cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

"Kamalak" Yulduzlari

Respublika "Kamalak" bolalar tashkilotining "Kamalak" Yulduzlari bolalar ijodiyoti festivali tanlovining rasmiy sahifasi 📩Murojaat uchun: @kamalakmurojaat_bot ✔️Rasmiy sahifamiz: @kamalakbt_uz

Show more
The country is not specifiedThe language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
345
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ "Kamalak yulduzlari" bolalar ijodiyoti festivalining hududiy bosqichlariga start berildi ❗️Eslatib o'tamiz, festivalning hududiy bosqichlarida g'olib bo'lgan ishtirokchilar to'g'ridan-to'g'ri respublika laureati hisoblanadi. Barcha ishtirokchilarga jamoamiz nomidan omad tilaymiz! Sahifamiz: ⭐️ @kamalakyulduzlari
Show all...
Tanlovga jamoaviy tartibda ro‘yxatdan o‘tish uchun anketaning elektron varianti bilan tanishib chiqing. Sahifamiz: ⭐️ @kamalakyulduzlari
Show all...
ANKETA (jamoaviy).pdf1.73 MB
Tanlovga yakka tartibda ro‘yxatdan o‘tish uchun anketaning elektron varianti bilan tanishib chiqing. Sahifamiz: ⭐️ @kamalakyulduzlari
Show all...
ANKETA (yakka).pdf1.49 MB
"Kamalak Yulduzlari" tanlovi nizomini e'tiboringizga havola etamiz. 🙌 Do‘stlaringizga ulashing Sahifamiz: ⭐️ @kamalakyulduzlari
Show all...
Kamalak Yulduzlari nizomi.pdf4.64 KB
“Kamalak” yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivaliga arizalar qabuli boshlandi 💪 Аziz bolalar, madaniyat, adabiyot va sanʼat sohasidagi iqtidoringizni namoyish etish vaqti keldi. 📩 Hoziroq tanlovga maktabingiz direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o‘rinbosariga murojaat qilish orqali ro‘yxatdan o‘ting. Ro‘yxatdan o'tish uchun Siz, maktabingiz direktori o‘rinbosari orqali O'zbekiston yoshlar ittifoqining tuman (shahar) Kengashiga tanlov anketasini yakka yoki jamoaviy tarzda to‘ldirib taqdim etishingiz lozim. 🔰Tanlovga 6 yoshdan 15 yoshgacha boʼlgan ijodkor bolalar yakka, jamoaviy tarzda, 6 ta yo‘nalishdan birini tanlagan holda ishtirok etishlari mumkin. Tanlovning o‘tkazilish tartibi haqida nizom bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqing. 📩 Anketani yuklab olish uchun havola: • Yakka Jamoaviy #KamalakYulduzlari #start @kamalakyulduzlari
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Tayinlov! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputati Baratova Madina Xasanovna – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengash raisi o‘rinbosari, “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi etib tayinlandi. Madina Xasanovna 1986-yil 22-dekabrda Buxoro viloyati, Buxoro shahrida tug'ilgan. Ma’lumoti oliy, 2008-yilda Buxoro davlat universitetini tamomlagan. 💐 Jamoamiz va mamlakatimizning barcha Sardorlari nomidan Madina Xasanovnani yangi lavozim bilan tabriklaymiz! "Kamalak" bolalar tashkiloti oilasiga xush kelibsiz! #tayinlov Bizning sahifamiz: • @kamalakbt_uz 👈
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
“Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalining hududlardagi gala-konsertlari bo‘lib o‘tadi! «O‘zbekiston yoshlari forumi» doirasida 17-18-20-22-dekabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri markazlarida “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalining gala-konsertlari tashkil etiladi. Tadbir har yili an'anaviy tarzda o‘tkaziladi. Undan ko‘zlangan maqsad — iqtidorli bolalarning ijodi hamda tashabbuslarini keng ommaga, ayniqsa, bolalar orasida targ‘ib etish, yosh havaskor va professional ijodkorlarning faoliyatini rag‘batlantirishdan iboratdir. Unda yurtimizdagi iqtidorli bolalar o‘z qobiliyatlari doirasida bellashadilar. #kamalakyulduzlari @kamalakyulduzlari
Show all...
🌈 “Kamalak” bolalar tashkilotining VI Rayosat yig‘ilishida “Sardorlar Kengashi saylovi” Nizomi tasdiqlandi. Nizomga asosan, bundan keyin Sardorlar saylovining Respublika bosqichi may oyida o'tkaziladi. ✅ Shu sabab, 2019-2020-o'quv yilida faoliyat olib borgan Respublika sardorlari 2021-yil may oyiga qadar Respublika sardorligiga quyidagi nomzodlarni tavsiya etishdi: ✊ Marjona Jo‘raqulova — Respublika Ittifoq sardori ✊ Islomali Ibrohimov — Respublika “Kamalak” sardori ✊ Ruxsora Shаkirova — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining Sardorlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi ✊ Zohidjon Malikov — “Kamalak” bolalar tashkiloti Axborot xizmati rahbari, Respublika Matbuot va media yo'nalishi sardori ✊ Boymurod Yunusov — Respublika “Munozara” klubi koordinatori 🤝O’zbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkiloti mas’uliyatli vazifa va ishonch bildirilgan yosh liderlarni qutlaydi va faoliyatiga muvaffaqiyat tilaydi. @kamalakbt_uz 👈
Show all...
Respublika "Kamalak" bolalar tashkiloti Maslahat Kengashi tashkil etishda sizning fikringiz qanday?Anonymous voting
  • Ha, yaxshi bo'lardi
  • Yo'q, shart emas
0 votes
"Ittifoq" Sardori o'rniga "Sardorlar Kengashi raisi" nomini to'liq rasmiy tarzda joriy etish taklifiga sizning fikringiz qanday?Anonymous voting
  • Ha, yaxshi bo'lardi
  • Yo'q, oldingi nom yaxshi
0 votes