cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

🚄Toshkent temir yo'l texnikumi

Toshkent temir yo'l texnikumi rasmiy kanaliga xush kelibsiz! Eng so'nggi, ishonchli va tasdiqlangan xabarlarni faqat shu yerdan topishingiz mumkin. Rasmiy sahifalarimiz: https://taplink.cc/ttytrailway Ma’lumot uchun telefon raqami: 71 299-05-59

Show more
Advertising posts
5 055
Subscribers
+124 hours
+1097 days
+18130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#Ilm_innovatsiya Texnikum maxsus fan o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta'limi ustalari Turin politexnika universitetida Rossiyaning sanoat sohasidagi yirik “Robototexnika va aqlli boshqaruv tizimlari konsorsiumi” ishtirokida “Sanoat korxonalarining raqamli transformatsiyasi” mavzusida bo‘lib o`tgan davra suhbatida ishtirok etdi. Mazkur davra suhbatida Rossiyaning 10 ga yaqin yirik korxonalari oʻzlarining taʼlim tizimi va sanoat korxonalari uchun robotlashtirish, raqamli egizak, 3D/CAD modellashtirish va VR/AR texnologiyalari yoʻnalishidagi taqdimotlari bilan ishtirok etdi.
Show all...
👍 2
#Texnikumga_qabul Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 maydagi “Oliy taʼlim tashkilotlariga oʼqishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish toʼgʼrisida”gi PF-81 sonli Farmoni 5-bandiga sharh: Farmonning 5-bandiga koʼra, 2024/2025 oʼquv yilidan boshlab davlat oliy va professional taʼlim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish boʼyicha imtihonlar «avval test, soʼng tanlov» tamoyiliga muvofiq bir vaqtda oʼtkazilishi belgilandi. Bunda, abiturientlar oʼz tanloviga koʼra test sinovi natijasida toʼplagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy taʼlimning bakalavriat taʼlim yoʼnalishlariga, soʼng professional taʼlim muassasalariga oʼqishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi. Har yili abiturientlar birinchi bosqichda 5 iyundan 25 iyunga qadar (25 iyunь kuni ham) test sinovi topshirish uchun roʼyxatdan oʼtadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, taʼlim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon boʼlsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy taʼlim muassasasini tanlaydi. Oʼqishga qabul qilish boʼyicha kirish imtihonlari 2024 yil 14-28 iyul kunlari oʼtkaziladi. Ikkinchi bosqichda abiturientlar test sinovlari toʼliq yakunlanganidan soʼng 15 kun davomida oliy taʼlim muassasasi, bakalavriat taʼlim yoʼnalishi va taʼlim shaklini tanlaydi. Barcha davlat kollej va texnikumlariga «avval test, soʼng tanlov» tamoyiliga muvofiq qabul qilishda abiturientlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda taʼlim shaklini oliy taʼlim muassasalariga qabulning yakuniy natijasi eʼlon qilinganidan soʼng 10 kun muddatda tanlaydi. На русском 🕊Telegram|📱Instagram |📱Facebook |🕊Twitter | 📺Youtube
Show all...
👍 7 1
Photo unavailableShow in Telegram
Gonkong Xitoy materigi bilan temir yo'l aloqalarini kengaytiradi Gonkong temir yo'l operatori MTR o'zining sho'ba korxonasi High Speed ​​Rail (HSR) orqali Xitoy materigiga shaharlararo xizmatlarini kengaytirganini aytdi. Yo'nalishlarning aksariyati maxsus ma'muriy hudud (SAR) va Janubiy Xitoyning aholi zich joylashgan hududlari o'rtasidagi kunduzgi qatnovlardir. Ammo HSR orol shahridan birinchi darajali yirik shaharlarga, jumladan Pekin va Shanxayga yangi kechki tashuv xizmatlarini ishga tushirdi. Har ikkala qatnov reyslari ham hafta oxiri, jumadan dushanbagacha tunda ishlaydi. Shanxay ushbu tungi reyslarda temir yo'l safarini 19 soatdan atigi 11 soatga qisqartirdi va Pekin yo'nalishi bilan solishtirganda xuddi shunday yo'l vaqtini 24 soatdan 12 soat 30 daqiqaga qisqartirdi. www.railway-technology.com 🕊Telegram|📱Instagram |📱Facebook |🕊Twitter | 📺Youtube
Show all...
👍 2
00:43
Video unavailableShow in Telegram
video_2024-05-15_12-52-49.mp44.64 MB
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Talaba (arabcha: izlovchi, oʻrganuvchi; lotincha: studens — qunt bilan ishlovchi, shugʻullanuvchi) — Oʻzbekistonda oliy oʻquv yurti, AQSH, Buyuk Britaniya va boshqa ayrim mamlakatlarda oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurti oʻquvchisi. Bugungi kunda ushbu ta'rif biroz o'zgargandek. Nima deysiz?! Ilm izlovchilardan shiddat, talab, entuziazm kamayib ketdi.
Show all...
👍 8👏 4🤣 3🏆 1👾 1
Siz ushbu o'quv yilida Toshkent temir yo'l texnikumida o'qish uchun my.uzbmb.uz saytida ro'yxatdan o'tdingizmi? Зарегистрировались ли на сайте my.uzbmb.uz для обучения в Ташкентском железнодорожном техникуме в этом учебном году?Anonymous voting
  • Ha / Да
  • Yo'q / Нет
  • Ulgurmadim / Не успел (а)
0 votes
👎 2🤨 2 1
Photo unavailableShow in Telegram
Test sinovlariga kirish uchun to‘lovni bugun soat 23:59 gacha amalga oshirish mumkin bo‘ladi!
Show all...
❗️ 2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanishiga 1️⃣ soat qoldi 🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz 👨🏻‍💻 Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi muddati: 25-iyun (bugun) soat 23:59 📆 To‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati: 26-iyun (ertaga) soat 23:59 ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
👍 6
Photo unavailableShow in Telegram
Dual ta'lim shakli kasblariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#Tezkor_xabar_dual 2024/2025-o'quv yilida Toshkent temir yo'l texnikumida dual ta'lim shaklida tahsil olishni rejalashtirgan abituriyentlar diqqatiga!!! Hurmatli abituriyentlar, yangi o'quv yili qabul kvotalari loyihasiga (tez kunda tasdiqlanadi) ko'ra, kasblar kesimida to'lov-kontrakt bilan birgalikda davlat grantida tahsil olish uchun ham joylar ajratilgan. Shuning uchun, siz my.uzbmb.uz portali orqali ro'yxatdan o'tib, test topshirish huquqini qo'lga kiritish uchun to'lovni (170 ming so'm) amalga oshirishingiz kerak bo'ladi! Agar siz ro'yxatdan o'tib, to'lovni amalga oshirmasangiz va imtixonlarda qatnashmasangiz, grandda o'qish imkoniyatini qo'ldan chiqarasiz. 🕊Telegram|📱Instagram |📱Facebook |🕊Twitter | 📺Youtube
Show all...
👍 3 2💯 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.