53-DIUM RASMIY
Open in Telegram
640
Subscribers
+124 hours
-117 days
-2230 days
Posts Archive
4-A sinfda Tabiiy fandan ochiq dars va taqdimot ishi o'tkazildi . Avazbekova Muazzima, Shavkatova Sabina , Alisherov Samirbek va Bahodirov Hasanboy o'zlarini tushunchalarini bayon etdilar. Sinfdagi hamma o'quvchilar faol qatnashishdi
+9
Bugun 3-b sinfda matematika fanidan “Yakuniy dars” mavzusida ochiq dars boʻlib oʻtdi.
+4
Chortoq tuman MMTB.ga qarashli 53-sonli ayrim fanlar chuqur o'qitiladigan sinflari mavjud umumta'lim maktabda
"Kitob taqdimoti" bo'yicha sinflarga maktabimizga sovg'a qilingan
O'zbekiston Respublikasining "Qizil kitobini" o'quvchilarga tanishtirib,targ'ibot ishlarini olib borildi. Qizil kitob 2- qismdan iborat bo'lib,1-qism o'simliklarni kiritilgan 2-qismda hayvonlarni noyob va yurtimizda kamayib ketayotgan turlarini ro'yxatga olib kitobga kiritilgan 2 ta tilda yozilgan.
O'quvchilar kitobni ko'rib,tanishib chiqishdi.
Kutubxonachi .Asqarova Hosiyatxon
+4
Chortoq tuman MMTB.ga qarashli 53-sonli ayrim fanlar chuqur o'qitiladigan sinflari mavjud umumta'lim maktab kutubxonasida tashkil etilgan
Yosh kitobxon to'garak a'zolari bilan Abdulla Oripovning hayoti va ijodini hamda "O'zbekiston" qasidasi haqida tanishib,mutolaa qilindi.
Shoirning har bir ijodida vatanga bo'lgan muhabbat va qadriyatlari,dunyoqarashi keng mashhur shoir Abdulla Oripovning ijodida ko'rishimiz mumkin.
O'zbekiston qasidasi hajmi ,satri, va bandini o'quvchilarimizga tushuntirildi.She'r g'oyat muhim mavzu ona -Vatanimizga bag'ishlangan bo'lib,yurt beqiyos,bitilmagan doston deb ta'rif beradi.
Kutubxonachi.Asqarova Hosiyatxon
+5
Chortoq tuman MMTBga qarashli 53-maktabda Navroʻz umumxalq bayrami ko‘tarinki ruhda, milliy an’analarga boy tarzda keng nishonlandi. Tadbir davomida maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, milliy qo‘shiqlar va raqslar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi. Ayniqsa, milliy liboslar namoyishi va bahoriy bezaklar tadbirga alohida fayz bag‘ishladi.
O‘quvchilar Navroʻzning mazmun-mohiyatini aks ettiruvchi chiqishlar orqali tinchlik, do‘stlik va birlik g‘oyalarini targ‘ib etdilar. Maktab hovlisi bayramona bezatildi. Ushbu tadbir o‘quvchilarda milliy qadriyatlarga hurmat, an’analarni asrab-avaylash tuyg‘usini yanada mustahkamladi.
+8
9-B sinfda " Arifmetik progressiyaning dastlabki n ta hadini yig'indisini topish" mavzusida o'tilgan ochiq darsdan fotolavhalar
+7
9-V sinfda Texnologiya fanidan Karving san'ati mavzusida ochiq dars mashg'ulotidan foto lavhalar
+3
Namangan viloyati Chortoq tumanidagi 53-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 7-A, 9- V sinf oʻquvchilari oʻrtasida voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarlik, suidsidual holatlarni oldini olish , hamda oʻziga nisbatan ishonch hissini rivojlantirish maqsadida " Havfsiz muhit" mavzusida psixologik trening mashgʻuloti oʻtkazildi.
Maktab psixologi: N.Sharipova
+7
53-sonli ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining 4-A,B,V sinflari oʻrtasida "English contest" o'tkazildi. Unda o'quvchilar fanlararo integrallashgan(matematika, ona-tili) ingliz tilidan bellashdilar. Bilim, epchillik, topqirlik kabi fazilatlarni sinovdan o'tkazishga qaratilgan ushbu musobaqada do'stlik g'alaba qozondi. O'quvchilarga faxriy yorliqlar taqdim etildi. Ko'tarinki ruhda bo'lib o'tgan musobaqadagi musiqiy chiqishlar o'quvchilarga yanada kayfiyat bag'ishladi.
+5
Bugun 1- "A" sinfda matematika fanidan "Masalalar yechish" mavzusida o'tkazilgan ochiq darsdan fotolavhalar.
+7
Bugun 17- mart kuni 1-"B'' sinf o'quvchilari maktab kutubxonasiga tashrif buyurib kutubxona bilan tanishdilar. Maktab kutubxonachisi Asqarova Xosiyatxon o'quvchilarga kitob turlari, ulardan foydalanish tartibi haqida ma'lumot berdi.
Ayniqsa O'zbekiston Qizil kitobi haqidagi ma'lumotlar katta taassurot qoldirdi. O'igan badiiy kitoblari haqida fikrlashishdi
+4
4-A sinf o'quvchilari o'rtasida "Bilimdonlar bahsi " bellashuvi bo'lib o'tdi.Unda Chaqqonlar va Topqirlar jamoalari o'zaro bellashdilar. Umumiy hisob 26-22 ball bn Chaqqonlar jamoasi g'olib bo'ldilar.
+6
Chortoq tuman MMTBga qarashli 53-maktabning 9-“A” sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan “Formulalar olamiga sayohat”mavzusida qiziqarli bellashuv tashkil etildi. Ushbu bellashuvdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarning matematika faniga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning bilim va mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
Bellashuv davomida o‘quvchilar turli formulalar asosida misollarni yechish, tezkor savol-javoblar hamda mantiqiy masalalar ustida ishlash orqali o‘z bilimlarini namoyon etdilar. Musobaqa qiziqarli va murosasiz tarzda o‘tdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:
🥇 1-o‘rin: Abduvohidova Oydina
🥈 2-o‘rin:Toʻxtasinova Mushtariy
🥉 3-o‘rin: Abdumalikova Raxima
Bellashuv gʻoliblari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar. Tadbir o‘quvchilarda matematika faniga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.
Tashkilotchi: Matematika fani oʻqituvchilari M.Sattarova, D.Sarimsaqova
Chortoq tuman MMTBga qarashli 53- maktabning 10 sinflarida fanlararo integratsiyalangan “Matematika va sport”, “AQL VA KUCH” deb nomlangan musobaqa tashkil etildi. Unda 10-B ,10-G , 10-V
sinflar ishtirok etishdi va guruhlarga bòlinishdi
10-v sinf—Al Xorazmiy
10-G sinf—Arximed
10-B sinf—Pifagor nomlari bilan
quyidagi shartlar bòyicha bellashdilar:
1. Yugur va yech-2 ball
2. Gol ur va masala yech-2 ball
3. Tezkor qiziqarli savol javob-10 ball
4. Nishonga ur va masala yech-2 ball
5. 15 liklar òrtaga tush òyini
G'olib bòlgan jamoalar
10 b sinf 28 ball
10 v sinf 26 ball
10 g sinf 20 ball
Goliblar munosib taqdirlandilar.
Tashkilotchilar: matematika fani oʻqituvchiari S.Yuldasheva, Sh Usmanova, jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi H.Sobirova
