cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Karim Raximov

Yo asling kabi ko'rin, Yo ko'ringaning kabi bo'l! Jaloliddin Rumiy #freepalestine https://sites.google.com/view/karimrakhimov/home

Show more
Advertising posts
1 390
Subscribers
No data24 hours
+127 days
+5230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Kriptografiya va Matematika Yaqin insoningiz bilan boshqalar tushunmaydigan qilib gaplaringizni shifrlab gapirib ko'rganmisiz? Shuni o'zi kriptografiyadi shifrlashning bir ko'rinishi. Shifrlash anchadan buyon juda dolzarb hisoblanadi va ayni damda esa super dolzarb. Kriptografiyaga yaqinda qiziqib oz oz o'rganib boshlagan edim. Lekin ajoyib yosh matematiklarimizdan biri Dr. Aliyev Abdurahmon mendan oldin qiziqib ancha narsa o'rganib qo'yibdi. Bugun Fikratda shu haqida suhbatlashdik. Matematikani zamonaviy kriptografiyadagi roli juda katta ekanligini ushbu ko'rsatuvda oz bo'lsada anglab olishingiz mumkin deb umid qilaman: https://www.youtube.com/live/8Dr2G9F4BTs?si=vQ21ZxQ4MLKTPKgK @karimraximov
Show all...
👍 45 10👏 5🔥 3
Repost from Sodiq School
2-son ❤️‍🔥Bu safargi podkastimizda ayrim muammolarga matematiklar nuqtayi nazaridan fikr bildirishga harakat qildik. O‘zbekistonda xalqaro darajadagi matematiklar bormi? Ular yiliga qancha pul topa olishi mumkin? Xalqaro matematik olimpiadani nega yuta olmaymiz? Finlandiya yoki Singapur? Qaysi birining ta’lim tizimi biz uchun ma’qul? Shu kabi savollarga quyidagi spikerlar javob berishadi: Karim Rahimov – V. I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti yetakchi ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari doktori. Sardor Bazarboyev – bir necha xalqaro olimpiadalar g‘olibi, xalq ta’limi a’lochisi, matematikaga oid kitoblar muallifi. Azimjon Mahmudov – "Sodiq School" maktabi matematika va SAT fani ustozi, “Abituriyent” gazetasi va kitobi muallifi. Hasanxo‘ja Muhammad Sodiq – "Sodiq School" maktabi asoschisi, matematika fani ustozi. P.S. bundan keyin buxanka trendga chiqsa kerak. 🕸To'liq videoni ko'rish uchun https://youtu.be/oQhNtTutVhc
Show all...
👍 41🔥 8 5 2😁 1🏆 1
Inson uchun oddiy lekin robot uchun murakkab! Bilasizmi kundalik hayotda inson miyasi murakkab darajadagi matematikaga tayanib ishlaydi, lekin insonning o`zi buni uncha his qilmaydi. Eng sodda misol: Barchamiz katta yo`llarni kesib o`tganmiz, ayniqsa bizda odatiy hol bo`lgan svetofor ishlamay qolganda bu ishni amalga oshirish ancha diqqat talab qiladi, lekin inson odatda vaziyatni tez tahlil qiladi va o`zi uchun optimal vaqt topib yo`lni kesib o`tadi. Aynan shu vaziyatda robot shu ishni bajarishi uchun nima qilishi kerak bilasizmi? U yo`lni kesib o`tishdagi optimal vaqtni topish uchun xususiy hosilali differensial tenglama yechishiga to`g`ri keladi, bu esa oddiy hisob kitob emas, bu murakkab darajadagi matematika. Inson bu o`zini haligacha to`liq anglay olmagan bir mo`jiza. O`zimizni oz bo`lsada anglay olish undan tashqari dunyoda o`z o`rnimizni munosib egallash uchun kompleks bilim kerak bo`ladi, bu uchun esa ilm olishdan, murakkab bo`lsada yuqori darajadagi aniq fanlarni o`rganishdan to`xtamaslik kerak. O`zimiz o`rgana olmasak ham hech bo`lmaganda shu fanlar muhimligini his qilishimiz va yoshlarni aniq fanlarni chuqur o`rganishga targ`ib qilishimiz lozim. @karimraximov
Show all...
88👍 63 10🔥 2👏 2💯 2
Ramazon hayiti barchamizga muborak bo'lsin! Alloh vatanimizga tinchlik bersin barchamizni iymonimizni mustahkam qilsin, xalqimizga ilm bersin, musofirlarimizga kuch quvvat bersin, zolimlarga insof bersin va tez orada bizni ozod Falastin bilan mukofotlasin! @karimraximov
Show all...
👍 81🔥 28👏 8 4 2
Ozginadan keyin Fikrat dasturida Fraktallar haqida gaplashamiz: https://www.youtube.com/live/Igh0gckoZ80?si=ruPOwo_rTKKbFSSh @karimraximov
Show all...
👍 39 14🔥 10🏆 4👏 2 1💯 1
Sen ratsional emassan, irratsionalsan, buni bilish uchun necha necha matematiklar umrini senga bag`ishladi. Seni verguldan keyingi sonlaringni topish uchun qanchadan qancha matematiklar doiraga ichki va tashqi ko`pburchaklar chizib yuzalarni solishtirdi. Seni yetarlicha aniqlikda topish uchun 2^62-burchakni yuzi bilan ishlashlariga to`g`ri keldi. Lekin Nyuton seni yetarlicha aniqlikda topishning eng yaxshi usuli bo`lgan qatorni integrallash usuli bilan seni aniqlashni o`ylab topdi va Matematik analiz rivojlanishiga katta poydevor qo`ydi. Hozir kompyuterlar seni verguldan keyingi millionlab raqamlaringni topyabdi, lekin bu ham seni to`liq anglash imkonini bermaydi, sen takrorlanmassan. Bugun sening kuning (03.14), lekin o`zing bilmaysan janob π=3.14159265... Xalqaro matematiklar kuni bilan barchani tabriklayman, doimo π sonidek muhim, murakkab va o`rganilishga arziydigan bo`lib yuring! @karimraximov
Show all...
135👏 51👍 34🤣 6 5😁 4🔥 2
Kirib kelgan Ramazon oy barchamizga muborak bo'lsin!!! @karimraximov
Show all...
👍 138🔥 24 7 2👏 2🏆 2
#aynidamda #live Hakimjon bilan O'zbekiston Milliy Universitetida! @karimraximov
Show all...
👍 102👏 9 4🔥 3🤣 3🏆 3
O'zbekistonga kelganimga 1 oydan oshdi. Chetda ko'p yurganimdanmi yaqingacha o'zimni haliyam O'zbekistonda emas chetdadek his qilib yurgandim, ko'nikish qiyin bo'layotgandi. Bugun jamoamiz bilan qizg'in ilmiy seminar qilib turganimizda eshik ochilib "doskalatta olsam bo'ladimi" deb so'rab kelishganda o'zimni haqiqiy ma'noda O'zbekistonda his qildim😂. @karimraximov
Show all...
🤣 247😁 20👍 11🏆 4👏 1💯 1
ICTP Diploma dasturiga hujjatlar qabuli davom etayapti! O`zbekiston matematik va fizik (va boshqa sohalar, quyidagi linkdan tanishing) talabalari uchun yaxshi dastur bo`lgan ICTP diploma dasturi navbatdagi akademik yil uchun hujjatlari qabul qilishni davom ettirayapti. Bu dastur Yevropa universitetlari phd dasturlariga tom ma'noda ko`prik vazifasini o`tuvchi dastur bo`lib ko`pgina o`zbek olimlari shu dasturni muvaffaqqiyatli tamomlab Yevropa va Amerikaning bir qator yuqori darajali universitetlarida PhD grandlarini yutishgan. Ushbu dasturga bakalavr bosqichi 4-kursida tahsil olayotgan yoki tugatgan talabalar yoki magistraturada tahsil olayotgan yoki bitirganlar topshirishi mumkin. Topshirish uchun link: https://www.ictp.it/news/2024/2/call-applications-postgraduate-diploma-programme Deadline 15-mart. @karimraximov
Show all...
👍 33🔥 6 1🏆 1