G‘uzor tumani hokimligi
Open in Telegram
Gʻuzor tumani hokimligining rasmiy telegram kanali. Instagram: https://www.instagram.com/guzorpress?igsh=MWM2ZG4xNDA1dTM5aQ%3D%3D&utm_source=qr YouTube: https://youtube.com/@guzorpress?si=DSCEmJwmiD_NTjj5 WebSite: https://gov.uz/uz/guzor
Show more6 867
Subscribers
-324 hours
-57 days
-5430 days
Posts Archive
Yig‘ilishda mahalla bankirlari va hokim yordamchilarining loyihalar bilan ishlash ko‘nikmalari tanqidiy baholandi.
Ularning aksariyati kimga kredit kerakligi, qaysi loyihani lizing, faktoring, kafolat, sug‘urta, aylanma mablag‘ yoki shartnoma asosida moliyalashtirish mumkinligini tushunmasligi qayd etildi.
Bankirlar va hokim yordamchilari loyiha tayyorlashdan oldin hamon “Garovi bormi?” degan savolni qo‘yayotgani tanqid qilindi.
Tadbirkorlarga kredit ajratishda byurokratik to‘siqlar saqlanib qolayotgani, kreditni qaytarish grafiklari esa biznes turiga moslashtirilmagani ko‘rsatib o‘tildi.
Kreditlarni qaytarish muddatlarini dehqonchilik, savdo va boshqa biznes yo‘nalishlarining o‘ziga xos xususiyatlariga moslashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Oilaviy va yoshlar tadbirkorligi bo‘yicha imtiyozli kredit resurslarini boshqarish vakolati tuman shtablariga o‘tkazilishi belgilandi.
Facebook|Instagram|X
Xorazm misolidagi tahlillar barcha viloyatlarga taalluqli ekani qayd etilib, kambag‘allik bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinishi belgilandi.
Mazkur tizimga muvofiq, “mahalla yettiligi” uchun mas’ul rahbarlar, viloyat va tuman hokimlari hamda banklar kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tadi.
Har bir viloyat va tumanda hokim boshchiligida shtablar tashkil etiladi.
Banklar va bandlikka ko‘maklashish idoralari ushbu shtablarga joylardagi masalalarni hal etishga ko‘maklashadi.
Viloyat, tuman va shahar hokimlari butun iqtisodiy kompleks bilan haftada uch kun faqat kambag‘allik va bandlik masalalari bilan shug‘ullanadi.
Facebook|Instagram|X
Xorazmda o‘rganilgan kambag‘al oilalarda 48 ming nafar bola borligi qayd etildi.
Biroq mas’ullarda ushbu yoshlar bilan alohida shug‘ullanish va ularni hozirdan kasb-hunarga jalb etish bo‘yicha maxsus dastur mavjud emas.
Viloyatning har bir tumanida kamida 1-2 tadan texnikum va 4-5 tadan o‘quv markazi faoliyat yuritayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollariga maktab, texnikum va o‘quv markazlarida kambag‘al oilalar farzandlari uchun qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etish vazifasi belgilandi.
Xorazmda kambag‘al oilalardagi 10 mingdan ziyod ayol bola parvarishi bilan band. Bunday oilalar farzandlarining bog‘cha qamrovi 75 foizga ham yetmasligi ko‘rsatib o‘tildi.
646 nafar kollej o‘quvchisi hamda oliygoh talabasining hududdagi yangi loyihalardan kelib chiqib, dual ta’lim asosida kasbiy ko‘nikmalarini oshirish imkoniyati bor.
Shuningdek, kambag‘al oilalardagi pensiya yoshidagi va nogironligi bo‘lgan 526 nafar insonga ijtimoiy yordamni kuchaytirish orqali parvarish bilan band oila a’zolariga daromadli mehnat bilan shug‘ullanish uchun imkoniyat yaratish mumkinligi ta’kidlandi.
Facebook|Instagram|X
Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, iqtisodiy kompleksning barcha rahbarlari Xorazmda qolib, kambag‘allik bilan ishlash tizimini o‘zgartirish bo‘yicha tahlil o‘tkazdi.
Ikki hafta davomida viloyatdagi 81 ming kambag‘al aholi, ya’ni 19 ming oilaning holati o‘rganildi. Ushbu oilalarda 12 ming ishsiz va 10 ming daromadi past aholi borligi aniqlandi.
Ayni paytda Xorazmdagi tadbirkorlar qurilish sohasiga 4 ming, xizmatlar sohasiga 3 ming va sanoatga 2,5 ming ishchi izlamoqda.
Mas’ullarga ishsiz va kam daromadli aholini korxonalar talabi asosida kasbga o‘qitib, ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini ishga solish vazifasi qo‘yildi.
Mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va kasbga tayyorlash imkoniyatlaridan foydalanish orqali kambag‘al oilalardagi 10-15 ming nafar aholi daromadini oshirish mumkinligi qayd etildi.
Facebook|Instagram|X
Davlatimiz rahbari ayrim hudud rahbarlari qo‘lidagi tayyor resurslardan samarali foydalanib, odamlarni ishli qilishga bilimi yoki toqati yetmayotganini tanqid qildi.
Ular zamonaviy iqtisodiyotdagi tebranishlar va tezkor o‘zgarishlarni to‘g‘ri anglamayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Hududlarda so‘nggi bir yilda tashkil qilingan 86 ming kichik korxonadan 15 mingtasi, ya’ni 17 foizi faoliyatini to‘xtatgan.
Bankdan kredit olib, biznesini yurgiza olmagan 62 ming aholi kreditni qaytarishga qiynalayotgani qayd etildi.
Buning sababi sifatida atigi 1 mingta mahalladagi hokim yordamchisi va mahalla bankiri “loyihaviy yondashuv” asosida ishlashni bilishi ko‘rsatildi.
Facebook|Instagram|X
Yig‘ilishda ajratilgan kredit resurslarining natijadorligi tumanlar kesimida qiyosiy tahlil qilindi.
O‘tgan davrda Sharof Rashidov va Qarshi tumanlariga bir xil – 2 trillion 300 milliard so‘mdan kredit resursi berilgan.
Sharof Rashidov tumanida ushbu mablag‘ hisobidan 30 ming aholi kambag‘allikdan chiqarilgan bo‘lib, bir kishiga o‘rtacha 78 million so‘m to‘g‘ri kelgan. Qarshi tumanida esa 13 ming ehtiyojmandning sharoiti yaxshilanib, bir kishiga o‘rtacha 176 million so‘m sarflangan.
Qamashi va Piskent tumanlariga 1 trillion 100 milliard so‘mdan kredit berilgan. Qamashida 28 ming, Piskentda esa atigi 4,5 ming kambag‘al aholi bu toifadan chiqarilgan.
G‘uzor, Nishon, Muborak, Yangiqo‘rg‘on, Toyloq, Boysun, Oltinsoy, Bandixon, Beshariq, Farg‘ona tumanlari hamda Nurafshon, Bekobod va Yangiyo‘l shaharlarida ham shunday holat kuzatilayotgani aytildi.
Piskentda har bir odamni kambag‘allikdan chiqarishga 250 million so‘m kredit to‘g‘ri kelayotgani aytildi. Vaholanki, boshqa hududda shuncha pulga sanoatda yuqori daromadli doimiy ish o‘rni yaratilayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Facebook|Instagram|X
Yig‘ilishda joylarda natija bo‘lmayotganining asosiy sabablari tahlil qilindi.
“Mahalla yettiligi” uchun mas’ul rahbarlar viloyat, tuman, shahar va mahalladagi xodimlarga qabul qilingan qarorlarni qanday ijro etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar bermayotgani qayd etildi.
Ayrim rahbarlar yaratilgan sharoitlardan to‘g‘ri foydalanish va “yettilik” faoliyatiga xolis baho berishni bilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Tuman va mahallada kambag‘allik hamda ishsizlikka mas’ul xodimlarda hadik borligi, hech kim mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni istamayotgani tanqid qilindi.
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 50 yillik tajribaga ega Xitoy ham zamon talabidan kelib chiqib, quyi tizimga doimiy ravishda aniq ko‘rsatmalar berib borishi ta’kidlandi.
– O‘tgan uch yilda mahallalardagi tadbirkorlik loyihalariga 314 trillion so‘m resurs ajratildi. Lekin kreditlarning kambag‘allikni qisqartirishga ta’siri barcha tumanda birdek sezilmayapti,– dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.
Yil boshida respublikada kambag‘allik darajasi 5,8 foizga tushib, ehtiyojmand aholi soni 2 million 200 ming nafar edi. Hozir bu ko‘rsatkich 1,5 million nafarni tashkil etmoqda.
Ishni to‘g‘ri tashkil qilgan 49 ta tuman va 3 ming 429 ta mahalla ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylanayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Ayni paytda qolgan 159 ta tuman va shahar hamda 5 ming 536 ta mahalladagi mas’ullar faoliyatida natija yetarli emasligi tanqid qilindi.
Davlatimiz rahbari barcha hududlarga bir xil vakolat, resurs va imkoniyat berilganini ta’kidlab, ulardan samarali foydalanish zarurligini qayd etdi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.
—
Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по вопросам выведения на новый этап работы по сокращению бедности и повышению доходов населения.
Facebook|Instagram|X
5-sonli maktabning kechagi va bugungi qiyofasi.
Bugun, «Bilimlar kuni» munosabati bilan ushbu maktab oʻzining zamonaviy va muhtasham koʻrinishida gʻuzorlik oʻquvchilarni bagʻriga oldi.
📱 Ushbu videolavhada maktabning kechagi eskirgan holati va bugungi havas qilsa arzigulik sharoitlari aks etgan.
🫡🫡🫡🫡🫡🫡
🕊 Telegram 📱Instagram
📱 Facebook 📺 YouTube
+9
🇺🇿Gʻuzordagi 5-sonli maktab butunlay yangi qiyofada!
Gʻuzor tumanida Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami keng shodu xurramlik bilan nishonlanayotgan shu kunlarda aholi uchun chinakam quvonchli tuhfalar taqdim etilmoqda.
Ta’lim sohasidagi eng katta tuhfalardan biri — uzoq yillar davomida ta’mirtalab ahvolda boʻlgan 5-sonli umumta’lim maktabining kapital rekonstruksiya qilinib, zamonaviy qiyofaga keltirilishi boʻldi.
🇺🇿G`uzor tumani hokimligi Axborot xizmati
🫡🫡🫡🫡🫡🫡
🕊 Telegram 📱Instagram
📱 Facebook 📺 YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gulchambar qoʻydi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев посетил Научно-просветительский мемориальный комплекс имени Ислама Каримова и возложил венок к подножию памятника Первому Президенту.
#Mirziyoyev #marosim #xotira #BirinchiPrezident
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Murotjon Azimov: “Go’sht narxini arzon qilish uchun, tuyoq sonini ko’paytirish kerak”
Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov G’uzor tumaniga tashrifi davomida, tumandagi “Qorako’lchilik ilmiy nasilchilik tajriba stansiyasi”ni borib ko’rdi.
Viloyat hokimi zamonaviy jihozlangan mobil laboratoriya bilan ham tanishdi, qolaversa tajriba stansiyasining yosh xodimlari bilan suxbatlashdi.
Shuningdek, viloyatda qorako’lchilikni rivojlantirish, bozorlarda go’sht narxini arzonlashtirish borasida, qorako’lchilik xo’jaliklarining taklif va mummolarini eshitdi.
🇺🇿G`uzor tumani hokimligi Axborot xizmati
🫡🫡🫡🫡🫡🫡
🕊 Telegram 📱Instagram
📱 Facebook 📺 YouTube
+8
🇺🇿G‘uzor tumanida ta’lim sohasidagi islohotlar amaliy natijalar bilan davom etmoqda
G‘uzor tumanida ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish, pedagoglar salohiyatini yuksaltirish hamda yoshlarning munosib ta’lim olishini ta’minlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, tumandagi “Mehnatobod” mahallasida joylashgan 5-maktabning 740 o‘rinli binosini mukammal ta’mirlash ishlari olib borildi.
‼️Mazkur ta’lim muassasasida ta’mirlash ishlar 13,9 milliard so‘m mablag‘ hisobiga amalga oshirildi.
Olib borilayotgan mazkur ishlar, tumanda ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun munosib sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlarning amaliy ifodasidir.
🇺🇿G`uzor tumani hokimligi Axborot xizmati
🫡🫡🫡🫡🫡🫡
🕊 Telegram 📱Instagram
📱 Facebook 📺 YouTube
+5
🇺🇿G‘uzorda mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan 35 ta obyekt foydalanishga topshirildi
Qiymati 180,3 mlrd so‘m bo‘lgan ushbu loyihalar natijasida 800 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Bu shunchaki raqamlar emas. Bu — tumanda tadbirkorlik va xususiy sektor rivojlanayotgani, yangi ishlab chiqarish quvvatlari yaratilayotgani, ta’lim va tibbiyot sohalarida zamonaviy sharoitlar barpo etilayotgani, eng muhimi, inson manfaatlari uchun amaliy ishlar amalga oshirilayotganining yorqin ifodasidir.
Amalga oshirilgan ishlar tumanning ijtimoiy sohasi, ta’lim, tibbiyot, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarini qamrab oldi. Shundan 15 ta obyekt davlat mablag‘lari, 20 ta obyekt esa tadbirkorlar va homiylar mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi.
📚Ta’lim sohasida 13 ta maktabda
6 240 ta o‘quv o‘rni yangilandi. Shundan 2 150 ta yangi o‘quv o‘rni tashkil etildi. Maktabgacha ta’lim tizimida 525 ta yangi o‘rin, kasbiy ta’limda esa 300 ta yangi o‘quv o‘rni yaratildi.
🏥 Sog‘liqni saqlash sohasida 2 ta davlat obyekti qayta qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu orqali aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari kengayib, kuniga 100 ta qatnovga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratildi.
🏭 Ishlab chiqarish yo‘nalishida yangi quvvatlar ishga tushirildi. Jumladan, yillik 800 ming m³ temir-beton mahsulotlari va 500 ming dona chinni mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega korxonalar, shuningdek, 50 ming boshli parrandachilik kompleksi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Bundan tashqari, mebellar uyi tashkil etilib, aholiga zamonaviy xizmat va mahsulotlar taklif etish imkoniyati kengaytirildi.
🏢 Xizmat ko‘rsatish sohasida 4 ta obyekt foydalanishga topshirilib, 2 000 o‘rinli xizmat ko‘rsatish quvvati yaratildi. Ushbu loyihalar natijasida 135 ta yangi ish o‘rni tashkil etildi.
Shu bilan birga, tumanda aholining ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi kutubxona, sport va kasbga o‘qitish obyektlari ham foydalanishga topshirildi.
Mazkur loyihalar G‘uzorda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, xizmatlar sifatini oshirish va yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirishga qaratilgan.
Mazkur obyektlarning tantanali ochilishida Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov, G`uzor tumani hokimi Bekzod Suyunov hamda qator rasmiylar, nuroniylar ishtirok etdi.
🇺🇿G`uzor tumani hokimligi Axborot xizmati
🫡🫡🫡🫡🫡🫡
🕊 Telegram 📱Instagram
📱 Facebook 📺 YouTube
+6
🇺🇿G‘uzordagi ixtisoslashtirilgan maktab zamonaviy qiyofa kasb etdi
‼️G‘uzor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab 14 milliard so‘m mablag‘ evaziga mukammal ta’mirlanib, zamonaviy qiyofa kasb etdi.
Maktab 336 o‘rinli bo‘lib, unda 34 ta o‘quv xonasi, jumladan, matematika, ingliz tili, fizika, biologiya, kimyo, informatika va robototexnika fanlari uchun zamonaviy laboratoriya hamda maxsus jihozlangan xonalar mavjud.
Shuningdek, ta’lim muassasasida 171 o‘rinli yotoqxona va 220 o‘rinli oshxona barpo etilgan.
Ta’lim maskanida 25 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda.
E’riborli jihati shuki, mazkur maktabning 13 nafar o’qituvchisi 1 000 AQSH dollaridan ortiq maosh olsa, 4 nafari 2 000 AQSH dollariga yaqin maosh oladi.
Zamonaviy moddiy-texnik baza, malakali pedagoglar va yaratilgan qulay sharoitlar o‘quvchilarning puxta bilim olishi hamda xalqaro va milliy tanlovlarda yuqori natijalarga erishishi uchun keng imkoniyat yaratmoqda.
Mukammal ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy qiyofa kasb etgan mazkur Iqtisoslashtirilgan maktab - internatining ochilish marosimida, Qashqadaryo viloyat hokimi Murodjon Azimov, G’uzor tumani hokimi va boshqa rasmiylar, mahalla faollari ishtirok etdi.
🇺🇿G`uzor tumani hokimligi Axborot xizmati
🫡🫡🫡🫡🫡🫡
🕊 Telegram 📱Instagram
📱 Facebook 📺 YouTube
+5
🇺🇿G‘uzorda mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan 35 ta obyekt foydalanishga topshirildi
Qiymati 180,3 mlrd so‘m bo‘lgan ushbu loyihalar natijasida 800 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Bu shunchaki raqamlar emas. Bu — tumanda tadbirkorlik va xususiy sektor rivojlanayotgani, yangi ishlab chiqarish quvvatlari yaratilayotgani, ta’lim va tibbiyot sohalarida zamonaviy sharoitlar barpo etilayotgani, eng muhimi, inson manfaatlari uchun amaliy ishlar amalga oshirilayotganining yorqin ifodasidir.
Amalga oshirilgan ishlar tumanning ijtimoiy sohasi, ta’lim, tibbiyot, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarini qamrab oldi. Shundan 15 ta obyekt davlat mablag‘lari, 20 ta obyekt esa tadbirkorlar va homiylar mablag‘lari hisobidan amalga oshirildi.
📚Ta’lim sohasida 13 ta maktabda
6 240 ta o‘quv o‘rni yangilandi. Shundan 2 150 ta yangi o‘quv o‘rni tashkil etildi. Maktabgacha ta’lim tizimida 525 ta yangi o‘rin, kasbiy ta’limda esa 300 ta yangi o‘quv o‘rni yaratildi.
🏥 Sog‘liqni saqlash sohasida 2 ta davlat obyekti qayta qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu orqali aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari kengayib, kuniga 100 ta qatnovga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratildi.
🏭 Ishlab chiqarish yo‘nalishida yangi quvvatlar ishga tushirildi. Jumladan, yillik 800 ming m³ temir-beton mahsulotlari va 500 ming dona chinni mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega korxonalar, shuningdek, 50 ming boshli parrandachilik kompleksi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Bundan tashqari, mebellar uyi tashkil etilib, aholiga zamonaviy xizmat va mahsulotlar taklif etish imkoniyati kengaytirildi.
🏢 Xizmat ko‘rsatish sohasida 4 ta obyekt foydalanishga topshirilib, 2 000 o‘rinli xizmat ko‘rsatish quvvati yaratildi. Ushbu loyihalar natijasida 135 ta yangi ish o‘rni tashkil etildi.
Shu bilan birga, tumanda aholining ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi kutubxona, sport va kasbga o‘qitish obyektlari ham foydalanishga topshirildi.
Mazkur loyihalar G‘uzorda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, xizmatlar sifatini oshirish va yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirishga qaratilgan.
Mazkur obyektlarning tantanali ochilishida Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov, G`uzor tumani hokimi Bekzod Suyunov hamda qator rasmiylar, nuroniylar ishtirok etdi.
🇺🇿G`uzor tumani hokimligi Axborot xizmati
🫡🫡🫡🫡🫡🫡
🕊 Telegram 📱Instagram
📱 Facebook 📺 YouTube
+6
🇺🇿G‘uzordagi harbiy qismda “Bitta askar — bitta kasb” tamoyili asosida o‘quv markazi ish boshladi
G‘uzor tumanidagi harbiy qismlardan birida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish, ularning bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan yangi o‘quv markazi foydalanishga topshirildi.
Mazkur markazda muddatli harbiy xizmatchilar xizmat davomida harbiy va jismoniy tayyorgarlik bilan bir qatorda, kasb-hunar egallash, kompyuter savodxonligini oshirish hamda xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Mashg‘ulotlar tajribali mutaxassislar ishtirokida zamonaviy va interaktiv usullarda tashkil etiladi.
Mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan muddatli harbiy xizmatni yoshlar uchun “muvaffaqiyat yo‘li”ga aylantirish g‘oyasining G‘uzordagi amaliy ifodasidir.
Davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida muddatli harbiy xizmatni faqat harbiy tayyorgarlik bilan cheklab qolmasdan, yoshlarni mehnat bozoriga va mustaqil kasbga tayyorlashning muhim bosqichi sifatida tashkil etish zarurligi ta’kidlangan edi.
‼️Yangi o‘quv markazining tantanali ochilish marosimida Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov, G’uzor tumani hokimi Bekzod Suyunov hamda boshqa rasmiylar ishtirok etib, markaz faoliyatiga rasman start berdi.
🇺🇿G`uzor tumani hokimligi Axborot xizmati
🫡🫡🫡🫡🫡🫡
🕊 Telegram 📱Instagram
📱 Facebook 📺 YouTube
+6
🇺🇿🇺🇿G‘UZOR TUMANIDA “TASHABBUSLI BUDJET”NING 2026-YIL 2-MAVSUMIDA 7 TA LOYIHA G‘OLIB BO‘LDI
📊Fuqarolarning faol ishtiroki natijasida “Tashabbusli budjet” loyihasining 2026-yilgi 2-mavsumida G‘uzor tumanidan 7 ta loyiha g‘olib deb topildi.
G‘olib loyihalarning har biri 1 milliard 647 million 810 ming so‘m mablag‘ bilan moliyalashtiriladi.
1-o‘rin — 11 662 ovoz
📌Eski Bog‘ MFY, Tug‘al qishlog‘i ichki yo‘llarini davlat standarti asosida asfalt qilish.
2-o‘rin — 10 413 ovoz
📌Mevazor MFY, Yangi-Subah ko‘chasidagi 3 231 metr yo‘lga asfalt qoplamasi yotqizish.
3-o‘rin — 10 350 ovoz
📌Mevazor MFY, Qayirma qishlog‘idagi Qatortol, Obod va Mo‘minobod ichki ko‘chalarini asfaltlash.
4-o‘rin — 9 542 ovoz
📌Mo‘minobod MFY hududidagi ichki ko‘chalarni asfalt qoplamasi bilan qoplash.
5-o‘rin — 8 954 ovoz
📌Sherali MFY ichki yo‘llarining 3 200 metr qismini asfalt qoplamasi bilan ta’mirlash.
6-o‘rin — 8 619 ovoz
📌Jonbuloq MFY, Jonbuloq qishlog‘i ichki yo‘llarini asfalt qoplamasi bilan qoplash. Mazkur loyiha 2 500 nafardan ortiq fuqaroga qulaylik yaratadi.
7-o‘rin — 7 819 ovoz
📌Dashtobod mahallasidagi Gulzor, Ma’rifat, Obod, Bo‘ston va Mehnatobod ko‘chalarining 3 000 metr qismini asfaltlash.
🛣Natijada tumandagi 7 ta mahallada ichki yo‘llar infratuzilmasi yanada yaxshilanadi.
🤝Ushbu natija — fuqarolarning o‘z hududidagi muammolarni hal etishdagi faolligi va tashabbuskorligining amaliy ifodasidir.
“Tashabbusli budjet” — xalq tashabbusi, xalq tanlovi va xalq manfaati uchun!
🫡🫡🫡🫡🫡🫡
🕊 Telegram 📱Instagram
📱 Facebook 📺 YouTube
