Xonqa tumani Axborot-kutubxona Markazi|Rasmiy| 🇺🇿
Open in Telegram
📚Badiiy kitoblar 🎶Audio kitoblar Jahon adabiyoti https://www.instagram.com/xonqa_akm 📮 Takliflar | @Dastonbek_97 📚Buyurtma | @Dastonbek_97 ©️ Xonqa tuman kutubxonasi
Show more313
Subscribers
No data24 hours
-47 days
-6630 days
Posts Archive
Mutolaa vaqti.✍Yozef Rot 📚Bir muhabbat tarixi ⚙ Hikoya Ba’zi asarlar bor – ularda shiddatli voqealar yoki urushlar yo‘q, ammo inson qalbining eng chuqur torlarini chertib o‘tadi. Avstriya adabiyotining yirik vakili Yozef Rotning ushbu kichik hikoyasi aynan shunday asarlar sirasiga kiradi. 📍 Hikoya ikki insonning o‘tmishda qolib ketgan, ammo yuraklardan o‘chmagan muhabbati haqida. Unda uchrashuv quvonchi, taqdir charxpalagi sabab yuzaga kelgan ayriliq va yillar o‘tib o‘sha begubor tuyg‘ularning xotiraga aylanishi o‘ta nafis bo‘yoqlarda tasvirlangan. Muallif sevgining faqat baxtdan iborat emasligini, ba’zan u shirin va sokin sog‘inch ekanini ko‘rsatib beradi. Insonlar birga bo‘lmasa-da, chinakam sevgi yillar o‘tib ham qalbni ilitishga qodir. Agar siz sokin, chuqur va ruhiyatni tahlil qiluvchi asarlarni xush ko‘rsangiz, ushbu hikoya mutolaasini tavsiya etamiz
Hozirgi kunda kitobxonlar O'zbek adabiyotini ko'p o'qiyabdimi? Jahon adabiyotinimi?
Sen ham bahorlarni axtarib yurma,
Bexishtdan quvilgan nochor azizim.
Boshqa fasllarning borligi röyo,
Bu dunyoda faqat kuz bor, azizim...
Shuhrat Orif
🍁 Xush kelding, bilim va ziyo fasli — Kuz! 📚
Bugun 2-sentyabr — millionlab o‘quvchi va talabalar uchun yangi o‘quv yili start oladigan, hayotimizga yangi maqsadlar, ulkan g‘oyalar va rejalar kirib keladigan maxsus kun.
Kuz — faqatgina tabiatning oltin rengga kirishi emas, balki qalbimizda bilimga bo‘lgan ishtiyoq va yangi marralarni zabt etish istagi jo‘sh uradigan fasldir. Ushbu yangi bosqichda barcha o‘quvchi va talabalarga zarbdor g‘ayrat, tuganmas kuch va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! O‘qish va izlanishlaringizda omad yor bo‘lsin!
✨ 🍂 Salqin oqshomlar, bir finjon issiq choy va maroqli mutolaa... Kuz fasli aynan kitob mutolaasi uchun eng sehrli muhitni yaratadi.
Siz ushbu kuzda qanday kitoblarni o‘qishni rejalashtirgansiz?
Badiiy asarlar, ruhiyatni boyituvchi bitiklar yoki yangi sohalarni o‘rgatuvchi mutolaa?
Izohlarda sevimli kitoblaringiz va tavsiyalaringiz bilan bo‘lishing! 👇
E’LON
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Xonqa tumani axborot-kutubxona markazida 30–31-avgust hamda 1-sentabr kunlari dam olish kunlari hisoblanadi.
Shu munosabat bilan mazkur kunlarda foydalanuvchilarga kutubxona xizmatlari ko‘rsatilmaydi.
2-sentabr, chorshanba kunidan boshlab kitobxonlarga an’anaviy tartibda xizmat ko‘rsatish davom ettiriladi.
Hurmatli kitobxonlar, bayram kunlarini maroqli va mazmunli o‘tkazishingizni tilaymiz!
Ma'muriyat.
Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlanadi
YANA SHE’RIMGA
(Sonet)
She’rim! Yana o’zing yaxshisan,
Boqqa kirsang, gullar sharmanda.
Bir men emas, hayot shaxsisan,
Jonim kabi yashaysan manda.
Yuragimning dardi — naqshisan,
Qilolmayman seni hech kanda!
O’t bo’lurmi ishqi yo’q tanda?
Dardimsanki, she’rim yaxshisan.
Sen orada ko’prik bo’lding-da,
Geyne bilan o’rtoq tutindim.
Lermontovdan ko’mak o’tindim.
Butun umrim sening bo’yningda.
Saharda qon tupursam, mayli.
Men — Majnunman, she’rim, sen — Layli!
— Usmon Nosir
📚
+1
Hurmatli Rahimboy Sobirovich!
Kutubxona sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilib, O'zbekistonda kutubxonachilik sohasini yangi pog'onaga chiqishida, viloyat va tumanlarda axborot-kutubxona muassasalari ko'payishida, kutubxonalarda yosh avlodni vatanparvarlik hamda milliy istiqlol va ijtimoiy taraqqiyot g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda ko'plab ahamiyatli loyihalar bilan bizga ustozlik qilib kelayotgan, bundan tashqari “Mustaqillikning 35 yilligi” esdalik nishoni bilan ham taqdirlangan Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyati axborot-kutubxona markazi direktori Kurbonov Rahimboy Sobirovichning qutlug' tavallud ayyomi bilan Xonqa tumani axborot-kutubxona markazi jamoasi nomidan qutlab, mustahkam sog'lik, ishlarida rivoj, istiqbolli tashabbuslar va g'oyalar ijobatini tilab qolamiz.
+1
#Tanishing yangi adabiyotlar
✍️ Frida Makfadden
📚 O'lim hujrasi
⚙️ Asar
📖 96
Psixologik trillerlar qirolichasi Frida Makfaddendan navbatdagi asabni chidatmaydigan asar: "O'lim hujrasi"
Taliya Kemper o‘z erini vahshiylarcha o‘ldirishda ayblanib, qamoqxonaning eng sovuq va qorong‘u joyi — o‘lim hujrasiga tashlanadi. Oxirgi apellyatsiya ham rad etilgan, qatl ijrosiga atigi bir necha kun qolgan. Lekin Taliya o‘zining mutlaqo begunoh ekanini aytib hayqirmoqda. Eng dahshatli va aqldan ozdiradigan voqea esa oldinda: Taliya qamoqxonada o‘sha "o‘ldirilgan" eriga egizakdek o‘xshash insonni ko‘rib qoladi…
Fondimizda mavjud ushbu asarni o'qishga tavfsiya qilamiz ✨
#Audiosheʻrlar
✍️ Halima Ahmedova
🖋 "Men bilan kulib vidolash"
🎙Gulruh Pirnazarova o'qigan
Men bilan jimgina kulib vidolash,
Koʻzingda gʻam koʻray, baxtga aralash.
Shivirla, nechundir ufq qontalash-
Sen manguga ketayotgan kun.
Yupatma, yupanchlar – nuragan qoya,
Umr muhabbatga emas nihoya.
Rost ekan, ishq bilan oʻlim hamsoya,
Men manguga ketayotgan kun.
Sendan oʻzim bilmas neni kutaman,
Ogʻriqli nafassan, sekin yutaman.
Kel, yaxshisi seni jim unutaman,
Sen manguga ketayotgan kun.
Goʻzal ertaklarni men aldamadim,
Sirli maktubimsan, oʻqiy bilmadim.
Ishon, chin dunyoga hali kelmadim,
Men manguga ketayotgan kun.
Dilimga bosilar xazonlar labi,
Dunyo – qay oshiqning yirtilgan qalbi.
Soʻzsiz ketayapman kengliklar kabi,
Sen manguga ketayotgan kun.
📚 Siz qaysi asar qahramonisiz?..
Ba’zan kitob o‘qib o‘tirib, birdan to‘xtab qolasiz… Chunki satrlar orasida o‘zingizni ko‘rib qolasiz. Go‘yo muallif siz his qilgan og‘riqlarni, yashirgan orzularni, ayta olmagan so‘zlarni yozgandek bo‘ladi…
☝️Balki siz – ichki kurashlardan charchagan, lekin taslim bo‘lmaydigan qahramondirsiz. Yoki hali yozilmagan asarning bosh qahramonisiz… Har bir inson – bu tirik kitob. Unda sinovlar, xatolar, qarorlar bor.
❗️Siz hali oxiri yozilmagan asarsiz
👉 Siz oddiy o‘quvchi emassiz
👉 Siz – o‘z hikoyangiz muallifisiz
❓Siz o‘zingizni qaysi asar qahramoniga o‘xshatasiz?
+2
🇺🇿Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazi direktori Xaticha Avezova mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan “Mustaqillikning 35 yilligi” 🏅esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur yuksak e’tirof Xaticha Avezovaning kutubxona tizimini rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, hamda sohada samarali faoliyat olib borayotganining munosib e’tirofi bo‘ldi.
💐Ushbu yuksak mukofot bilan Xaticha Avezovani samimiy muborakbod etamiz!
Yurtimiz ravnaqi, ilm-ma’rifat va kitobxonlik rivoji yo‘lidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
📚 BIR SAHIFA MA’RIFAT
📖 ERNEST HEMINGWAY — SODDA SO‘ZLAR ORTIDAGI KATTA MA’NO
Ernest Hemingway (1899–1961) amerikalik yozuvchi va jurnalist bo‘lib, XX asr jahon adabiyotining muhim namoyandalaridan biri hisoblanadi. Uning ijodida jasorat, insonning ichki kuchi, hayot sinovlari va tanlov masalalari muhim o‘rin tutadi. Hemingway 1954-yilda Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.📌 Xulosa: Katta ma’no har doim ko‘p so‘z talab qilmaydi; ba’zan sodda ifoda insonni chuqurroq o‘ylashga undaydi.
#iqtibos
Inson bilimga intiladi va qachonki unda bilimga tashnalik so‘nsa, u insoniylikdan mahrum bo‘ladi.
Frityof Nansen
+9
🇺🇿 MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGI — YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARI NIGOHIDA
📚 Vatanparvarlik va ma’rifat kuni doirasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazida yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi vakillari, “Barkamollik” fuqarolar yig‘ini raisi, faol kitobxon yoshlar hamda kutubxona xodimlari ishtirok etdilar.
🇺🇿 Tadbir davomida mustaqillik yillarida yurtimizda amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan ulkan yutuqlar, yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar hamda yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati haqida fikr almashildi.
📖 Shuningdek, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, Vatanimiz tarixi va mustaqillik yillariga oid asarlarni mutolaa qilish hamda ularni keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🎶 Tadbirning badiiy qismida esa faol kitobxon yoshlar tomonidan ona Vatanimizni madh etuvchi she’rlar, kuy va qo‘shiqlar ijro etilib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi. Vatanga bo‘lgan mehr va sadoqatni tarannum etgan chiqishlar tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
🤝 Tadbir yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, daxldorlik va fuqarolik mas’uliyati ruhida tarbiyalash, ularni Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish g‘oyasi atrofida birlashtirishga xizmat qildi.
🇺🇿 Mustaqillik — bebaho ne’mat! Uni asrash, qadrlash va kelajak avlodlarga munosib yetkazish barchamizning sharafli burchimizdir!
#Mustaqillik35yil
#YangiO‘zbekistonYoshlari
#VatanparvarlikVaMa’rifat
#FaolKitobxonlar
#KitobxonYoshlar
#XonqaAKM
+9
🇺🇿 MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGI — YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARI NIGOHIDA
📚 Vatanparvarlik va ma’rifat kuni doirasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Xonqa tumani Axborot-kutubxona markazida yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi vakillari, “Barkamollik” fuqarolar yig‘ini raisi, faol kitobxon yoshlar hamda kutubxona xodimlari ishtirok etdilar.
🇺🇿 Tadbir davomida mustaqillik yillarida yurtimizda amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan ulkan yutuqlar, yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar hamda yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati haqida fikr almashildi.
📖 Shuningdek, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, Vatanimiz tarixi va mustaqillik yillariga oid asarlarni mutolaa qilish hamda ularni keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🎶 Tadbirning badiiy qismida esa faol kitobxon yoshlar tomonidan ona Vatanimizni madh etuvchi she’rlar, kuy va qo‘shiqlar ijro etilib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi. Vatanga bo‘lgan mehr va sadoqatni tarannum etgan chiqishlar tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
🤝 Tadbir yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, daxldorlik va fuqarolik mas’uliyati ruhida tarbiyalash, ularni Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish g‘oyasi atrofida birlashtirishga xizmat qildi.
🇺🇿 Mustaqillik — bebaho ne’mat! Uni asrash, qadrlash va kelajak avlodlarga munosib yetkazish barchamizning sharafli burchimizdir!
#Mustaqillik35yil
#YangiO‘zbekistonYoshlari
#VatanparvarlikVaMa’rifat
#FaolKitobxonlar
#KitobxonYoshlar
#XonqaAKM
+4
#Fondimizda_mavjud Ushbu kitobni fondimizdan olib mutolaa qilishingiz mumkin!Igor Rizov: Psixonayranglar Psixonayranglar bu - haddidan oshgan insonlarni o'z joyiga qo'yishga, shaxsiy chegaralarni himoya qilishga, bahsda g'alaba qozonishga, bitimning qulay shartlarini muhokama qilishga yoki maqsad sari har qanday yo'ldan voz kechmaslikka o'zingizni ishontirishga yordam beradigan oddiy usuldir. O'z-o'zini nazorat qilish va muzokaralarda qanchalik ko'p tajribaga ega bo'lish muhim emas, psixonayranglarning jozibadorligi shundaki, ular har qanday holatda ishlaydi va kam tayyorgarlikni talab qiladi. Ushbu kitob muallifi Igor Rizov - muzokaralar bo'yicha ekspert, to'rtta bestseller asarlar muallifi, "Yilning eng yaxshi biznes kitobi" mukofotining ikki karra g'olibi. U quyidagi holatlar uchun 69 ta psixonayranglarni taklif qiladi: bema'ni izohlarga samarali javob berish; psixologik tajovuzkorlardan himoyalanish; gazlayter (ruxiy bosim)ni yengish; opponent (qarshi taraf)ni muvaffaqiyatli ishontirish; qo'rquv va havotirni yengish; o'zingizni super yutuqlarga erishishga tayyorlash.
