Xonqa tumani Axborot-kutubxona Markazi|Rasmiy| 🇺🇿
Open in Telegram
📚Badiiy kitoblar 🎶Audio kitoblar Jahon adabiyoti https://www.instagram.com/xonqa_akm 📮 Takliflar | @Dastonbek_97 📚Buyurtma | @Dastonbek_97 ©️ Xonqa tuman kutubxonasi
Show more311
Subscribers
No data24 hours
-27 days
-6230 days
Posts Archive
📚 Shukur Xolmirzayev — «O‘n sakkizga kirmagan kim bor» ✨
“O‘n sakkizga kirmagan kim bor...” — bu yoshlikning qaynoq nafasi, xomxayollar, ilk muhabbat va hayot ostonasidagi jiddiy qadamlar haqidagi asar.
O‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi Shukur Xolmirzayev inson qalbining eng nozik torlarini, yoshlik davrining murakkab va qiziqarli kechinmalarini mahorat bilan ochib bergan. 📖 Asar o‘quvchini o‘zining samimiyligi, hayotiyligi va ta’sirchan hikoyalari bilan darhol rom etadi.
Agar o‘zingizning yoshlik davringizni eslashni, qalbiy kechinmalar va hayotiy saboqlarga boy ajoyib asar mutolaa qilishni istasangiz, bu kitob aynan siz uchun!
⏳ Kitob kutubxona fondimizda mavjud! 🏛 Uni o‘quv zalimizdan olib, maroq bilan o‘qishingiz mumkin.
Hamma intiqlik bilan kutayotgan “Katta qizlar” romani haqida gaplashdik! 📚✨
Javlon Jovliyevning yangi romani qanday asar bo‘ladi? Nega u hali nashrga chiqmasidanoq kitobxonlar orasida bunchalik qiziqish uyg‘otdi?
Asarning yozilish tarixi, undagi mavzular va yetti nafar qahramon qizning taqdiri haqida biroz suhbatlashdik.
Siz ham “Katta qizlar”ni kutayotganlardanmisiz?
Xayrli kun, aziz kitobxonlar! 📚
Yangi kun, yangi imkoniyatlar va yangi sahifalar muborak boʻlsin! Kuningiz sermazmun va omadli oʻtsin.
"Yaxshi kitob — xuddi yaxshi suhbatdosh kabidir: u sizni faqat tinglamaydi, balki fikrlashga ham majbur qiladi." — Alisher NavoiyBugun oʻzingiz uchun kichik boʻlsa ham yangi bir bilim kashf etishni unutmang. Ishlaringizga rivoj!
#Tavsiya_etamiz 📚 «Ming bir jon» — Abdulla Qahhor ijodining eng saralari jamlanmasi! ✨ "Adabiyot — bu insonga insonni tanitadigan ko‘zgu." 📖Taniqli o‘zbek yozuvchisi, so‘z san’atining ustasi Abdulla Qahhorning ushbu turkum asarlari o‘zbek adabiyotining oltin fondidan joy olgan! 📜 Bu jamlanmada yozuvchining o‘tkir satira, chuqur psixologizm va xalqona til bilan yozilgan eng mashhur hikoyalari o‘rin olgan. Nima uchun bu kitobni o‘qishingiz kerak? 🤔 🔍 Hayotiy Haqiqat: Abdulla Qahhor asarlarida hayotning har bir lahzasi, oddiy insonlar taqdiri bor bo‘y-basti bilan ko‘rsatiladi. 🧠 O‘tkir Satira va Hazil: Yozuvchi jamiyatdagi illatlarni, insoniy xatolarni nozik hazil va o‘tkir satira orqali ochib beradi, o‘quvchini ham kuldiradi, ham oylashga majbur qiladi. 🖋 Badiiy Mahorat: Qahhorning har bir hikoyasi kichik bir asar emas, balki hayotning katta bir parchasidir. Uning tili sodda, tushunarli va ayni paytda juda boy.
+2
Book photo ⭐
Kitobxonga qarab tur - uning ko'zlari boshqa dunyoni ko'radi.Raxmat demoqchi bólsangiz "❤️" reaksiyasini bosib ketishingiz mumkun!
Mutolaa vaqtiJek Londonning "Uch qalb" romani boylik, sevgi va sarguzasht haqida. Asar bosh qahramoni Genri Morgan o'zining boy ajdodi qoldirgan xazinani qidiradi. Yo'lda u o'zining ismi sharifi bir xil bo'lgan qarindoshi va go'zal ajoyib qiz Beatrisni uchratadi. Ular birgalikda qiyin sinovlarni yengib o'tadi.Keyin esa.....
Kitob tavfsiya
✍ Feya Moran
📚 Sen bir olam men òzga olam
📹 Roman
📖 320
Hayotimda ilk bor bu dahshatli hisni tuydim. Seni tubsiz jarlikka tortib ketishi mumkin bòlgan bòshkiq hissi. Òzimga nisbatan nafrat, alamzadalik, sòng millionlab savollar: nega bularning Bari sodir bòlishiga yòl qòydim?
Òzim aybdorman. Hech kim meni Eliasga ishonishga majburlagani yòq. Hech kim u bilan gaplashishga meni zòrlamadi. Hammasi yaxshilik bilan tugamasligi avvalboshdan ma'lum edi. Nima kutgandim òzi? Tentak,tentak,tentak. Shunchaki tentakman. Lek hamon oģriq bor Fòndimizda mavjud ushbu asarni òqishga tavfsiya etamiz ✨
"Biz — kitobxon oilamiz!" respublika tanlovi
Oilalarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va mutolaa an'analarini keng targ‘ib etish maqsadida "Biz — kitobxon oilamiz!" respublika tanlovi o‘tkazilmoqda.
📅 Tuman bosqichi 12-avgust kuni Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazida bo'lib o'tadi.📖 Tanlov uchun tavsiya etilgan kitoblar: Abdulla Qodiriy — O‘tkan kunlar Cho‘lpon — Kecha va kunduz Oybek — Navoiy Asqad Muxtor — Chinor Pirimqul Qodirov — Yulduzli tunlar Odil Yoqubov — Ulug‘bek xazinasi O‘tkir Hoshimov — Bahor qaytmaydi Isajon Sulton — Genetik Rashod Nuri Guntekin — Choliqushi Jyl Vern — Un besh yoshli kapitan Yurtimizdagi barcha kitobxon oilalarni tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz.
#Kitob_tavsiya
#Biz_tavsiya_qilamiz
✍️ Gʻiyosiddin Yusuf 📖Bola va pul📖Ushbu kitob oʻz oldiga yosh avlodga moliyaviy savodxonlikni qadriyatlar asosida tushuntirishdek yuksak maqsadni qoʻygan. Asar oʻzining soddaligi, maʼnaviy teranligi va real hayotiy misollari bilan alohida eʼtiborga loyiq. Kitobda pul shunchaki boylik belgisi emas, balki vosita, mehnat, qadriyat va ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas bogʻliq tushuncha sifatida ochib beriladi. 🖥"BOLA VA PUL" - bolalar uchun mo'ljallangan qimmatli qoʻllanma boʻlib, bu kitob ularni moliyaviy savodxonlik asoslariga, pulga to'g'ri munosabatda bo'lishga va halol mehnatning ahamiyatini tushunishga o'rgatadi. Kitobda quyidagi mavzular yoritilgan: pul nima ekanligi, undan oqilona foydalanish, pulni tejashning zarurligi, shuningdek, o'ylamay sarf-xarajat qilish va aldovning xavflari. Muallif pul vosita, maqsad emasligini ta'kidlaydi va bolalarni pul bilan sotib olib boʻlmaydigan do'stlik, oila va halollik kabi qadriyatlarni qadrlashga o'rgatadi. Kitobda amaliy maslahatlar, hikoyalar va topshiriqlar joy olgan. Bu kitobxonga berilgan ma'lumotlarni qiziqarli tarzda o'zlashtira olishi uchun juda ham qulay. Ushbu kitobni moliyaviy savodxonlik mavzusiga qiziqqan barcha bolalarga tavsiya qilaman!
#Kitob tavfsiya
✍️ Vladimir Kunin
📚 Baloyi nafs
⚙️ Qissa
📖 160
Pul, hashamat va chet el orzusi insonni qay darajaga olib borishi mumkin? Mashhur rus yozuvchisi Vladimir Kuninning ushbu asari xuddi shu savolga javob izlaydi.🔍
Syujet chizig‘i:Bosh qahramon Tanya Zayseva — kunduzi oddiy shifoxona hamshirasi, kechasi esa tungi kapalak. Uning yagona maqsadi: sovet davrining qashshoqligidan qutulish, boy xorijlikka turmushga chiqish va chet elga ketish. Kunlarning bir kuni u shvetsiyalik yigitni uchratadi va orzusi ushalib, Stokgolmga ko‘chib ketadi. Ammo...
Asarning davomi sizga qiziq bo'lsa fondimizda mavjud ushbu yangi asarni o'qishga tavfsiya qilamiz.✨
# Kitob tavfsiya
✍️ Vladimir Kunin
📚Baloyi nafs
⚙️ Qissa
📖 160
Sobiq Ittifoq davrining og'ir va ziddiyatli hayotni fojiali tarzda ochi beradigan mashhur asar.
Татяна исмли ленинградлик ҳамшира кундузи касалхонада оддий ишда ишлайди, кечаси эса чет эллик сайёҳларга хизмат кўрсатувчи валюта фоҳишасига («интердевочка»га) айланади.
Қаҳрамон бу оғир ва хавфли йўлни ўзи ва ёлғиз онасини моддий таъминлаш, қашшоқликдан қутулиш учун мажбуран танлайди.
Швециялик мижозлардан бирига турмушга чиқиб, совет реаллигидан қочиб кетишга эришади.
Бироқ хориждаги янги ҳаёт ҳам уни бахтли қила олмайди — ўтмиш ва собиқ совет фоҳишаси деган тамға уни таъқиб қилиб, якунда катта руҳий азоб ва фожиага олиб келади.
Fondimizda mavjud ushbu yangi asarni o'qishga tavfsiya qilamiz.✨
+9
⭕️live
"Qovun Sayli 2026"
Anʼanaviy festivali
Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi Qovun saylida kitoblar koʻrgazmasi va oʻlkashunoslik muzeyi eksponatlari bilan ishtirok etmoqda.
Axborot-biblografiya xizmati xodimlari mahalliy aholi va chet ellik turistlarga tayyorlangan oʻlkashunoslik qoʻllanmalari, qovun yetishtirish va hil hil turlari haqida qoʻllanmalari bilan yaqindan tanishtirmoqda.
🔍Jarayonlar rivojini bizda kuzating
#Nazmiy
📜 SARATON
Yenglik ko‘ylaklardan voz kechdi shahar,
Yelkalar yalang‘och, yalang, och ko‘zlar.
Olislarda esa suvlar sepishar
Ko‘ylaklari bilan cho‘milgan qizlar.
Shahar qizg‘onmaydi xiyobonlarin,
Sun’iy ko‘liniyu qayiqlarini.
Ammo dil qo‘msaydi sokin bog‘larning
Olmalar oqizgan ariqlarini.
Shahar ko‘p narsani menga o‘rgatdi,
Hammasini sanab, aytib bo‘lmaydi.
Shu yerda suyagim va diydam qotdi,
Endi qishloqqa ham qaytib bo‘lmaydi.
Tongda derazamdan siniq nur tushar,
Ne tongkim, bugun ham namlidir ko‘zlar.
Axir tushimda ham suvlar sepishar
Ko‘ylaklari bilan cho‘milgan qizlar...
✍️Iqbol MIRZO
📚
#Iqtibos
Sening atirguling senga shunchalik qadrli, chunki sen unga butun qalbingni bag‘ishlagansan.
✍️ Antuan de Sent-Ekzyuperi
📚 Kichkina shahzoda asari
+9
📍 Yoshlar kuni doirasida IT PARKga tashrif
Yoshlar kuni munosabati bilan Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi direktori hamda kutubxona xodimlari IT PARKga tashrif buyurib, "Innovatsiyalar, sun'iy intellekt va robototexnika kuni" doirasida tashkil etilgan tadbirlarda faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida ChatGPT, Gemini va boshqa zamonaviy sun'iy intellekt vositalaridan samarali foydalanish, ular yordamida tahliliy hisobotlar, taqdimotlar hamda turli axborot materiallarini tayyorlash bo'yicha amaliy master-klasslar o'tkazildi.
Shuningdek, IT PARK mutaxassislari ishtirokida "Sun'iy intellekt va kelajak kasblari" mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuv davomida sun'iy intellekt texnologiyalarining ta'lim va kutubxonachilik sohasidagi o'rni, raqamli transformatsiya jarayonlari hamda kelajakda talab yuqori bo'ladigan kasblar haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi.
Mazkur tashrif kutubxona xodimlarining raqamli texnologiyalar bo'yicha bilim va ko'nikmalarini yanada mustahkamlash, zamonaviy innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etish hamda yoshlarni IT va sun'iy intellekt sohalariga qiziqtirishga xizmat qildi.
✨ Kelajak bilim va texnologiyalar bilan bunyod etiladi!
#YoshlarKuni #ITPark #SuniyIntellekt #Innovatsiya #ChatGPT #Gemini #XonqaAKM #RaqamliTexnologiyalar
#Iqtibos
Tushuningki, til haqiqatni yashirishi mumkin, ammo ko‘zlar — hech qachon! Sizga kutilmagan savol berishadi, siz hatto seskanmaysiz, bir soniyada o‘zingizni qo‘lga olasiz va haqiqatni yashirish uchun nima deyish kerakligini bilasiz, juda ishonarli gapirasiz, yuzingizdagi birorta ham burishish qimirlamaydi, ammo afsuski, savoldan bezovta bo‘lgan haqiqat bir lahzaga qalbingiz tubidan ko‘zlaringizga sakrab chiqadi va hammasi tugaydi. U payqaladi, siz esa qo‘lga tushasiz!✍ Mixail Bulgakov
SHOVQIN
KITOB HAQIDA QISQACHA
MA’LUMOT
KITOB NOMI: .......................... SHOVQIN
MUALLIFI: ...........................ERKIN A’ZAM
YOZILISHI: .... KIRILL VA LOTIN ALIFBOSI
Erkin A’zamning “Shovqin” romani inson
hayotining ma’no-mazmuni, e’tiqod va insoniy
fazilatlar yo‘qolishi, yovuzlik hamda ezgulik
o‘rtasidagi kurashga bag‘ishlangan.
Asar qahramoni atrofidagi turli yordamchi obrazlar orqali jamiyatdagi ma’naviy inqiroz, shovqinli va soxta muhit tahlil qilinadi, inson o‘zligini anglashga intiladi.
Romanda jamiyatdagi ma’naviy bo‘shliq,
insonning o‘zligini yo‘qotishi, yuzaki va soxta qadriyatlar “shovqin” orasida chinakam insoniylik “jimjitlik”ni qidirish masalasi ko‘tarilgan.
KITOBNING QISQACHA MAZMUNI
Roman 1904–1905-yillardagi rus-yapon urushi paytida Koreya qirg‘oqlarida kema halokatiga uchragan yapon dengiz floti ofitseri Yutaro Toda haqida hikoya qiladi.
U hayoti davomida turli og‘ir sinovlarni boshdan kechiradi va kuchli irodasi, sabri, vaziyatga tez moslashib qaror qilishi, taslim bo‘lmasligi bilan kitobxonga namuna bo‘ladi.
Roman Todaning hayotiy tajribalari haqida bo‘lib, urush, madaniyat to‘qnashuvi va omon qolish mavzularini izohlaydi.
Roman o‘zining tarixiy aniqligi, hayajonli
syujeti va koreys manzarasining yorqin tas
viri uchun yuqori baholangan.
“Yapon zobiti” rus-yapon urushiga o‘ziga xos nuqtayi nazarni taqdim etadigan yaxshi yozilgan va qiziqarli roman.
Yaponiya tarixi, Koreya tarixi yoki harbiy fantastika bilan qiziqqan, badiiy kitoblarni sevadigan, syujeti sabab o‘ziga bog‘lab qo‘yadigan kitobni o‘qishni istagan kitobxonlarga tavsiya etiladi.
YAPON ZOBITI
KITOB HAQIDA QISQACHA MA’LUMOT
KITOB NOMI: ....................YAPON ZOBITI
MUALLIFI: ........................ATO HAMDAM,
LEONID CHIGRIN
YOZILISHI: .....................KIRILL ALIFBOSI
Tashvish nima bilmay yashardim,
Yoruģ kunlar aylandi tunga.
Qayt deyapman senga bolalik,
Katta bòlish yoqmadi menga.
Hamma aytganida turmagan,
Men sevganlar qadrim bilmagan.
Òsha yaxshilar ham bòlmagan ,
Katta bòlish yoqmadi menga.
Bir sòz bilan oģritib dilim,
Hammasini aytolmas tilim.
Hijronlarda yonayapman jim ,
Katta bòish yoqmadi menga.
Kulib -kulib òynolmayman,
Tòyib -tòyib yiģlolmayman.
Yolģonlarga kònolmayman,
Katta bòlish yoqmadi menga.
Ishonchimni sindirdilar kòp,
Endi ayting,ishonay kimga?
Bolalikda yaxshi ediku,
Katta bòlish yoqmadi menga.
+8
Bugun Durgadik mahallasida yoshlar uchun kompleks tadbirlar tashkil etildi.
Tadbir doirasida madaniy-ma’rifiy dasturlar, bandlik yarmarkasi, sport musobaqalari, robototexnika mashg‘ulotlari hamda yosh rassomlarning ijodiy ko‘rgazmalari o‘tkazildi.
Bundan tashqari Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitoblar yarmarkasi va koʻrgazmalari ham tashkil qilinib, yoshlar va qishloq aholisi oʻrtasifa kitobxonlik targʻiboti olib borildi.
Mazkur tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, iste’dodlarini namoyon etish hamda kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.
🔍Jarayonlar rivojini bizda kuzating
Xonqa.uz |Facebook| Instagram|Youtube
