en
Feedback
JOMBOY TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI

JOMBOY TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI

Open in Telegram

JOMBOY TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMIning rasmiy kanali Admin: @Fayziyev_Sayfiddin Tel.: +998933304949

Show more
992
Subscribers
+424 hours
+37 days
+5830 days
Posts Archive
#43_maktab #Maktab_maslahatchisi 🌟 MENING QIZIQISHLARIM VA KELAJAKDAGI ORZULARIM 6–7-sinf — kasb tanlashga shoshiladigan ema
+2
#43_maktab #Maktab_maslahatchisi 🌟 MENING QIZIQISHLARIM VA KELAJAKDAGI ORZULARIM 6–7-sinf — kasb tanlashga shoshiladigan emas, o‘z qiziqishi va qobiliyatini kashf etadigan davr. Shu maqsadda 43-maktabning 6–7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. O‘quvchilarning qaysi fan va mashg‘ulotlarga qiziqishi, qanday qobiliyatga ega ekanligi hamda kelajakda o‘zini qaysi sohada tasavvur qilishi o‘rganildi. ✨ 📊 39 nafar o‘quvchi natijalariga ko‘ra: - 📚 Ta’lim va tillar — 28,2% - 🩺 Tibbiyot — 25,6% - ➗ Matematika va hisoblash — 10,3% - ⚖️ Huquq va davlat xizmati — 7,7% - 💻 IT, tarjimonlik, sport va boshqa yo‘nalishlar — 28,2% Har bir qiziqish — kelajak sari qo‘yilgan kichik bir qadam. 🌱 Bizning vazifamiz — kasb tanlab berish emas, balki o‘quvchining o‘z yo‘lini topishida unga hamroh bo‘lish. https://t.me/Jomboy_mmtb

📍 Fuqarolar bilan ochiq muloqotni ta'minlash, ularning murojaatlarini o'z vaqtida ko'rib chiqish hamda ta'lim tizimiga oid d
+4
📍 Fuqarolar bilan ochiq muloqotni ta'minlash, ularning murojaatlarini o'z vaqtida ko'rib chiqish hamda ta'lim tizimiga oid dolzarb masalalarni joyida hal etish maqsadida Jomboy tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'ining navbatdagi sayyor qabuli tumandagi “Shirinkent” mahallasida o'tkazildi. 📝Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan asosan quyidagi masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi: •   Umumiy o'rta ta'lim tizimi faoliyati; •  Ta'lim muassasalaridagi mavjud sharoitlar; •  Bo'sh ish o'rinlari va ishga joylashish; •  Pedagog xodimlar faoliyati hamda o'quv jarayonini tashkil etish. ⚖️ Har bir murojaat belgilangan tartibda batafsil o'rganilib, qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi. Natija: Joyida hal etilishi mumkin bo'lgan masalalar yuzasidan tezkor choralar ko'rildi. 📌 Jomboy tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi fuqarolar bilan ochiq muloqotni izchil davom ettiradi. http://t.me/Jomboy_mmtb

#электрон_тўлов #мактабгача_таълим 📣 Hurmatli ota-onalar! ✅ Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola ta’minoti uchun ota-onalar badal to‘lovini farzandingizning JShShIR raqami orqali amalga oshirish imkoniyati yaratildi. 👉 To‘lovlarni: ➖mobil ilovalar orqali; ➖bank kassalarida naqd pul yoki bank kartasi orqali amalga oshirishingiz mumkin. ❗️Bu muhim: to‘lovni tasdiqlashdan oldin quyidagi ma’lumotlarni diqqat bilan tekshirish tavsiya etiladi: 👉 bolaning F.I.Sh va JShShIR raqami; 👉 maktabgacha ta’lim tashkiloti raqami va guruh nomi; 👉 to‘lov summasi miqdori. 🔹Videoyo‘riqnomada mobil ilova va bank kassasi orqali to‘lov qilish tartibi bosqichma-bosqich bayon etilgan. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating: ❤Telegram                   🌐 Facebook 🌐Youtube                     🌐Instagram 🔎Veb-sayt                     😄 Linkedin

44- maktab maslahatchisi tashabbusi bilan 5-7-sinf o‘quvchilari o'rtasida so'rovnoma o'tkazildi. Maktab o‘quvchilari o‘rtasid
+2
44- maktab maslahatchisi tashabbusi bilan 5-7-sinf o‘quvchilari o'rtasida so'rovnoma o'tkazildi. Maktab o‘quvchilari o‘rtasida ularning kelajakda tanlamoqchi bo‘lgan kasb va mutaxassisliklari, shuningdek, mahalliy hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish rejalari haqida ma’lumot to‘plash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazildi. 📋 So‘rovnoma davomida o‘quvchilarning: 🔹 kasb va mutaxassislik tanlash bo‘yicha qiziqishlari; 🔹 qaysi oliy ta’lim muassasasida tahsil olish istagi; 🔹 mahalliy yoki xorijiy oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish rejalari; 🔹 kelajakdagi ta’lim va kasbiy maqsadlari o‘rganildi. 59 nafar 5-sinf o'quvchilaridan olganda so'rovnoma natijalariga ko'ra o‘quvchilarning kasb tanlash yo‘nalishlari quyidagicha taqsimlandi: Tibbiyot sohasi – 9 nafar Ta’lim sohasi (pedagogika) – 12 nafar Iqtisodiyot sohasi – 10 nafar IT -8 nafar Boshqa sohalar – 20 nafar Maktab maslahatchisi J.Mamatov https://t.me/Jomboy_mmtb

Jomboy tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tizimidagi ta'lim muassasalari o'quvchilari o'rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sport musobaqalarini tashkil etish va o'tkazish yuzasidan Jomboy tuman hokimligining chora-tadbirlar rejasi. https://t.me/Jomboy_mmtb

Maktab o’quvchilari uchun 5 tashabbus olimpiadasi sport musobaqalarini targ’ibot qilish uchun, amaliyotda foydalanish uchun taqdimot Sizlarga yuborilmoqda. Bu yildan #kross-fit sport turi ham qo’shilgan va aynan shu sport turi ham tushinarli qilib ochib berilgan.
Faqat bitta ish qoldi respublikamizdagi barcha 10 mingdan ortiq maktablardagi sinflar kesimida 7 mln nafarga yaqin o’quvchilarga ushbu targ’ibotni qilishimiz kerak.
https://t.me/Jomboy_mmtb

Maktab o'quvchilari o'rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida bo'lib o'tadigan "Maktab ligasi" doirasida 10 ta sport turi (o'tgan yil 9 ta edi, bu yildan KROS-FIT sporti qo'shilgan) bo'yicha musobaqlarning 2026-yilda o'tkazilish #NIZOMI bilan tanishing. Ushbu nizom musobaqalarni qanday o'tishini tartibga soladi. https://t.me/Jomboy_mmtb

Maktab o'quvchilari o'rtasidagi 10 ta sport turlariga 5tashabbus.uz saytidan ro'yxatdan o'tish 10-sentabrdan boshlanishini ma
Maktab o'quvchilari o'rtasidagi 10 ta sport turlariga 5tashabbus.uz saytidan ro'yxatdan o'tish 10-sentabrdan boshlanishini ma'lum qilamiz. Bunga qadar iltimos barcha maktablarda ushbu taqdimotni targ'ibot qilish ishlarini kuchaytirib o'quvchi yoshlarimizni bo'lib o'tadigan sport musobaqalarimizdan bohabar qilib boraylik. https://t.me/Jomboy_mmtb

‼️‼️‼️ 🔺 PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari e’lon qilindi — O‘zbekiston o‘quvchilari qanday natija qayd etdi? Ta’
‼️‼️‼️ 🔺 PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari e’lon qilindi — O‘zbekiston o‘quvchilari qanday natija qayd etdi? Ta’lim forumi doirasida OECD tomonidan PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari rasman e’lon qilindi. Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston PISA tadqiqotida ikkinchi marotaba qatnashdi. Mamlakatimizdan xalqaro tashkilot tomonidan tasodifiy tanlab olingan 233 ta maktabning 8 652 nafar 15 yoshli o‘quvchisi tadqiqotda ishtirok etdi. ❗️Tabiiy fanlar bo‘yicha O‘zbekiston o‘quvchilari 438 ball to‘plab, 91 ta davlat va ta’lim tizimi orasida 48-o‘rinni egalladi. ↗️ Taqqoslash uchun, PISA 2022da tabiiy fanlar bo‘yicha natija 355 ball va 80-o‘rinni tashkil etgan. Shu tariqa, 2025-yilda natija qariyb 83 ballga oshgan. 💻 Raqamli dunyoda o‘rganish bo‘yicha: O‘zbekiston o‘quvchilari 402,4 ball qayd etib, 72-o‘rinni egalladi. Eslatib o‘tamiz, PISA 2025da asosiy yo‘nalish sifatida tabiiy fanlar savodxonligi belgilangan. Matematika va o‘qish savodxonligi bo‘yicha natijalar yuzasidan qo‘shimcha tahlillar olib borilmoqda. 📊 Ma’lumot o‘rnida: PISA 2025 Xalqaro tadqiqotida 91 ta davlat va ta’lim tizimi ishtirok etdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizni kuzating:Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

6 ёшлилар бўйича кафолат хатини топширилиш холати
6 ёшлилар бўйича кафолат хатини топширилиш холати

ДМТТ педкенгаш топширилиш холати
ДМТТ педкенгаш топширилиш холати

🌍 Xorijiy mutaxassis 23-maktabda Jomboy tumanidagi 23-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Janubiy Afrika Respublikasidan (JA
+2
🌍 Xorijiy mutaxassis 23-maktabda Jomboy tumanidagi 23-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Janubiy Afrika Respublikasidan (JAR) tashrif buyurgan ingliz tili fani o‘qituvchisi Siphosethu Dastile faoliyat olib boradi. 🇬🇧 Xorijiy mutaxassis bir yil davomida maktab o‘quvchilariga ingliz tili fanidan dars berib, o‘zining ilg‘or pedagogik tajribasi va zamonaviy o‘qitish metodlarini o‘quvchilarga yetkazadi. Mazkur hamkorlik o‘quvchilarning ingliz tilini puxta o‘zlashtirishi, xorijiy tillarga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda xalqaro tajribani ta’lim jarayoniga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi. 📚🌎 Xalqaro tajriba — sifatli ta’lim sari! http://t.me/Jomboy_mmtb

🏆 JOMBOYLIK O‘QUVCHI G‘OLIBLAR SAFIDA! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Fan olimpi
🏆 JOMBOYLIK O‘QUVCHI G‘OLIBLAR SAFIDA! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Fan olimpiadalari markazi tomonidan tashkil etilgan «Mustaqillikning 35 yillik xronologiyasi» tanlovi doirasida o‘tkazilgan «Vatanim uchun olimpiadachiman» chellenji o‘z g‘oliblarini aniqladi. 🌟 Chellenj davomida ishtirokchilar tomonidan mavzu doirasida tayyorlangan ijodiy videolar hakamlar tomonidan o‘rganib chiqildi. 🎉 Quvonarlisi, Jomboy tumanidagi 56-sonli ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-«A» sinf o‘quvchisi E’zoza Ermamatova mazkur tanlovda 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi! 🥇 E’zoza — chellenjning munosib g‘olibi! 📚 Tanlovning mutlaq g‘oliblari Fan olimpiadalari markazi tomonidan diplom hamda maxsus olimpiada masalalari to‘plami bilan taqdirlanadi. Shuningdek, faol ishtirok etgan 4 nafar video muallifiga ham maxsus olimpiada masalalari to‘plami topshiriladi. 👏 E’zoza Ermamatovani ushbu yuksak natija bilan samimiy muborakbod etamiz! Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati             📱Telegram |📱 Facebook |📱 YouTube 📱 Veb-sayt

Repost from N/a
📎7-sentabr kuni "Kelajak soati" mashg'ulotlarini o'tkazishda foydalaniladigan materiallarMaktabgacha ta'lim muassasalari uchun1-4-sinflar uchun5-8-sinflar uchun9-11-sinflar uchun Maktab jamoasining telegram guruhlarida ulashing! Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring! 📱Telegram 🎬Youtube 📱Instagram 🌐Veb-sayt

#Maxsus_reportaj 📌 Zamonaviy bog‘cha — yangi orzular maskani Ulaning va ulashing: 📱Gov.uz |🌐Facebook 😎Telegram |🌐Instagram 📱YouTube

Samarqand viloyati Jomboy tumani 25-DMTTda ,,Milliy liboslar kuniʼʼ. http://t.me/Jomboy_mmtb
+8
Samarqand viloyati Jomboy tumani 25-DMTTda ,,Milliy liboslar kuniʼʼ. http://t.me/Jomboy_mmtb