en
Feedback
Xonqa tumani Axborot-kutubxona Markazi|Rasmiy| 🇺🇿

Xonqa tumani Axborot-kutubxona Markazi|Rasmiy| 🇺🇿

Open in Telegram

📚Badiiy kitoblar 🎶Audio kitoblar Jahon adabiyoti https://www.instagram.com/xonqa_akm 📮 Takliflar | @Dastonbek_97 📚Buyurtma | @Dastonbek_97 ©️ Xonqa tuman kutubxonasi

Show more
312
Subscribers
No data24 hours
-27 days
-6230 days
Posts Archive
Bugun Durgadik mahallasida yoshlar uchun kompleks tadbirlar tashkil etildi. Tadbir doirasida madaniy-ma’rifiy dasturlar, band
+8
Bugun Durgadik mahallasida yoshlar uchun kompleks tadbirlar tashkil etildi. Tadbir doirasida madaniy-ma’rifiy dasturlar, bandlik yarmarkasi, sport musobaqalari, robototexnika mashg‘ulotlari hamda yosh rassomlarning ijodiy ko‘rgazmalari o‘tkazildi. Bundan tashqari Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitoblar yarmarkasi va koʻrgazmalari ham tashkil qilinib, yoshlar va qishloq aholisi oʻrtasifa kitobxonlik targʻiboti olib borildi. Mazkur tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, iste’dodlarini namoyon etish hamda kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi. 🔍Jarayonlar rivojini bizda kuzating Xonqa.uz |Facebook| Instagram|Youtube

Rost adashdim dilimni berib Buyuragim yonyabdi ona Ichimda dard ,lek yuzim kulib Men kimlarga ishonay ona. Ko'ngil berdim qil
Rost adashdim dilimni berib Buyuragim yonyabdi ona Ichimda dard ,lek yuzim kulib Men kimlarga ishonay ona. Ko'ngil berdim qilib omonat Ko'nglimga u qildi hiyonat Bu tuyg'umas bo'ldi ku ofat Men kimlarga ishonay ona. Omad ketsa do'stlarbo'ldi yod Kimdan izlay endi men najot Yolg'onlarga to'lsa bu hayot, Men kimlarga ishonay ona. Bu o'tkinchi yolg'on dunyoda Sotilyabdi mehr savdoda Shohruh Murod qoldi g'avg'oda Men kimlarga ishonay ona Dedi kimlar jonimni beray Kimlar dedi sen uchun o'lay Aldab ketish ularga qulay, Men kimlarga ishonay ona. Yechimi ko'p lekin chigal ish O'zimni dardim o'zimga tashvish Yig'laganda qilsalar mish-mish, Men kimlarga ishonay ona. G'iybat qilsa q'iybatga ko'ndim Tuhmat qilsa tuhmatga ko'ndim Men tashvishni,har dardni ko'rdim, Men kimlarga ishonay ona. ✍️ Shohruh Murod

# bu qaysi kitobdan Hayot — ikki eshik orasidagi qisqa yo‘ldir. Bu yo‘lda kimdir iz qoldiradi, kimdir esa shamoldek o‘tib ket
# bu qaysi kitobdan
Hayot — ikki eshik orasidagi qisqa yo‘ldir. Bu yo‘lda kimdir iz qoldiradi, kimdir esa shamoldek o‘tib ketadi. Asl masala — qanday yashaganingda.
Qadrli kitobxonlar fikrlaringizni kutib qolamiz. ⚡️⚡️

#Iqtibos Dushmandan qutulishning eng yaxshi yo‘li — uning haqida hamma joyda faqat yaxshi gapirishdir. Bu so‘zlar unga yetkaz
#Iqtibos
Dushmandan qutulishning eng yaxshi yo‘li — uning haqida hamma joyda faqat yaxshi gapirishdir. Bu so‘zlar unga yetkaziladi va u endi sizga zarar bera olmaydi: siz uning ruhini sindirasiz. U sizga qarshi kurashishda davom etadi, lekin avvalgidek ishtiyoq va qat’iyat bilan emas, chunki ong ostida u sizni allaqachon yomon ko‘rmay qo‘yadi. U o‘z mag‘lubiyatidan bexabar holda mag‘lub bo‘ladi. Emil Choran
Aql jangiga sizni chaqirgan bòlardim, ammo kòryapmanki,siz qurolsiz ekansiz. Uilyam Shekspir.

Xonqalik Dostonbek Olloquliyev Respublika miqyosida o‘tkazilgan “Innovatsion loyihalar” tanlovida o‘z loyihasi bilan muvaffaq
Xonqalik Dostonbek Olloquliyev Respublika miqyosida o‘tkazilgan “Innovatsion loyihalar” tanlovida o‘z loyihasi bilan muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli II o‘rinni qo‘lga kiritdi. Dostonbekni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklab, kelgusi faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🔍Jarayonlar rivojini bizda kuzating Xonqa.uz |Facebook| Instagram|Youtube

Kitob tavfsiya ✍ Nosir Zohid 📚 Qasos Asarda bosh qahramonni boshiga tushgan og'ir sinovlar va adolatsizliklar tufayli qalbid
Kitob tavfsiya ✍ Nosir Zohid 📚 Qasos Asarda bosh qahramonni boshiga tushgan og'ir sinovlar va adolatsizliklar tufayli qalbida kuchli g'azab hamda alam to'planishi tasvirlanadi. Kitob qorong'i jinoyatlar, kutilmagan sirli burilishlar va xavfli o'yinlarga boy tarzda rivojlanadi. Qasos rejasini amalga oshirishga urinish insonni tubanlikka yetaklab, yakunda ayanchli oqibatlarga olib kelishi ko'rsatib beriladi. Fòndimizda mavjud ushbu yangi asarni òqishga tavfsiya qilamiz.✨

Goh xuddi farishta Hazrati Insonman, Goh yotish yeyishdan ortmagan hayvonman. Goh yengadi Shayton sohibi isyonman. Bu turfa f
Goh xuddi farishta Hazrati Insonman, Goh yotish yeyishdan ortmagan hayvonman. Goh yengadi Shayton sohibi isyonman. Bu turfa fe'limdan o'zim hayronman !
Mavlono Rumiy

Mutolaa zavqi Qadrli kitobxonlar sizga qaysi biri kòproq yoqadi. Tunda yolģiz kitob òqish--⚡️ Dòstlar bilan --🔥 Tabiat qòyni
+3
Mutolaa zavqi Qadrli kitobxonlar sizga qaysi biri kòproq yoqadi. Tunda yolģiz kitob òqish--⚡️ Dòstlar bilan --🔥 Tabiat qòynida--😍 Ertalab qahva ichib--❤️

Kitob tavfsiya Hayotingizga yangi va yengil nafas kerakmi?
Oʻkinma” kitobi sizga xushchaqchaq va baxtli boʻlishni, turli vaziyatlarda yaxshilik tomonini koʻra olishni hamda tinchlanishni oʻrgatadi. Mutolaa vaqtidayoq hayotga oʻz holicha boqasiz, mamnun, quvnoq va shod yashay boshlaysiz. Yoʻnalishlar va odamlar bilan muomala qilishda fitratga zid xatolarni payqaysiz hamda tuzatasiz.

✍ Mahatma Gandi iqtiboslari ●Agar so’zlaring bilan amaling bir bo’lsa, barcha atrofingdagilar seni hurmat qila boshlaydi. ●Dunyoni qanday o’zgarishini istasang, o’zingni shunday o’zgartir! ●Ertaga o’lishing mumkindek yasha. Bir umr yashashing mumkindek, o’qib-o’rgan.

#Siyosiy_marifat_soati ✅ 2026-yil 31-iyul kuni Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat mar
+4
#Siyosiy_marifat_soati ✅ 2026-yil 31-iyul kuni Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan taqdim etilgan navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulot davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, muhim ijtimoiy-siyosiy yangiliklar hamda xorijda yuz berayotgan dolzarb voqealar aks etgan videomateriallar namoyish etildi. Siyosiy-ma’rifat soati ishtirokchilarga yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, jamiyat hayotidagi muhim yangiliklar hamda dunyoda sodir bo‘layotgan voqealar haqida batafsil ma’lumot berilib, ular yuzasidan fikr almashildi. Bunday ma’rifiy uchrashuvlar xodimlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, yurtimizda olib borilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlash hamda ma’naviy dunyoqarashini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

#Siyosiy_marifat_soati ✅ 2026-yil 31-iyul kuni Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat mar
+4
#Siyosiy_marifat_soati ✅ 2026-yil 31-iyul kuni Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan taqdim etilgan navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulot davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, muhim ijtimoiy-siyosiy yangiliklar hamda xorijda yuz berayotgan dolzarb voqealar aks etgan videomateriallar namoyish etildi. Siyosiy-ma’rifat soati ishtirokchilarga yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, jamiyat hayotidagi muhim yangiliklar hamda dunyoda sodir bo‘layotgan voqealar haqida batafsil ma’lumot berilib, ular yuzasidan fikr almashildi. Bunday ma’rifiy uchrashuvlar xodimlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, yurtimizda olib borilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlash hamda ma’naviy dunyoqarashini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Tanishing yangi adabiyotlar Muallif: Nikolas Sparks Kitob nomi: Hayot qadri Janr: Hikoya Sahifa:215 Har bir inson hayotida un
+1
Tanishing yangi adabiyotlar
Muallif: Nikolas Sparks Kitob nomi: Hayot qadri Janr: Hikoya Sahifa:215 Har bir inson hayotida unitib bo'lmas bir fasl bo'ladi.Unda qalb o'zgaradi,hayot esa yangi ma'no kasb etadi. 1985-yil. O'n yetti yoshli Lendon yoshlik yillaridan zavq olib yashaydi. Qizlar bilan uchrashadi,hatto sevib qolganman deb o'ylaydi.U qayerga bormasin, qo'lida Muqaddas kitob ko'tarib yuradigan,beva otasiga g'amho'rlik qiladigan va bolalar uyida ko'ngilli tadbirlar uyushtiradigan ruhoniyning qizi, uyatchan va odamovi Jeymi Sallivandan tamomila farq qiladi. Ammo taqdir ularni uchrashtirishga ahd qiladi. Bitiruv kechasi raqsida majburan juft bo'lgan Lendon va Jeymi dunyoni larzaga soluvchi muhabbat va azobli yo'qotish safariga chiqadi.Keyingi oylarda Lendon shundayin hayratlanarli qaror qabul qiladiki,bu uni muqaddar ravishda insoniylik yo'liga boshlaydi..... va... Hikoyaning davomi sizni qiziqtirgan bo'lsa, fo'ndimizda mavjud yangi kitobni o'qishga tavfsiya qilamiz

#Kutubxona_OAV_nigohida YOSH KUTUBXONACHILAR FORUMI 📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling Telegram l Instagram  YouTubeFacebook l Twitter l Website

#YKF2026 “Yosh kutubxonachilar” Respublika ilmiy-amaliy forumining tantanali ochilish marosimi boshlandi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 29–31-iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan “Yosh kutubxonachilar” Respublika ilmiy-amaliy forumi hamda forum doirasidagi “Innovatsion loyihalar” tanlovining tantanali ochilish marosimi boshlandi. Shuningdek, ochilish marosimi doirasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda “Tillar App” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan Hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. 📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling Telegram l Instagram  YouTubeFacebook l Twitter l Website

#Mutolaa vaqti
«Kitoblar — biz qoʻlda koʻtarib yuradigan noyob sehrdir.» — Stefan King
«Agar nodir fikrli insonga duch kelsak, undan qanday kitoblar oʻqishini soʻrashimiz kerak.» — Ralf Valdo Emerson
«Kitob — laganbardorlik qilmaydigan doʻst. Uning inson hayotidagi oʻrnini boshqa hech bir vosita bosa olmaydi.» — Xurshid Davron
«Biz oʻzimizni va turmushimizni unutish uchun emas, balki hayot jilovini yanada ongliroq ravishda anglash uchun oʻqishimiz kerak.» — Hermann Hesse
Bugun siz qaysi kitobni o'qidingiz ..... Yoki o'qimoqchisiz...

#Yangi adabiyotlar bilan tanishing ✍️ Abdulloh Muhammad Abdulmuti 📚 Qulog'im senda qizim Asosiy g'oya va mazmun: 🎧 Tinglash ko'nikmasi: Qizlarning ichki kechinmalari va dardlarini tinglash, ularni hukm qilmasdan tushunish muhimligi. 📌 Hayotiy sinovlar: Qizlar hayotida uchraydigan nozik vaziyatlar va ruhiy qiyinchiliklarga qanday chidash kerakligi. 🗒 Amaliy maslahatlar: Ota-onalarga farzandi bilan samimiy muloqot o'rnatish va to'g'ri yo'l ko'rsatish bo'yicha hayotiy tavsiyalar 📩 Onalardan biri shunday deydi: "Bu kitobni qizim uchun sotib olib,o'zim ham ozroq o'qib ko'rdim.O'qir ekanman,o'tgan hayotimdagi hamda hozirgi kunda boshimdan kechirayotgan g'am- tashvishlarimni eslab,o'zimga o'zim dedim "Yoshlik chog'larimda bunday kitobni, uchratmaganimdan juda afsusdaman. Agar bunday kitobni uchratganimda edi, hayotimni tubdan o'zgargan bo'lar edim.Lekin qizimni bunday ajoyib kitobdan mahrum etmadim" 📚 Fondimizda mavjud yangi kitobni o'qishga tavfsiya qilamiz