Xonqa tumani Axborot-kutubxona Markazi|Rasmiy| 🇺🇿
Open in Telegram
📚Badiiy kitoblar 🎶Audio kitoblar Jahon adabiyoti https://www.instagram.com/xonqa_akm 📮 Takliflar | @Dastonbek_97 📚Buyurtma | @Dastonbek_97 ©️ Xonqa tuman kutubxonasi
Show more313
Subscribers
No data24 hours
-47 days
-6630 days
Posts Archive
Oq libosli ayol
Uilki Kollinz
u ayol saboti va erkak zotining nimalarga erishishi mumkinligi haqidagi hikoya. Go‘yoki shu so‘zlar bilan butun boshli kitob mazmunini anglatadi.
Asarni o‘qir ekansiz, haqiqatan nozik hilqat ayolning saboti va uni qattiq sevgan, hurmat qilgan erkak jasorati, zakosiga duch kelasiz.
Hamma zamonlarda bo‘lganidek, pul, obro‘, hashamatli hayot uchun o‘zgalarning umrini, ko‘nglini, orzu-havaslarini oyoqlari ostida toptaydigan insonlarning manfur yuzini ko‘rish mumkin.
Asarda yana shunday bir g‘oyaning isbotini ko‘rish mumkin - inson qanchalik iste’dodli, idrokli, ayyor bo‘lmasin taqdir hukmidan qochib qutila olmaydi.
Niyatiga yarashasini oladi.
Audiokitob №375
▶️ "Maktub"
✍️ Karimberdi To'ramurod
📎 Hikoya
⛓ Qismlar: 1 ta
🎙 O‘qiydi: Nargiza Mirzayeva
📚 “Mustaqillikning 35 yilligi — Yangi O‘zbekiston yoshlari nigohida”
Hurmatli kitobxonlar va yoshlar!
Sizni kutubxonamizda Vatanparvarlik va ma’rifat kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan ma’rifiy va ijodiy uchrashuvga taklif etamiz.
Ushbu tadbirda yurtimiz mustaqilligi, yoshlarimizning erishayotgan yutuqlari hamda kelajak rejalari haqida samimiy suhbat olib boriladi.
Tadbir dasturidan joy olgan:
Yosh ijodkorlar va faollarning chiqishlari
Mavzuga oid kitoblar taqdimoti
Erkin muloqot va savol-javoblar
Kuy qo'shiq va raqslar sahna ko'rinishlari ijro etiladi
Ma'lumot uchun:
🗓 Sana: Ertaga
⏰ Vaqt: 10:00 (vaqtni o'zgartirishingiz mumkin)
📍 Manzil: Kutubxona binosi
Barcha kitobsevar va faol yoshlarimizni kutib qolamiz! Kelib, o‘z fikr va mulohazalaringiz bilan o‘rtoqlashing!
#Audiohikoya
▶️ Nomi: "O‘qituvchi"
✍️ Muallif: Anton Chexov
💖 Qismlar soni: 1 ta
⛓ Janr: Hikoya
📍 Hajmi: 24 MB
💖 Vaqti: 17 daqiqa
🎤 O‘qidi: Olamgir Abdiyev
Sisoyev nima uchun uning oilasi ta’min etiladi-yu o‘zi emas ekaniga hayratda qolib, nemisga, o‘z o‘rtoqlariga savol nazari bilan qaradi va hammaning tikilib turishida o‘zi yomon ko‘rgan xayrixohlikni va achinishlikni emas, qandaydir boshqacha, qandaydir yumshoq, mayin va shu bilan birga o‘ta ketgan yovuz, dahshatli haqiqatga o‘xshash holatni o‘qidiki, bu uning butun vujudini sovitib yubordi va qalbini g‘azabga to‘ldirdi.
📚 KITOB HAM MAQSADGA O‘XSHAYDI
🎯 Maqsading uchun oxirigacha harakat qilsang – yutasan. Kitobni ham oxirigacha o‘qisang – o‘rganasan. Ba’zi odamlar kitobning yarmiga kelganda zerikib, yopib qo‘yadi. Bu esa hech narsani tushunmaslikka olib keladi.
☝️Aslida muammo kitobda emas – to‘g‘ri kitob va to‘g‘ri muhit tanlanmaganida. Kitobni oxirigacha o‘qimasang, na o‘zingga foyda qilasan, na kitobga. Shu uchun o‘zingni ham, kitobni ham ovora qilib qo‘yma!
📖 Bitta kitobni o‘qib tushunish va amal qilish – 100 ta kitobni tushunmasdan o‘qishdan afzalroq.
Savol bermang qayda eding deb ,
Yuragimni ezmang xadeb,
Qo'ymay deya, yolg'izlatib,
Onajonim yonida edim.
Tebratdilar belanchakda,
Bir qo'li tandir o'choqda,
Yetti bola bir quchoqda,
Onajonim yonida edim.
Yolg'iz qo'ymas edi xech ham,
Farzandlarin Mushfik onam,
Qanday yo'g'iz qo'yay men ham,
Onajonim yonida edim.
Parvona bo'lib bizga onam,
Chekdi tashvish, chekdilar g'am,
Nechun, endi bo'lmay,xamdam,
Onajonim yonida edim.
Tikan kirsa qo'limizga,
Ox, tortgan, yosh olib ko'zga
Quvonchi yo'q bizdan o'zga,
Onajonim yonida edim.
+5
Berilgan kichik ma’lumotlar asosida kitob nomini toping!
# Iqtibos
Insondagi gòzallik bu-yuzdir,yuzdagi gòzallik esa-kòzdir. Ammo insonni inson qilgan bu uning tilidan chiqadigan-sòzdir
Ey dòst, darding nima bòsa bòlsin, Umiding har zamon Alloh bòlsin.
Ey kòngil,ibrat ol, boq xar tushgan yaproqqa, u xam avval kòkdan boqardi tuproqqa.✍ Jaloliddin Rumiy
📚 Kitob: Kichkina shahzoda
✍️ Muallif: Antuan de Sent-Ekzyuperi
📄 Sahifasi: 83 bet
✨ Kitob nima haqida?
Asarda mitti sayyorada yashovchi Kichkina shahzodaning turli sayyoralarga qilgan sayohatlari hikoya qilinadi. U yo‘l davomida turli xarakterdagi insonlarni uchratadi va Yer sayyorasida uchuvchi hamda tulki bilan tanishadi. Asar do‘stlik, muhabbat, vatan va hayotning asl qadri haqida chuqur fikr yuritishga undaydi.
📌 Kitobdan nimalarni o‘rganamiz?
• Do‘stlik va sadoqatning qadrini.
• Vatan va yaqin insonlarning ahamiyatini.
• Hayotga bolalarcha samimiyat va ezgulik bilan qarashni.
📔 Kitob kimlar uchun?
• Falsafiy va ramziy asarlarni sevuvchilar uchun.
• Do‘stlik va insoniy qadriyatlar haqida o‘qishni istaganlar uchun.
• Har qanday yoshdagi kitobxonlar uchun.
✍️ Frans Kafka
📖 Jazo koloniyasida (hikoya)
"Jazo koloniyasida" Frans Kafkaning eng mashhur va muhokamali asarlaridan biridir. Unda adolat, qonun va insoniylik chegaralari haqidagi chuqur falsafiy savollar ko‘tariladi. Hikoya ekzotik bir koloniyada, aybdorlarni g‘ayritabiiy mexanik qurilma orqali jazolovchi serjant va bu jarayonni kuzatish uchun kelgan sayohatchi o‘rtasidagi suhbat orqali rivojlanadi. Asar totalitarizm, repressiya va inson tanasining ekspluatatsiyasi mavzularini o‘rganib, o‘quvchini chuqur mulohazaga chorlaydi.
📚
Inson toʻsiqlar bilan bellashgandagina oʻzligini kashf etadi.
©Antuan de Sent-Ekzyuperi (Insonlar sayyorasi) kitobidan
📚 O‘zlikni anglash uchun ham, o‘zgani bilish uchun ham kitob kerak.
↪️Kitobsiz xalq – ko‘zi bog‘langan odamga o‘xshaydi. Hech narsani ko‘ra olmaydi.
↪️Kitobsiz xalq – ko‘zgusi yo‘q odamga o‘xshaydi. Hech qachon o‘z qiyofasini ko‘ra olmaydi.
Kitob – ko‘z ham, ko‘zgu ham. U bizni o‘zimizga qaytaradi, bizni o‘zimizga tanitadi.
+3
Book photo 👋
Rahmat demoqchi bo'lsangiz
"🔥" reaksiyasini bosib ketishingiz mumkin!
Cho‘qqiga chiqmoq mushkuldir juda,
Og‘ir badali bordir uning ham.
Xudo istamasa, gar behuda
Mehnatlar unut, boshlar bo‘lur xam.
Men chiqdim — ammo cho‘qqi jim edi,
Qalbimda bir armon qoldi hamon.
Bir taraf — yutuq, olqish, sharaf edi,
Bir taraf — yo‘qotish, bitmas bir armon.
Ko‘zlarim quvonchdan yonsa-da gohi,
Yurakda yashirin bir dardim bordir.
Farzandim kelmay turib ketdi go‘yo,
Bu ayriliq hech bitmaydigan zordir.
Yana yo‘lim to‘sdi g‘arazli ko‘ngil,
Yutug‘im kimlargadir bo‘ldi alam.
Men esa jim qoldim — sinmadi ko‘nglim,
Chunki cho‘qqilarda yolg‘izdir odam.
Bugun men angladim: balandlik oson
Ko‘ringani bilan, badali qimmat.
Kimdir yutug‘ingga boqar ekan qon,
Kimdir darding bilan yashar beomon.
Ammo men ortga qaytmayman endi,
Yo‘limda qancha tikon bo‘lsa ham.
Cho‘qqida yolg‘izman — mayli, shundaydir,
Yuragimda Xudo bor ekan haqdir.
📝 Maftuna Sharipova
#Iqtibos
Kitob bamisoli nur, qo'lga oldingmi qo'lingni,o'qisang dilingni yoritadi
Bizdan avval o'tgan donolar bilan bizni yuzma-yuz ko'rishtira oluvchi qudratli kuch kitobdir.
+5
📚 “Jadidlar nigohida Vatan va millat kelajagi”
📍 Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazida “Ma’rifatparvar jadidlar” loyihasi doirasida “Jadidlar nigohida Vatan va millat kelajagi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
📍 Tadbirda nuroniylar, kutubxona xodimlari hamda kitobxonlar ishtirok etdilar. Suhbat davomida jadid bobolarimizning xalqni ilm-ma’rifatga chorlash, yosh avlodni bilimli va vatanparvar etib tarbiyalash, milliy o‘zlikni anglash hamda yurt kelajagi uchun fidoyilik bilan xizmat qilish borasidagi ezgu g‘oyalari haqida fikr almashildi.
📖 Shuningdek, jadidlarning boy ma’naviy merosi, ularning Vatan va millat taraqqiyoti yo‘lidagi sa’y-harakatlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Nuroniylar tomonidan yoshlarni kitobxonlikka, ilm olishga va ajdodlar merosini chuqur o‘rganishga da’vat etuvchi fikrlar bildirildi.
✨ Jadidlar orzu qilgan ma’rifatli va taraqqiyparvar avlodni tarbiyalash — bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.
+9
Xonqa tuman axborot-kutubxona markazida “Yoshlar siyosati va boshqaruvda yoshlar ishtiroki kuni” munosabati bilan yoshlarning jamiyat va boshqaruv jarayonlaridagi faolligini oshirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🎯 Tadbir davomida yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda boshqaruv jarayonlarida faol ishtirokini ta’minlash borasida fikr-mulohazalar almashildi.
Shuningdek, tadbir doirasida yoshlarning rahbarlik va boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan “Bir kunlik rahbar” loyihasi ham tashkil etildi. Loyiha orqali yoshlarga rahbarlik faoliyati, mas’uliyat va jamoa bilan ishlash jarayonlari haqida amaliy tushunchalar berildi.
🌱 Bunday tadbirlar yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish, ularni jamiyat hayotida faol bo‘lishga undash hamda kelajakdagi yetakchilarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbirda madaniyat sohasi xodimlari, XDP mutaxassislari ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot bo'ldi.
+2
Kitobxon bolajonlarimiz uchun🤩
Ta'tilda zerikyapsizmi? Kutubxonamizda yangi qahramonlar sizni kutmoqda!🤗
Yozgi ta'tilni faqat smartfon bilan o'tkazish jonga tegdimi?😔
Unda kutubxonamizga shoshiling! 🏃➡️
Bizga dunyo kezgan, sarguzashtlarga boy eng so'nggi bolalar adabiyotlari yetib keldi.🥳
#Kitob tavfsiya qilamiz
✍️ Said Ahmad
📚 Hijron kunlari
⚙️ Roman
Said Ahmadning "Ufq" trilogiyasiga kiruvchi "Hijron kunlari" romani urush davridagi front orti hayoti, ayollar va qariyalarning sabr-bardoshi, shuningdek, insoniy fojialar haqida hikoya qiladi.
Asar, xususan, buzilgan to‘ylar, ochlik, tinimsiz mehnat va xiyonat kabi og‘ir mavzular orqali o‘quvchini chuqur o‘yga toldiradi. Bu kitob o‘zbek xalqining urush yillaridagi irodasi va umidini tasvirlagan asardir.
Kutubxona fondimizda mavjud ushbu asarni o'qishga tavfsiya qilamiz 😊
