en
Feedback
©Husniddin Isakov

©Husniddin Isakov

Open in Telegram

🇺🇿 O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Axborot xizmati rahbari • https://linktr.ee/isakovxusniddin

Show more
1 061
Subscribers
+124 hours
-187 days
-2230 days
Posts Archive
Samarqanddagi XII global konferensiya o‘z yakuniga yetdi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Yosh parlament aʼzolarining XII global konferensiyasi o‘z ishini yakunladi. Yopilish marosimida anjumanning yakuniy deklaratsiyasi o‘qib eshittirildi. Hujjatda inson huquqlarini himoya qilish, iqtisodiy bandlikni taʼminlash, barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish, shuningdek, raqamli xavfsizlik va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi. To‘liq nutq — videoda. #12IPU #Samarqand @isakovxusniddin

⚡️Samarqand shahrida Parlamentlararo ittifoqning Yosh parlament aʼzolarining XII global konferensiyasi bo’lib o’tmoqda. #12IPU #Samarqand @isakovxusniddin

Mustaqillik bayramimiz munosabati bilan generatsiya qilgan Yangi O‘zbekiston monumenti rasmidan foydalanishingiz uchun sizlar
+1
Mustaqillik bayramimiz munosabati bilan generatsiya qilgan Yangi O‘zbekiston monumenti rasmidan foydalanishingiz uchun sizlarga ham ulashmoqchiman. ✨🇺🇿 Sifatli varianti izohda 👇

🇺🇿To‘xtatib bo‘lmaydigan kuch — Yangi O‘zbekiston avlodi! Biz bu kunlarga shunchaki kelib qolmadik — bu kunni kimdir kutdi, kimdir orzu qildi, kimdir esa shu orzusi uchun kurashdi. Bugun esa o‘sha orzuning davomchilari aynan bizmiz!  Mustaqillik bizga berilgan shunchaki tarix emas, bu biz davom ettiradigan buyuk kelajakdir. Ilm-fan, IT, sport, tibbiyot, startaplar, xalqaro minbarlar va har bir mahallada o‘zining shijoati bilan qadam tashlayotgan Yangi O‘zbekiston yoshlari — bu yurtning haqiqiy quvvati va intellektual qiyofasidir.  #Mustaqillik35 @isakovxusniddin

Aziz yurtdoshlar! 🇺🇿 Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi barchamizga muborak bo‘lsin! Mustaqillik — bu shunchaki sana ema
Aziz yurtdoshlar! 🇺🇿 Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi barchamizga muborak bo‘lsin! Mustaqillik — bu shunchaki sana emas, bu o‘zligimizni anglash, orzularimizga erishish va kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan yaratish baxtidir. Bugun har birimizning intilishimiz, ilmimiz va erishayotgan natijalarimiz Yurtimiz qudratining ajralmas qismiga aylanmoqda. Tinchligimiz bardavom, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! ✨ @isakovxusniddin

Tinchlik.mp33.68 MB

Suno.Ai yordamida tayyorladim @isakovxusniddin

Mustaqillik sadosi 2 version.mp32.22 MB

Bobolarimiz siymolari dron shouda!

Prezident Shavkat Mirziyoyev o’z nutqida O’zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini yod etdi:
Mana shu tarixiy sanada o‘tgan 35 yil davomida mustaqilligimizni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan barcha marhum yurtdoshlarimizning fidokorona mehnati va jasoratini yana bir bor e’tirof etishni joiz, deb bilamiz. Birinchi Prezidentimiz, atoqli davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasini ehtirom bilan yod etamiz.

#Brifing ✅Yoshlar ishlari agentligi tizimida murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, aholining ariza va shikoyatl
#Brifing ✅Yoshlar ishlari agentligi tizimida murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, aholining ariza va shikoyatlariga sabab bo‘layotgan tizimli muammolarni tahlil qilish hamda ularni manzilli hal etish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi. Brifingda murojaatlar bilan ishlash intizomini kuchaytirish, har bir masalaga mas’uliyat bilan yondashish hamda yoshlar va aholi muammolarini o‘z vaqtida ijobiy hal etish bo‘rasida belgilangan ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Batafsil: gov.uz/yoshlar @isakovxusniddin

Bugun Yoshlar ishlari agentligi tizimida murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, aholining ariza va shikoyatlarig
Bugun Yoshlar ishlari agentligi tizimida murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, aholining ariza va shikoyatlariga sabab bo’layotgan tizimli muammolarni tahlil qilish va ularni manzilli hal etish to’g’risidagi ma’lumotlar yuzasidan brifing o’tkazdik. Bu Axborot xizmati rahbari sifatodagi ilk brifingim, brifingni ertaga agentlikning YouTube sahifasida e’lon qilamiz. @isakovxusniddin

Rasmiy munosabat ❗️ Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Yoshlar ishlari agentligining Nurafshon shahar yoshlar ishlari bo‘limi bos
Rasmiy munosabat ❗️ Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Yoshlar ishlari agentligining Nurafshon shahar yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i ishtirokidagi audioyozuv yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi. Davlat xizmatchisi etika qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, xodimlar va yoshlar yetakchilariga nisbatan nomunosib, odobsiz so‘zlar ishlatgani qat’iyan qoralanadi. Agentlik tizimida har qanday xodimning xalqqa, yoshlarga va o‘z jamoasiga nisbatan hurmatsizlik qilishi, ma’naviy-axloqiy me’yorlarni buzishi mutlaqo qabul qilinib bo‘lmaydigan holatdir. Yuqoridagilardan kelib chiqib, odob-axloq qoidalari va davlat xizmatchisi maqomiga mutlaqo zid harakatlari uchun Nurafshon shahar yoshlar ishlari bo’lim boshlig‘i Mirkarim Ahmadjonov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Yoshlar bilan ishlaydigan har bir rahbar va xodim yuksak mas’uliyatni his etgan holda bunday holatlarga kelgusida yo’l qo’ymaslik choralari qat’iy nazoratga olinadi. @isakovxusniddin

Rasmiy munosabat ❗️ Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Yoshlar ishlari agentligining Nurafshon shahar yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i ishtirokidagi audioyozuv yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi. Davlat xizmatchisi etika qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, xodimlar va yoshlar yetakchilariga nisbatan nomunosib, odobsiz so‘zlar ishlatgani qat’iyan qoralanadi. Agentlik tizimida har qanday xodimning xalqqa, yoshlarga va o‘z jamoasiga nisbatan hurmatsizlik qilishi, ma’naviy-axloqiy me’yorlarni buzishi mutlaqo qabul qilinib bo‘lmaydigan holatdir. Yuqoridagilardan kelib chiqib, odob-axloq qoidalari va davlat xizmatchisi maqomiga mutlaqo zid harakatlari uchun Nurafshon shahar yoshlar ishlari bo’lim boshlig‘i Mirkarim Ahmadjonov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Yoshlar bilan ishlaydigan har bir rahbar va xodim yuksak mas’uliyatni his etgan holda bunday holatlarga kelgusida yo’l qo’ymaslik choralari qat’iy nazoratga olinadi. @isakovxusniddin

🌍 Tinchlik sari global qadam! Toshkent shahrida “Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati” rasman ish boshladi! Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan asos solingan ushbu harakat dunyo yoshlarini yagona ezgu g‘oya atrofida birlashtiradi. Hozirda “Yoshlar tinchlik uchun” BMT Modeli doirasida yoshlar o‘z g‘oya va takliflarini ilgari surmoqda. Kelajak biz bilan boshlanadi! 🕊️ ___ 🌍 A Global Step Toward Peace! The “Global Youth Movement for Peace” has officially launched in Tashkent! Founded on the initiative of our President Shavkat Mirziyoyev, this movement unites the youth of the world around a single noble idea. Currently, youth are putting forward their ideas and proposals within the framework of the “Youth for Peace” UN Model. The future begins with us! 🕊️ #JahonYoshlari #Tinchlik #YouthForPeace #Uzbekistan

Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti boshlanadi. Tadbirda 500 nafarga yaqin t
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqoti boshlanadi. Tadbirda 500 nafarga yaqin tadbirkor bevosita, ilk bor tumanlardagi studiyalardan yana 25 mingga yaqin biznes vakillari ishtirok etmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan: – tadbirkorlik uchun barqaror o‘sish trayektoriyasini ta’minlash, – hududlarda biznes imkoniyatlarini oshirish, – “sun’iy intellekt – boshqaruv samaradorligi – yangi investitsiyalar” ekotizimini yaratish, – eksport salohiyatini oshirish, milliy brendlarni tashqi bozorlarga olib chiqish, – biznesga ma’muriy bosimni keskin kamaytirish yo‘nalishlarida muhim tashabbuslar ilgari surilishi kutilmoqda. @isakovxusniddin

“1000 kitob” loyihasidan yangi kitob muhokamasi uchun taklifnoma yuborishibti “1000 kitob” loyihasi doirasida ana shunday maz
+1
1000 kitob” loyihasidan yangi kitob muhokamasi uchun taklifnoma yuborishibti “1000 kitob” loyihasi doirasida ana shunday mazmunli suhbatlarni birga davom ettirish uchun yangi uchrashuvlar turkumiga start berilmoqda. ✅ 14-avgust kuni soat 18:00 da Yoshlar ishlari agentligi binosi yonidagi Founders kafeda “Charx” loyihasi atrofida jamlanamiz. Ilk uchrashuvimiz mehmoni — siyosiy fanlar doktori, “Loyihasiz tartib: Bozorlar shaharlarni qanday shakllantiradi?” kitobi tarjimoni Bekzod Zakirov. Suhbat davomida kitobda ko‘tarilgan muhim g‘oyalar, shaharlarning rivojlanish va shakllanish mantig‘i hamda bu jarayonda bozorlarning o‘rni haqida atroflicha fikr almashamiz. @isakovxusniddin

Repost from Pavel Durov
🇺🇿 The 2026 International Olympiad in Informatics starts today in Tashkent. 🏆 The IOI is the ultimate coding competition f
🇺🇿 The 2026 International Olympiad in Informatics starts today in Tashkent. 🏆 The IOI is the ultimate coding competition for high-school students. Years ago, many members of the Telegram team won medals there. 🤝 To support the best young programmers in the world, Telegram will award the 235 winners exclusive digital collectibles — Algorithm Cups — worth at least $117,000 in total. 🕌 It’s fitting that IOI is hosted in Uzbekistan — the homeland of Al-Khwarizmi, the father of algebra whose name became the word “algorithm." Let the best algorithm win! 💪

Mehr faqat insonlarga emas, Alloh yaratgan har bir jonivorga bo’lgan munosabatimizda ham namoyon bo’ladi. 🕊️💚 Yoshlar ishlari agentligi va Ibrat Farzandlari jamoasi qushlarga g’amxo’rlik ko’rsatish orqali ezgulik kichik amallardan boshlanishini yana bir bor eslatadi. Hayvon va qushlarga mehr ko’rsatish — bu shunchaki yaxshi odat emas, balki insoniylik, mas’uliyat va yuksak tarbiyaning ifodasidir. O’zgalarning hayotini qadrlaydigan jamiyatda mehr-oqibat, xavfsizlik va hamjihatlik mustahkam bo’ladi. Keling, farzandlarimizga tabiatni, hayvonlarni va barcha tirik mavjudotlarni asrashni o’rgataylik. Chunki mehr bilan ulg’aygan avlod hech qachon zo’ravonlikni tanlamaydi. #MehrUlashamiz #HayvonlarniAsraylik #MehrUlashing #JonivorlargaMehr @isakovxusniddin