Xonqa tumani Axborot-kutubxona Markazi|Rasmiy| 🇺🇿
Open in Telegram
📚Badiiy kitoblar 🎶Audio kitoblar Jahon adabiyoti https://www.instagram.com/xonqa_akm 📮 Takliflar | @Dastonbek_97 📚Buyurtma | @Dastonbek_97 ©️ Xonqa tuman kutubxonasi
Show more311
Subscribers
No data24 hours
-27 days
-6230 days
Posts Archive
Tez orada chop etilishi kutilayotgan yozuvchi Javlon Jovliyevning “Katta qizlar” romani asosida kichik qizaloq taqdirini AI yordamida jonlantirishga harakat qildik.
Video sizda qanday taassurot qoldirdi? Albatta, fikringizni izohlarda qoldiring. 🤍
+1
📖 Kitob tanlashda eng katta xatolar:
📌 1. Faqat muqovasiga qarab tanlash
Chiroyli muqova — yaxshi kitob degani emas. 😅
📌 2. Hammaga yoqqan kitobni o‘ziga ham yoqadi deb o‘ylash
Har bir insonning didi va qiziqishi har xil.
📌 3. Janriga qaramasdan kitob olish
O‘zingizga yoqadigan mavzudan boshlasangiz, kitob o‘qish ancha zavqli bo‘ladi.
📌 4. Kitobning mazmunini bilmasdan sotib olish
Avval qisqacha mazmuni va sharhlarini ko‘rib chiqing.
📌 5. “Qalin kitob = yaxshi kitob” deb o‘ylash
Ba’zan 100 betlik kitob 500 betlik kitobdan ko‘proq ta’sir qiladi. 📚
*Ma’lumotlarim foydali bo’lsa xursandman❤️
Mening qayģularim uzundan-uzoq,
Sening quvonchlaring cheksizdir,biroq.
Unga ham,bunga ham suyanma,chunki
Hammani bu falak qilar òyinchoq.
Har sirdan ogohsen,ey dòstim,sen ham,
Na uchun behuda chekasen alam.
Ixtiyoring bilan yurishmas hech,ish
Xursand bòl, tiriksen,seniki bu dam.
✍ Umar Xayyom
Esingizdami…? Retro multfilmlar
Sizga shu multiklardan qaysilari eng ko‘p yoqardi?
#Iqtibos
‼️Hurmatli kitobxonlar!
E'tiboringizga kutubxonamizda mavjud bo'lgan kitoblardan olingan iqtiboslarni havola etamiz.
Tanishing yangi adabiyotlar.
✍️ Luiza Mey Olkott
📚 Kichkina xonimlar
⚙️ Roman
📖 416 sahifa
Luiza Mey Alkottning "Kichkina xonimlar" asari Marchlar oilasidagi to‘rt opa-singilning qashshoqlikdan quvnoq hayot kechirishi, shaxsiy o‘sishi, birinchi muhabbat va qiyinchiliklarga qarshi kurashishi haqidagi ta’sirli hikoyadir.
Asar voqealari Jo va qo‘shni bola Lorining do‘stligi, oila boshiga tushgan og‘ir sinovlar, Betning kasalligi hamda qahramonlarning o‘z yo‘llarini topishi kabi hayajonli burilishlar bilan kitobxonni o‘ziga rom etadi.Asarning o‘ziga xosligi shundaki, u kitobxonni quvonch va g‘amni birdek his qilishga chorlaydi.
Unda Jo o‘z sochlarini qurbon qilishi, Betning shafqatsiz kasallik bilan kurashi va Lori bilan bog‘liq kutilmagan sevgi sarguzashtlari orqali yoshlikning samimiy tuyg‘ulari tasvirlangan.
Kutubxona fondimizda mavjud ushbu asarni o'qishga tavfsiya qilamiz.✨
📚 SIZ QANDAY KITOBXONSIZ? 👀
Har bir kitobxonning o‘ziga xos odati bor 😄
Qaysi biri sizga mos keladi?
1️⃣ Reja bilan boshlovchi
“Bugundan har kuni 20 bet o‘qiyman!” deysiz… 3 kundan keyin kitob qayerdaligini qidirasiz 😂
2️⃣ Bir o‘tirishda tugatuvchi
“Faqat 10 bet o‘qiyman” deb boshlaysiz…
Keyin qarasangiz — tun yarmi 🌚📖
3️⃣ Stickerchi kitobxon 🌈
Rangli stickerlar, markerlar, chiroyli belgilar… Kitobning o‘zi bezak bo‘lib ketadi 😂
4️⃣ Hamma joyda kitobxon
🚍 Yo‘lda
☕️ Kafeda
🛏 Yotishdan oldin
⏳ Navbatda
— imkon bo‘ldi deguncha kitob qo‘lda!
5️⃣ Kitob tanlashga ko‘p vaqt sarflovchi 😂
O‘qishga 20 daqiqa,
kitob tanlashga 1 soat 😭📚
#Nazmiy
📜 Charx avzoyi bu dam avvalgilarg‘a o‘xshamas,
Kotibu davru raqam avvalgilarg‘a o‘xshamas,
Endi inson qadri ham avvalgilarg‘a o‘xshamas,
Ko‘nglum ichra dardu g‘am avvalgilarg‘a o‘xshamas,
Kim ul oyning hajri ham avvalgilarg‘a o‘xshamas.
Ne uchar yulduzlar o‘tdi chalg‘itib elni juda,
Necha avlod yo‘li-yu umidin aylab behuda,
Davr mezoni bilan tortay bu kun o‘zimni-da,
Ne sitamkim qilsa rahm maxfiy erdi zimnida,
Emdi qilsa ne sitam avvalgilarg‘a o‘xshamas.
Bul Jahon tun birla tong bahs etar bir hujrakim,
Voh, quyosh savdosig‘a shamlar nechuk bo‘ldi hakim,
Ishq, bu - o‘z umrim, anga nechuk qasamlar ichmakim,
Demangiz Shirinu Layli oncha bor ishq ichrakim,
Xo‘blikda ul sanam avvalgilarg‘a o‘xshamas.
Qay kishikim bir ulug‘ ishga etibdi jon nisor,
Shiddati pastu baland kelganda ham bo‘lmaydi or,
Ey falak, hech kimni etma besamar yo‘llarda xor,
Javridin erdi alamlar, emdi tutmish o‘zga yor,
O‘lmishamkim, bu alam avvalgilarg‘a o‘xshamas.
Ona Sharq tojin kiyur! Zulmatda ushlatmang meni,
Bodayi haq mastiman, yolg‘onga uyg‘atmang meni,
O‘z xayolimg‘a qo‘ying, o‘zgaga ishlatmang meni,
Ishq aro Farhod ila Majnung‘a o‘xshatmang meni,
Kim bu rasvoyi dajam avvalgilarg‘a o‘xshamas.
Har kima har xil yozur Arsh Mirzosi sana,
Aylanur oyina bu, hech bitta ish topmas pana,
Nafs ipiga bog‘lidur ruh iplarin uzgan tana,
Ko‘yining ehromidan ko‘nglimni man etmang yana,
Kim anga azmi haram avvalgilarg‘a o‘xshamas.
So‘kmak o‘tganlar ishin notavonlar rasmikim,
O‘z zamonin rost etar qavmi mardsir asli kim,
Shu hayot tilsimlarin ochmoq omonlar kasbikim,
Ey Navoiy qilma Jamshidu Faridun vasfikim,
Shoh Gʻoziyga karam avvalgilarg‘a o‘xshamas.
✍️Omon Matchon
#Iqtibos
Dunyoda yashab, uning ma'nosini anglashga intilmaslik — ulkan kutubxonada kezib yurib, kitoblarning birortasini ham ochmaslik bilan barobardir✍ Den Braun 📚 “Yo‘qolgan ramz”
Kelolmagach qaytib ushbu olamga,
Qo'rqamen, yetmasmiz yor-u hamdamga.
Bu damni g'animat hisob etaylik,
Balki yetolmasmiz hatto bu damga.
Jonimiz bu tanni tark etib ketar,
Ikki g'isht go'rimiz ko'zin berkitar,
Keyin boshqa go'rga g'isht qo'ymoq uchun
Bizning tuproqlarni ezib loy etar.
Dilim bo'lgan edi bitta yorga zor,
U o'zga bir yerda g'amga giriftor.
Men undan o'zimga doru izlasam,
Netay,tabibimning o'zi ham bemor.
O'lik tirik ishin tuzatguvchi sen ,
Tarqoq koinotni kuzatguvchi sen,
Yomon bo'lsam hamki,sening bandangman,
Men nima ham qilay? Yaratguvchi—Sen!
✍️Umar Xayyom
#Nazmiy
📜
Subhlar xo‘playdi patli havoni,
Bir kun yolg‘onchilik qiladi aprel.
Men sening kelishing hech istamayman.
Biroq kel.
Zar ip eshayapti yog‘dular tomib,
Zim-ziyo hovoncha ezg‘alaydi un.
Qavib, taxlab qo‘ydi shoyi ko‘rpani
Sen uchun tun.
Jarangdor soching ham bo‘lar po‘pakli,
Tillaqosh topilar ko‘k sandig‘ida.
Uch gaz bulut kessa bo‘lar chimildiq
Visol tog‘ida.
... Kiprikka ilingan shabnam cho‘gdayin,
Bir kun haqiqatgo‘y bo‘lmadi aprel,
Men sening kelishing hech istamayman,
Biroq kel,
Eshityapsanmi?
Anbar in’om etar senga chechaklar,
Tobe mamlakatdir senga xush chaman.
Men esa chimildiqqa kiraman-u,
Tizzanga bosh qo‘yib yig‘lab olaman.
Eshityapsanmi?
Girdoblar chulg‘aydi patli havoni,
Bir kun o‘zi kabi laqmadir aprel.
Men sening kelishing hech istamayman,
Biroq kel.
✍️Abduvali QUTBIDDIN
📚
[12.08.2026 15:01] Xonqa tumani Axborot-kutubxona Markazi|Rasmiy| 🇺🇿: [ 10 photos ]
📚 «Biz — kitobxon oilamiz!» tanlovi kutubxonamizda boʻlib oʻtdi!
Aholi oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, oilalarda mutolaa muhitini mustahkamlash va maʼnaviy qadriyatlarni ulugʻlash maqsadida kutubxonamizda «Biz — kitobxon oilamiz!» tanlovi tashkil etildi.
Tanlovda ishtirokchi oilalar kitobxonlik maxoratini namoyish etib, oʻzbek va jahon adabiyoti hamda buyuk ajdodlarimiz merosiga oid bilimlari boʻyicha oʻzaro bellashdilar.
✨ Tanlovning asosiy maqsadi:
Oilalarda kitob oʻqish madaniyatini keng ommalashtirish;
Yoshlar va kattalar oʻrtasida kitobga boʻlgan qiziqishni qoʻllab-quvvatlash;
Kitobxonlik orqali mehr-oqibat, odob-axloq va maʼnaviy qadriyatlarni kamol toptirish.
Ishtirok etgan barcha kitobxon oilalarimizga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz!
Sizning kitobga boʻlgan mehr va intilishingiz barchamiz uchun namuna.
Quyida tadbirdan tayyorlangan fotolavhalarni havola etamiz 📸👇
#BizKitobxonOilamiz #Kitobxonlik #Kutubxona #KitobOqaylik #Ma_naviyat #Mutolaa
+9
📚 «Biz — kitobxon oilamiz!» tanlovi kutubxonamizda boʻlib oʻtdi!
Aholi oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, oilalarda mutolaa muhitini mustahkamlash va maʼnaviy qadriyatlarni ulugʻlash maqsadida kutubxonamizda «Biz — kitobxon oilamiz!» tanlovi tashkil etildi.
Tanlovda ishtirokchi oilalar kitobxonlik maxoratini namoyish etib, oʻzbek va jahon adabiyoti hamda buyuk ajdodlarimiz merosiga oid bilimlari boʻyicha oʻzaro bellashdilar.
✨ Tanlovning asosiy maqsadi:
Oilalarda kitob oʻqish madaniyatini keng ommalashtirish;
Yoshlar va kattalar oʻrtasida kitobga boʻlgan qiziqishni qoʻllab-quvvatlash;
Kitobxonlik orqali mehr-oqibat, odob-axloq va maʼnaviy qadriyatlarni kamol toptirish.
Ishtirok etgan barcha kitobxon oilalarimizga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz!
Sizning kitobga boʻlgan mehr va intilishingiz barchamiz uchun namuna.
Quyida tadbirdan tayyorlangan fotolavhalarni havola etamiz 📸👇
#BizKitobxonOilamiz #Kitobxonlik #Kutubxona #KitobOqaylik #Ma_naviyat #Mutolaa
📚 Shukur Xolmirzayev — «O‘n sakkizga kirmagan kim bor» ✨
“O‘n sakkizga kirmagan kim bor...” — bu yoshlikning qaynoq nafasi, xomxayollar, ilk muhabbat va hayot ostonasidagi jiddiy qadamlar haqidagi asar.
O‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi Shukur Xolmirzayev inson qalbining eng nozik torlarini, yoshlik davrining murakkab va qiziqarli kechinmalarini mahorat bilan ochib bergan. 📖 Asar o‘quvchini o‘zining samimiyligi, hayotiyligi va ta’sirchan hikoyalari bilan darhol rom etadi.
Agar o‘zingizning yoshlik davringizni eslashni, qalbiy kechinmalar va hayotiy saboqlarga boy ajoyib asar mutolaa qilishni istasangiz, bu kitob aynan siz uchun!
⏳ Kitob kutubxona fondimizda mavjud! 🏛 Uni o‘quv zalimizdan olib, maroq bilan o‘qishingiz mumkin.
Hamma intiqlik bilan kutayotgan “Katta qizlar” romani haqida gaplashdik! 📚✨
Javlon Jovliyevning yangi romani qanday asar bo‘ladi? Nega u hali nashrga chiqmasidanoq kitobxonlar orasida bunchalik qiziqish uyg‘otdi?
Asarning yozilish tarixi, undagi mavzular va yetti nafar qahramon qizning taqdiri haqida biroz suhbatlashdik.
Siz ham “Katta qizlar”ni kutayotganlardanmisiz?
Xayrli kun, aziz kitobxonlar! 📚
Yangi kun, yangi imkoniyatlar va yangi sahifalar muborak boʻlsin! Kuningiz sermazmun va omadli oʻtsin.
"Yaxshi kitob — xuddi yaxshi suhbatdosh kabidir: u sizni faqat tinglamaydi, balki fikrlashga ham majbur qiladi." — Alisher NavoiyBugun oʻzingiz uchun kichik boʻlsa ham yangi bir bilim kashf etishni unutmang. Ishlaringizga rivoj!
#Tavsiya_etamiz 📚 «Ming bir jon» — Abdulla Qahhor ijodining eng saralari jamlanmasi! ✨ "Adabiyot — bu insonga insonni tanitadigan ko‘zgu." 📖Taniqli o‘zbek yozuvchisi, so‘z san’atining ustasi Abdulla Qahhorning ushbu turkum asarlari o‘zbek adabiyotining oltin fondidan joy olgan! 📜 Bu jamlanmada yozuvchining o‘tkir satira, chuqur psixologizm va xalqona til bilan yozilgan eng mashhur hikoyalari o‘rin olgan. Nima uchun bu kitobni o‘qishingiz kerak? 🤔 🔍 Hayotiy Haqiqat: Abdulla Qahhor asarlarida hayotning har bir lahzasi, oddiy insonlar taqdiri bor bo‘y-basti bilan ko‘rsatiladi. 🧠 O‘tkir Satira va Hazil: Yozuvchi jamiyatdagi illatlarni, insoniy xatolarni nozik hazil va o‘tkir satira orqali ochib beradi, o‘quvchini ham kuldiradi, ham oylashga majbur qiladi. 🖋 Badiiy Mahorat: Qahhorning har bir hikoyasi kichik bir asar emas, balki hayotning katta bir parchasidir. Uning tili sodda, tushunarli va ayni paytda juda boy.
+2
Book photo ⭐
Kitobxonga qarab tur - uning ko'zlari boshqa dunyoni ko'radi.Raxmat demoqchi bólsangiz "❤️" reaksiyasini bosib ketishingiz mumkun!
