cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Jajjining kundaligi

Bu shunchaki kundalik😊 @gazetchiqiz_bot

Show more
Advertising posts
293
Subscribers
-324 hours
-37 days
-1730 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Oy to'libdi
Show all...
Bir tomchi yoshdeksan Ketsang yengil tortaman, deb o'ylayman Ammo, qo'yib yuborishni istamayman Ko'zni yumish qiyin Odamlar oldida yig'lash Senda og'riqlar borligini sezdirish Odamligingni bilib qolishadigandek go'yo Ko'ngil odami ekanligingni bilib qolishadigandek Yig'lmaysan Shuning uchun ham to'kmaysan u tomchini U esa simmillatib og'ritaveradi allaqayerlaring Sim-sim-sim Sen esa bilmaysan Ehtimol, deysan, ehtimol Shu seni tirikligingga sabab Balki o'sha tomchi to'kilsa Ko'ngil ham uzilar Allaqayerlarda qolgan xotirlar Shirin tuyg'ular Eslashga arzirli kunlar Yo'q, yig'lashni istamaysan Olib qolasan o'zing bilan bu yoshni Va yana deysan: Og'riqlar-da yoqimli ba'zan Og'riqlar-da yoqimli ba'zan *** Yo'q, ko'nglingni qo'yvorolmaysan... © Aziza
Show all...
❤‍🔥 7👍 3😍 3🐳 1
Repost from Mahinim
10 kundan keyin tug’ilaman. Taaak Kim nima beradi manga?
Show all...
Konsertni emotsiyasidan hali ham chiqolmayapman. Qurbon qilingan qancha qo'zichoq bor-a?) Meyli, bugun nima qildilar depressiyasiz?
Show all...
🔥 5
Maladesmisizlar?
Show all...
4 soat 53 minutdan keyin chiqadi, eslatib qo'yyapman
Show all...
* * * Учрашдик елдирим умримиз чарчаган чоғда тонглардан гул сўраб, юлдузлардан барг. Учрашдик ҳарорат соғинган қўлларимизда соғинчдан сув бўлган бир ҳовуч юрак. Учрашдик ишқ ўлган томиримиздан жаранглаб келарди қадимий саслар ва йиллар алдаган кўзларимизда йиғлаб юрар эди гуноҳкор вақтлар. Учрашдик сўзларнинг рангини еллар улашиб берганда соқов кунларга. Учрашдик хаёлнинг серсўқмоқ сарҳадларида адашган кўп излар оч қолганида. Учрашдик ишонмай бир-биримизга жимгина тикилдик дилдираб, тўниб. Кулни титкиладик, эринмай, узоқ, чўғ йўқ, чўғ йўқ, чўғ йўқ. Хайрлашдик ёлғончи хотирнинг сўзига кўниб... Азиз Саид
Show all...
😢 4🗿 1
Reaksiya bildirmaydigan odamlarni yomon ko'raman
Show all...
😁 11🫡 8🥰 5
Kecha bir materialni izlayotganimda o'tgan yilgi postlarimga ko'zim tushib qoldi. Qandaydir xursand bo'lib ketdim ko'rib. O'sha projectda kuniga joyi kelsa 7-8 tagacha post yozib, 375 ming oylik olgan kunlarim bo'lgan, desam ishonasizmi?) Yanvar oyi edi, kopirayting kursiga yozilmoqchi bo'ldim. 100$. O'sha vaqtda oldimda kurs uchun yetarli pulim yo'q, ustiga-ustak IELTS ga tayyorlanayotgan vaqtim. Ish topish, nima qilish haqida jiddiy o'ylab yurgan kunlarimda kanaldagilarning ko'pchiligi "sizdan yaxshi kopirayter" chiqadi, degan gaplaridan ilxomlanib kursga qiziqqanim. Ilk buyurtmani 30 ming so'mga kurs e'loni uchun olganman. Nimani, qanday, qanaqa yozishni bilmayman. Bilganim yoza olaman, shu. Kurs e'lonidan so'ng, haligi 100$ ni yig'ish uchun kopirayterlar guruhidagi duch kelgan ish haqidagi e'longa yozib chiqqanman. Xudo yetkazadi, degani shu bo'lsa kerak: 1-kunning o'zidanoq ishimiz o'xshab 3 ta loyihaga birdan yozib bering 300 ming + bo'lgandi. Ana keyin qiziqish boshlanganini ko'ring. Shunaqa kunlarni birida bir o'quv markazi bilan ish boshladik, bu orada o'zimning hozirgi ishxonam bilan ham shartnoma qilgandik. Xullas, o'zimning ishimda kuniga 3 ta post yozsam o'rtacha, u ishxona uchun 7-8 tagacha yozishga to'g'ri kelardi. Oylik esa ishga qarab, foydaga qarab, deya kelishilgandi va o'sha oy nimadir bo'lib 375 ming ilk oyligimni olganman. Tasavvur qiling-a? Bu bir oy tugul, joyi kelsa bir sseenariyning ham puli emas, ammo o'sha vaqt ish o'rganish uchun ishlab yuraverganman o'zimni qiynab)) 5 oy shu zaylda ishlagach eng ko'p olganim 545 ming bilan ishdan ketganman. Undan ham qizig'i oxirgi oydagi qanchadir qolgan qo'shimchamni keyin tashlab berishlari bilan uzoq kutib, shu bilan unutib ham yuborganimda bir kuni ko'chada to'satdan zarurat bo'lib qolganida kimdan olsam deb turganimda tushib qolganida bejizga emas ekan, degandim o'zimcha. Audio yozdirib to'lamay ketgan loyihalarni mayli aytmayman😁 Xullas, hozir shu voqealarni eslasam qanchalik arzon ishchi bo'lgan bo'lmay ular menga juda yaxshi tajriba berishganini his qilaman va bundan minnatdor bo'laman. Qachonlardir aytardim: "bolalarimdan uzoqda ishlamayman, uyda online ishlaydigan ishim bo'ladi" deb . Xudoga shukr, hech narsa besamar emas. Mana shu ishimni ortidan olgan yaxshi narsalarim, borgan chiroyli joylarim, qila olgan sovg'alarim va shunchaki uyda o'tirganda ham o'zim uchun nimadir qila olganim uchun baxtliman, mindey qarasa)) Baribir oyiga 500$ topsa ham yo'q qilib yuboradigan, 1000$ topsa ham ko'rdim, demay kofe ichib yuboradigan odam sifatida aytamanki, ba'zan ish emas, uning senga beradigan tajribasi qimmat turadi! P/s: ko'p kofe ichmangiz va menga o'xshab maqsadingiz faqat kofe uchun ishlash bo'lmasin. Yo'qsa, kofedan bezsangiz ham orzu: "ey, mana sen shung erishmoqchi eding, axir" deb ketmay turadi😁
Show all...
👍 15🥰 13❤‍🔥 7
Aytgancha, Juma kuni "Mirshakar, Malades" chiqarkan. Yangi yil kutgandek kutamiz endi. https://youtu.be/exX4mw3FKdQ?si=3cR8Ph8_BjMKu-IC
Show all...
Mirshakar Fayzulloyev MALADES stand-up konsert dasturi

Arzon aviachiptalar va mehmonxonalar xizmati:

https://www.aviasales.uz/ASAXIY

internet do'koni:

https://asaxiy.uzStand-up

komik Mirshakar Fayzulloyevning Alpo...

❤‍🔥 3🔥 1🥰 1