en
Feedback
Студенческий совет ТГМУ | TDTU Talabalar kengashi

Студенческий совет ТГМУ | TDTU Talabalar kengashi

Open in Telegram

Официальный канал Студенческого совета ТГМУ. TDTU Talabalar kengashi rasmiy telegram kanali. Bog'lanish uchun: @TKaloqa_bot

Show more
1 984
Subscribers
No data24 hours
-147 days
-2830 days
Posts Archive
Yetakchi yosh ekologlar va tibbiyot sohasi vakillari uchun seminar-trening ✅O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi
+5
Yetakchi yosh ekologlar va tibbiyot sohasi vakillari uchun seminar-trening ✅O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya Qo‘mitasida respublikamizning yetakchi yosh ekologlari va tibbiyot sohasi vakillari, jumladan, 😏Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-son davolash fakulteti yetakchisi Ayubxon Sirojiddinov va uning jamoasi ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi. Tadbirda 2025-yil “🌳Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” doirasida yoshlarning ekologik va tibbiy mas’uliyatini oshirish, ijtimoiy loyihalarda faollikni rag‘batlantirish hamda sog‘lom va xavfsiz muhit yaratish masalalari muhokama qilindi. Yetakchi yoshlar ekologiya va sog‘liqni saqlash sohasida o‘z loyihalari va takliflarini taqdim etdilar. Ekologik va tibbiy barqarorlik – yoshlar qo‘lida!
Bizni kuzatishda davom eting!
TMA.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

“Yashil makon” va ekologik ta’lim bo‘yicha muhim tashabbuslar 🌱🌍 Bugun “Yashil makon” umummilliy loyihasi hamda yoshlarda e
+2
“Yashil makon” va ekologik ta’lim bo‘yicha muhim tashabbuslar 🌱🌍 Bugun “Yashil makon” umummilliy loyihasi hamda yoshlarda ekologik ta’lim va madaniyatni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-son davolash fakulteti talabasi, Butunjahon yoshlar ofisi rahbari Jasurbek Kamilov Dilshodovich ishtirok etib, COP29 doirasida xalqaro strategiya tasdiqlangani hamda uning ijrosi uchun Butunjahon yoshlar ofisi tarkibida Xalqaro konsultativ qo‘mita tashkil etilganini ta’kidladi. Hozirda qo‘mita Markaziy Osiyo va Turkiy davlatlar yoshlari o‘rtasida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, ularning manfaatlarini himoya qilish va axborot almashuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tizimli ishlarni olib bormoqda. 🌿Ekologik ta’lim va barqaror rivojlanish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimiz davom etadi! 🌍
Bizni kuzatishda davom eting!
TMA.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

🟦🟦🟦 🟦🟦 HURMATLI ILMIY IZLANUVCHILAR! 🗓 Joriy yil 28-fevral kuni, 🔜 14:00 😏 Toshkent tibbiyot akademiyasida "EBSCO hos
🟦🟦🟦 🟦🟦 HURMATLI ILMIY IZLANUVCHILAR! 🗓 Joriy yil 28-fevral kuni, 🔜 14:00 😏 Toshkent tibbiyot akademiyasida "EBSCO host platformasida professional tibbiy ma’lumotlarni qidirish" mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tadi! 🎙 Ma’ruzachilar: Aleksandr Rytov – EBSCO axborot xizmatlarining mintaqaviy vakili; Irina Serjan – EBSCO axborot xizmatlarining mijozlar bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassisi ↪️ Tashkilotchilar - TTA, E-Line Press, EBSCO host 🔴Barcha qiziquvchilarni ishtirok etishga taklif qilamiz! 📍 TTA litseyi, majlislar zali
Hurmat bilan, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi
@ScientificDepartment_TMA

🥱Toshkent tibbiyot akademiyasi . Talabalikning unitilmas lahzalari… TTA MATBUOT XIZMATI
Bizni kuzatishda davom eting!
TMA.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

🥱Toshkent tibbiyot akademiyasi . Talabalikning unitilmas lahzalari… TTA MATBUOT XIZMATI
Bizni kuzatishda davom eting!
TMA.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

📢 “Biz chekishga qarshimiz” – Alfraganus universitetida TTA talabasi tomonidan seminar-trening o‘tkazildi! 🚭Chekish – salom
+13
📢 “Biz chekishga qarshimiz” – Alfraganus universitetida TTA talabasi tomonidan seminar-trening o‘tkazildi! 🚭Chekish – salomatlik uchun jiddiy xavf! 📌Bugun Alfraganus universitetida talabalar uchun “Biz chekishga qarshimiz” mavzusida tibbiy-ma’rifiy seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir Toshkent tibbiyot akademiyasining faol talabasi Sirojiddinov Ayubxon tomonidan tashkil etildi. 🔬 Tibbiy nuqtayi nazardan: •Tamaki tutuni nafas yo‘llarida surunkali yallig‘lanish va o‘pka kasalliklariga sabab bo‘ladi. •Nikotin yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta’sir qilib, gipertoniya va infarkt xavfini oshiradi. •Chekish immunitetni zaiflashtirib, organizmning infeksiyalarga qarshi kurashish qobiliyatini pasaytiradi. •Passiv chekish atrofdagilarga ham zarar yetkazadi, ayniqsa, bolalar va homilador ayollar uchun xavflidir. 📢Seminar davomida talabalar chekishning zararli oqibatlari, unga qarshi kurashish usullari va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha foydali bilimlarga ega bo‘ldilar. 🚀 Sog‘lom kelajak sari birgalikda harakat qilamiz! #TTA #BizChekishgaQarshimiz #Sog‘lomHayot #TTA_FaolTalabasi #AlfraganusUniversiteti
Bizni kuzatishda davom eting!
TMA.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

🇺🇿Milliy libos – millat iftixori! Bugun Milliy liboslar kuni! O‘zbekona an’analar, boy madaniyat va milliy g‘urur timsoli bo‘lgan liboslarimizni ardoqlash va ulardan faxrlanish barchamiz uchun sharafdir. Ozbek milliy libosi – bu nafaqat go‘zallik va nafislik, balki xalqimizning azaliy qadriyatlari va madaniy merosining yorqin aksidir. Milliy libos kiygan insonning mag‘rur qiyofasi, uning o‘z ajdodlari madaniyatiga bo‘lgan hurmat va sadoqatining ifodasidir. Keling, milliy liboslarimizni ardoqlaylik va ularni faxr bilan kiyib yuraylik! #MilliyLiboslarKuni #O‘zbekMadaniyati #An’anaVaQadriyatlar #TTA
Bizni kuzatishda davom eting!
TMA.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

🌿 “Eko-Avlod 2025” oromgohi: ekologik ong va sog‘lom hayot sari🌍 Respublikamizning ilg‘or yosh yetakchilari jam bo‘lgan “Ek
+9
🌿 “Eko-Avlod 2025” oromgohi: ekologik ong va sog‘lom hayot sari🌍 Respublikamizning ilg‘or yosh yetakchilari jam bo‘lgan “Eko-Avlod 2025” oromgohida Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi Salomatlik kuni doirasida maxsus trening o‘tkazdi. Mazkur trening doirasida faol talabamiz Ayubxon Sirojiddinov tomonidan “Stress, depressiya, OIV va OITS” mavzusida ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Faollashtiruvchi mashqlar bilan boshlangan interaktiv sessiya davomida ishtirokchilar ruhiy salomatlik va jiddiy infeksion kasalliklar haqidagi bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Trening davomida stress va depressiyaning sog‘liq uchun xavfli oqibatlari, shuningdek, OIV va OITS bo‘yicha keng tarqalgan miflar va haqiqatlar tahlil qilindi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi. 🌱Ekologik barqarorlik va sog‘lom turmush tarzi – kelajak avlodiga bo‘lgan sarmoya! #TTA #EkoAvlod2025 #Ekologiya #SalomatlikKuni #LiderlarOromgohi #OIV #OITS #Stress #Depressiya
Bizni kuzatishda davom eting!
TMA.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Repost from Grantlar.uz
LSHTM Fund Scholarship: Britaniyada tibbiyot sohasida oʻqish uchun toʻliq grant va yillik 27 ming dollar stipendiya! London g
LSHTM Fund Scholarship: Britaniyada tibbiyot sohasida oʻqish uchun toʻliq grant va yillik 27 ming dollar stipendiya! London gigiyena va tropik tibbiyot maktabi magistratura tibbiyotga oid 20 dan ortiq soha boʻyicha (veterinariya ham bor) oʻqish uchun LSHMT Fund Scholarship grantini taklif etadi. Grant imtiyozlari: – Kontrakt puli toʻliq qoplanadi. – Joylarga borib oʻrganish mashgʻulotlari toʻlovlari qoplanadi. – Yillik 22 000 funt-sterling (taxminan 27 400 AQSH dollari) stipendiya beriladi. Arizalar 2025-yil 6-mart 03:59 gacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/lshtm-fund-scholarship-medicine/ @grantlar

Repost from Edu.uz
#Eslatma ☄️“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi uchun ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling! Arizalar qabuli tugashiga 2 kun qoldi! Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yurtimizdagi iqtidorli yoshlarni kashf qilish maqsadida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovini e’lon qilgan. Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar joriy yilning 20-fevral kuniga qadar https://vorislar.uz/ sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari yoki o‘zi tahsil olayotgan OTM mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin. Tanlovda o‘zining ilmiy-innovatsion ishlanma va loyihalari mavjud bo‘lgan yoshlar (16-25 yosh) ishtirok etadi. Tanlov 3 bosqichda tashkil etiladi va har bir bosqich g‘oliblari tegishli miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar. ☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar: +99894 128-92-62, +99855 520-08-08 (ichki raqam 357).
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

📢E‘LON: TALABALAR DIQQATIGA! To‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar diqqatiga! 2024/2025 o‘quv yili uchun 50% to
📢E‘LON: TALABALAR DIQQATIGA! To‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar diqqatiga! 2024/2025 o‘quv yili uchun 50% to‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati – 2025-yil 20-fevral (shu kuni ham). ‼️Belgilangan muddatgacha to‘lov qilmagan talabalar o‘qishdan chetlashtiriladi. 📌Batafsil ma’lumot uchun
Bizni kuzatishda davom eting!
TMA.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

😏Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari Respublikamizning yetakchi yoshlari uchun tibbiyot bo‘yicha seminarlar o‘tkazildi
+6
😏Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari Respublikamizning yetakchi yoshlari uchun tibbiyot bo‘yicha seminarlar o‘tkazildi “Yetakchilar o‘quv oromgohi” – ekologiya va sog‘lom hayot tarzi targ‘iboti 😏Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari ekologik muammolarni hal qilishda tibbiyotning ahamiyatini tushuntirish bilan birga, yetakchilar uchun sog‘liqni saqlash bo‘yicha seminar va treninglar o‘tkazildi. Trening mavzulari: •Sog‘lom turmush tarzi va uning ahamiyati •Atrof-muhit va inson salomatligi o‘rtasidagi bog‘liqlik •Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari •Ekologik muammolar va ularning sog‘liq uchun xavfi 👨‍⚕️TTA talabalari nafaqat tibbiyot sohasida bilim va ko‘nikmalarini oshirib borishmoqda, balki yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzi va ekologik barqarorlik g‘oyalarini ham targ‘ib qilishmoqda! 😏Toshkent tibbiyot akademiyasi vakillari jamiyat rivojiga ekologik va tibbiy yo‘nalishda o‘z hissalarini qo‘shishda davom etadi! #TTA #Ekologiya #Sog‘lomTurmushTarzi #ShoshilinchTibbiyYordam
Bizni kuzatishda davom eting!
TMA.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

😏Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari “Yetakchilar o‘quv oromgohi”da 🇺🇿O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentl
+6
😏Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari “Yetakchilar o‘quv oromgohi”da 🇺🇿O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va 🇺🇿O’zbekiston Volontyorlar assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “Yetakchilar o‘quv oromgohi”da eko-avlod va ekovolontyorlik yo‘nalishida bo‘lib o‘tdi. O’quv-oromgohda turli mamlakatlardan kelgan ishtirokchilar ekologik barqarorlik, atrof-muhit muhofazasi va ekovolontyorlik bo‘yicha bilim va tajriba almashdi. 😏Toshkent tibbiyot akademiyasining 4 nafar iqtidorli talabasi 3000 nafar Respublikamiz yetakchilari orasidan saralab olinib, ushbu nufuzli o‘quv oromgohida faol ishtirok etdi: 🔹 Sirojiddinov Ayubxon 🔹 Kamilov Jasurbek 🔹 Hakimova Shahzoda 🔹 Ablaqulova Parizoda 🌱Oromgoh davomida yoshlar ekologik muammolar, atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish bo‘yicha muhokamalar olib bordi. #TTA #Ekologiya #YoshlarIshlariAgentligi #VolontyorlarAssotsiatsiyasi
Bizni kuzatishda davom eting!
TMA.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

🟦🟦🟦 🟦🟦 🟦🟦🟦🟦🟦 🥱 Toshkent tibbiyot akademiyasi Sizlarni, 2025-yil 18-aprel kuni bo'lib o'tadigan “Zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzusiga  bag‘ishlangan (off/online) Xalqaro yosh olimlarning ilmiy-amaliy konferensiyasiga taklif etadi. Konferensiya yo'nalishlari: 1. Jarrohlikning dolzarb muammolari va rivojlanish istiqbollari; 2. Terapiyaning dolzarb muammolari va rivojlanish istiqbollari; 3. Onalik va bolalikni muhofaza qilish; 4. Profilaktik tibbiyotning dolzarb muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari; 5. Reabilitatsiya, sport tibbiyoti va an’anaviy tibbiyotning dolzarb muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari; 6. Zamonaviy tibbiyotda IT texnologiyalari; 7. Jamoat sog‘liqini saqlash maktabi va Oliy hamshiralik ishi. Konferensiya 🇺🇿o‘zbek, 🇷🇺rus va 🇬🇧ingliz tillarida o’tkazilishi rejalashtirilgan. ➡️ Konferensiyada ishtirok etish uchun Google 👉forma to‘ldirishingiz 👈 kerak! Dedlayn: 2025-yil 5-aprelga qadar. ↖️Konferensiya o’tkazilish joyi: Toshkent sh., Farobiy, 2-ko‘chasi, TTA akademik litsey zali Hurmat bilan, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi @ScientificDepartment_TMA

👍Toshkent tibbiyot akademiyasi Yoshlar Ittifoqi tomonidan ijodiy tanlov! Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallu
+1
👍Toshkent tibbiyot akademiyasi Yoshlar Ittifoqi tomonidan ijodiy tanlov! Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan tanlovda ishtirok etishga taklif qilamiz! 📌Tanlov yo‘nalishlari: 🗃Videoroliklar – Navoiy va Bobur asarlarining ta’sirchan va ijodiy talqini. 📝Maqolalar – Buyuk mutafakkirlarning ijodiy merosi haqida ilmiy va badiiy fikrlar. 📚Test – “Asarlar bilimdoni” – Navoiy va Bobur asarlari haqidagi bilimlaringizni sinovdan o‘tkazing. 📌Tanlov shartlari: 🔹 Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi: • Fakultet bosqichi – Har bir yo‘nalish bo‘yicha 3 nafar g‘olib akademiya bosqichiga yo‘llanma oladi. • Akademiya bosqichi – G‘oliblar maxsus diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. 🗓Muhim sanalar: •9-fevral – Ijodiy ishlarni topshirishning oxirgi kuni •10-11 fevral – Fakultet bosqichi •12-14 fevral – Akademiya bosqichi 💰Pul mukofotlari: 🏆Har bir yo‘nalish bo‘yicha: 🥇1-o‘rin1 000 000 so‘m 🥈2-o‘rin750 000 so‘m 🥉3-o‘rin500 000 so‘m 🎁Shuningdek, eng yaxshi nominatsiyalar bo‘yicha esdalik sovg‘alari ham topshiriladi! ⬇️Ijodiy ishlarni topshirish uchun bot: 🤖 @YI_TTA_Bot 🏆Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur merosini ulug‘lashda ishtirok eting, g‘oliblik sari intiling! 👍TTA Yoshlar Ittifoqi BT sizning ijodingiz va bilimlaringizni qo‘llab-quvvatlaydi! #TTA #YoshlarIttifoqi #IjodiyTanlov #Navoiy #Bobur
Bizni kuzatishda davom eting!
TMA.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

Repost from PTU Official
Farmatsevtika texnik universitetining "Hayot fanlari olimpiadasi" da ishtirok eting! Kimyo va biologiyadan o'z bilimingizni n
Farmatsevtika texnik universitetining "Hayot fanlari olimpiadasi" da ishtirok eting! Kimyo va biologiyadan o'z bilimingizni namoyish eting. 🖥 1-bosqich: Test sinovlari o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida 2025-yil 21-23-fevral kunlari onlayn tarzda o‘tkaziladi. 🏢 2-bosqich: Muvaffaqiyatli nomzodlar ikkinchi bosqichga taklif etiladi. G'oliblar uchun mukofotlar: 🎓 PTUda Britaniya oliy taʼlim dasturlarida oʻqish uchun GRANT. 🏆 G'oliblar uchun qimmatbaho sovg'alar! 📅 Roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati: 2025-yil 16-fevral 🪪 Roʻyxatdan oʻtish va imtihon sanalari haqida batafsil maʼlumot: https://pharmatechuni.uz/olympiad 📞Aloqa uchun: +998 55 900 05 00 Ro'yxatdan o'ting va bilimingizni namoyish eting! Instagram|Facebook|You tube|Telegram|Website

🔗Ro'yxatdan o'tish uchun: Havola 📌Ro'yxatdan o'tishning so'nggi muddati: 3-fevral, 23:59

Yil boshidan volontyorlik rejalarini tuzamiz! O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston volontyorlari
Yil boshidan volontyorlik rejalarini tuzamiz! O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi hamkorligida mamlakatimiz volontyorlari uchun ilk bor 250 kishilik yirik oromgoh tashkil etilmoqda! 🔎Kimlar ishtirok eta oladi? •Volontyorlik guruhi, maktabi, markazi, universiteti yoki klubi koordinatorlari • “Yil volontyori – 2024” unvoniga sazovor bo‘lganlar 🗓Qachon?- 7-13 fevral, 2025-yil 📍Qayerda?- 🏕Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Yoshlar oromgohi Ishtirokchilarga nimalar taqdim etiladi? •Yo‘l xarajatlariTurar joyOvqatlanish Talablar:16 yoshdan katta bo‘lishYil davomida hududingizda faol volontyorlik qilishOromgohda to‘liq qatnashishO‘zbek, qoraqalpoq yoki rus tillarida erkin muloqot qilish (qo‘shimcha tillarni bilish ustunlik beradi) 📌Muhim! Saralashdan o‘tgan ishtirokchilar bilan tashkilotchilar arizada ko‘rsatilgan raqamlar orqali bog‘lanadi. 🗓Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati: 🕛3-fevral, 23:59, 2025-yil 🔻Eslatma: volontyor.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishingiz shart! #TTA #YoshlarIttifoqi #Volontyorlik #Yoshlar #YetakchilarOromgohi
Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
🌐Telegram | 🌐 Instagram