 😊 Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi “Mutolaa” loyihasi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida “MUTOLAA’DA SHE’RIYAT” nomli teatrlashtirilgan nazm kechasini taqdim etadi. • Dastur qahramoni: “Shuhrat” medali sohibi, shoir BEK ALI • Mehmon: shoir va aktyor ERKIN BOZOROV 📝 So‘z va adabiyot muxlislarini 29-may (kuni) soat 17:00 da O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kutib qolamiz. Ro’yxatdan o’tish uchun ushbu soʻrovnomani to’ldiring: https://forms.gle/LdKWstnmxBg4RPD26 BU UNUTILMAS KECHA BO‘LADI! Telegram | Instagram | YouTube
Show all...
👍 15
00:17
Video unavailableShow in Telegram
Otajonim,jonim otam Qiz bola otasini sevar Bari boʻxtonlarni simirdim Toki boshing omon boʻlsin deb Qizlaring bor mendan Ziyoda Hali nozik hali och Orzulari osmon onamni Sochim tolalaridanda meni ortiq sevarlar Aslo jasadimni ularga koʻrsatmang! Singlimga,sevgilimga Ular hali qabrim ustiga Bahor gullarini ifori bilan kelar Oʻq fursat bermadi ortiq diydorga. Javlon Jovliyevning “Qoʻrqma” asari asosida ishlangan badiiy-hujjatli film asosida tayyorlangan “Millat - oydinlari” spektaklida ishtirok etayotgan Qarshi shahar Bog'ishamol mahallasining istedodli yoshlaridan Muhtorova Parizoda
Show all...
13🔥 7👍 3