Ideal study | xususiy maktabi
Open in Telegram
🔸 Chempionlar tayyorlanadigan maktab! 🔸 Haqiqiy iqtidorlarni kashf qiladigan maskan! 🔸 Berayotgan har bir ta'lim-tarbiyasi 100 foiz o'zini oqlayotgan muassasa! 🔸 Guliston shahridagi birinchi raqamli maktab! 📞 91 806 88 22 📞 93 715 88 22
Show more3 063
Subscribers
-124 hours
-157 days
-1030 days
Posts Archive
+2
🏆 XALQARO CHEMPIONIMIZNI TANTANALI KUTIB OLDIK!
🥇 JOEY xalqaro olimpiadasida MUTLAQ 1-O‘RINni egallab, yurtimizga GOLD MEDAL bilan qaytgan Temurbek Boltaboyevni tantanali kutib oldik.
Tadbir davomida Temurbekning otasi olimpiada va erishilgan natija haqida iliq fikrlarini bildirib, o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
🇺🇿 Sirdaryodan — xalqaro maydonga!
Telegram Instagram
You tube Facebook
Bir bolaning kichikgina orzusi ushaldi
🎥 U bizga videomurojaat yo‘lladi. Biz esa uni suhbatga chaqirdik va bugun Ideal Study o‘quvchilari safidan joy oldi.
Chunki ba’zi orzularni shunchaki tinglash emas, ularga imkon berish kerak.
✨ Bugun uning orzusiga bir qadam yaqinlashdik.
Ertaga esa bu qadam katta natijalarga aylansin.
Telegram Instagram
You tube Facebook
🤖 IDEAL STUDY’DA AI BO‘YICHA SEMINAR
Bugun Ideal Study jamoasi uchun sun’iy intellekt (AI) bo‘yicha maxsus seminar tashkil etildi.
Seminar davomida ustozlarning ta’lim jarayonida foydalanishi mumkin bo‘lgan zamonaviy AI dasturlari, platformalari va foydali saytlar bo‘yicha amaliy ma’lumotlar berilmoqda.
Mashg‘ulotlarni viloyatimizda AI yo‘nalishida tajribaga ega ustoz Samandar Sariboyev olib bormoqda.
📌 Mazkur seminarlar har shanba kuni Ideal Study jamoasi uchun muntazam ravishda tashkil etib boriladi.
Ideal Study — zamonaviy ta’lim va doimiy rivojlanish sari. 🚀
🥇SIRDARYODAN — XALQARO MAYDONDA MUTLAQ 1-O‘RIN!
Ideal Study o‘quvchisi Temurbek Boltaboyev Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan JOEY — The Young Kangaroo International English Competition Global Final bosqichida MUTLAQ 1-O‘RINni egallab, GOLD MEDAL sohibiga aylandi!
🇺🇿 O‘zbekiston nomidan — xalqaro g‘alaba!
+2
🇹🇷 ISTANBULDA O‘ZBEKISTON BAYROG‘I OSTIDA — SIRDARYOLIK O‘QUVCHI MUTLAQ 1-O‘RINNI EGALLADI!
Ideal Study o‘quvchisi Temurbek Boltaboyev JOEY — The Young Kangaroo International English Competition xalqaro olimpiadasining barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, Turkiyada bo‘lib o‘tgan Global Final bosqichida ishtirok etdi.
va u yerda…
🏆 MUTLAQ 1-O‘RIN!
🥇 GOLD MEDAL!
🇺🇿 O‘ZBEKISTON NOMIDAN — XALQARO G‘ALABA!
Bu shunchaki medal emas.
Bu — Sirdaryolik o‘quvchining xalqaro maydonda ingliz tili bo‘yicha eng yuqori natijani qayd etgani. Bu — Temurbekning bilimi, mehnati va ustozlarining fidoyiligi natijasi. Bu — Sirdaryoda ham dunyo darajasidagi bilim va natijalar yaratilayotganining yana bir yorqin isboti.Temurbek Boltaboyev — JOEY 2026 Global Finalining GOLD MEDAL sohibi! 👏 Temurbek, sen bilan faxrlanamiz!
🔥 IDEAL STUDY’DA NAVBATDAGI XALQARO CHEMPION!
🌍 Bugun sizlarga Sirdaryodan xalqaro maydonda qayd etilgan katta g‘alaba haqida xushxabar ulashamiz. Kim va qanday natijani qo‘lga kiritgani haqida birozdan so‘ng batafsil ma’lum qilamiz!
❤️ Yangi o‘quv yilining 2-kuni!
🌟 Ideal Study’da darslar qizg‘in davom etmoqda. Ayniqsa, 1-sinflarimiz yangi muhitga tezda moslashib, darslarni shiddat bilan boshlab yuborishdi!
❤️Maktabimizdagi bugungi muhitni esa o‘zingiz videomiz orqali his qilishingiz mumkin.
❤️Yangi o‘quv yilimiz barchamiz uchun omadli va muvaffaqiyatli kelsin!
🕊Telegram 📱Instagram
📺You tube 📱Facebook
🔔Birinchi qo‘ng‘iroq — yangi o‘quv yiliga ilk qadam!
😍 Bugun Ideal Study maktabida 2026–2027-o‘quv yilining “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.
📚 Barcha o‘quvchilarimizni yangi o‘quv yili bilan muborakbod etib, ularga omad, zafar va ulkan natijalar tilaymiz!
🎒 Maktabimiz ostonasini ilk bor qadam qo‘ygan 200 nafarga yaqin 1-sinf o‘quvchilarimizga esa — xush kelibsiz! Sizni Ideal Study oilasida ko‘rib turganimizdan mamnunmiz.
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar va yangi g‘alabalar sari!
🕊Telegram 📱Instagram
📺You tube 📱Facebook
🎓 Yangi filialimizda darslar boshlandi!
😍 Bugundan boshlab Ideal Study’ning yangi filialida 10–11-sinf o‘quvchilarimiz uchun ham darslar rasman boshlandi.
Yangi manzil, yangi muhit va katta maqsadlar sari yangi qadam!
📚 Barcha o‘quvchilarimizga yangi o‘quv yilida omad va yuqori natijalar tilaymiz!
Ideal Study — chempionlar maktabi.
🕊Telegram 📱Instagram
📺You tube 📱Facebook
🔔 1-QO‘NG‘IROQQA — 1 KUN!
🎉 Nihoyat, kutgan kunimizga ham sanoqli soatlar qoldi!
Ertadan boshlab Ideal Study’da 2026–2027-o‘quv yili rasman start oladi!
🌟 Barcha o‘quvchilarimizga yangi o‘quv yilida ulkan omad, zafarlar va yuqori natijalar tilaymiz!
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar, yangi marralar va yangi g‘alabalar sari ilk qadam!
🕊Telegram 📱Instagram
📺You tube 📱Facebook
2026–2027 o‘quv yili oldidan — yangi maqsadlar sari!
😍 Ideal Study’da 2026–2027 o‘quv yili oldidan umumiy pedagogik yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida yangi o‘quv yilining yillik rejalari, ustuvor vazifalari va asosiy maqsadlari muhokama qilindi. Shuningdek, pedagoglarning taklif va g‘oyalari tinglanib, yangi o‘quv yilida ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha fikrlar almashildi.Yig‘ilish yakunida Ideal Study asoschisi va rahbari Shoislom Baratov pedagoglarga murojaat qilib, jamoaviy mas’uliyat haqida muhim fikr bildirdi:
📌”Ideal Study’da meniki yoki meniki emas degan tushuncha bo‘lmaydi”
“Bu mening vazifam emas”, “Men bu sinfga dars o‘tmayman”, “Bu boshqa bo‘limning ishi”, “Men bunga javobgar emasman” degan fikr jamoani ichidan yemiradi.Yangi o‘quv yili — yangi rejalar, katta maqsadlar va yanada yuqori natijalar sari yangi qadam!
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak!
Ideal Study jamoasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!
Yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida olib borilayotgan ezgu ishlar bardavom bo‘lsin.
🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
🔻 2-QISM
📌 BU YIL BIZ BIR NECHA “BIRINCHI”LARNI QILISHIMIZ KERAK
Biz yangi o‘quv yilida:
“Buni O‘zbekistonda hech kim qilmagan” degan REKORDlarimizni ko’paytirishni asosiy maqsad qilamiz!
📌 Biz boshqalardan nusxa oladigan maktab emas, boshqalarga namuna bo‘ladigan maktabmiz, buni hamma bilishi kerak.
📌 VA MEN SIZLARGA VA’DA BERAMAN
Agar siz o‘sishga tayyor bo‘lsangiz — men sizning o‘sishingizga imkoniyat yarataman. Agar siz yangi g‘oya bilan kelsangiz — men sizni eshitaman. Agar siz natija ko‘rsatsangiz — men sizni tan olaman. Agar siz Ideal Study uchun jon kuydirsangiz — men ham siz uchun jon kuydiraman.
📌 DARS SIFATI BO‘YICHA
Ustozning asosiy vazifasi — dars o‘tish. Lekin shunchaki sinfga kirib, mavzuni aytib chiqish — sifatli dars degani emas. Darsga tayyorgarlik bo‘lishi kerak. O‘quvchining darajasi hisobga olinishi kerak. Kuchli o‘quvchi ham, mavzuni sekin o‘zlashtirayotgan o‘quvchi ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak. Boshlang‘ich sinflarda esa bu yanada muhim. Chunki 1–4-sinf o‘quvchisiga noto‘g‘ri yondashuv uning fanga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirib yuborishi aniq.
BIZ BOLANI BOSHQA BOLA BILAN EMAS, KECHAGI HOLATI BILAN SOLISHTIRISHIMIZ KERAK.
📌 INTIZOM MASALASIDA ESA MENING POZITSIYAM JUDA QAT’IY
Darsga kech qolish — oddiy masala emas. Chunki ustoz 10 daqiqa kechiksa, o‘quvchining 10 daqiqasi yo‘qoladi. Bir marta kech qolish tasodif bo‘lishi mumkin. Lekin bu odatga aylansa — bu mas’uliyatsizlik. Sababsiz dars qoldirish esa undan ham jiddiy masala.
📌 BOLANI KAMSITDIRISHGA ESA UMUMAN O‘RIN YO‘Q
Men bitta narsani juda qat’iy aytaman: Ideal Study’da bola kamsitilmaydi. Uning oilasi, moddiy imkoniyati, tashqi ko‘rinishi, bilim darajasi, xarakteri yoki boshqa jihati sababli unga boshqalardan boshqacha munosabatda bo‘lish mumkin emas.
Bizning o‘quvchimiz — o‘quvchi. U kuchli bo‘ladimi yoki qiynaladimi — baribir bizning bolamiz. Agar u xato qilsa, biz uni sindirmaymiz. Xatosini to‘g‘rilaymiz. Agar u tushunmasa, uni masxara qilmaymiz. Qayta tushuntiramiz. Agar u o‘ziga ishonmasa, uni koyimaymiz. O‘ziga ishonishiga yordam beramiz. Chunki bizning vazifamiz bolani qo‘rqitib boshqarish emas. Bizning vazifamiz — bolani rivojlantirish, o’z darajasidan yuqori ko’tarish.
📌 BU YILGI QOIDA JUDA ODDIY
1. MAS’ULIYAT
Vaqtida keling. Vazifangizni bajaring. Va’dangizda turing.
2. SIFAT
Darsga tayyorlaning. O‘quvchining natijasini o‘ylang. O‘zingiz ustingizda ishlang. Natija qiling
3. HURMAT
O‘quvchini hurmat qiling. Ota-onani hurmat qiling. Hamkasbingizni hurmat qiling. Va eng muhimi — o‘zingiz kasbingizni hurmat qiling.
📌 Agar shu uchta narsa bo‘lsa, men sizga doim yon bosaman.
🕊Telegram 📱Instagram
📺You tube 📱Facebook
